UMUMIY O'RTA TA'LIMDA O'QITUVCHI VA OTA-ONALAR IJTIMOIY HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikning ahamiyati, uni rivojlantirish yo‘llari hamda ta’lim-tarbiya samaradorligiga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot davomida adabiyotlarni tahlil qilish, suhbat va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi samarali ijtimoiy hamkorlik o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi, ularning ijtimoiy faolligi va axloqiy tarbiyasini kuchaytiradi. Shuningdek, ota-onalarning pedagogik bilimini yuksaltirish va zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishi ta’kidlanadi.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA O‘QITUVCHI VA OTA-ONALAR IJTIMOIY HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISH Muallif: Bozorova Xadicha Javlon qizi 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik Universiteti magistri 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17313654 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikning ahamiyati, uni rivojlantirish yo‘llari hamda ta’lim-tarbiya samaradorligiga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot davomida adabiyotlarni tahlil qilish, suhbat va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi samarali ijtimoiy hamkorlik o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi, ularning ijtimoiy faolligi va axloqiy tarbiyasini kuchaytiradi. Shuningdek, ota-onalarning pedagogik bilimini yuksaltirish va zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Umumiy o‘rta ta’lim, o‘qituvchi, ota-ona, ijtimoiy hamkorlik, ta’lim samaradorligi, tarbiya, pedagogik madaniyat, maktab–oila–jamiyat, kommunikatsiya texnologiyalari, suhbat metodi, qiyosiy tahlil metodi. KIRISH Boshlang‘ich ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik alohida o‘rin egallaydi. Bugungi globallashuv davrida bolalar tarbiyasida nafaqat maktab, balki oila va jamiyatning ijtimoiy hamkorligi muhim kasb etadi. O‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasida mustahkam ijtimoiy hamkorligi o‘quvchilarning intellektual, ma’naviy va axloqiy rivojlanishida hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Boshlang‘ich taʼlim davri har bir bolaning rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, bu davrda nafaqat maktab, balki oilaning ham o‘rni muhim hisoblanadi. O‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik o‘quvchining nafaqat bilim olishiga, balki shaxs sifatida shakllanishiga ham ijobiy taʼsir e’tadi.Shu bilan birga ushbu “Pedagogning maqomi to‘g‘risi”dagi qonunning 7-moddasiga “Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi”1 kabi majburiyatlar bejiz kiritmadi. Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va ota-onalar ijtimoiy hamkorligining ahamiyati, muhim tamoyillari va amaliy tavsiyala ko‘rib chiqiladi. TADQIQOT METODLARI Maqolani tayyorlashda quyidagi metodlardan foydalanildi: • Adabiyotlarni tahlil qilish – pedagogik va psixologik manbalar asosida otaona va o‘qituvchi ijtimoiy hamkorligining nazariy asoslari o‘rganildi. • Suhbat – ota-onalar va o‘qituvchilar bilan suhbat orqali ularning hamkorlikka munosabati va amaliy tajribasi o‘rganildi. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot • Qiyosiy tahlil – ilg‘or xorijiy tajribalar bilan mahalliy ta’lim muassasalari amaliyoti taqqoslandi. NATIJALAR 1. Ota-onalar bilan muntazam hamkorlik qiladigan o‘qituvchining sinflarida o‘quvchilar intizomi va bilim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ladi; 2. Elektron muloqot vositalaridan to‘g‘ri foydalanish (Telegramm guruhlari, elektron kundalik, onlayn yig‘ilishlar) ota-onalarning maktab hayotiga jalb etilishini kuchaytiradi; 3. Ota-onalar maktab tadbirlarida faol ishtirok etgan hollarda o‘quvchilarda ijtimoiy faollik va mas’uliyati sezilarli darajada oshganligi ko‘riladi; 4. Ba’zi ota-onalarning maktab va o‘qituvchi bilan aloqasi sustligi yoki pedagogik bilim yetishmasligi, ijtimoiy hamkorlik samaradorligini pasaytirayotgan asosiy muammolardan biri hisoblanadi. MUHOKAMA O‘qituvchi va ota-onalar ijtimoiy hamkorligini samarali tashkil etish ta’lim jarayoni sifatini yanada oshiradi. Bu jarayonda: