scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YASHIL OBLIGATSIYALAR VA ULARNING O'ZBEKISTON MOLIYA BOZORIDAGI O'RNI VA ISTIQBOLLARI

Xikmatova Husnora Fatxulla qizi

Abstract

Ushbu maqolada bugungi kunda jahon moliya bozoriga kirib kelgan yashil obligatsiyalar haqida ma’lumot berilgan hamda ularning O‘zbekiston iqtisodiyoti sharoitida qo‘llanilishi o‘rganilgan va bu bo‘yicha tegishli xulosalar berilgan.

Full text

INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 828 YASHIL OBLIGATSIYALAR VA ULARNING O‘ZBEKISTON MOLIYA BOZORIDAGI O‘RNI VA ISTIQBOLLARI Xikmatova Husnora Fatxulla qizi TDIU mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17317653 Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda jahon moliya bozoriga kirib kelgan yashil obligatsiyalar haqida ma’lumot berilgan hamda ularning O‘zbekiston iqtisodiyoti sharoitida qo‘llanilishi o‘rganilgan va bu bo‘yicha tegishli xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar: moliyaviy instrumentlar, yashil obligatsiyalar, emitent, yashil iqtisodiyot, moliya bozori. Аннотация: В данной статье дается информация о зеленых облигациях, вышедших сегодня на мировой финансовый рынок, рассматривается их применение в условиях узбекской экономики и делаются соответствующие выводы. Ключевые слова: финансовые инструменты, зеленые облигации, эмитент, зеленая экономика, финансовый рынок. Abstract. This article provides information about green bonds that have entered the global financial market today, examines their application in the conditions of the Uzbek economy, and draws relevant conclusions. Keywords: financial instruments, green bonds, issuer, green economy, financial market. Global miqyosda ekologik muammolarni hal etishda moliya bozorining roli ortib bormoqda. Xususan, moliya bozorining asosiy instrumentlaridan biri bo‘lgan obligatsiyalar investorlar e’tiborini tortayotgan muhim vositalardan hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo hamjamiyatida ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida yashil obligatsiyalardan foydalanib kelinmoqda. Yashil obligatsiyalar an’anaviy obligatsiyalarga o‘xshab ishlaydi, chunki investor loyihani moliyalashtirish uchun kompaniyaga qarz beradi va investor kredit muddati tugagach foiz to‘lovlarini va asosiy qarzni oladi. Oddiy obligatsiyalardan farqli ravishda “yashil” obligatsiyalar bevosita ekologik toza va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Umuman olganda, yashil obligatsiya bu-iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit bilan bog‘liq muayyan loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan moliyaviy vositadir. Ilk yashil obligatsiyalar Yevropa Investitsiya Banki (EIB) tomonidan 2007-yilda Climate Awareness Bond (CAB) nomi bilan chiqarilgan. Jahon banki (Word Bank) esa 2008-yilda o‘zining ilk “labelled green bond” ya’ni aniq yashil loyihalarga yo‘naltirilgan obligatsiyani muomilaga chiqardi [1]. Yashil obligatsiyalar sotuvidan tushgan mablag‘lar faqat qayta tiklanadigan energiya loyihalari, barqaror transport, biologik xilma-xillikni saqlash va ekologik toza binolarni qurish kabi ekologik sabablarga qaratilgan tashabbuslarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan. SEBI korporativ obligatsiyalar va sekuritizatsiya bo‘yicha maslahat qo‘mitasining yig‘ilishida obligatsiyalar yashil obligatsiyalar deb hisoblanishi uchun to‘rtta talabni belgilab berdi. Bular quyidagilar: ➢ Obligatsiyalar sotuvidan tushgan tushumni yashil tashabbuslarni moliyalashtirish uchun sarf etish; INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 829 ➢ Loyihani baholash va tanlashda foydalaniladigan usul emitent tomonidan ochiqlanishi kerak; ➢ Emitent shaffoflikni ta’minlashi kerak; ➢ Emitentlar daromadlarni holati va natijalari haqida ma’lumot berishi lozim [2]. Bugungi kunda yashil obligatsiyalarning eng yirik emitenti sifatida Amerika Qo‘shma Shtatlari hamda Xitoy hisoblanadi. Yashil obligatsiyalar bozori 2023-yilda sekinroq o‘sdi va 475 ta 118,29 milliard AQSh dollari teng qiymatidagi emissiya bilan Xitoyni 2023-yilda ikkinchi yirik yashil obligatsiyalar bozoriga aylantirdi. Yashil obligatsiyalar umumiy hajmdan 1,17 foizga ega bo‘ldi. AQSh va Xitoy korxonalari 2024 yilda yashil obligatsiyalarning eng yirik emitentlari bo‘ldi. 1-rasm. Davlatlar kesimida yashil obligatsiyalar emissiyasi [3] Rasm ma’lumotlaridan anglashimiz mumkinki, 2021-2024 yillarda turli mamlakatlarning yashil obligatsiyalar emissiyasi taqqoslangan bo‘lib, ular yildan-yilga o‘sib borishini ko‘rishimiz mumkin. 