scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ALAMUTDAN KEYINGI DAVR: KIYA BO'ZO'RG VA MUHAMMAD IBN BO'ZO'RG UMID BOSHQARUVIDA ISMOILIYLARNING SIYOSIY-MADANIY FAOLIYATI

Abdualimova Durdona Shavkat qizi

Abstract

Ushbu maqolada Hasan Sabbahning vafotidan so‘ng Nizoriy Ismoiliylar davlati rahbarlari — Kiya Bozorg Umid va uning o‘g‘li Muhammad ibn Bozorg Umid davridagi siyosiy voqealar, harbiy yurishlar va mazhabiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Maqolada 1124–1162-yillar oralig‘idagi Alamut davrining muhim bosqichlari, Saljuqiylar bilan to‘qnashuvlar, xalifalarga uyushtirilgan suiqasdlar hamda Nizoriylar ta’limotida yuz bergan ichki bo‘linishlar tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, Hasan ibn Muhammad davrida islomiy shariatdan voz kechish va “Qayta tirilish bayrami” e’lon qilinishi ismoiliylar tarixidagi mafkuraviy burilish sifatida tahlil etiladi.

Full text

YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 188 ALAMUTDAN KEYINGI DAVR: KIYA BO’ZO’RG VA MUHAMMAD IBN BO’ZO’RG UMID BOSHQARUVIDA ISMOILIYLARNING SIYOSIY-MADANIY FAOLIYATI Abdualimova Durdona Shavkat qizi Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti, 2-bosqich magistranti, E-mail: [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada Hasan Sabbahning vafotidan so‘ng Nizoriy Ismoiliylar davlati rahbarlari — Kiya Bozorg Umid va uning o‘g‘li Muhammad ibn Bozorg Umid davridagi siyosiy voqealar, harbiy yurishlar va mazhabiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Maqolada 1124–1162-yillar oralig‘idagi Alamut davrining muhim bosqichlari, Saljuqiylar bilan to‘qnashuvlar, xalifalarga uyushtirilgan suiqasdlar hamda Nizoriylar ta’limotida yuz bergan ichki bo‘linishlar tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, Hasan ibn Muhammad davrida islomiy shariatdan voz kechish va “Qayta tirilish bayrami” e’lon qilinishi ismoiliylar tarixidagi mafkuraviy burilish sifatida tahlil etiladi. Kalit so’zlar: Alamut, Kiya Bozorg Umid, Muhammad ibn Bozorg Umid, Hasan ibn Muhammad, Nizoriy Ismoiliylar, Saljuqiylar, Al-Mustarshid Billoh, Imomlik, Fidoyilar, Qayta tirilish bayrami. Аннотация: В данной статье анализируются политические события, военные походы и религиозные преобразования в государстве низаритских исмаилитов после смерти Хасана Саббаха, в период правления Кия Бузург Умида и его сына Мухаммада ибн Бузург Умида. В работе освещаются ключевые этапы истории Аламута в 1124– 1162 годах, столкновения с сельджуками, убийства халифов и внутренние расколы в учении низаритов на основе исторических источников. Особое внимание уделено периоду Хасана ибн Мухаммада, когда отказ от исламского шариата и провозглашение «Праздника воскресения» стали идеологическим переломом в истории исмаилизма. Ключевые слова: Аламут, Кия Бузург Умид, Мухаммад ибн Бузург Умид, Хасан ибн Мухаммад, низаритские