scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BANK-MOLIYA SEKTORIDA STRATEGIK REJALASHTIRISHNI AMALGA OSHIRISHDA BOSHQARUV HISOBIDA BYUDJETLASHTIRISHNING "BEYOND BUDGETING" YONDOSHUVIDAN FOYDALANISH

Soatov Farhod Komiljon o'g'li

Abstract

Bank-moliya sektori bugungi kunda tez o'zgaruvchan global iqtisodiy muhitda faoliyat yuritmoqda. Foiz stavkalari o'zgarishi, raqobatning kuchayishi, texnologik innovatsiyalar va tartibga soluvchi talablar banklarni strategik rejalashtirishni moslashuvchan va samarali tarzda amalga oshirishga majbur qilmoqda. An'anaviy byudjetlashtirish usullari ko'pincha bu dinamikaga mos kelmaydi, chunki ular o’zgarmas chegaralar va yillik rejalarga asoslangan. Shu bois, "Beyond Budgeting" yondashuvi – byudjetlashtirishdan tashqariga chiqish – boshqaruv hisobida muhim o'rin egallamoqda. Ushbu yondashuv banklarga strategik maqsadlarni ro'yobga chiqarishda moslashuvchanlik, tez qaror qabul qilish va xodimlar motivatsiyasini oshirish imkonini beradi. Ushbu maqola "Beyond Budgeting" konsepsiyasini tushuntirib, uning bank-moliya sektoridagi qo'llanilishini ko'rib chiqadi, afzallik va qiyinchiliklarini muhokama qiladi.

