SURUNKALI VENOZ ETISHMOVCHILIGINI DAVOLASHDA QO'LLANILADIGAN DORI VOSITALARINING MARKETING TAHLILI
Full text
237 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz SURUNKALI VENOZ ETISHMOVCHILIGINI DAVOLASHDA QO’LLANILADIGAN DORI VOSITALARINING MARKETING TAHLILI G.S. Umarova Toshkent farmasevtika instituti, Toshkent sh., O‘zbekiston Respublikasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17333442 Mavzuning dolzarbligi: Venoz etishmovchiligi — qon tomir tizimining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biridir. Oʻzbekistonda varikoz kengayishi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq, ammo butun dunyo boʻylab umumiy epidemiologik maʼlumotlarga asoslanib, varikoz kengayishi ayollarning 67 foizida va mehnatga layoqatli yoshdagi erkaklarning 32 foizida uchraydi.Venoz etishmovchiligi ko‘proq katta yoshdagi ya’ni 55 yosh va undan katta yoshdagi ayollarning 64 foizini tashkil etadi. 25 yoshgacha bo'lgan yosh ayollarda atigi 8 foizi varikoz tomirlaridan aziyat chekishi kuzatilgan. Varikoz kasalligini oz vaqtida to‘g‘ri davolanmasa salbiy xolatlarga olib keladi. Jaroxlik amaliyotidan ko‘ra bemorlarni to‘g‘ri dori darmonlar bilan davolash muhim vazifalardan biriga kiradi. Xozirgi kunga kelib venoz etishmovchiligida ishlatiladigan dori darmonlar nomenklaturasi o‘sib bormoqda, lekin xomilador ayollarga beriladigan dorilarni extiyotkorlik bilan tavsiya etilishi kerak. Yangi bezarar, samarali dori vositalarni ishlab chiqish uchun ularni assortiment tahlilini olib borish muhim vazifalardan biriga kiradi. Tadqiqotning maqsadi: 2020-2024 yillardagi, O'zbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qo’llanilishga ruhsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat reestri ma’lumotlari, “VIDAL” dori vositalari ma’lumotnomasi va DRUG AUDIT ma’lumotlari asosida surunkali venoz etishmovchiligini davolashda qo’llaniladigan dori vositalarining marketing tahlili o’tkazish. Materiallar va tadqiqot usullari: Tadqiqot surunkali venoz etishmovchiligida qo’llaniladigan dori vositalari guruhini aniqlash bolib, bunda “VIDAL” dori vositalari ma’lumotnomasidan, O'zbekiston Respublikasi tibbiyot amaliyotida qo’llanilishga ruhsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat reestridan va DRUG AUDIT ma'lumotlaridan foydalanildi. Natijalar: 2024 yilda Davlat reestridan umumiy 24 nomda surunkali venoz etishmovchiligida qo’llaniladigan dori vositalari ro’yhatdan o’tkazilgan bo’lib, 1 nomdagisi (4.4%) mahalliy ishlab chiqarilgan, 8 nomdagisi (34,8 %) MDH davlatlarida ishlab chiqarilgan va 14 nomdagisi (60,8 %) xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan va ro’yxatdan o’tkazilganligi aniqlandi. 2020-2024 yillardagi Reestr ma’lumotlari taqqoslanganda, 2023 yilda Davlat reestridan umumiy 23 nomda, 2022 yilda umumiy 25 nomda, 2021 yilda 28 nomda va 2020 yilda umumiy 27 nomda surunkali venoz etishmovchiligida qo’llaniladigan dori vositalari ro’yhatdan o’tkazilgan. Xulosa: 2020-2024 yillarda ro’yhatdan o’tgan surunkali venoz etishmovchiligida qo’llaniladigan dori vositalarining asosiy qismini tabletka, kapsula va gel kabi dori shakllari tashkil qilgan. Dorivor o’simliklar asosida suyuq dori shakllari va yumshoq dori shakllarining miqdori kamligi kuzatildi. 2020-2024 yillar “DRUG AUDIT” ma’lumotlari asosida tahlili o’tkazilganda, surunkali venoz etishmovchiligida qo’llaniladigan dori vositalarining bozorga chiqarilish qiymati 2022 va 2023 yilda eng past qiymatni tashkil qilgan holda, 2024 yilga kelib umumiy qiymati 2020 yildagiga nisbatan deyarli 2 barobar oshgan. Bu ularga nisbatan talab va extiyojni o’sganidan dalolat beradi.