O'ZBEKISTON FLORASIDA O'SUVCHI TRIPLEUROSPERMUM DISCIFORME O'SIMLIGINING FITOKIMYOVIY TARKIBI
Full text
227 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz O‘ZBEKISTON FLORASIDA O‘SUVCHI TRIPLEUROSPERMUM DISCIFORME O‘SIMLIGINING FITOKIMYOVIY TARKIBI Sh.R. Rahimberdiyeva1 B.S. Oxundedayev2 A.M. Nigmatullayev2 S.Z. Nishanbayev2 1Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon shahri, O‘zbekiston Respublikasi 2O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi e-mail: [email protected]; [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17333311 Dolzarbligi: Tripleurospermum Sch. Bip. - Uchkarraurug‘ turkumiga mansub oʻsimlik turlari sharq tabobatida keng qoʻllaniladi va tarkibi biologik faol moddalarga boyligi bilan ajralib turadi. Mazkur turkum Asteraceae oilasiga mansub va yer yuzida taxminan 40 ga yaqin turi tarqalgan. Oʻzbekiston florasida mazkur turkumning ikki turi Tripleurospermum inodorum (L.) Sch. Bip. (hidsiz uchkarraurug‘) va Tripleurospermum disciforme (CAM) Sch. Bip. (disksimon uchkarraurug‘) turlari oʻsadi. Farmakologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, mazkur o‘simlik turlarining ekstraktlari kuchli antioksidant va in vitro sharoitda zambrug‘larning bir nechta shtammlariga qarshi sezilarli faollik namoyon qilganligi aniqlangan. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston florasida o‘suvchi Tripleurospermum disciforme o‘simlik turi yer ustki qismini fitokimyoviy tadqiq qilishdan iborat. Usul va uslublari. Tadqiqot obyekti sifatida 2024 yil iyul oyining birinchi o‘n kunligida Jizzax viloyati, Baxmal tumanidan yig‘ilgan va xona haroratida quritilgan Tripleurospermum disciforme o‘simligining yer usti qismi olingan. Fitokimyoviy tadqiq uchun 3 kg Tripleurospermum disciforme o‘simligi yer ustki qismi xona haroratida 95%li etil spirti bilan perkolyatsiya usuli yordamida 5 marotaba ekstraksiya qilindi. Olingangan spirtli ekstraktlar rotorli bug‘latgich yordamida vakuum ostida 1 litr hajmgacha quyultirildi. Quyultirilgan ekstrakt distillangan suv bilan (1:1 nisbatda) suyultirildi va suyuqlik – suyuqlik ekstraktsiya usuli yordamida organik erituvchilar ekstraksion benzin, xloroform, etilatsetat va n-butanol erituvchilari yordamida fraksiyalarga ajratildi. Fraksiyalar yupqa qatlamli xromatografiya (YuQX) usuli yordamida tahlil qilindi va o‘xshashlari birlashtirildi hamda fraksiyalar tarkibidagi birikmalarni individual holda ajratish uchun kolonkali xromatografiya (KX) hamda gelxromatografiya (GX) usullaridan foydalanildi. Natijalar. O‘simlik spirtli ekstraktining xloroformli fraksiyasini (30 g) KX usulida dastlab ekstraksion benzin, so‘ngra ekstraksion benzin-etilatsetat (e.b:et) sistemasida yuvildi. Bunda, e.b:et sistemasining 9:1 nisbatida Tx-1, 8:2 nisbatida Tx-2 hamda 7:3 nisbatida Tx-3 subfraksiyalar olindi. Olingan subfraksiyalarni GX usulida (sefadeks LH-20 adsorbentida) metanol erituvchisida yuvildi. Natijada Tx-1 subfraktsiyadan gall kislota (1), ko‘rich kislota (2), p-kumar kislota (3), Tx-2 subfraktsiyadan xrizin (4), galangin (5), Tx-3 subfraktsiyadan diosmetin (6) flavonoidlari individual holda ajratib olindi. Spirtli ekstraktning etilatsetatli fraksiyasidan 16 g olib, 20 g silikagel bilan aralashtirildi va kolonkaga joylandi. So‘ngra KX da, xloroform va xloroform-metanol sistemasining turli xil nisbatlarida elyuatlanganida uchta subfraktsiya (Te-1 - Te-3) olindi. Oligan subfraksiyalar GX usulida methanol-suv (8:2) sistemasida rexromatografiya qilindi. Dastlabki Te-1 subfraktsiyadan xrizoeriol (7) va miritsetin (8) ajratib olingan bo‘lsa, Te-2 subfraktsiyadan izokversitrin (9) va Te-3
228 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz subfraksiyasidan izoramnetin-3-O-glyukopiranozid (10) birikmalari individual holda ajratib olindi. Ekstraktning n-butanolli fraksiyasini kolonkaga solishdan oldin methanol bilan eritish natijasida cho‘kma hosil bo‘ldi. Mazkur cho‘kmani tahlil qilinganda kversetin-3-O-rutinozid (11) flavonoidi ekanligi aniqlandi. Ajratib olingan birikmalarning tuzilish formulalari UB, IQ, 1H va 13C YaMR spektrlari hamda ularning fizik konstantalarini aniqlash yordamida isbotlandi. Xulosalar. O‘tkazilgan fitokimyoviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Tripleurospermum disciforme o‘simligi yer ustki qismi biologik faol fenolkarbon kislotalar hamda flavonoidlarga boy istiqbolli manbaa bo‘lib, kelajakda tibbiyot va farmatsevtika sohasi uchun zarur bo‘ladigan bioaktiv qo‘shimchalar va dori vositalarini yaratish uchun zamin bo‘la oladi.