исмаилиты, сельджуки, аль-Мустаршид Биллах, имамат, фидаины, Праздник воскресения. Annotation: This article examines the political events, military campaigns, and religious transformations within the Nizari Ismaili state following the death of Hasan Sabbah, during the leadership of Kiya Bozorg Umid and his son Muhammad ibn Bozorg Umid. It highlights the major phases of the Alamut period (1124–1162), including conflicts with the Seljuks, assassinations of caliphs, and internal divisions within Nizari doctrine, based on historical YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 189 sources. Particular attention is given to the period of Hasan ibn Muhammad, when the rejection of Islamic Sharia and the proclamation of the “Festival of Resurrection” marked a significant ideological turning point in the history of Ismailism. Keywords: Alamut, Kiya Bozorg Umid, Muhammad ibn Bozorg Umid, Hasan ibn Muhammad, Nizari Ismailis, Seljuks, al-Mustarshid Billah, Imamate, Fidais (Assassins), Festival of Resurrection. Kirish: XI asr oxiri va XII asr boshlarida Eron va atrofdagi mintaqalarda siyosiy kuchlar o‘rtasida keskin raqobat hukm surgan davrda Hasan Sabbah asos solgan Nizoriy Ismoiliylar harakati o‘zining mustaqil mafkuraviy va siyosiy yo‘lini belgiladi. Hasan Sabbahning o‘limidan keyin Alamut qal’asida hokimiyat Kiya Bozorg Umid qo‘liga o‘tdi. U 1124– 1137-yillar oralig‘ida ismoiliylar davlatini boshqargan va Hasan Sabbah belgilagan qat’iy diniy-siyosiy tartiblarni davom ettirgan. Uning davrida Saljuqiy sultonlari Sanjar va Mahmudning ismoiliylarga qarshi yurishlari, shuningdek, xalifa Mustarshid Billoh va arRashid Billohning o‘ldirilishi kabi tarixiy voqealar sodir bo‘ldi. Kiya Bozorg Umid vafotidan so‘ng hokimiyat uning o‘g‘li Muhammad ibn Bozorg Umidga o‘tdi. Muhammad davrida ismoiliylar yangi qal’alarni egallab, targ‘ibot ishlarini kengaytirdilar, lekin shu bilan birga mazhab ichida ichki ixtiloflar ham kuchaydi. Ayniqsa, uning o‘g‘li Hasan ibn Muhammad (Hasan II) tomonidan imomlik da’vosi bilan bog‘liq g‘oyalar Alamut tarixida yangi mafkuraviy davrni boshlab berdi. Ushbu maqolada ana shu jarayonlarning siyosiy, diniy va mafkuraviy jihatlari tahlil qilinadi. Hasan Sabbohning oʻlimidan soʻng oʻrinbosar boʻlgan Kiya Bozorg Umid, 1124-yilda Alamutga koʻchganidan ikki yil oʻtib Sulton Sanjarning hujumlariga duch keldi. Sulton Sanjar, vaziri al-Muhtass Abu Nasr Ahmad ibn Fazlni bu hujumlarga bosh qilib tayinladi. Kuhistonda botiniylar hukmronligi ostida boʻlgan Turaysiylar va Nishopur viloyatidagi Beyhaqga qarshi yurish mintaqada koʻplab botiniylarning qirgʻin qilinishi bilan yakunlandi. Bu hududdagi Ismoiliylar qishlog‘i Tarz Sanjar qo‘shini tomonidan bosib olingan. Biroq ularning shimoldagi hujumlari besamar ketdi. Shirgʻirning jiyani qoʻmondonligida Rudborga yuborilgan qoʻshinlar botiniylar tomonidan qaytarildi. 