scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI TEXNOLOGIYA VOSITALARI ORQALI TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Boboxonova Sohibjamol Ibrohim qizi

Abstract

Maqolada raqamli texnologiya vositalarining rivojlanib borishi va ta’lim sohasining faoliyatiga qanday ta’sir qilayotgani va darslardagi integratsiya jarayoni haqida o’rganiladi. Maqolada Raqamli texnologiyalar nafaqat o’qitish usullarini modernizatsiya qilishi, balki o’quvchilarning bilim olish jarayonini samarali va qiziqarli bo’lishiga sabab bo’lishi tahlil qilinadi. Ushbu jarayonlar Wordwall, Flippity platformalari misolida ko’riladi. Shuningdek maqolada an’anaviy va interaktiv vositalar orqali o’tilgan dars jarayonlari qiyosiy tahlil metodi orqali tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko’rsatadiki, darsning noan’anaviy usuli o’quvchilarga ma’qul bo’ladi va tushunish darajasi foizi yuqori bo’ladi.Shuningdek maqolada raqamli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari ko’p bo’lsada, ammo muammolari ham mavjudligi muhokama qilinadi.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot RAQAMLI TEXNOLOGIYA VOSITALARI ORQALI TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH Muallif: Boboxonova Sohibjamol Ibrohim qizi 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik Universiteti magistri 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17313810 ANNOTATSIYA Maqolada raqamli texnologiya vositalarining rivojlanib borishi va ta’lim sohasining faoliyatiga qanday ta’sir qilayotgani va darslardagi integratsiya jarayoni haqida o’rganiladi. Maqolada Raqamli texnologiyalar nafaqat o’qitish usullarini modernizatsiya qilishi, balki o’quvchilarning bilim olish jarayonini samarali va qiziqarli bo’lishiga sabab bo’lishi tahlil qilinadi. Ushbu jarayonlar Wordwall, Flippity platformalari misolida ko’riladi. Shuningdek maqolada an’anaviy va interaktiv vositalar orqali o’tilgan dars jarayonlari qiyosiy tahlil metodi orqali tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko’rsatadiki, darsning noan’anaviy usuli o’quvchilarga ma’qul bo’ladi va tushunish darajasi foizi yuqori bo’ladi.Shuningdek maqolada raqamli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari ko’p bo’lsada, ammo muammolari ham mavjudligi muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: Flippity, Wordwall, Raqamli texnologiya vositalari, interaktiv ta’lim. KIRISH Bugungi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib boryapti va har bir sohada zamon bilan odimlashni taqozo etmoqda.Axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan bir davrda raqamli texnologiyalar ta’lim sohasini ham chetlab o’tmadi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalardan foydalanish naqafaqat ta’lim samaradorligini oshirmoqda, balki ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.Biz ilgari ta’lim dasturlarining , ma’ruzalarning yirik hajmli kitoblarda, darslar esa an’anaviy doska va hikoya qilish ,shuningdek og’zaki savoljavob qilish usulidan foydalanilganiga guvoh bo’lganmiz. Bu esa ta’lim sifatining u qadar yuqori bo’lishini ta’minlamagan.Hozirda ta’lim sifatini ko’tarishda ta’limni raqamlashtirish jarayoni boshlangan. Bunga oddiy misol qilib Wordwall va Flippity platformalarining dars jarayonida qo’llanishini misol qilishimiz mumkun. Ushbu aqlli platforma o’qituvchiga vaqtini tejashga yordam beradi, sababi bir daqiqada o’quvchilar uchun topshiriq tayyorlash mumkun, shuningdek wordwall bepul va hamma fanga mos kela olishligi bilan judayam qulay. Ta’lim beruvchi shunchaki so’zlarni kiritadi platforma ularni tenglashtirish, anagramma,viktorina, mos keladigan juftliklar , flesh kartalar va gapirish kartalari kabi o’yinlar misolida taqdim etadi, o’qituvchi uni nusxalab material sifatida beradi yoki electron doskalarda bajaradi. Flippity platformasi ham foydalanuvchilar uchun bepul hamda juda ko’p imkoniyatlarni taqdim etadi. O’qituvchi matn yoki so’zlarni kiritadi platforma esa ulardan crossword,Random, Fleshcards,Puzzle, Bingo, Qorbobo, So’zli bulutlar kabi juda ko’p o’yinlarni taqdim etadi. Shuningdek platformada ko’plab interaktiv, zamonaviy ko’rgazmali qurollar ham tayyorlash mumkun. Flippity platformasining “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot imkoniyatlari Wordwallnikidan ham ko’pligi bilan ajralib turadi.Maqolada ushbu platformalarning ta’lim jarayoni uchun imkoniyatlari va dars sifatining oshishidagi o’rni o’rganiladi.Maqolaning maqsadi raqamli texnologiyalarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi ta’sirini o’rganish. TADQIQOT METODLARI An’anaviy va noan’anaviy dars jarayonida dars samaradorligini aniqlash. Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: 1.Pedagogik kuzatuv.O’qituvchi tomonidan o’quvchilarning an’anaviy va noananaviy darsdagi faolligini kuzatildi. 2.So’rovnoma va suhbat metodi. O’quvchilarning raqamli texnologiyalar va interaktiv darslar qanday ta’sir qilayotganini aniqlash uchun tashkil qilindi. 3.Qiyosiy tahlil metodi.O’quvchilarning bir haftalik an’anaviy va noan’anaviy darsdagi natijalari solishtirildi. 