Full text

INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 781 BANK-MOLIYA SEKTORIDA STRATEGIK REJALASHTIRISHNI AMALGA OSHIRISHDA BOSHQARUV HISOBIDA BYUDJETLASHTIRISHNING “BEYOND BUDGETING” YONDOSHUVIDAN FOYDALANISH Soatov Farhod Komiljon o‘g‘li Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktorantura talabasi (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.17317563 Annotatsiya. Bank-moliya sektori bugungi kunda tez o'zgaruvchan global iqtisodiy muhitda faoliyat yuritmoqda. Foiz stavkalari o'zgarishi, raqobatning kuchayishi, texnologik innovatsiyalar va tartibga soluvchi talablar banklarni strategik rejalashtirishni moslashuvchan va samarali tarzda amalga oshirishga majbur qilmoqda. An'anaviy byudjetlashtirish usullari ko'pincha bu dinamikaga mos kelmaydi, chunki ular o’zgarmas chegaralar va yillik rejalarga asoslangan. Shu bois, "Beyond Budgeting" yondashuvi – byudjetlashtirishdan tashqariga chiqish – boshqaruv hisobida muhim o'rin egallamoqda. Ushbu yondashuv banklarga strategik maqsadlarni ro'yobga chiqarishda moslashuvchanlik, tez qaror qabul qilish va xodimlar motivatsiyasini oshirish imkonini beradi. Ushbu maqola "Beyond Budgeting" konsepsiyasini tushuntirib, uning bank-moliya sektoridagi qo'llanilishini ko'rib chiqadi, afzallik va qiyinchiliklarini muhokama qiladi. Kalit so’zlar: “Beyond budgeting”, byudjetlashtirish, pragnoz, rejalashtirish, markazlashgan, innovatsiya. Asosiy qism "Beyond Budgeting" – bu an'anaviy byudjetlashtirish jarayonlaridan voz kechib, kompaniyani boshqarishni yaxshilashga qaratilgan g'oya. U 1990-yillarning oxirida Beyond Budgeting Round Table (BBRT) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, Bjarte Bogsnes kabi ekspertlar tomonidan targ'ib qilingan. Ushbu yondashuv kompaniyalarni qoliplashgan byudjetlardan ozod qilib, dinamik va moslashuvchan boshqaruv tizimini joriy etadi[1]. Bjarte Bogsnes moliya va inson resurslari sohasida uzoq yillik xalqaro karyeraga ega bo‘lib, “Beyond Budgeting” yondoshuvining tadbiqchilaridan biridir. U Norvegiyaning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Equinor (sobiq Statoil) da “Beyond Budgeting” tamoyillarini joriy etishda muhim rol o‘ynadi. Bu tamoyillar o’zgarmas byudjetlardan voz kechib, moslashuvchan boshqaruv, jamoalarga ishonch va doimiy yaxshilanishni ta’minlashga yordam berdi. Beyond Budgeting yondashuvi kompaniya maqsadini pragnoz qilish va resurslarni taqsimlash jarayonlaridan alohida ko‘rib chiqadi hamda har yili tuziladigan byudjet o‘rniga uzluksiz va doimiy yangilanib turadigan rejalashtirish jarayonini taklif qiladi. Beyond Budgeting kompaniyalarning moliyaviy rejalashtirish va samaradorlikni boshqarish uslublarida o’zgacha yondoshuvni tadbiq etadi. Ushbu falsafa an’anaviy byudjetlashtirishning qat'iy, byudjetlashtirish va rejalashtirishning markazlashgan yondashuvlaridan voz kechib, moslashuvchan, markazlashtirilmagan va iqtisodiy holatga mos strategiyani qo‘llashga intiladi. Bu transformatsion yondashuv an’anaviy byudjetlashtirishning cheklovlarini bartaraf etib — ya’ni maqsad belgilash, bashorat qilish va resurslarni taqsimlash jarayonlarini bir-biridan INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 782 ajratib ko‘rib chiqadi va har bir bosqich uchun maxsus vosita va metodlarni joriy etadi. Bunday segmentatsiya (ajratilgan yondashuv) — moliyaviy boshqaruvda ochiqlik, aniqlik va etik tamoyillarga asoslangan yondashuvni ta’minlaydi. U xodimlar va bo‘linmalarga ko‘proq mustaqillik beradi, qaror qabul qilishni tezlashdiradi va muvaffaqiyatni faqat moliyaviy natijalar bilan emas, balki mijozlar qoniqishi, xodimlar motivatsiyasi va uzoq muddatli barqarorlik bilan baholaydi. Bank sektorida bu yondashuv bozor o‘zgarishlariga tez moslashish va samaradorlikni oshirish uchun ishlatiladi. “Beyond Budgeting”ni joriy etish rahbarlardan noaniqlikni qabul qilish, jamoalarga ishonish va doimiy moslashishni talab qiladi. Bu an’anaviy boshqaruvdan qiyinroq, lekin kompaniyaning to‘liq salohiyatini ochadi, xodimlar ijodkorligini oshiradi va doimiy yaxshilanishni ta’minlaydi. Banklarda bu mijozlar sadoqati va samaradorlikni oshiradi. Yondashuvning asosiy tamoyillari ikki qismga bo'linadi: boshqaruv va operatsion faoliyat. Boshqaruv tamoyillari quyidagilar: - Maqsadlar: Absolyut emas, balki nisbiy maqsadlar qo'yish (masalan, raqobatchilarga nisbatan); - Motivatsiya: Xodimlarning ichki motivatsiyasini rag'batlantirish, bonuslarni byudjetga bog'lamasdan amalga oshirish; - Boshqaruv: Markazlashgan emas, balki mas'uliyatni taqsimlash; - Resurslar: Resurslarni dinamik taqsimlash, o’zgarmas byudjet cheklovlarisiz; - Mijozlar: Mijozlar ehtiyojlariga asoslangan qarorlar; - Shaffoflik: Ma'lumotlarning ochiqligi va ishonchlilik. Operatsion faoliyat tamoyillari esa: - Rejalashtirish: Doimiy rejalashtirish (rolling forecasts); - Baholash: Doimiy va ko'p tomonlama baholash; - Nazorat: O'z-o'zini nazorat qilish; - Resurslar: Talab bo'yicha resurslar taqsimoti; - Koordinatsiya: Bozor mexanizmlariga asoslangan; - Maqsadlar: Nisbiy va moslashuvchan. Ushbu tamoyillar kompaniyani moslashuvchan qiladi, ayniqsa noaniq va o’zgaruvchanlik sharoitlarida. An'anaviy byudjetlashtirishning kamchiliklari An'anaviy byudjetlashtirish yillik rejalarga asoslanib, xarajatlarni tasdiqlangan byudjetga nisbatan nazorat qiladi. Biroq, bank