38 Saljuqiylarning yurishlari natijasida botiniylarning nishoniga aylangan vazir al-Muhtass Abu Nasr Ahmad ibn Fazl 1127yilda botiniylar tomonidan o‘ldirilgan. Shunday qilib, botiniylar vazirni o‘ldirish orqali hujumlar uchun o‘ch oladilar. Bu davrda Tolikonning qoʻlga olinishi bilan oʻz hududini kengaytirgan ismoiliylar 1129-yilda Seistonga yangi bosqin uyushtirdilar. Oʻsha yili Isfaxon saljuqiylar sultoni Sulton Mahmud sulh tuzishda 38 Bernard Lewis, Haşişiler, Tar: Ali Aktan, Sebil Yayınları, İstanbul 1995,- s.55. YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 190 ehtiyotkor boʻlib, saroyiga Alamutdan vakil taklif qiladi. Bu elchi Sulton bilan uchrashgandan keyin Isfaxon ahli tomonidan hamrohi bilan birga linch qilingan. Bu voqeadan keyin Sulton buni qilganlarning jazolanishini istagan Bozorg Umidning iltimosini rad etdi. Ismoiliylar yilnomasida qayd etilishicha, Qazvinga hujum qilgan ismoiliylar Isfahondagi bu voqeaga javoban 400 kishini o‘ldirib, ko‘p o‘lja olishgan. 39 Xuddi shu manbaga ko‘ra, Qazvin aholisi qarshi hujumga o‘tgan, biroq turk qo‘mondoni ismoiliylar tomonidan o‘ldirilganidan keyin orqaga chekingan. Bu davrda Sulton Mahmudning Alamutga qilgan hujumi ham qayd etilgan. Ammo bu hujum hech qanday natija bermadi. Xuddi shu davrda sodir bo‘lgan yana bir voqea, Iroq hududini amakisi Sulton Sanjar nomidan boshqargan Sulton Ma’sud bilan Abbosiylar xalifasi al-Mustarshid Billoh o‘rtasidagi tortishuv yuz berdi. Bu kelishmovchilikning sababi, xutbada xalifaga so‘ng Sulton Ma’sud nomining tilga olinmaganligi edi. Shundan so‘ng Sulton Ma’sud Bag‘dodga yurish uyushtirdi. Ikki qo‘shin Hamadonda yuzma-yuz turishdi. Xalifaning qoʻshinlarining bir qismi Sulton Mas’ud qoʻshiniga qoʻshildi. Qo‘shinning zaiflashuvidan yengilgan xalifa va u bilan birga barcha yuqori davlat odamlari Sulton Ma’sudga asir bo‘ldilar. Shundan so‘ng, Ma’sud hech kimni o‘ldirmasligini aytib, askarlariga talonchilik bilan kifoyalanishni buyurdi. Bu urushda har ikki tomondan halok bo‘lganlar soni besh kishidan oshmagan. Sulton Ma’sud xalifaga yaxshi munosabatda bo‘lib, u bilan birga Marog‘aga bordi. Bu holatni Sanjarga xat bilan xabar qildi. 40 Sanjar bundan xabar topgach, elchi yuborib, xalifani ozod qilishni so‘radi. Sulton Ma’sud amakisining buyrug‘ini bajarish uchun xalifaning huzuriga borib, undan kechirim so‘radi. Uni o‘zi tayyorlagan chodirga olib borib, taxtga o‘tqazdi. Keyinroq u Sulton Sanjar yuborgan elchini kutib olmoqchi boʻlganida, pistirmada kutib turgan ismoiliy tarafdorlari saroyning boʻm-boʻshligini koʻrib, toʻsatdan saroyga kirib, xalifa Mustarshid Billohni oʻldirishdi (1135-yil 29-avgust). 41 Xalifa Mustarshidning o‘limi haqidagi xabar Alamutda katta ishtiyoq bilan kutib olindi, Eronda Bozorg‘ Umid boshqaruvida sodir etilgan qotilliklar faqat xalifaga tegishli emas edi. Bu davrda Isfahon, Merogʻa, Tabriz hokimlari va Qazvin muftiysi ham botiniylar tomonidan oʻldirilgan. 