scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YASSI IGNADONLI TRIKOTAJ MASHINALARINING TORTISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY TAHLILI

Primov, S.A.; Mirusmanov, B.; Ahmedov, K.; Qurbonov, R.T.

Abstract

Yassi ignadonli trikotaj to‘quv mashinalar mahsulotlarni qism holatda alohida-alohida qilib to‘qiydi va bu jarayon ishlab chiqarishda chiqindilar miqdorini eng kam chiqaradigan mashinalardan biri hisoblanadi. Mashinaning imkoniyatlari yuqori bo‘lishi bilan bir qatorda uning kamchiliklari ham mavjud. Mashinada uchraydigan muammolardan biri bu to‘qish tizimidan-uning tortish tizimigacha bo‘lgan masofada. Ushbu masofada to‘qimalarni eni bo‘yicha qisqarishi kuzatiladi va qisqargan to‘qima tortish vallari orqali tortilishi natijasida to‘qimaning ikki chet ignalarga ortiqcha kuch ta’sir qiladi. To‘qima chetidagi halqalarning halqa ipi uzunliklari oshib, to‘qima markazidagi halqalarninig halqa ipi uzunliklariga nisbatan uzunroq bo‘lishi ma’lum. Natijada, mashinaning tortish vallaridan yechib olingan trikotaj to‘qimasining o‘rtasidagi halqalar bilan chetdagi halqalarning balandliklari har xil hosil bo‘lganligini ko‘rish mumkin. To‘qimani bitta qatoridagi halqalar balandliklarini bir teks to‘qilmasligi sifatsiz trikotaj to‘qima to‘qilishiga sabab bo‘ladi. Bu muammoni yechish maqsadida mashinaning tortish vallariga rezina qoplama qilindi. Rezina qoplama vallar ustiga ma’lum bir burchak ostida o‘rash orqali to‘qimalarning tortish davrida bir tekkis holatda tortilishi va ignalardagi kuch ta’sirini bir me’yorga keltirishga erishildi.

Full text

Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 65 DOI: https://10.5281/zenodo.17312790 YASSI IGNADONLI TRIKOTAJ MASHINALARINING TORTISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY TAHLILI S.A. Primov., B. Mirusmanov., K.Ahmedov., R.T. Qurbonov Tashkent instituti of textile and light industry ANNOTATSIYA Yassi ignadonli trikotaj to‘quv mashinalar mahsulotlarni qism holatda alohidaalohida qilib to‘qiydi va bu jarayon ishlab chiqarishda chiqindilar miqdorini eng kam chiqaradigan mashinalardan biri hisoblanadi. Mashinaning imkoniyatlari yuqori bo‘lishi bilan bir qatorda uning kamchiliklari ham mavjud. Mashinada uchraydigan muammolardan biri bu to‘qish tizimidan-uning tortish tizimigacha bo‘lgan masofada. Ushbu masofada to‘qimalarni eni bo‘yicha qisqarishi kuzatiladi va qisqargan to‘qima tortish vallari orqali tortilishi natijasida to‘qimaning ikki chet ignalarga ortiqcha kuch ta’sir qiladi. To‘qima chetidagi halqalarning halqa ipi uzunliklari oshib, to‘qima markazidagi halqalarninig halqa ipi uzunliklariga nisbatan uzunroq bo‘lishi ma’lum. Natijada, mashinaning tortish vallaridan yechib olingan trikotaj to‘qimasining o‘rtasidagi halqalar bilan chetdagi halqalarning balandliklari har xil hosil bo‘lganligini ko‘rish mumkin. To‘qimani bitta qatoridagi halqalar balandliklarini