scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KOMPANIYANING IPOGA "MAJBURAN" CHIQISHINING OQIBATLARI

Shaxzod Saydullayev

Abstract

Mamlakatimizda moliya bozori tez rivojlanib borayotgan sektorlardan biri hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, rivojlanish bosqichida bo‘lgan har qanday jarayonda bo‘lgani kabi, mamlakatda IPO orqali xususiylashtirish mexanizmida ham bir qancha muammo va kamchiliklar yuzaga kelmoqda. Mazkur tadqiqotda kompaniyalarning IPOga majburan chiqarilishi va uning oqibatlari tahlil qilingan.

Full text

INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 768 KOMPANIYANING IPOGA “MAJBURAN” CHIQISHINING OQIBATLARI Shaxzod Saydullayev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, PhD, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.17315556 Annotatsiya. Mamlakatimizda moliya bozori tez rivojlanib borayotgan sektorlardan biri hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, rivojlanish bosqichida bo‘lgan har qanday jarayonda bo‘lgani kabi, mamlakatda IPO orqali xususiylashtirish mexanizmida ham bir qancha muammo va kamchiliklar yuzaga kelmoqda. Mazkur tadqiqotda kompaniyalarning IPOga majburan chiqarilishi va uning oqibatlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: IPO, narx diapazoni, listing kategoriyalari. Davlat mulkini IPO mexanizmi asosida xususiylashtirishda asosiy muammolardan biri – bu kompaniyalarning moliyaviy va operatsion tayyorgarlik darajasining pastligidir. Ma’lumki, davlat ishtirokidagi ko‘plab korxonalar davlat siyosatiga va aralashuviga sezgir bo‘lganligi bois ko‘p holatlarda zaif yoki beqaror rentabellik, past operatsion samaradorlik, yuqori darajadagi qarzlar va eskirgan biznes modellari bilan ajralib turadi. Ayrim hollarda bunday kompaniyalar fond birjalarining asosiy listing talablariga ham javob bermaydi: barqaror faoliyat va rentabellik tarixi mavjud emas, korporativ boshqaruvga oid ko‘plab muammolar hal etilmagan, moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarga javob bermaydi. Xususan, mazkur muammo UzAuto Motors AJ misolida yaqqol namoyon bo‘lganligi bois, kompaniya Toshkent RFBda faqatgina “Tranzit” listing kategoriyasidan o‘tib, IPO ga chiqqan edi. Aslida bu qaror kompaniyaning oliy boshqaruvi – davlat, ya’ni asosiy aksiyador qabul qilgan qarorligi ham muammoning sababi bo‘lishi mumkin. Markazlashtirilgan boshqaruv sharoitida yoki davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokining yuqori darajasida ko‘pincha IPO ga chiqish to‘g‘risidagi qaror kompaniyaning boshqaruvi yoki uning direktorlar kengashi tomonidan emas, balki yuqoridan, ya’ni davlat tashabbusi bilan qabul qilinadigan qarorlar asosida amalga oshiriladi. Bunda asosiy maqsad - byudjetni tez fursatlarda to‘ldirish [1], xalqaro tashkilotlar oldida xususiylashtirishga oid siyosiy harakatlarni ko‘rsatish (va’dalarni bajarish) yoki iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilayotgani to‘g‘risida illyuziya yaratishdir. Natijada, davlat korxonalari haqiqatan ham ommaviy kompaniya maqomiga tayyor bo‘lmasdan oldin bozorga kirishga majbur bo‘ladi. Ushbu yondashuv IPO kompaniya tomonidan investitsiyalarni jalb qilish, biznesni kengaytirish, oshkoralik va shaffoflikni oshirish uchun ongli strategik qadam degan bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillarini e’tibordan chetda