ATEROSKLEROZ VA PARODONTIT KASALLIGIDA KOLXITSINNING YALLIG'LANISH SITOKINLARIGA TASIRI
Abstract
Aterosklerotik kasallik - qon tomirlarining endoteliy va mushak qatlami o‘rtasida tomir intimasining mahalliy qalinlashuvi. Aterosklerotik shakllanishlarning eng erta belgisi endotelial disfunktsiyaga bog‘liq. Ateroskleroz kasalligi rivojlanishi uchun yallig‘lanishning ahamiyati juda katta. Yallig‘lanish ateroskleroz va parodontit kasalligining omili hisoblanadi.
Full text
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 81 DOI: https://10.5281/zenodo.17316394 ATEROSKLEROZ VA PARODONTIT KASALLIGIDA KOLXITSINNING YALLIG‘LANISH SITOKINLARIGA TASIRI Agababyan Irina Rubenovna Ismoilov Rajabboy Maxmayusuf o‘g‘li Samarqand davlat tibbiyot unversiteti O‘zbekiston Respublikasi Samarqand shahri ANNOTATSIYA Aterosklerotik kasallik - qon tomirlarining endoteliy va mushak qatlami o‘rtasida tomir intimasining mahalliy qalinlashuvi. Aterosklerotik shakllanishlarning eng erta belgisi endotelial disfunktsiyaga bog‘liq. Ateroskleroz kasalligi rivojlanishi uchun yallig‘lanishning ahamiyati juda katta. Yallig‘lanish ateroskleroz va parodontit kasalligining omili hisoblanadi. Kalit so‘lar: Ateroskleroz, parodontit, C -Reaktiv oqsil, kolxitsin. EFFECT OF COLCHICINE ON INFLAMMATORY CYTOKINES IN ATHEROSCLEROSIS AND PERIODONTITIS ABSTRACT Atherosclerotic disease is a localized thickening of the intima between the endothelium and the muscular layer of blood vessels. The earliest signs of atherosclerotic formations are due to endothelial dysfunction. Inflammation is of great importance for the development of atherosclerosis. Inflammation is a factor in atherosclerosis and periodontitis. Keywords: Atherosclerosis, periodontitis, C-reactive protein, colchicine.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 82 Ishning maqsadi. Ateroskleroz va parodontit bilan kasallangan bemorlarda asosoiy davo muolajalari bilan birgalikda past dozada yallig‘lanishga qarshi dori vositasi kolxitsinni qo‘llash orqali yallig‘lanish sitokinlarida bo‘ladigan o‘zgarishlarni baholash. Tekshirish usullari. Ajratilgan guruhlarga nisbatan barcha bemorlarda yallig‘lanish sitoki C -Reaktiv oqsil darajasini dastlabki kelgandagi tekshiruvi, 3 oydan kiyingi ko;rsatgichi va 6 oydan kiyengi ko‘rsatgichlari baholab boriladi.Barcha bemorlarimiz 3 guruhga bulib urganiladi, 1guruh yurak qon tomir tizimi va parodontit bilan og‘rigan bemorlar - ushbu guruh bemorlar asosiy davo muolajasi qabul qiladi. 2guruh bemorlar yurak qon tomir tizimi va parodontit bilan og‘rigan asosiy davo muolajasi bilan birgalikda yallig‘lanishga qarsgi dori vositasi kolxitsinni past dozada 0.5g 1kunda bir mahal qabul qilib boradigan bemorlar. 3-guruh nazorat guruhi bemorlarimizdan iborat bo‘ladi. Natijalar tahlili. Ma’lumki, yurak qon tomir tizimida yallig‘lanish xavfini baholashda yallig‘lanish sitokinlarining darajasini ko‘rsatgichi ayniqsa C-reaktiv oqsil darajasi muhum hisoblanadi. C-reaktiv oqsil darajasi 1,0 mg / l dan past bo‘lsa, past deb hisoblanadi, 1-3 mg / l o‘rtacha, 3 mg / l dan ortiq bo‘lsa, yurak qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfi ortib borayotganligini ko‘rsatadi. C-reaktiv oqsil ko‘rsatgichi bo‘yicha bizning bemorlardan olingan dastlabki ma’lumotlar yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfi yuqori ekanligini ko‘rsatadi chunki bizning bemorlar ateroskleroz bilan kasallangan o‘rta yoshli va keksa bemorlar hisoblanadi. Dastlabki tekshiruvlarimizda o‘rtacha C-reaktiv oqsil qiymati mos ravishda 1-guruh bemorlarga 3,03 - 2,62 mg/l, 2-guruhda - 3,98 - 2,47 mg/l, nazorat guruhida esa 1,04 - 0,06 mg/l ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatgich asosiy davo muolajasi bilan birgalikda kolxitsinni past dozada qabul qilgan bemorlar guruhlarimizda 3 oydan kiyin sezilarli darajada kamayganligi kuzatildi yani 3,98 - 2,47 mg/ldan 2,83 - 2,24 mg/lgacha pasayganligini ko‘rish mumkin. Asosiy davo muolajali bilan birgalikda kolxitsin qabul qilmagan 1-guruh bemorlarda yallig‘lanish sitokini C-reaktiv oqsil darajasining o‘zgarishi yuqori darajada yaxshilanmadi.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 83 XULOSA O‘tkazilgan tadqiqod natijasidan kurinib turubdiki aterosklerotik yurak qon tomir tizimi kasalliklari va parodontit birgalikda kelganda asosiy davo muolajalari bilan birgalikda yallig‘lanishga qarshi dori vositasi kolxitsinni past dozalarda (0.5mg) qo‘llanilishi yallig‘lanish korsatgichlarini sezilarli darajada ijobiy tomonga uzgartirdi. Shuning uchun aterosklerotik yurak qon tomir tizimi kasalliklari va parodontit birgalikda kelganda yallig‘lanishga qarshi dori vositalariga qarshi ko‘rsatma bo‘lmaganda asosiy davo muolajalari bilan birgalikda qo‘llanilishi kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Ризаев Ж. А., Агабабян И. Р., Исмоилова Ю. А. Мировой опыт работы специализированных клиник по лечению больных с хронической сердечной недостаточностью //Вестник врача. – 2021. – Т. 3. – С. 100. 2. Alimjanovich R. J., Sattor o‘g‘li N. O., Mahmayusuf o‘g‘li I. R. ЗАВИСИМОСТЬ УРОВНЯ НЕЙТРОФИЛОВ ОТ СОСТОЯНИЯ ПАРОДОНТА У БОЛЬНЫХ ХРОНИЧЕСКОЙ ИШЕМИЧЕСКОЙ БОЛЕЗНЬЮ СЕРДЦА.(ЛИТЕРАТУРНЫЙ ОБЗОР) //JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE. – 2023. – Т. 8. – №. 1. 3. Агабабян И. Р., Солеева С. Ш. Место статинов в комплексном лечении SARSCOV-2 //Вопросы науки и образования. – 2021. – №. 14 (139). – С. 70-81. 4. Ярашева З. Х. и др. Эффективности оральных антикоагулянтов при неклапанной форме фибрилляции предсердий у лиц пожилого возрста //Евразийский журнал медицинских и естественных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 179-184.