bir teks to‘qilmasligi sifatsiz trikotaj to‘qima to‘qilishiga sabab bo‘ladi. Bu muammoni yechish maqsadida mashinaning tortish vallariga rezina qoplama qilindi. Rezina qoplama vallar ustiga ma’lum bir burchak ostida o‘rash orqali to‘qimalarning tortish davrida bir tekkis holatda tortilishi va ignalardagi kuch ta’sirini bir me’yorga keltirishga erishildi. Kalit so‘zlar. Yassi, ignadon, trikotaj mashinasi, trikotaj, igna, halqa, to‘qima, kuch. vallar. ABSTRACT Flat knitting machines produce individual garment pieces, and this process is considered one of the least wasteful in production. Along with the machine’s high capabilities, it also has its drawbacks. One of the problems the machine faces is the distance between the knitting system and its take-down system. In this section, fabric shrinkage is observed along the width, and as a result of stretching the shrunken fabric Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 66 through the take-down rollers, excessive force acts on the outermost needles. It is known that the lengths of the threads in the loops along the fabric edges increase and become longer than the lengths of the threads in the loops at the center of the fabric. As a result, one can observe that the loop height in the middle of the knitted fabric removed from the machine’s take-down rollers differs from the loop height at the edges. Uneven loop height within a single row of fabric leads to the formation of poorquality knitted material. To address this issue, a rubber coating was applied to the machine’s traction shafts. By winding the rubber coating around the shafts at a specific angle, it became possible to achieve uniform tension of the fabric during stretching and to equalize the force exerted on the needles. Keywords. Flat bed, pincushion, knitting machine, knitwear, needle, stitch, knitted fabric, drive shafts. АННОТАЦИЯ Плосковязальные трикотажные машины вяжут изделия по отдельности в виде деталей, и этот процесс считается одним из наименее отходных в производстве. Наряду с высокими возможностями машины, у неё также есть свои недостатки. Одна из проблем, с которыми сталкивается машина, - это расстояние от вязальной системы до её оттяжной системы. На этом участке наблюдается усадка полотна по ширине, и в результате натяжения усаженного полотна через оттяжные валы на крайние иглы действует избыточная сила. Известно, что длины нитей в петлях по краям полотна увеличиваются и становятся длиннее, чем длины нитей в петлях в центре полотна. В результате можно увидеть, что высота петель в середине трикотажного полотна, снятого с тяговых валов машины, отличается от высоты петель по краям. Неравномерность высоты петель в одном ряду полотна приводит к образованию некачественного трикотажного полотна. Для решения этой проблемы на тяговые валы машины было нанесено резиновое покрытие. Благодаря намотке резинового покрытия на валы