scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ABDURAUF FITRAT ILMIY FAOLIYATI VA UNING ASARLARIDA TURKISTON TARIXINING YORITILISHI

Abdullayev ZohidjonTolibjon o'g'li

Abstract

UshbumaqoladaO’rtaOsiyoningyirikjadidlaridanbiriAbduraufFitratninghayot-faoliyati,ilmiyme’rosivauningtarixiymavzulardabitganasarlaridaTurkistonningma’naviy,madaniyvasiyosiytarixigaoidbo’lganma’lumotlarkeltirilgan.Muallifningtarixiymavzudabitganasarlarigaalohidato’xtalib,qisqachabayonetilgan

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Abdullayev Zohidjon Tolibjon o’g’li Namangan davlat universiteti,Tarix mutaxasisligi 2-kurs magistranti ABDURAUF FITRAT ILMIY FAOLIYATI VA UNING ASARLARIDA TURKISTON TARIXINING YORITILISHI Annotatsiya: Ushbu maqolada O’rta Osiyoning yirik jadidlaridan biri Abdurauf Fitratning hayot-faoliyati, ilmiy me’rosi va uning tarixiy mavzularda bitgan asarlarida Turkistonning ma’naviy, madaniy va siyosiy tarixiga oid bo’lgan ma’lumotlar keltirilgan. Muallifning tarixiy mavzuda bitgan asarlariga alohida to’xtalib, qisqacha bayon etilgan. Kalit so’zlar: Jadid maktabi, Chig’atoy gurungi, oila, drammaturg, otaliq, Turkiston, islom tarixi, to’y, sahih xalifalar. Abstract: This article presents the life and work of Abdurauf Fitrat, one of the great Jadids of Central Asia, his scientific heritage, and his works on historical topics, which contain information on the spiritual, cultural, and political history of Turkestan. The author's works on historical topics are briefly described, with special emphasis on them. Key words: Jadid school, Chigatay group, family, playwright, fatherhood, Turkestan, Islamic history, wedding, authentic caliphs. Абстрактный: В статье рассматриваются жизнь и деятельность одного из выдающихся джадидов Средней Азии Абдурауфа Фитрата, его научное наследие, а также исторические труды, содержащие сведения о духовной, культурной и политической истории Туркестана. Кратко описываются работы автора на историческую тематику, особое внимание уделяется именно им. Ключевые слова: Джадидская школа, группа Чигатай, семья, драматург, отцовство, Туркестан, исламская история, свадьба, подлинные халифы. Agar kishi tijorat bilan mashg’ul bo’lsa, bu dunyoda faravon yashaydi. Agar ibodat bilan shug’ullansa, u dunyoda oxirati obod bo’ladi. Agar ilm bilan shug’ullansa, u ikki dunyo saodatiga erishadi. Abdurauf Fitrat Abdurauf Abdurahim o'g'li 1886-yil (hijriy 1304-yil) Buxoro shahrida Abdurahim savdogar oilasida tug'ilgan. Abdurauf Abdurahim o'g'lining adabiy taxallusi Fitrat bo'lib, bu so'z tug'ma iste'dod, insonga Alloh bergan yaratuvchilik qobiliyati ma'nolarini anglatadi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha, talabalik yillari Mijmar (cho'g'don, xushbo'y narsalar solib tutatiladigan idish ma'nosida) taxallusi bilan ham g'azallar bitgan.1Dastlab mahalla maktabida, so'ngra Mirarab madrasasida tahsil olgan. Shoirning 1Hoji Ne'matulloh Muhtaram. Tazkiratu-sh-shuaro. Dushanbe, 1975. B. 319-320. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL otasi savdogarchilik bilan mashg'ul bo'lgan ziyoli shaxs edi. Fitratning onasi Mustaf bibi (oilada uni Bibijon deb atashgan) noziktab ayol bo'lib, farzandlar ta'lim-tarbiyasi bilan asosan shu kishi shug’ullangan. 