VALSARTAN, ASKORBIN KISLOTASI VA KOENZIM 10 in-academy.uz SUBSTANSIYALARNING TEXNOLOGIK KO'RSATKICHLARINI O'RGANISH
Full text
106 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz VALSARTAN, ASKORBIN KISLOTASI VA KOENZIM 10 SUBSTANSIYALARNING TEXNOLOGIK KO’RSATKICHLARINI O’RGANISH Vaxidova N.M.1 Maksudova F.X.2 Toshkent farmasevtika instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17323822 Dolzarbligi: Kombinirlangan dori vositalarining asosiy ahamiyati – davolash samaradorligini oshirish, qabul qilish tartibini yengillashtirish orqali bemorning holatini yaxshilash va tarkibidagi har bir necha xil komponentlarning kichik dozalari hisobiga nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytirishdir. Ayniqsa, arterial gipertenziya yoki qandli diabet kabi surunkali kasalliklarda bir nechta faol moddani bitta dori shaklida birlashtirish alohida dolzarbdir. Ishning maqsadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, valsartan, askorbin kislota va koenzim 10 substansiyalairning texnologik xossalarini aniqlash maqsad qilib belgilandi. Material va usullar. Qattiq dori shakllari texnologiyasini ishlab chiqishda substansiyalarning texnologik xossalarini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Aynan shu (fraksion tarkib, sochiluvchanlik, sochilma zichlik, tabiiy og’ish burchagi, zichlanish koeffitsiyenti, presslanuvchanlik, qoldiq namlik) ko‘rsatkichlar aniqlash O’zR DF1-jild va DF XIV nashri (RF) da belgilangan usullar bo‘yicha amalga oshirildi. Sinovlar besh marta o‘tkazildi va o‘rtacha qiymatlar hisoblab chiqildi. Natija va muhokamalar. Valsartan, askorbin kislotasi va koenzim10 substansiyalarning texnologik xossalarini aniqlash natijalari jadvalda keltirildi. Valsartan, askorbin kislotasi va koenzim10 substansiyalarning texnologik xossalarini aniqlash natijalari № O‘rganilgan ko’rsatkichlar O’lchov birligi Substansiyalar Valsartan Askorbin kislotasi Koenzim 10 1 Fraksion tarkib: +1000 mkm -1000+500 mkm -500+250 mkm -250+160 mkm -160 mkm % 16,21 39,33 26,15 12,23 5,98 17,23 48,26 22,15 10,41 1,95 16,17 40,8 28,36 9,72 4,95 2 Vibrotebranish bilan sochiluvchanlik 10-3 kg/s 0,821±0,021 1,23±0,11 0,938±0,018 3 Vibrotebranishsiz sochiluvchanlik 10-3 kg/s 1,32±0,18 0,89±0,09 0,92±0,08 4 Sochiluvchan zichlik sm3 168,13±11,9 216,12±12,2 176,12±19,6 5 Tabiiy og’ish burchagi gradus 61,82±2 58±4 48,11±3 6 Presslanuvchanlik N 53,0 63,0 78,0 7 Zichlanish koeffitsiyenti 3,11±0,06 5,42±0,02 4,38±0,08 8 Qoldiq namlik % 2,7 3,9 2,44 Xulosa: Valsartan, askorbin kislotasi va koenzim10 substantsiyalarning texnologik ko‘rsatkichlarni salbiy ekanligi aniqlandi. Demak, qattiq dori shakli olish uchun yordamchi moddalar foydalanish lozimligi maqsad qilib olindi.