Ota-onalarning pedagogik bilimlarini oshirishda treninglar, seminarlar, mahorat darslari va targ‘ibot ishlari muhim hisoblanadi .Bu bilan ota-onalar o‘qituvchilarni yanada yaxshi tushunadilar . yuqorida ta’kidlaganimizdek “Pedagogning maqomi to‘g‘risi”dagi qonunning 7-moddasida o‘qituvchi ota ona yoki o‘quvchining vasiysi bilan hankorlik o‘rnatishi haqida bejiz keltirilmadi. Qachonki o‘qituvchi va ota-ona hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa o‘quvchining bilim olishi va tarbiyasi yanada yaxshi bo‘ladi, hamda o‘quvchiga ta’limtarbiya berish yanada osonlashadi Ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirishda “maktab–oila–mahalla” uchligi yagona tizim sifatida faoliyat yuritishi zarur.bunga misol qilib chet el olimlari va pedagoglari nazariyalari va fikrlarini ham keltirishimiz mumkin. Misol uchun Vygotskiyning ijtimoiy-o‘quv jarayoniga oid nazariyasiga ko‘ra, bolaning kognitiv rivojlanishi ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog‘liq. U ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni bolaning o‘quv faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadigan omil sifatida baholagan. Vygotsky shunday deydi: “Bolalar bilimlarni faqat o‘zlari emas, balki kattalar bilan muloqot qilish jarayonida, yaʼni birgalikda o‘rganish orqali rivojlanadilar”2. John Dewey (1859–1952) o‘zining tajribaviy taʼlim nazariyasida taʼkidlagan: “Taʼlim faqat maktab doirasida cheklanmasligi kerak. Oila va maktab o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bolalar uchun muvaffaqiyatli taʼlim muhitini yaratadi3”. U ota-onalarni taʼlim jarayonida faol ishtirok etishga undagan va ota-onalarning hamkorligi bolaning individual qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashini taʼkidlagan. Joyce Epstein (1944-y.t.) taʼlimdagi ota-onalar va o‘qituvchilar hamkorligini tahlil qilish bo‘yicha mashhur bo‘lgan olimdir. U “Oilaviy va maktab hamkorligi modeli” ni ishlab chiqqan bo‘lib, uning fikriga ko‘ra, taʼlim jarayonida uch asosiy omil: maktab, oila va jamiyat integratsiyasi katta ahamiyatga ega. Epstein shunday deydi: “O‘qituvchi va ota-onalarning yaqin hamkorligi bolalar o‘qish motivatsiyasi va akademik natijalarini sezilarli darajada oshiradi.4” Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ota-onalar bilan samarali muloqot o‘rnatish imkonini kengaytiradi hamda o‘quvchini doimo kuzatish imkoniyatini undagi o‘zgarishlarni bilish imkoniyatini beradi.O‘qituvchining shaxsiy mas’uliyati bilan yondoshishi, ota-onalarning faol ishtiroki, o‘quvchi tarbiyasi va ta’limida ijobiy
11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot natijalar beradi shu bilan birga o‘quvchini sog‘lom muhitda ulg‘ayishiga yordam beradi. XULOSA Boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchi va ota-onalar ijtimoiy hamkorligini rivojlantirish o‘quvchilar shaxsini har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllantirishda, ta’limtarbiya samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Mustahkam hamkorlik o‘quvchilarda nafaqat bilim olish, balki ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni o‘zlashtirish, jamiyatda faol shaxs bo‘lib kamol topishiga yordam beradi. Shu bois kelajakda otaonalarni pedagogik jarayonga keng jalb qilish, ularning pedagogik madaniyatini yanada rivojlantirish va zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan samarali va o‘rinli foydalanish zarurdir. Shuningdek, o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik ularning yanada yaqin do‘stona munosabatda bo‘lishini taminlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. ”Pedagogning maqomi” to‘g‘risidagi qonuni 1 2. Yuldashev J., “Ta’limda ijtimoiy hamkorlik mexanizmlari”. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022. 3. Raxmonqulova M. “Maktab va oila hamkorligi: nazariya va amaliyot”. – Jizzax: JDPU nashriyoti, 2020. 4. Vygotsky,L.S. “Mindin Society: The Development of Higher Psychological Processes”. –Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978.2 5. Epstein,J.L. “School, Family, and Community Partner ships: Preparing Educators and Improving Schools”. –Routledge, 2018.4 6. John Dewey Experience and Education 1938