1909-yili Abdurauf Fitrat “Jamiyati xayriyaning” ko’magi bilan Istanbulga o’qishga brogan.2 Fitrat Buxoroga qaytgach, usuli jadid maktablari ochish va Buxorodagi madaniy hayotni yoʻlga qoʻyishga shoshiladi. U haqida Sadriddin Ayniy yozadi: “Bu orada Fitrat va Atoxo'ja Buxoroga qaytdilar. Tabiiyki, ular jadid maktablari bilan bog'lanib, o'qituvchilar tomonidan bordi-keldi qilib, maktablar ishini yaxshilash bo'yicha turli tadbirlarni amalga oshirdilar, muallif va yoshlarga maslahat berardilar”. Fayzulla Xo'jayevning yozishicha, bunday maktablar Abduvohid Burhonov va Mirkomil Burhonovlar tomonidan ochilgan boʻlib, “ ular 1919-1920yillardagi Buxoro inqilobiy xodimlarining katta qismini tayyorlab bergan manba bo'ldi... eski tarzdagi jadidlarga A.Burhonov, so'l jadidlarga Fitrat boshchilik qildi”. Nihoyat, ular murosaga kelishib, “Yosh buxorolilar” partiyasini tashkil qildilar, firqa qo'mitasiga Abduvohid Burhonov rais, Fitrat esa bosh kotib etib tayinlandi.3Ular Buxorodagi siyosiy va madaniy tizimni islohotlar orqali o’zgartirmoqchi bo’ldilar. Abdurauf Fitrat 1918-yillarda milliy adabiyotni rivojlantirish uchun “Chig'atoy gurungi” tashkilotini tuzishga kirishadi. Fitratning o'zi bu tashkilot faoliyati haqida shunday ma'lumot beradi: “Turk tillarini, turk adabiyotini birlashtirish shiori ostida ish koʻrildi. Maktablarda usmonli tili, usmonli adabiyoti ona tili darslari o’rnida qabul qilindi. Mana shu harakatga qarshi... “Chig'atoy gurungi” tashkil qilindi”. Bunday so'zlardan seziladiki, “Chig'atoy gurungi” “panturkizm” (umumturkchilik) g'oyalarini emas, balki o'zbek tili, adabiyoti, tarixi va san'ati masalalariga ko'proq e'tibor bergan. Tashkilotning asosiy maqsadlaridan biri arab imlosini isloh qilib, o'zbek tilining tovush xususiyatlariga mos keladigan yangi yozuv tizimi yaratish edi. Tashkilotning bu maqsadi ayni o'sha yillarda emas, bir necha yil o'tgach, 1921yilgi Til va imlo qurultoyida amalga oshirildi. “Chig'atoy gurungi” til va imlo masalalaridan tashqari, bevosita adabiyot bilan chuqur mashg'ul bo'lgan ilmiy-badiiy jamiyat edi. Abdurauf Fitrat o’z faoliyati davomida ko’plab she’rlar, dramma va tarixiy asarlar yaratdi. Ular orasida “Abulfayzxon”, “Muxtasar islom tarixi”, “Yurt qayg’usi”, “Temur sag’anasi”, “Hind sayyohi bayonoti”, “Munozara”, “O’g’uzxon”, “Abo Muslim”, “Najot yo’li”, “Oila” kabi asarlari eng yiriklaridir. Abdurauf Fitratning “Abulfayzxon” drammasi taraixiy drammaturgiyada keng o’rin egallagan. Fitratning ushbu fojiasi 1924-yil yozib tugallangan bo’lib, ayni shu yili Moskvada Markaziy sharq nashriyoti tomonidan arab yozuvida chop etilgan. Abulfayzxon fojiasi filologiya fanlari nomzodi Safo Zufarov tomonidan nashrga tayyorlangan va 1989-yili “Sharq yulduzi” nashriyotidan nashrga tayyorlangan. Ushbu pyesa adabiyotimizdagi tarixiy mavzuda yozilgan birinchi dramma hisoblanadi. Fitrat adabiy-badiiy ijodining cho’qqisi hisoblangan mazkur pyesa mazmuni va tarixiy faktlarga boy, haqiqiy asar sifatida baholanadi. Pyesada ashtarxoniylar sulolasining so’nggi vakili Abulfayzxon davrida davrida Buxoro o’lkasida yuz bergan fojia aks ettirilgan. Buxoro xonligi taxtini qo’lga kiritgan Abulfayzxon shubha va taqib vasvasiga tushib, hokimiyatni qo’lga kiritishga ko’maklashgan ishonchli safdoshlari, o’ziga sadoqatli jangchi lashkarboshilarni viloyat hokimlarini qirg’in qilishga kirishadi. Pyesa besh pardadan iborat bo’lib, asosiy qahramonlar: Abulfayzxon – so’nggi o’zbek xoni, Davlat to’qsoba – xonning yaqin xizmatchisi, Hakimbiy – xonning