FARMATSEVTIKA SOHADIGI ISLOHOTLARDA KADRLAR MASALASI
Full text
48 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz FARMATSEVTIKA SOHADIGI ISLOHOTLARDA KADRLAR MASALASI Abduraxmonov X.I. Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17312431 Dolzarbligi: Ta’lim tizimida zamon talabiga mos ravishda kadrlarni tayyorlashda yuqori o’rin tutadi. U butun jamiyatning barcha sohalarida, xususan, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, fan, texnika va madaniyati bilan bevosita va bilvosita bog‘liqdir. Shuning uchun uni rivojlantirish umumiy milliy rivojlanish strategiyasining muhim tarkibi sanaladi. Ma’lumki, sub’ekt - inson, insonni faollashtirish va ishlab chiqarishni faollashtirishga bevosita aloqador. Shu bois, ishlab chiqarishning sub’ekti bo’lgan insonni zarur intellektual, ma’naviy, emotsional usullar bilan boyitishga maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotning maqsadi: Mumtoz adabiyotlarda menejerlar zimmasiga ko’plab talablar yuklanadi, rahbar va boshqaruvchilar super qaxramonlar bulishi zarur go’yo. Bu deyarli ilojsiz. Mazkur fikrni zamondoshmiz, doktor Isxak Kalderon Adizes olg`a suradi. “Kadr ideal emas” iborasi asos hisoblanadi. Uning fikricha, bir nechta shaxsdan tarkib topgan, kuchli ijtimoiy boshqaruvni tuzish imkoniyati mavjud, shunchaki sub'ektlarga nisbatan talablar formulasi bo`lishi zarur. Usul va uslublar: Sir emaski, boshqaruv ob’ektining ko’lami qay darajada bo’lishidan qat’i nazar, boshqaruv barqarorligi uchun zarur quvvat kerak. Go’yo inson organizmiga vitaminlar qanchalik zarur bo’lsa, boshqaruv uchun ham “vitaminlar” kerak. Doktor Adizes menejerlarga, asosan, 4 ta vazifa tamoyilini yuklaydi. U “vazifa” tushunchasini “vitamin” degan ibora orqali ifodalaydi. Bu vitaminlarni “K”, “A” va “B” shartli belgilarda ko`rsatadi. - Natijalarga erishishga kuch va diqqatni jamlash tamoyili. Shaxsiy faollik va natija yo`naltirilgan kuch mujassamligi. – G’oyalar generatori. Kompaniyaning global rivojlanish yunalishlarini doimiy o`zgartirish vitamini. Innovatsiya yaratish va strategiya tuzish vitamini. - Tashkilot ichki xolatini tartibda saqlash vitamini. Detallarga jiddiy e’tibor beradi. Standart va qoidalarga qat’iy amal kiladi. - O`zgaruvchan jarayonlarga xodimlarning munosabati qanday bo`lishi bilan doimiy qiziqish vitamini. Adizes bu vitamin boshqaruvda katta ahamiyatga egaligini ta’kidlaydi. “Vitaminlar” nazariyasiga binoan, hech bir menejer, umuman, insonda to’rtta asos mujassam bo’lmaydi. Sababi, ular o’z harakati, xarakterida bir-biriga zid. Buni aks tahlilda ko’rish mumkin. Samarasiz natijalarni ko’rsatayotgan tashkilotlarni vitaminlar formulasi bo’yicha kodlashtirsak, 1 ta asos yakka hukmronligiga duch kelish mumkin. Zamonaviy tilda bu mutloq normal bo’lmagan menejment, deb ataladi. Natijalar: Oliy kasbiy ta’limning davlat ta’lim standarti konsepsiyasi asosiy ta’lim dasturlari (ATD) bitiruvchi yoshlarning tegishli faoliyat sohalaridagi rahbar bo`lib faoliyat yuritishlaridagi muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan kasbiy va umumiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Mutaxassisning kasbiy kompetensiyasi mehnat bozoridagi mavjud raqobat sharoitida kasbiy faoliyat asosida shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga imkon beradigan omillar. Kompetentlik umumiy baholovchi atama bo‘lib, “mavzuni bilgan holda” harakat qilish qobiliyatini bildiradi. Odatda ma’lum bir ijtimoiy-kasbiy maqomga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi, ularning tushunchalari, bilimlari va ko‘nikmalari ular bajaradigan vazifalar va ular hal qiladigan muammolarning murakkablik darajasiga qanchalik mos kelishini tavsiflaydi. Xulosa: Ko‘rinib turibdiki, bitiruvchi-yoshlarning rahbar kadr bo`lib shakllanishida kompetensiyalar qatorida “jamoada ishlash qobiliyati”, “yangi bilimlarni egallash qobiliyati”, “bilim
49 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz va innovatsion g‘oyalardan foydalanishga tayyorlik” kabi qobiliyatlarini shakllanishida as qotadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, umumiy kompetensiyalar bitiruvchi-yoshlarni kasbga tayyorlash malakasini oshirishning turli yo‘nalishlari uchun yetarlicha mos bo‘lib, zamonaviy-innovatsionkreativ rahbar kadrlarni kasbga tayyorlashning “asosiy o‘zagini” tashkil etuvchi zaruriy kompetensiyalarni aniqlash va moslashtirish tavsiya etiladi.