qoldiradi. Agar IPO kompaniya uchun oddiygina “ma’muriy vazifa” bo‘lib qolsa [2], ba’zi salbiy natijalarga va oqibatda IPOning muvaffaqiyatsiz bo‘lishiga olib keladi (1-rasm). INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 769 1-rasm. Kompaniyaning IPOga “majburan” chiqishining oqibatlari Hozirga qadar O‘zbekistonda o‘tkazilgan IPOlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, biror bir kompaniya o‘z xohishiga ko‘ra IPOga chiqmagan, ular hukumatning tegishli qarori asosida xususiylashtirilishi belgilangan. Xorijiy amaliyotda hukumat qarori asosida IPOga chiqishi belgilangan kompaniyalar tajribasi aslida bu qarorni davlat qabul qilishi faqatgina bir shart bilan hech qanday normalarni buzmasligini ko‘rsatadi – kompaniyaning to‘g‘ri tanlanishi sharti bilan. Davlat budjetiga ortiqcha yuk bo‘layotgan, to‘laydigan soliqlaridan ko‘ra kompaniyani saqlash xarajatlari ko‘proq bo‘lgan, moliyaviy ko‘rsatkichlari hech qaysi talablarga javob bermaydigan kompaniyalarni IPOga chiqarish esa haqiqiy IPO tanazzuliga olib keladi. Davlatning qaysi kompaniyadagi ulushi IPO ga chiqishi to‘g‘risida qaror qabul qilish va IPO ga chiqish orasida kamida 2-3 yil vaqt bo‘lib [3], bu kompaniyaning tuzilmasini IPOga ideal holatda olib kelishga yetarli fursat demakdir. Kompaniyaning IPO ga tayyor yoki tayyor emasligini baholash uslubiyoti haqida keyingi bobda so‘z yuritsakda, mazkur muammoning yechimi sifatida kompaniyaning IPOdan oldingi ideal korporativ boshqaruv tuzilmasining ko‘rinishini tasvirlab, tahlil qilingan. Umuman olganda, kompaniyaning IPO dan oldingi tuzilmasi IPOdan keyingi tuzilmaga o‘xshash bo‘lib, Pre-IPO bosqichidagi tuzilma ko‘proq IPOni muvaffaqiyatli tashkil etish maqsadida moslashtiriladi (3-rasm). Ideal korporativ tuzilma aslida nima uchun kerak? Gap shundaki, kompaniya IPOga chiqish oldidan investorlarning ishonchini oshirish va tartibga soluvchi tashkilotlarning talablarini qondirish uchun ideal korporativ boshqaruv tuzilmaga ega bo‘lishi kerak. Bunga, eng avvalo, kompaniyaning rivojlanishida muhim qarorlarni qabul qiladigan aksiyadorlar (ularning umumiy yig‘ilishi), kompaniyaning strategik rejalarini belgilab beradigan va tarkibi asosan mustaqil direktorlardan tashkil topgan Kuzatuv kengashi va belgilangan maqsadlarni ijrosini ta’minlaydigan ijro organlari kiradi. Shuningdek, korxona ijro organiga bo‘ysinmaydigan mustaqil tashkilotlarning mavjudligi aksiyadorlar uchun ichki muhit qanday ekanligi haqida axborot olish imkoni hisoblanadi. INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 770 2-rasm. Kompaniyaning Pre-IPO bosqichidagi ideal tuzilmasi Huquqiy tuzilma komponentlaridan biri egalik tuzilmasi kompaniyaning aksiyadorlari, kompaniya egalik qiladigan boshqa joylardagi aktivlar, mol-mulklar, yashirin xolding va offshore sxemalardan xoli ekanligi haqidagi ma’lumotlar ochiq taqdim etilishi kerak. Yuridik tozalik yana bir muhim omil bo‘lib, bu kompaniyada hal etilmagan sud jarayonlari yoki nizoli kelishuvlar kabi muammolar bo‘lmasligi kerakligini anglatadi. Listingga tayyor bo‘lish kompleks jarayon bo‘lib, barcha asosiy huquqiy hujjatlar yangilangan va listing organining talablariga muvofiqlashtirilganligini anglatadi. Ko‘pgina hollarda, Pre-IPO bosqichida kompaniyalar egalik qiladigan aktivlarining restrukturizatsiyasini o‘tkazib, asosiy faoilyatga oid bo‘lmagan yoki