под определенным углом удалось добиться равномерного натяжения полотна во время оттяжки и выравнивания силы воздействия на иглы. Ключевые слова: Плоская, игольница, трикотажная машина, трикотаж, игла, петля, вязаное полотно, силовые валы. KIRISH Hozirgi kunda Respublikamizda to‘qimachilik, tikuv-trikotaj tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari va assortimentini kengaytirish, Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 67 shuningdek, korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo‘llabquvvatlash bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda [1]. Jahon bozorida trikotaj mahsulotlariga raqobatning yuqori darajaligi, zamonaviy takomillashgan texnologiyalar, to‘qima turlarinining sifati va miqdori jihatdan tez o‘zgartirish imkonini beradigan uskunalarni amaliyotga joriy etishni taqozo etadi. Ushbu farmonlarni ijrosini ta’minlash maqsadida yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar olinishining zarurligi hamda trikotaj mahsulotlarining sifatini yanada oshirish muhim ahamiyatga ega. To‘qimachilikda murakkab trikotaj to‘qimalari tuzilishlarini olish uchun resurstejamkor texnologiyalar va texnika vositalarining yangi ilmiy-texnikaviy yechimlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Trikotaj to‘qimalarini assortimentini kengaytirish, trikotaj mashinalarining texnologik imkoniyatlaridan foydalanib, homashyo sarfini tejash va trikotaj to‘qimalarining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash bugungi kunda to‘qimachilik sohasining olimlari va mutaxasislari oldidagi dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Trikotaj to‘qimalarini sifatli va nuqsonsiz chiqarish uchun ham mashinaning rexnologik imkoniyatlari yetarli darajada bo‘lsa maqsadga muvifiq bo‘ladi. Lekin mashinaning imkoniyati to‘qimalarning sifatli chiqarishga yetarli darajada bo‘lamasa, bu to‘qimalarning ishlab chiqarishda katta muammoga olib keladi. Yassi ignadonli mashinalarda asosan mahsulot qism shaklida to‘qiladi va qismlar birlashtirib tikiladi. Tikish jarayonida mahsulot qismlari bir-biriga mos kelmasa ya’ni bir qism ikkinchi qismdan uzunroq yoki kaltaroq chiqsa birlashtirib tikish vaqtida nuqsonli mahsulotlar qatoriga kirib qoladi. Nazariy tadqiqotlar. Bugungi kunda jahonda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda mahsulotlarni sifatli va nuqsonsiz chiqarishga qaratilgan bir qator ishlar olib borilgan. Qolaversa yassi ignadonli mashinalarning tortish va o‘rash tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha bir qator olimlar ilmiz izlanishlar olib borishgan. Bulardan M.M. Muqimov, N.R. Xanxadjayeva, B. Mirusmanov, Q.M. Xoliqov, K.Z. Yunusov, X.A.Xazratqulov, M.M. Musayeva, G.X.Gulyayeva, T.K. Allamuratova, N.M. Musayevlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan[3-6]. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida trikotaj mahsulotlarini sifatli ishlab chiqarish uchun mashinaning imkoniyatlarini kengaytirish yetarli darajada olib borilmagan.. Tajribaviy izlanishlar. Yassi ignadonli trikotaj to‘quv mashinalari mahsulotlarni qism holatda alohida-alohida qilib to‘qiydi va bu jarayon ishlab chiqarishda chiqindilar miqdorini eng kam chiqaradigan mashinalardan biri hisoblanadi. Mashinaning imkoniyatlari yuqori bo‘lishi bilan bir qatorda uning kamchiliklari ham mavjud. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 68 Mashinada uchraydigan muammolardan biri bu to‘qish tizimidan-uning tortish tizimigacha bo‘lgan masofada. Ushbu masofada to‘qimalarni eni bo‘yicha qisqarishi kuzatiladi va qisqargan to‘qima tortish vallari orqali tortilishi natijasida to‘qimaning ikki chet ignalarga ortiqcha kuch ta’sir qiladi. To‘qima chetidagi halqalarning halqa ipi uzunliklari oshib, to‘qima markazidagi halqalarnini halqa ipi uzunliklariga nisbatan uzunroq bo‘lishi ma’lum. Natijada, mashinaning tortish vallaridan yechib olingan trikotaj to‘qimasining o‘rtasidagi halqalar bilan chetdagi halqalarning balandliklari har xil hosil bo‘lganligini ko‘rish mumkin (1-rasm). Keltirilgan mavjud rezina qoplamali vallarni umumiy ko‘rinishi va vallarda o‘tuvchi matoning holati keltirilgan. To‘qimani bitta qatoridagi halqalar balandliklarini bir teks to‘qilmasligi sifatsiz trikotaj to‘qima to‘qilishiga sabab bo‘ladi. Ushbu muammoni texnologik nuqtai nazardan hal etish maqsadida tortish tizimidagi vallarning ustiga qoplangan rezina qoplamasini takomillashtirib, ya’ni rezina qoplamani ma’lum bir burchak ostida qaytatdan o‘rash orqali to‘qima tarkibidagi halqalarni tortilish kuchini tenglashtirishga erishish. Rezina qoplamali vallar ta’sirida matoni bir tekisda uzatish masalasi ko‘rilgan rezina qoplamalari tekis yoyib uzatish maqsadida qoplamada o‘ְyiqchalar 𝛼 burchak ostida qilib ishlov berilgan. Asosiy maqsad kelayotgan matoni cho‘zilishi natijasida matoning dastlabki shakli o‘zgaradi buning natijasida bir tekisda o‘rash imkoniyati bo‘lmaydi [60; 497-504 b.]. a b Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 69 1-rasm. Mavjud vallardan o‘tishdagi mahsulot qismining holati. a-vallar orasidan o‘tuvchi mahsulot qismi, b-mahsulot qismlaridagi nuqsonlar Natijalar tahlili. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki yassi ignadonli mashinalarda tortish tizimida muammolar mabjud bo‘lib, ular mahsulot qismlarini tortganda ularning shakli o‘zgaradi natijada mahsulot qismlari bir biriga mos kelmay qoladi. Ushbu muammoni yechish maqsadida yangi takomillashtirilgan rezina qoplamali vallarni ishlab chiqildi va quyidagi nazariy xisob kitob ishlari amalga oshirildi. Yo‘naltiruvchi rezina qoplama sirtidan o‘tuvchi matoning harakatini ifodalaymiz. Rezina qoplama sirtidagi matoning α yo‘nalishidagi harakati {Ẋ(𝑠)=Ṡ 𝑐𝑜𝑠𝛼 Ẏ(𝑠)=Ṡ 𝑠𝑖𝑛𝛼 ⇒𝜗𝑥=Ṡ 𝑐𝑜𝑠𝛼 𝜗𝑦=Ṡ 𝑠𝑖𝑛𝛼 Bu yerda S-joylashgan rezinaning uzunligi 𝛼–og‘ish burchagi. 