42 Hasan Sabbohdan keyin hukmronlik qilgan Kiya Bozorg Umid, taxminan 24 yillik hukmronligi davomida Botiniy taʼlimotlarini tadbiq etishda davom etdi. Hasan Sabboh 39 O‘sha asar. – s.56. 40 Abu’l-Fazl Beyhaqi. Translated by Bosworth. The History of Beyhaqi.Volume I. Massachusetts. Harvard University Press. 2011. P.376. 41 Alaaddin Ata Melik Cüveynî, Tarih-i Cihan Güşa, Çev. Mürsel Öztürk, TTK, Ankara 2013, -s.562. 42 Bernard Lewis, Haşişiler, Çev: Ali Aktan, Sebil Yayınları, İstanbul 1995, -s.57. YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 191 yo‘lidan yurgan Bozorg uning ta’limotini davom ettirdi. 1137-yilda Bozorg vafotidan keyin uning oʻgʻli Muhammad ibn Bozorg Umid yetakchiga aylandi. 43 Otasining vorisi boʻlgan Muhammad davrida ismoiliylar yangi qal’alarni egallab, borish qiyin boʻlgan joylarda istehkomlar quradilar. Ayniqsa, Daylam va Gilondagi yerlarini kengaytirib, Muborakkuh va Firuzkuh qal’alarini egalladilar. Muhammad mahalliy va umumiy muammolar bilan shugʻullanib, Rudbor va Qazvin oʻrtasidagi sodir bo‘lgan toʻqnashuvlarda muvaffaqiyatli mudofaani amalga oshirdi. Afg‘oniston va Gruziyaga bostirib kirib, bu geografiyada ham o‘z targ‘ibotini yo‘lga qo‘ydi. 44 Saljuqiylar saroyida faoliyatini davom ettirgan Muhammad o‘z tomoniga muhim mansab egalari bo‘lgan davlat arboblarini jalb qilishda davom etdi. Ularning yordami bilan yashirin va oshkora suiqasdlar davom etdi. Bu davrda saljuqiylar tarafida boʻlgan koʻplab davlat arboblari oʻldirildi. Juvayniy xalifa Mustarshidning oʻgʻli xalifa Ar-Rashid Billohning oʻldirilishini Muhammad tomonidan sodir etilgan birinchi qotillik deb taʼriflaydi. Xalifaning o‘limiga sabab, u fidoyilar tomonidan o‘ldirilgan otasining o‘limi uchun qasos olish uchun botiniylarga qarshi urushga kirishgan. Bu safarda yo‘lda kasal bo‘lib qolgan xalifa arRashid Isfahonga yetib borgach, pistirmada kutib turgan fidoyilar tomonidan o‘ldirildi. Muhammad ibn Umid davrida 14 marotaba muhim qotilliklar amalga oshirildi. Yana bir ism, xususan, xalifa ar-Rashidning o‘ldirilishi diqqatga sazovor bo‘lgan ism 1143-yilda Tabrizda suriyalik to‘rt nafar fidoyi tomonidan o‘ldirilgan Saljuqiy sulton Dovuddir. Bundan tashqari, bu davrda Sanjarning amiri va yordamchisi, Xorazmshohlar sulolasidan boʻlgan shahzoda, Gruziya va Mozandaronning mahalliy boshliqlari, shuningdek, bir vazir, Kuhiston, Tiflis va Hamadon qozilari ham oʻldirilgan. 45 Bu davrda, Nizoriy Ismoiliy tarafida ba’zi bo‘linishlar paydo bo‘la boshladi. Muhammad Bozorg‘ning o‘g‘li Hasan Muhammad (Hasan II) nasabi Mustansirga borib taqalishini aytib, oʻzini imomlikka daʼvo qilgan. 