2021-yilda umumiy hajm 250-300 mlrd dollar atrofida bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 450 mlrd dollarga yaqinlashgan. Demak, 2021-2024 yillar oralig‘ida yashil obligatsiyalar bozori taxminan 1,5 baravarga o‘sgan. Asosan, yashil obligatsiyalar sotuvida AQSH va Xitoy yetakchilik qilib kelmoqda. Investorlar tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish, energetika sohasini liberallashtirish, davlat korxonalarini xususiylashtirish, Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish orqali savdoni erkinlashtirishga qaratilgan islohotlarga yuqori baho berildi. Bu tashabbuslar «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan maqsad va chora-tadbirlarga hamohangdir. Taʼkidlash joizki, so‘mda chiqarilgan yevroobligatsiyalar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)dagi birinchi “yashil” suveren obligatsiyalardir. “Yashil” obligatsiyalar biznesni barqaror rivojlantirishga, jumladan, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillariga ortib borayotgan eʼtiborga mos keladigan ekologiya va “yashil” moliyalashtirish sohasidagi prinsip, standart va mezonlarga muvofiq keladi. “Yashil” obligatsiyalar vositasida emitentlar atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik sharoitlarni yaxshilash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishni taʼminlaydi. 2023-yil oktabr oyida O‘zbekiston 660 million AQSH dollari qiymatidagi yevroobligatsiyalarni va 4,25 trillion so‘mlik dastlabki “yashil” suveren yevroobligatsiyalarini London fond birjasida muvaffaqiyatli tarzda joylashtirdi. 2-4 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy banki masʼul xodimlari tomonidan Nyu-York, Boston va London shaharlarida INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 830 “road-show”lar o‘tkazilib, ular davomida 50 dan ortiq sarmoyadorlar ishtirokida O‘zbekistonning iqtisodiy istiqbollari muhokama qilingan [4]. O‘zbekiston Prezidenti 2022-yil 28-yanvarda “2022-2026-yillarda yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Keyingi besh yilda mamlakatimizni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari qatoriga quyidagilar kiradi: barcha jabhalarga yashil iqtisodiyot texnologiyalarini faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish, umumiy ishlab chiqarish quvvatlarini 100 milliard kVt/soatga yetkazish, qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushini 2026-yilga borib 25 foizga yetkazish. Investitsiyalar, jumladan, 170 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Besh yil davomida birja aylanmasini 200 million dollardan 7 milliard dollarga oshirish rejalashtirilmoqda. Xulosa qilib aytganda, shu kungacha O‘zbekistonda yashil obligatsiyalar bozorining shakllanishi bosqichma-bosqich rivojlandi. Avval xalqaro bozorda suveren yashil Eurobondlar samarali joylashtirildi va ekologik loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirildi. Yurtimizda yashil obligatsiyalarni yanada takomillashtirish maqsadida xalqaro UNDP, Yevropa Ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik izchil yo‘lga qo‘yilib, bilim va tajribalar almashildi. Yashil obligatsiyalar barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda samarali vositadir. Ogohlik va qo‘llab-quvvatlashning ortishi bilan yashil obligatsiyalar yangi imkoniyatlarni ochish va yashil iqtisodiyotni yaratishga yordam berish potentsialiga ega. Natijada, moliyaviy manzara ham o‘zgarishi mumkin, chunki ular investitsiya oqimlarini ekologik barqaror loyihalarga yo‘naltiradi. Shu orqali mamlakatda kapital bozorining diversifikatsiyasi, xalqaro investorlar ishtirokining ortishi va yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni tezlashishi kutilmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. https://www.cbd.int/financial/greenbonds/oecdgreenbondscountries2016.pdf 2. https://www.thefixedincome.com/blog/bonds-and-debt/green-bonds-definition-historyadvantages-and-disadvantages/ 3. https://www.bloomberg.com/news/articles/2025-02-10/china-s-green-bond-debut-ischance-to-capitalize-on-us-retreat 4. https://www.imv.uz/en/news/category/yangiliklar/post-1621