UFFA ECHINATA ROXB. MEVALARINING ERKIN AMINOKISLOTALARI TAXLILI
Full text
247 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz UFFA ECHINATA ROXB. MEVALARINING ERKIN AMINOKISLOTALARI TAXLILI Ganiev A.K. Gulomjonova N.A. Tashkent Pharmaceutical Institute, Tashkent city, Republic of Uzbekistan e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17333587 Dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29 yanvar 2025 yildagi «Farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PF-13-son Farmonida farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish, aholini sifatli, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari bilan ta'minlash maqsadida biologik faol qo‘shimchalar sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, soha korxonalariga xom ashyo bazalarini shakllantirishda dorivor o‘simliklar plantasiyalarini tashkil etish va 2026 yil yakuniga qadar ushbu plantasiyalarda yetishtirilgan dorivor o‘simliklarni qayta ishlash loyihalari ishga tushirilishi kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Tadqiqotning maqsadi: Hozirgi kunlarda aminokislotalarga tibbiy amaliyotda qo'llanilishi mumkin bo'lgan biologik faol moddalar sifatida katta e'tibor berilmoqda. Tadqiqotlarimizning maqsadi - xalq tabobatida keng qo’llanilib kelayotgan burnaki - Luffa echinata roxb. o’simligi mevalarining erkin aminokislotalari tarkibi va miqorini o’rganishdan iborat bo’ldi. Usul va uslublar: burnaki o’simligi mevalarining erkin aminokislotalari tarkibi va miqorini o’rganish namunalarning suvli ekstrakdagi oqsillar va peptidlarini sentrifuga stakanlarida cho'ktirish usulida amalga oshirildi. Buning uchun 1 ml (aniq hajm) o'rganilayotgan namunaga 20% uchxlorsirka kislotasi qo'shildi. 10 daqiqadan so'ng, 15 daqiqa davomida 8000 aylanish tezligida sentrifuglash orqali cho'kma ajratildi. 0,1 ml supernatant ajratilgandan so'ng, u liofilizatsiya qilindi. Gidrolizat bug'latildi, quruq qoldiq trietilamin-asetonitril-suv (1:7:1) aralashmasida eritildi va quritildi. Kislotalarni neytrallash uchun bu jarayon ikki marta takrorlandi. Stiven A., Koen Daviel usuli bo'yicha, aminokislotalarning feniltiokarbamil hosilalari (FTK) feniltioizosiyanat bilan reaksiya qilib olindi. Aminokislota hosilalarini aniqlash yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YSSX) usulida amalga oshirildi. YSSX shartlari: DAD detektorli Agilent Technologies 1200 xromatografi, ustun 75x4,6 mm Discovery HS C18. A eritmasi: 0,14 M CH3COONa + 0,05% TEA pH 6,4, B: CH3CN. Oqim tezligi 1,2 ml/min, yutilish 269 nm. Gradient %B/min: 1-6%/0-2,5 min; 6-30%/2,51-40 min; 30-60%/40,1-45 min; 60-60%/45,1-50 min; 60-0%/50,1-55 min. Natijalar: Aminokislotalar tarkibi ularning nur yutish vaqti bo’yicha, miqori (mg/g) esa - cho’qqilarning yuzasi bo’yicha aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, burnaki mevalarining tarkibidagi erkin aminokislotalar tarkibi va miqori (mg/g) quyidagi kamayish tartibida joylashgan: Glutamin kislota (1,421) > Prolin (1,397) > Alanin (1,153) > Treonin (1,048) > Fenilalanin (0,849) > Gistidin (0,648) > Asparagin kislota (0,54) > Serin (0,427) > Glutamin (0,378) > Tirozin (0,346) > Glitsin (0,314) > Asparagin (0,304) > Leytsin (0,26) > Metionin (0,233) > Valin (0,232) > Lizin (0,212) > Izoleytsin (0,191) > Triptofan (0,133) > Argenin (0,126) > Sistein (0,121). Xulosalar: Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, burnaki mevalarining tarkibida 20 turdagi aminokislotalar mavjud bo’lib, ularning umumiy miqdori 10,334 mg/g ni tashkil etadi. Aminokislotalarning 9 tasi almashinmaydigan aminokislotalar bo’lib, ular umumiy aminokislotalar miqorining 36,83% ni tashkil etadi. Bular: Leysin - qondagi qand miqdorini tartibga solishda, to'qimalarni tiklashda va oqsil sintezida ishtirok etadi. Isoletsin - energiya almashinuvini va mushak
248 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz to’qimalarini tiklanishini qo'llab-quvvatlaydi. Valin - mushak energiyasi va asab tizimi uchun muhimdir. Lizin - o'sish, kaltsiyning so'rilishi va kollagen sintezi uchun zarur. Metionin - yog' almashinuvida va tana detoksifikatsiyasida ishtirok etadi. Fenilalanin - dopamin, norepinefrin va adrenalinning sintezida zarur. Treonin - jigar faoliyati, immunitet va kollagen sintezi uchun zarur. Triptofan - serotonin va melatoninning sintezida zarur. Gistidin - to'qimalarning o'sishi va gistamin hosil bo'lishi uchun muhim hisoblanadi.