inog’i, keyinchalik otalig’i, Rahim qo’rchi – keyinchalik to’qsoba, so’ngra otaliq, Hakimbiyning o’g’li, Nodirshoh – Eron shohi va boshqa shaxslar ishtirok etishadi. Abulfayzxon qilgan mash’um ishlarida uning yaqin atrofidagi o’ziga yaqin va hamfikr mansabdorlarini ham qo’li bor ekanligini alohida takidlash lozim. Misol uchun Abulfayzxonning eng yaqin odamlaridan biri Ulfat xo’jasaroy podsholik haqida gap ketkanda u xonga podsholikni qon bilan sug’oriladurg’on bir og’ochga o’xshatib, agarda u qon bilan sug’orilib turilmasa og’ochning qurib qolishi aniqligi haqida maslahat beradi. Xon aynan uning maslahati bilan taxtga 2Jadidlar. Abdurauf Fitrat risola. Boltaboyev H. Toshkent; - Yoshlar nashriyot uyi. 2022. B.5 3Xo'jayev F. Tanlangan asarlar. Uch tomlik. 1-t. - T.: Fan. 1976. B. 100. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL chiqishga yordam bergan o’z otalig’i, qipchoq qabilasi boshlig’i Farhod otaliqni o’ldirib boshini keltirishni buyuradi.4“Abulfayzxon” drammasida Fitrat ezgulik, insof, adolat va shaxs erkini ulug’ladi. Bu qadriyatlarni hokimiyat uchun turli-tuman, yolg’on-yashiq va chirkin vositalarga keskin qarama-qarshi qo’yadi. Abulfayzxonni o’zi Buxoro taxtini razil yo’llar bilan egallaydi. Maqsadiga erishish uchun akasi Ubaydullaxonning joniga qasd qiladi. “Al qasos-ul minal haq” deganlaridek, o’zi ham saroy fisq-u fujurlarining qurboni bo’ldi: raqiblari tomonidan xoinlarga xujrada o’ldirildi. Drammaturg saltanat tanazzuli sabablarini Abulfayzxon tabiatini tahlil etish orqali ko’rsatadi. Xon butun mamlakatni, barcha amaldorlarni qo’rquv, titroq va dahshat ostida tutib turadi. Chaqimchilik, tuhmat, ishonchsizlik va odamlarni gij-gijlash yurtni boshqarish tuzumida yetakchi qoidalarga aylanadi.5 Abdurauf Fitrat barcha davrlarning muhim mavzusi bo’lgan oila mavzusiga doir ham qalam tebratgan. Oila asosini to’g’ri qurmasdan va yosh avlodni to’g’ri yo’lga yo’naltirmasdan turib, jamiyatni isloh qilish mumkin emas, chunki millat taqdiri undagi har bir oilaning ahvoliga bog’liqligi yaxshi anglagan drammaturg bu mavzuga alohida e’tibor beradi. “Har bir millatning saodati va izzati albatta shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq, qayerda oila munosabatlari kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo’ladi”, degan g’oya Fitratning ushbu asarida yetakchi g’oya sifatida ilgari suriladi. Ushbu asar tom ma’noda yosh avlod uchun hayotiy qo’llanma bo’luvchi tarbiyaviy asardir. Muallif baxtsizlikning sababi oiladorlik xususidagi har bir harakatimiz sarob orzularimiz va xató fikrlarimizning natijasi bo’lib, aksariyati Qur’oni Karim hukmlariga zid ekanligi va shuning uchun zulm va tajovvuz ko’rmagan oilalar nihoyatda kam ekanligidir. Hozirda taraqqiy etayotgan islomiy o’lkalarda turk, arab, fors olimlari o’z millatlarining kimligini anglab yetib, oila nizomi va tinchligi haqida ancha kitob yozdilar. Bu kitoblarda ular diniy va dunyoviy hukmlarga tayanib oilaviy masalalarga izoh berganlar. Lekin turkistonliklar, xususan, biz buxoroliklar, bu ne’matdan mahrum bo’ldik. Bu muammolarni yaxshi anglagan Abdurauf Fitrat yaqinlari va hamfikrlari maslahati bilan oila boshqarish bobida bir kitob yozishni maqsad qiladi. Muallif bu risolani millatimiz tili, ya’ni turkiy chig’atoyda yozadi.6Risola ikki qismdan iborat. Birinchi qismida muallif nechta xotinga uylanish kerak, qanday ayolga uylanish lozim, mahr