30 nafar o'quvchi uchun raqamli texnologiyalar yordamida ta'lim sifatini oshirish samaradorligini o'rganish bo'yicha qiyosiy tahlil jadvali: Raqamli Texnologiyalar va An'anaviy Dars Uslubining Samaradorligi Tahlili (30 nafar o'quvchi misolida) Ko'rsatkichlar An'anaviy Dars (Oddiy metod) Raqamli Texnologiyalar (Interfaol dars) Izoh Mavzuni tushunish darajasi 70% 95% An'anaviy darsda faqat o'qituvchi tushuntirgan, raqamli texnologiyalarda esa o'quvchi mustaqil o'rgangan va amaliy mashqlar bajargan. O'quvchilarning faolligi 45% 90% Raqamli darsda o'yinlar va interfaol mashqlar (Wordwall, Flippity) orqali barcha o'quvchilar darsga jalb qilingan. Darsga qiziqish darajasi 60% 95% Texnologiyalar dars jarayonini yanada qiziqarli va motivatsiyalashtiruvchi qilgan. Bilimni mustahkamlash darajasi 55% 85% An'anaviy darsda uy vazifasi berilgan, raqamli darsda esa onlayn testlar va mustahkamlash platformalaridan foydalanilgan. Vaqt samaradorligi 65% 80% Raqamli texnologiyalar yordamida ma'lumotni tezroq qabul qilish va testlarni avtomatik baholash orqali vaqt tejalgan. Darsdagi o'zaro aloqa 40% 75% Raqamli texnologiyalar orqali o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida hamda o'quvchilarning o'zaro muloqoti oshgan. 11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Baholashning shaffofligi 70% 95% Raqamli platformalar avtomatik baholash imkonini beradi, bu esa baholash jarayonini yanada shaffof qiladi. Muvaffaqiyatga erishgan o'quvchilar soni 20 nafar 28 nafar Har bir o'quvchining shaxsiy ehtiyojlariga moslashgan o'qitish uslubi orqali natijalar sezilarli darajada yaxshilangan. Umumiy samaradorlik koeffitsienti 60% 90% Barcha ko'rsatkichlarning o'rtacha qiymati asosida hisoblangan. MUHOKAMA Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, raqamli texnologiyalardan foydalanb o’tilgan darslarda o’quvchilar an’anaviy darslardagidan ko’ra mavzuni tushunish darajasi, o’quvchilarning faolligi, qiziqishi, bilimni mustahkamlash darajasi yuqori natija ko’rsatdi. Ammo natija qanchalik yuqori bolishiga qaramasdan, Raqamli texnologiyalardan foydalanishni ta’limga olib kirishda bir qancha muammolarga duch kelmoqdamiz. 1.Texnik muammolar. Ko’pgina maktablarda internet tezligi past yoki umuman majud emas.Shuningdek,zamonaviy komputerlar va proyektorlar yetishmovchiligi katta to’siq bo’ladi. 2.O’qituvchilarning bilim va ko’nikmalari yetishmovchiligi.Ba’zi o’qituvchilarda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko’nikmasi mavjud emas.Bu esa dars jarayoniga texnologiyalarni integratsiya qilishiga to’sqinlik qiladi. 3.O’quvchilarning texnologiyadan foydalanish imkoniyatlari. O’quvchilarning hammasida ham telefon, planshet kabi qurilmalar mavjud emas,bu esa ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. 4. Dars rejasiga moslashtirish qiyinligi. An’anaviy dars rejasi raqamli texnologiyalardan foydalanishni hisobga olmagan. Shu sababli dars jarayonlariga olib kirish muammo tug’diradi. XULOSA Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, Raqamli texnologiyalardan foydalanish ta’lim samaradorligi oshiradi va o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Bu esa o’quvchilarda yanada samaraliroq va o’rganish muhitini kuchaytiradi.Biroq bu jarayonda yuzaga keladigan metodik va texnik muammolarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Yechimlar: 1Texnik muammolarga maktab ma’muriyati internet sifatini yaxshilashga e’tibor qaratishi lozim yoki platformalardagi mavjud topshiriqlarni oldindan yuklab olish zarur. 2.O’qituvchilarning malakasining yetishmasligi. Pedagoglar uchun maxsus tering va mahurat darslari tashkil qilinishi maqsadga muvofiq bo’ladi. 3.O’quvchilarning texnologiyadan foydalanish imkoniyatlaridagi kamchiliklar yuzaga kelganda, o’quvchilarni guruhlarga bo’lib birgaliklikda ishlashga o’rgatish mumkun.Bu o’quvchilarda jamoa bo’lib ishlash ko’nikmasining rivojlanishiga sabab bo’ladi. 12 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot 4.Dars rejasiga moslashtirish qiyinligi. O’qituvchi darsni rejalashtirayotganda 5 10 daqiqani ushbu platformalardan foydalanishga ajratsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Natijada Raqamli texnologiya vositalarining dars jarayonlariga uyg’unligi sezilarli natija ko’rsatadi. Faqat pedagog butun bir saotlik darsni raqamli vositalar orqali o’tmasligi lozim, an’anaviy ta’lim bilan birgalikda olib borilsa, p’quvchilarning texnologiyalardan zerikishining oldi olingan bo’ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Abdullayeva, S (2020). Raqamli avlod va pedagogik innovatsiyalar.Toshkent:Ta’lim nashriyoti. 2. Abid Haleem,Mohd Javaid, Mohd Asim Qadri, Rajiv Suman(2022). Understanding the role of digital technologies in education.New Dehli,India: SienceDirect 3. Sadikova,F (2024). Raqamli texnologiyaga asoslangan ta’lim.Buxoro:Inter education&Globalstudy 4. Shahnoza Abduxakimovna Abdurahmonova.(2022).Individualization of professional education process on the basis of digital technologies.World Bulletin of Social Sience,8, 65-67.