46 Ismoiliylar, jumladan, Hasan Sabboh ham hech qachon imomlik daʼvo qilmagan. Ular faqat bir kun kelib qoladigan haqiqiy imomning vakillari sifatida o‘zlarini shu ishga bag‘ishladilar. Ammo Muhammad Bozorg davri bu sabab katta yorilish va o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Birinchi marta ismoiliylar yetakchisi o‘zini imom deb e’lon qildi. O‘zini imom deb e’lon qilgan Hasan ibn Muhammad otasining so‘zlarini yanada chiroyli va ta’sirli shaklga aylantirib, xalqni mazhabga da’vat etib, tarafdorlarni to‘play boshladi. Ular Muhammadning nutqidan qoyil qolishdi va uni Hasan 43 Hamdullah Müstevfî-yi Kazvinî, Tarih-i Güzide, Tar: Mürsel Öztürk, TTK, Ankara 2018. -s,418. 44 Arayancan Ayşe Atıcı, Dağın Efendisi Hasan Sabbâh ve Alamût, Yeditepe Yay., İstanbul 2011.-s,87. 45 Bernard Lewis, Haşhaşîler: İslam’da Radikal Bir Tarikat, Çev: Kemal Sarısözen, Kapı Yayınları,İstanbul 2014,- s.59.p 46 Alaaddin Ata Melik Cüveynî, Tarih-i Cihan Güşa, Çev. Mürsel Öztürk, TTK, Ankara 2013, -s.419. YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 192 Sabboh aytgan imom deb o‘ylay boshladilar. Shu boisdan ham xalqning unga bo‘lgan muhabbati bora-bora ortib, unga bay’at qilishga ishtiyoqi kuchaydi. Otasi Muhammad o‘g‘lining xatti-harakatiga munosabat bildirgan va unga qarshi chiqqan. Oqibatda o‘g‘lini imom deb qabul qilgan guruhni qattiq jazolagan. Bu voqealar natijasida Alamutda birdaniga 250 kishi halok bo‘lgan, yana 250 kishilik guruh qal’adan haydalgan. Shunday qilib, Hasan ibn Muhammadning izdoshlari jasoratini yo‘qotdilar. Bu voqealar qarshisida Hasan ibn Muhammad chekinib, otasidan qo‘rqishni boshladi. U bu voqealarda o‘zini noto‘g‘ri tushunganligi va aybsizligi haqida yozgan. U ilgari aytgan gaplarini inkor etib, otasi tomoniga o‘tdi. 47 Hasan Sabboh izidan borib, tariqat asoslarini mustahkamlashga harakat qilgan Muhammad Bozorg 1162-yil fevral oyida vafot etdi. O‘limidan keyin o‘g‘li Hasan ibn Muhammad Alamutning yangi rahbari bo‘ldi. 48 1126yilda tug‘ilgan Hasan ibn Muhammad yoshligida Hasan Sabboh va undan oldingi mazhablarning tamoyil va qoidalarini tadqiq qila boshlaydi. Ayniqsa, da’vat (targ‘ibot) usulini juda yaxshi o‘rganib, yangi g‘oyalar ishlab chiqarish, e’tiqodlarni talqin qilish darajasiga yetdi. U ismoiliya tariqatining tamoyillariga o‘z talqinlarini qo‘shib, yangicha qarashlarni yaratdi. U Hasan Sabboh davrida qat’iy amal qilingan islom va shariat qonunlarini buzishga yo‘l qo‘ygan va o‘zi bu ishlarda dinga zid yangilik kiritgan. 1164-yili ramazon oyida Alamut yaqinida islom qoidalariga zid ravishda minbari qiblaga qaragan masjid qurdirdi. Keyinroq boshqa viloyatlardan Alamutga taklif qilgan odamlarni o‘sha hududga to‘pladi. O‘sha kun uchun maxsus tayyorlangan oq, qizil, yashil va sariq rangdagi to‘rtta bayroqning har birini minbarning bir oyog‘iga yopishtirib, minbarga chiqdi. Xutbani arab tilida o‘qib, o‘zini imom tomonidan doyi qilib tayinlaganligini, ulardan balo va shariat farzlarini olib tashlaganini aytdi. Bu xutbada ism-shariflari noma’lum bo‘lgan va aslida mavjud bo‘lmagan imomlarning ismlarini tilga oldi. Xutbasini o‘qib, minbardan tushib, 2 rakat hayit namozini o‘qidi. Iftorlikdan so‘ng xonanda va cholg‘uchilarni olib kelib, ko‘ngilochar dasturxonlar tashkil qilishdi. U kunni qayta tirilish bayrami deb e’lon qildilar. 