UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA DUTOR CHOLG'USI TO'GARAGINI TASHKIL ETISH
Abstract
Maqolada dutorchilik to‘garagini tashkil etish pedagogik yondashuvlar, metodik usullar, musiqiy dastur va materiallar, texnik sharoitlarning ahamiyati haqida bevosita so‘z boradi. Umumta’lim maktablarida dutorchilar to‘garagini tashkil etish, o‘quvchilarda ijrochilik konikmalarini rivojlantirish orqali musiqa san’ati va ularda ilgari surilgan g‘oyalarning tarbiyaviy jihatlarini, shaxs kamolatidagi ahamiyatini to‘garak faoliyati jarayonida keng targ‘ib qilish muhimdir.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA DUTOR CHOLG‘USI TO‘GARAGINI TASHKIL ETISH Muallif: Usmonova Charos Bahriddinovna 1, Panjiyev Qurboniyoz Berdiyevich 2 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik Universiteti “Musiqa ta’limi va san’ati” fa’kulteti 2bosiqich magistranti 1, Ilmiy rahbar: Pedagogika fanlari doktori (DSc) 2 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17332532 ANNOTATSIYA Maqolada dutorchilik to‘garagini tashkil etish pedagogik yondashuvlar, metodik usullar, musiqiy dastur va materiallar, texnik sharoitlarning ahamiyati haqida bevosita so‘z boradi. Umumta’lim maktablarida dutorchilar to‘garagini tashkil etish, o‘quvchilarda ijrochilik konikmalarini rivojlantirish orqali musiqa san’ati va ularda ilgari surilgan g‘oyalarning tarbiyaviy jihatlarini, shaxs kamolatidagi ahamiyatini to‘garak faoliyati jarayonida keng targ‘ib qilish muhimdir. Kalit so‘zlar: Dutor cholg’usi, umumta’lim, to‘garak, metodik o‘yinlar, konsert, o’quv qo’llanma, ijro usullari, musiqiy asar - kuy, shaxsiy reja, to’plam, kompozitor, bastakor, musiqa rahbari. Musiqa – madaniyati o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didini o‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida” ((Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022 -y., 07/22/112/0099-son) PQ-112 02.02.20220 qarorida aynan madaniyat va san’at sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiyuslubiy manbalarni yaratishni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash hamda 20222026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida: umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, o‘quvchilarga mazkur qarorga 1ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish ko‘nikmalari o‘rgatish hamda bu haqda ularning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi; Musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o‘quv soati hamda unga qo‘shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro etish amaliy to‘garaklari va fakultativ darslari o‘tkaziladi. Mazkur qarorga 1-ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan milliy cholg‘ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo‘lish musiqa fani o‘qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi. O‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko‘ra milliy musiqa cholg‘ularida kuy ijro etish, tasviriy va amaliy san’at, hunarmandchilik yo‘nalishlarida amaliy to‘garaklar (keyingi o‘rinlarda — amaliy to‘garaklar) tashkil etiladi deya qaror chiqarilgan edi. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Umumta’lim maktablarida milliy cholg‘ular asosida to‘garaklar tashkil etish o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va san’atga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan, dutor to‘garagini tashkil etish orqali o‘quvchilar milliy kuy va qo‘shiqlarni o‘rganib, ijrochilik mahoratini oshirishlari mumkin. Maktabda to‘garak rahbari avvalo o‘quvchilarni milliy cholg‘u - dutor san’ati bilan tanishtirishi lozim. To‘garak o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga, musiqa madaniyatini shakllantirishga, milliy an’analarni asrab-avaylash va targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi. Bunda to‘garak rahbari dutorda musiqiy asarlardan (xalq va kompozitorbastakor) namunalari ijro qiladi. Ushbu to‘garakni tashkil etish va boshqarishda mashg‘ulotlarni rejalashtirish va samarali o‘tkazish uchun shaxsiy ish reja tuzilmasi ishlab chiqiladi. Ish rejasi, maktab ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Musiqiy ish reja avvalo to‘garak rahbari va maktab tarbiyaviy va ma’naviy ishlar mudiri, maktab yetakchisi bilan hamkorlikda, o‘quvchilarning yoshi, musiqiy o‘quvi, qobilyati va qiziqishlarni hisobga olgan holda tuziladi. Har bir mashg‘ulot turiga qarab, uning asosiy maqsadi, xususiyati , repertuar mazmuni, maktab imkoniyatlari bevosit hisobga olinadi. O‘quvchilarning musiqiy ko‘nikmalarini amaliy va nazariy o‘tkazish, musiqa nazariyasi asoslarini o‘rgatishi lozim. To‘garak rahbar dutor to‘garakni haftasiga 2 yokida 3 kun guruhlarga bo‘lgan holatda ishlaydi. To‘garak ishlariga qobilyatli, qiziquvchan , musiqa darslarida faol qatnashadigan o‘quvchilar tanlab olinadi. Mashg‘ulotlar: avvalo 1.Dutor cholg‘usining tuzilishi va tarixi ; 2.Cholg‘u zarblarini o‘rgatish;
11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot 3.Milliy kuy va qo‘shiqlarini bosqichma – bosqich o‘rgatish; 4.Ansambl tarzida ijro etish ko‘nikmalarini shakllantirish; 5.Ijrochilik madaniyatini shakllantirish kabi vazifalar . To‘garak faoliyatini faollashtirilgan narsa bu maktab sahnasi hisoblanadi. O‘quvchilar tadbirlarda dastur (shaxsiy ish reja) asosidagi musiqiy asar va kuylardan namunalar ijro etadi. Maktab tadbirlarida faol qatnashuvchi o‘quvchilar yetishib chiqa boshlaydi. Bu holdan ya’ni o‘quvchilarning yutuqlari va faoliyati haqida otaonalarni ham habardor qilish, bolada cholg‘uga bo‘lgan muhabbatni yanada oshiradi. Masalan: O’zbek xalq kuyi “Yallama -yorim” asarini olsak, bu asar qon-qonimizga singib ketgan xalq kuy-qo‘shiqlaridan biri hisoblanadi . Undagi ohang va sadolar o‘quvchilarni kayfiyatini ko‘tarish va soz ijro qilish bilan bir barobarida kuylashni ham yo‘lga qo’yadi. Bu ijro yo‘nalishi (metodi) ijrochi bolalarning yanada dutor sozida boshqa mashxur musiqiy asarlarni tezroq kuyga solib o‘rganishga turtki bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyoyev Sh. – O‘zbekiston respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022 yildagi PQ – 112 – son 2. Karimova D.A. - Darsdan tashqari musiqa to‘garaklarini tashkil etish., T2020 3. Yunusov U. Xalq cholg’ularida ijrochilik. (Dutor) – T., 2024. 4. Ortiqov T. Musiqa o‘qitish metodikasi. -T., 2010. 5. Akbarov I. Musiqa lug‘ati. – T., 1987.