2-rasmda matoning yo‘naltiruvchi o‘yiqchalar ta’siridagi xarakat sxemasi orqali 𝛼 burchak ostida rezina qoplamasi o‘zgartirilganda trikotaj matosining holatini aks ettirishi keltirilgan. 2-rasm. Matoning yo‘naltiruvchi o‘yiqchalar ta’siridagi xarakat sxemasi 2-rasmda esa takomillashtirilgan rezina qoplamali vallarning umumiy ko‘rinishi hamda vallar orasidan yoyilgan holatda o‘tuvchi matoning holati ko‘rinishi aks ettirilgan. Rezina qoplamasi va burchak ostida yo‘naltiruvchi vallar orasidan o‘tuvchi matoning harakat differensial tenglamasini tuzamiz 𝑚𝑑𝜗 𝑑𝑥=𝑑𝑇 𝑑𝑥−𝑇(𝑥)−𝜇𝑃(𝑥) (1) (1) Differensial tenglamani sodda ko‘rinishga keltiramiz Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 70 𝑚𝑑𝜗 𝑑𝑥=𝑑𝑇 𝑑𝑥−𝜇𝑃(𝑥) (2) (2) Differensial ifodadan vallar orasidan o‘tuvchi matoning massasi 𝑚=𝜌∙ 𝐴 ga teng bu yerda 𝜌matoning zichligi, A-Kesim yuzasi 𝜌∙𝐴∙𝑑𝜗 𝑑𝑡=𝑑𝑇 𝑑𝑥−𝜇𝑃(𝑥) (3) (3) Differensial tenglamadan 𝜗=𝜗(𝑥,𝑡) deb qarasak u holda, (3) differensial tenglamaga oddiy holatda statsionar yechim quyidagicha ifodalanadi 𝑑𝑇 𝑑𝑥−𝜇𝑃(𝑥)=0⇒ 𝑑𝑇 𝑑𝑥=𝜇𝑃(𝑥) (4) (4) Ifoda matoning vallar orasidan o‘tishdagi tarangligini o‘zgarishini ifodalaydi. Bu (4) tenglikni integrallab taranglik kuchini aniqlaymiz 𝑇(𝑥)=𝑇0+𝜇∫𝑃 𝑥 𝑥0(𝑆)𝑑𝑠 (5) (5) Rezina qoplama o‘yiqlari α burchak ostidagi matoning differensial ifodasini quyidagicha aniqlaymiz 𝜌𝐴𝑑𝜗 𝛼𝑡=𝑑𝑇 𝑑𝑥0−𝜇𝑃(𝑥)𝑐𝑜𝑠𝛼 (6) (6) Ifodadagi matoning taranglik kuchini ishqalanish kuchi orqali bog‘lab hisoblaymiz 𝐹𝑖𝑠ℎ=𝜇∙𝑃(𝑥) (7) (7) Agar taranglik kuchi vallar orasidan o‘tishdagi qamrash burchagi bo‘yicha o‘zgarishi 𝑇(𝑥)=𝑇0𝑒𝜑𝜇 (8) (8) Tenglikdan taranglik kuchi bilan bosim kuchini bog‘liqlik ifodasini aniqlaymiz 𝑃(𝑥)=1 𝜇𝜑∙𝑇0𝑒𝜑𝜇 (9) (9) ifodani rezina qoplamali vallar oyiqchalari burchak ostidagi matoning yo‘qolishini x va y o‘qlari bo‘yicha bosim kuchini aniqlaymiz {𝑃𝑥=𝑃(𝑥)𝑐𝑜𝑠𝛼 𝑃𝑦=𝑃(𝑥) 𝑠𝑖𝑛𝛼 (10) (10) tenglikka (9) ifodani qo‘yib xisoblaymiz {𝑃𝑥=1 𝜇𝜑𝑇0𝑒𝜑𝜇𝑐𝑜𝑠𝛼 𝑃𝑦=1 𝜇𝜑𝑇0𝑒𝜑𝜇𝑠𝑖𝑛𝛼 (11) (11) tenglik ya’ni matoning vallar orasidan o‘tishdagi o‘qlar burchak bosim kuchini o‘zgarishini (2) ifodaga qo‘yib matoning taranglik kuchini aniqlaymiz. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 71 {𝑚𝑑𝜗 𝑑𝑥=𝑑𝑇 𝑑𝑥−𝑇0𝜑𝑒𝜑𝜇𝑐𝑜𝑠𝛼 𝑚𝑑𝜗 𝑑𝑦=𝑑𝑇 𝑑𝑦−𝑇0𝜑𝑒𝜑𝜇𝑠𝑖𝑛𝛼 (12) 𝑚𝑑𝑆 𝑑𝑥𝑐𝑜𝑠𝛼=𝑑𝑇 𝑑𝑥−𝑇0𝜑𝑒𝜑𝜇𝑐𝑜𝑠𝛼 𝑇(𝑥)=𝑚∙ 𝑐𝑜𝑠𝛼 ∙ 𝑆(𝑥)+∫𝑇0∙𝑒𝜑∙𝜇∙𝑐𝑜𝑠𝛼∙𝑑𝑥 (13) (13) ifodadan 𝑆(𝑥)=𝑥 bo‘lsa, u holda 𝑇(𝑥)=𝑚 ∙ 𝑥∙ 𝑐𝑜𝑠𝛼 + 𝑇0∙𝑐𝑜𝑠𝛼 𝜑∙𝑒𝜑∙𝜇+𝐶 (14) (14) Tenglikdagi C integral boshlang‘ich shartdan foydalanib aniqlaymiz 𝑇(0)=0 ⇒ 𝐶1=−𝑇0𝑐𝑜𝑠𝛼 𝜑 𝑇(𝑥)=𝑚∙𝑥∙𝑐𝑜𝑠𝛼+𝑇0∙𝑐𝑜𝑠𝛼 𝜑(𝑒𝜑∙𝜇−1) (15) 𝑇(𝑦)=𝑚∙𝑦∙𝑠𝑖𝑛𝛼+𝑇0∙𝑠𝑖𝑛𝛼 𝜑(𝑒𝜑∙𝜇−1) (16) (11), (15) va (16) ifodalardan yo‘naltiruvchi rezina qoplamalardan o‘tuvchi matoning yo‘naltiruvchi taranglik kuchlarini o‘zgarishi va bosim kuchlarini o‘zgarishini Maple dasturi orqali grafiklarda tahlili keltirilgan. (2-rasmda) keltirilgan o‘yiqcha uzunligini S deb belgilash kiritilgan bu uzunlikni OX va OY o‘qi bo‘yicha proyeksiyalari quyidagicha ifodalanadi {𝑋=𝑆∙𝑐𝑜𝑠𝛼 𝑌=𝑆∙𝑠𝑖𝑛𝛼 (17) (17) tengliklarni (11), (15) va (16) ifodalarga qo‘yib rezina qoplamasi vallardan matoning harakati natijasidagi taranglik va bosim kuchlarini aniqlaymiz {𝑃𝑥=1 𝜇∙𝜑∙𝑇0∙𝑒𝜑∙𝜇∙𝑐𝑜𝑠𝛼 𝑃𝑦=1 𝜇∙𝜑∙𝑇0∙𝑒𝜑∙𝜇∙𝑠𝑖𝑛𝛼 (18) {𝑇𝑥=𝑚∙𝑆∙𝑐𝑜𝑠𝛼+𝑇0∙𝑐𝑜𝑠𝛼 𝜑(𝑒𝜇∙𝜑−1) 𝑇𝑦=𝑚∙𝑆∙𝑠𝑖𝑛𝛼+𝑇0∙𝑠𝑖𝑛𝛼 𝜑(𝑒𝜇∙𝜑−1) (19) (18) va (19) ifodalardan foydalanib o‘yiqcha uzunligi S bo‘yicha bosim va taranglik kuchlarini S bo‘yicha bosim va taranglik kuchlarini o‘zgarishini Maple dasturi orqali taxlili keltirilgan. Hisoblashlarda quyidagi parametrlarning qiymatlari olingan 𝜇=0,3, 𝜑=650, 𝑇0=70𝐻, 𝑆=12 𝑠𝑚, 𝑚=⋯𝑇𝑝 𝜌=250 A=0,079 m2 Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 72 𝛼=150÷350 Takomillashgan rezina qoplamali valldan o‘tishdagi matoning OX o‘qi bo‘yicha bosim kuchini o‘yiqcha og‘ish burchagini turli xil 0 115=  0 225=  0 335=  qiymatlarida qamrash burchagiga ta’sir etish grafigi Takomillashgan rezina qoplamali valldan o‘tishdagi matoning OY o‘qi bo‘yicha bosim kuchini o‘yiqcha og‘ish burchagini turli xil 0 115=  0 225=  0 335=  qiymatlarida qamrash burchagiga ta’sir etish grafigi Takomillashgan rezina qoplamali valldan o‘tishdagi matoning OX o‘qi bo‘yicha taranglik kuchini o‘yiqcha og‘ish burchagini turli xil 0 115=  0 225=  0 335=  qiymatlarida qamrash burchagiga ta’sir etish grafigi Takomillashgan rezina qoplamali valldan o‘tishdagi matoning OY o‘qi bo‘yicha taranglik kuchini o‘yiqcha og‘ish burchagini turli xil 0 115=  0 225=  0 335=  qiymatlarida qamrash burchagiga ta’sir etish grafigi 3-rasm. Matoni rezina qoplamali valldan o‘tishda o‘yiqchalarni turli xil og‘ish burchaklaridagi bosim kuchini o‘zgarish grafiklari Yuqoridagi 3-rasmlardan shuni ta’kidlash kerakki matoni rezina qoplamali valldan o‘tishda o‘yiqchalarni turli xil og‘ish burchaklaridagi bosim kuchini o‘zgarish Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 73 grafiklari keltirilgan. Bunda vallar orasidagi qamrash burchagi bo‘yicha matoning bosim kuchini bir tekisda oshib borishi uzatilayotgan matolarni shaklini saqlash jarayoniga xizmat qiladi. O‘yiqchaning 𝛼3=350 yo‘naltirish matoning vallar orasidan o‘tishda bosim kuchini matoni yoyilish ta’sirida bir tekisda oshib borishi bilan ifodalanadi. 𝛼1=150 𝑣𝑎 𝛼2=250 larda bosim kuchini dastlab ma’lum qiymatlarda oshib, keyin kamayishini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa matoni vallar orasida yetarlicha yoyishga ta’sir qilmasligini ifodalaydi. Keltirilgan grafiklarda ham vallar orasidan o‘tishdagi matoning shaklini saqlashga intilishda o‘yiqchaning 𝛼3=350 qiymatida taranglik kuchini bir tekisda oshishi hisobiga matoning dastlabki shaklini saqlashga xizmat qilishini ifodalaydi. 4-rasm. Matoning yo‘naltiruvchi o‘yiqchalar ta’sirida geometrik xolatini saqlashda ta’sir qiluvchi kuchlar sxemasi Shu xolatini shaklini saqlash uchun quyidagi tenglik o‘rinli bo‘lishi zarur va yetarlidir Q= A R (20) Bu tenglikdagi Q matoning o‘qlari bo‘yicha tashkil etuvchilarini teng ta’sir qiluvchisidir