49 Shu tariqa Nizoriy ismoiliylar davlatida jiddiy bo’linishlar va kelishmoqvchiliklar davri boshlanadi. Xulosa: Kiya Bozorg Umid va Muhammad ibn Bozorg Umid davri Nizoriy Ismoiliylar tarixida o‘tish davri sifatida baholanishi mumkin. Kiya Bozorg Umid Hasan Sabbahning qat’iy diniy-siyosiy siyosatini davom ettirgan bo‘lsa, uning o‘g‘li Muhammad ismoiliy da’vatini yanada kengaytirishga, siyosiy ittifoqlar va suiqasdlar orqali kuchaytirishga intildi. Shu bilan birga, Hasan ibn Muhammad davrida ismoiliya ta’limotining ichki mazmunida 47 Alaaddin Ata Melik Cüveynî, Tarih-i Cihan Güşa, Çev. Mürsel Öztürk, TTK, Ankara 2013, -s.564. 48 Hamdullah Müstevfî-yi Kazvinî, Tarih-i Güzide, Çev: Mürsel Öztürk, TTK, Ankara 2018. – s. 418. 49 Alaaddin Ata Melik Cüveynî, Tarih-i Cihan Güşa, Çev. Mürsel Öztürk, TTK, Ankara 2013, - s.566. YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI Volume 3 Issue 4 October 2025 https://phoenixpublication.net/ Online ISSN: 3030-3494 ____________________________________________________________________ 193 tub o‘zgarishlar yuz berdi — shariatdan voz kechish va “Qayta tirilish” g‘oyasi e’lon qilindi. Bu hodisa nafaqat Nizoriylar tarixida, balki o‘rta asr Eron diniy tafakkurida ham yangi bosqichni boshlab berdi. Shunday qilib, 1124–1162-yillar oralig‘ida Nizoriy Ismoiliylar davlati diniy harakatdan siyosiy va mafkuraviy kuch markaziga aylangan, bu esa keyingi asrlarda Eron va musulmon Sharqining siyosiy tarixiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abu’l-Fazl Beyhaqi. Translated by Bosworth. The History of Beyhaqi.Volume I. Massachusetts. Harvard University Press. 2011. P.376. 2. Alaaddin Ata Melik Cüveynî, Tarih-i Cihan Güşa, Çev. Mürsel Öztürk, TTK, Ankara 2013, -s.562. 3. Bernard Lewis, Haşişiler, Çev: Ali Aktan, Sebil Yayınları, İstanbul 1995, -s.57. 4. Hamdullah Müstevfî-yi Kazvinî, Tarih-i Güzide, Tar: Mürsel Öztürk, TTK, Ankara 2018. -s,418. 5. Arayancan Ayşe Atıcı, Dağın Efendisi Hasan Sabbâh ve Alamût, Yeditepe Yay., İstanbul 2011.-s,87. 6. Bernard Lewis, Haşhaşîler: İslam’da Radikal Bir Tarikat, Çev: Kemal Sarısözen, Kapı Yayınları,İstanbul 2014,- s.59.p 7. Newman, Andrew J. Society and Religion in Iran, 1500—1800: Studies in Safavid History. Curzon, 1994.— P. 183. 8. Newman, Andrew J. Society and Religion in Iran, 1500—1800: Studies in Safavid History. Curzon, 1994. — P. 163. 9. Said Amir Arjomand. Authority and Political Culture in Shi'ism. State University of New York Press, 1988. — P. 86. 10. Abdulkarim Özaydin ve benzeri. Ilk müslüman türk devletleri. Anadolu universitesi. Eskişehir. 2018. S.116. 11. Wiley, Joyce. The Islamic Empire of Iran. Cambridge University Press, 2005. — P. 361.