sektorida bu usul quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi: • Moslashuvchanlikning yo'qligi: Bozor o'zgarishlari (masalan, valyuta kurslari yoki foiz stavkalari) byudjet aktualligini yo’qotadi. • Vaqt sarfi: Byudjet tayyorlash ko'p vaqt oladi, lekin tez fursatda foydasiz bo'lib qoladi. • Noto’g’ri motivatsiya: Xodimlar byudjet cheklovlari tufayli innovatsiyalardan qochadi yoki manipulyatsiya (o’z manfaatlari doirasida raqamlarni oshirib yoki kamaytirib ko’rsatish) qilishlari mumkin. • Markazlashgan nazorat: Qarorlar yuqoridan pastga tushadi, bu esa faoliyat samaradorligini va biznes jarayonlari tezligini pasaytiradi[2]. Banklarda, masalan, kredit risklari yoki mijozlar oqimi o'zgarishi byudjet ko’rsatkichlarini buzishi mumkin, natijada strategik rejalashtirish samarasiz bo'lib qoladi. INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 783 Bank-moliya sektori “Beyond Budgeting” uchun ideal, chunki u dinamik va riskli muhitda ishlaydi. Ushbu yondashuv strategik rejalashtirishni boshqaruv hisobi bilan birlashtirib, banklar faoliyatida quyidagilarni ta'minlaydi: • Doimiy prognozlar: Yillik byudjet o'rniga, doimiy yangilanadigan prognozlar (rolling forecasts) ishlatiladi. Masalan, banklar foiz stavkalari o'zgarishini tezda hisobga olib, resurslarni qayta taqsimlay oladilar; • Desentralizatsiya: Filiallar yoki bo'limlar o'z mas'uliyatini oshiradi, markaziy nazorat kamayadi. Shvedsiyaning Handelsbanken banki bu yondashuvni muvaffaqiyatli qo'llagan: ular byudjetdan voz kechib, filiallarning avtonomiyasini oshirgan, natijada rentabellik yuqori bo'lgan[3]; • Risk Boshqaruvi: Banklar risklarni real vaqtda baholaydi, bu Basel qoidalari talablariga mos keladi; • Innovatsiyalar: Fintech va raqamli bankingda moslashuvchanlik muhim. “Beyond Budgeting” xodimlarga tez tajribalar o'tkazish imkonini beradi. 1-rasm. “Beyond budgeting”ni amalga oshirishdagi 3 bosqichli yondoshuv. Afzalliklar: • Tez qaror qabul qilish va bozorga moslashish; • Xodimlar motivatsiyasi oshishi, natijada innovatsiyalar ko'payishi; • Xarajatlarni samarali boshqarish va resurslar optimizatsiyasi; • Bankning umumiy rentabelligi va mijozlar qoniqishini oshirish. Qiyinchiliklar: • Kompaniya madaniyatini o'zgartirish qiyin, chunki an'anaviy byudjetga odatlangan xodimlar qarshilik ko'rsatishi mumkin; • Shaffoflik va nazoratni ta'minlash uchun yangi tizimlar (masalan, IT vositalari) kerak; • Ba'zi banklarda byudjetni qayta joriy etish holatlari bo'lgan, chunki to'liq voz kechish har doim ham mos kelmaydi. Xulosa Byudjetlashtirish Pragnozlash Resurslarni taqsimlash Bosqichlar Yaxshilanish - Strategik va aniq yo'nalish belgilaydi; - Uzoq muddatli maqsadlar qo’yadi; - Samarador ishlash madaniyatini shakllantiradi. - Cheklangan tafsilotlar aso; - Noaniq prognozlar qilinmaydi ; - Pragnozlash jarayonini ajratish orqali biznes tanlovlarini qo'llab-quvvatlash. - Qiymat yaratuvchi moslashuvchanlikka ruxsat beradi; - Eng muhim hisobotlarga e’tibor qaratadi; - Vazifalar dinamik tarzda bilimli xodimlarga topshirilib, ularni ijodkor va moslashuvchan qiladi. Maqsad qo’yish INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 784 “Beyond Budgeting” yondashuvi bank-moliya sektorida strategik rejalashtirishni tubdan o'zgartirishi mumkin, an'anaviy byudjetning cheklovlaridan ozod qilib, moslashuvchan va innovatsion tizimni yaratadi. Banklar uchun bu nafaqat moliyaviy samaradorlikni oshiradi, balki global raqobatda ustunlik beradi. Ammo muvaffaqiyat kompaniya rahbariyati va madaniyatiga bog'liq. Kelajakda ko'proq banklar bu yondashuvni qo'llashi kutilmoqda, chunki iqtisodiy noaniqlik kuchaymoqda. An’anaviy byudjetlar yangilik va tez moslashishga to‘sqinlik qiladi. Bjarte Bogsnesning “Beyond Budgeting” g‘oyasi moslashuvchan va erkin moliyaviy boshqaruvni taklif qiladi. Bu bozor o‘zgarishlariga tez javob berishga va kompaniya ichida ishonchli madaniyat yaratishga yordam beradi. Rahbarlar jamoalarga erkinlik berib, maqsadlarni, prognozlarni va resurslarni alohida boshqaradi, shunda o’zgarmas yillik byudjetlardan qochib, dinamik va raqobatbardosh bo‘lish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Jeff Schmidt. “Beyond Budgeting” - yuqori darajada markazlashmagan tashkiliy tizim va boshqaruv jarayonlarining moslashuvchan to'plamini yaratishga qaratilgan qolip. https://corporatefinanceinstitute.com/resources/fpa/beyond-budgeting/ 2. Selda Schretzmann, Sohrab Salimi. Beyond budgeting: An'anaviy moliyaviy jarayonlarni o'zgartirish. 2024. https://www.agile-academy.com/en/agile-leader/beyond-budgetingtransforming-traditional-financial-practices/ 3. Per Nikolaj Bukh, Amalie Ringgaard and Niels Sandalgaard. Moving beyond Beyond Budgeting: A Case Study of the Dynamic Interrelationships between Budgets and Forecasts. European Accounting Review, 2025Vol. 34, No. 3, 1221–1247, https://doi.org/10.1080/09638180.2024.2362681 4. Matilde Delzanno, Yasin Ayranci. Beyond budgeting: The effect of reallocating resources towards agility in an uncertain world. Stockholm School of Economics Department of Accounting and Financial Management. 5. Soatov Farhod Komiljon o‘g‘li. Beyond Budgeting for Adaptive Financial Management inUzbekistan’s Banking Sector. Academia OpenVol 10 No 1 (2025): June DOI: 10.21070/acopen.10.2025.10769. Article type: (Business and Economics)