foyda/zarar keltirmaydigan korxonalarni ajratish hamda strategik aktivlarni bitta joyda birlashtirish uchun qayta qurishni taqozo etadi. Moliyaviy tuzilma Pre-IPO bosqichida kompaniyaning moliyaviy ahvolini ko‘rsatib beradigan muhim tuzilma hisoblanadi. Ma’lumki investorlarni o‘ylantiradigan eng birinchi savol bu kiritilgan sarmoyaning qancha vaqtda, qanday hajmda qaytishidir. Bu esa bevosita kompaniyaning moliyaviy holatiga bog‘liq savol hisoblanadi. Kompaniya Pre-IPO bosqichida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini qabul qilgan bo‘lishi, ichki va tashqi auditdan ijobiy xulosa bilan o‘tgan bo‘lishi, uning moliyaviy ko‘rsatkichlari barqaror rivojlanish tendensiyasini namoyish etishi hamda qisqa, o‘rta va uzoq muddatlarda strategik va moliyaviy o‘sish prognozlarining e’lon qilinishini ta’minlashi lozim. Kompaniyaning operatsion tuzilmasi kompaniyaning qanchalik samarali faoliyat yuritayotganini aks ettiradi. Segmentli hisobot kompaniya boshqaruvi va investorlarga har bir biznes bo‘linmasi yoki mahsulot liniyasi faoliyatini alohida baholash imkonini beradi. Ehtimoliy tahdidlarni faol ravishda aniqlash va ulardan kutilishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni kamaytirish uchun har qanday kompaniyada risklarni boshqarish tizimi mavjud bo‘lishi kerak. Shuningdek, kompaniyani markazlashgan boshqaruv tizimlari – ERP, 1C kabi raqamli INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 771 platformalar boshqaruv jarayonini kamchiqim, shaffof va zudlik bilan qaror qabul qilish imkonini beradigan vositalar hisoblanadi. Bundan tashqari, kuchli HR strategiyasi kompaniya rahbariyati va asosiy xodimlarining uzoq muddatli maqsadlariga muvofiqligini ta’minlaydi. Investitsion jozibadorlik kompaniyaning mahalliy va xalqaro bozorlarda qanchalik ko‘p investitisiyalarni jalb qila salohiyatini namoyon etadi. Moliyaviy va investitsion indikatorlarning o‘sish tarixi haqidagi ishonchli ma’lumotlar investorlarning kompaniyaga bo‘lgan qiziqishini oshirsa, investitsion memorandumlar kompaniyaning qiymat taklifini, raqobatdosh ustunliklarini va kelajakdagi rejalarini ochib beradi. Roadshou va investorlar bilan aloqalar (IR) jamoasi IPO paytida eng muhim tuzilma bo‘lib, investorlarga kompaniya haqidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etish, savollarga javob berish va bozor ishonchini mustahkamlashda strategik rol o‘ynaydi. Kuchli bozor pozitsiyasi – kompaniyaning brend nufuzi bo‘lib, institutsional va chakana investorlar uchun kompaniyaning jozibadorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Demak, kompaniyani IPOga chiqarishdan avval katta mehnat va kompleks yondashuvni talab qiladigan o‘zgarishlar qilish, uni o‘z ichiga 5 ta asosiy komponentni qamrab oluvchi strukturaviy jihatdan xalqaro IPO standartlariga moslashtirish zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Lewellyn, Krista B. and Bao, Shuji ‘Rosey’, 2014, A cross-national investigation of IPO activity: The role of formal institutions and national culture (International Business Review) 2. S. Trevis Certo, 2003, Influencing Initial Public Offering Investors with Prestige: Signaling with Board Structures (The Academy of Management Review,Vol. 28, No. 3) 3. Ibbotson, R.G., Sindelar, J.L. and Ritter, J.R., 1988, Initial public offerings, Volume 1. 2 (Journal of Applied Corporate Finance).