va to’y masalalari qanday bo’lishi lozim, oilaning maishati va idorasi, murosa-yu madora, uylanish va uylanmaslik xususida kabi muhim mavzularga alohida to’xtalib o’tadi. Risola ikkinchi qismida farzand tug’ilganidan keyingi davr va farzand tarbiyasi haqida, axloqiy tarbiya, maktab davri, qizlarning ta’lim olishlari joizligi, ota-onaning haq-huquqlari, yetimlar haq-huquqlari kabi masalalar keng yoritiladi. Umuman olganda, Fitratning “Oila” kitobida amaliy axloq bilan axloq nazariyasi muammolari uyg’unlashib ketgan. Lekin unda pedagogik – didaktik uslub emas, jangovor chorlov uslubi ustun. Fitrat uchun yuksak axloqiylik, erk va erksevarlik bilan mustahkam bog’liq; Turkiston va turkistonlikni ozod ko’rish, ya’ni milliy mustaqillik mafkurasi kitobning ruhiga singdirib yuborilgan. Uni o’qigan kishi na faqat axloqiy fazilatlar nimalardan iborat va ularga qanday erishish kerakligini, balki, milliy ozodlik, shaxsiy erkinlik nima - yu, unga qanday qilib erishish mumkinligini anglab oladi. Shu bois mutafakkir – jadid Abdurauf Fitratning “Oila” asari Turkiston milliy uyg’onishida benihoya katta rol o’ynaydi. Ayni paytda, u hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan ajoyib axloqiy - ma’rifiy risola sifatida a’lohida e’tiborga molik7 Abdurauf Fitrat ushbu asarida har bir yangi oila uchun qo‘llanma vazifasini o‘tashi mumkin bo‘lgan masalalarni yoritadi. U vatanparvarlik va millatparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, kitobning birinchi qismiga, ayniqsa katta e`tiborni qaratadi. Undan nafaqat o`sha davr balki hozirgi kunda ham yangi oila qurmoqchi bo‘lgan yoshlar kichik hajmdagi axloqiy-maishiy, 4Abdurauf Fitrat. Abulfayzxon.– Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2019.-B.9 5Karimov N. Nazarov B. Normatov U. Yo’ldoshev Q. Adabiyot darslik. Toshkent: O’qituvchi nashriyot – matbaa ijodiy uyi. – 2004. -B.81 6Abdurauf Fitrat Oila yoki oilani boshqarish tartiblari. – Toshkent: Yoshlar matbuoti. 2024. -B.9 7A. Avloniy. “Turkiy guliston yoxud axloq”. T., “O’qituvchi”. 1994. -B.46 JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL gigienik-salomatlik qomusi sifatida foydalanishi mumkin.Bundan tashqari, asarda oilaning moddiy tomonlari, tashkil topgandan boshlab, buzilishigacha bo‘lgan holatlarning axloqiy asoslari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tadi. Bu jihatlarni o‘sha davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak juda ijobiy jihat hisoblanadi. Chunki, bu davrda Turkistonda hali meditsina unchalik rivojlanmagan, kishilarning turmush madaniyati ham u qadar yuqori emas edi. Fitrat ko‘plab xorijiy davlatlarda bo‘lganligi sababli, u yerdagi ijobiy, o‘rganish zarur bo‘lgan, turmush tarziga oid juda ko‘p tajriba orttirgan edi. Er-xotin va farzandlardan iborat, bir shaxs boshchiligida, birga yashovchilar, Fitratning fikricha, oilani tashkil etadi. Asarda har bir oila manfaatini himoya qilish maqsadida turli qonunlar ishlab chiqilgani, ular «manzil tadbir» (ro‘zg‘or tebratish tadbiri) deb atalgani ta’kidlanadi. Shu ma’noda, muayyan mamlakat aholisi axloqsizlik oqibatida oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l bersa, shu millatning saodati ham, hayoti ham shubha ostida qoladi. “Ota-onalarning haq-huquqlari” bobida ham balog‘atga etgan farzandning erkinlik darajasi haqida fikr yuritiladi. Muallif millat taqdirini, uning baxt-saodatini jamiyatdagi oilaviy munosabatlar kamoli bilan bog‘laydi. Uning fikriga ko‘ra, dunyoda izzat va saodat tolibi bo‘lmagan birorta qavm yo‘q. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shunchalik kuchli va mustahkam bo‘ladi. Fitrat millat kamchiligi sifatida iqtisodiy savodsizlikni keltiradi. Masalan, “Qalin (puli) va to‘y qanday bo‘lishi lozimligi haqida” deb nomlangan bobini olaylik, bizning odamlar butun umr yiqqan mol-dunyosini bir kunlik to‘yga sarflashini, qayerdagi bemaza orzu-havaslarga berilib isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yishini asarida qattiq tanqid qiladi. Mutafakkir to‘yni kichik davrada isrofgarchiliksiz o‘tkazib, undan qolgan mablag‘ni yoshlarni ilm olishlariga, sog‘liklarga sarflashlarini ta’kidlaydi. E’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, Fitaratning ushbu fikrlari xali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Sababi, bugun ham jamiyatimizda bemani orzu-xavaslar deb, isrofgarchiliklarga ko‘p pul sarflayotgan kimsalar hali ham mavjud. Iqtisodiy savodsizlik ko‘plab ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishini ham muallif alohida ta’kidlaydi. Masalan, hamma pul to‘yga sarflangandan keyin yosh oilalar ro‘zg‘or tebratishga qiynaladi. Qarz-havola qilib o‘tkazilgan to‘yni qarzlari to‘lanadimi yoki ro‘zg‘or tebratiladimi? Bu kabi muammolar bugun ham jamiyatimizda yo‘q emas.Umuman olganda, Fitratning “Oila” asari tom ma’noda yosh avlod uchun hayotiy qo‘llanma bo‘luvchi tarbiyaviy asar deb hisoblayman. Lekin unda pedagogik-didaktik uslub emas, jangovar chorlov uslubi ustunroq. Fitrat uchun yuksak axloqiylik erk va erksevarlik bilan mustahkam bog‘liq. Turkiston va turkistonlikni ozod ko‘rish, ya’ni milliy mustaqillik mafkurasi kitobning ruhiga singdirib yuborilgan. Abdurauf Fitratning axloqiy qarashlari, milliy o‘zlikni anglash haqidagi g‘oyalari insonni keng mushohadaga chorlaydi. Allomaning bunday qarashlari, asosan, o‘zining “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli asarida berilgan. Ushbu asar 1914yilda yozilgan. “Oila” asari o‘sha davrdagi oilaviy munosabatlarni to`g`ri yo`lga solish hamda go`zal insoniy fazilatlarni oiladan boshlab shakllantirish xususidagi g`oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan asar hisoblanadi. U o‘zgacha bir shiddatli uslubda yozilgan. Sababi, o‘sha davrdagi tuzum shunday buyuk asarlarga ehtiyoj sezgandi. Fitrat qarashlarida islomiy oila mohiyatini anglash bo`lgani uchun oilada millatning qadri va sha’nini belgilovchi harakatlar, avvalo, er va xotinning iffat va diyonati bilan bog'liq ekanini hayotiy misollar bilan tushuntiradi. Er-xotinlikning birinchi sharti va oxir-oqibati farzand ekan, bu maqsadga erishish vositasi va sababi visoldir. Visol ishtiyoqi yoshlarda ertaroq tug'ilishiga qaram asdan “hakimlar erkaklarga 23 yoshdan oldin uylanmaslikni va qizlarga 18 yoshdan oldin turmushga chiqmaslikni maslahat beradilar”. Abdurauf Fitrat ushbu «maslahat»ning ham fiziologik va genetik, gigiyenik va sihattalab maqsadlariga qaratilganini eslash barobarida oilaning sog'lom va barkam ol farzand yetishtirishdagi vazifalarini erinmay birma-bir uqtirib o'tgan. Oilani janjal, fisq, xiyonat va, boringki, taloq kabi kushandalardan saqlab turuvchi vosita madoradir, ya'ni er-xotinning murosasidir. Tabiiyki, tartibli oilada nikoh, homiladorlik va uning nihoyasi farzanddir. Fitrat farzand tug'ilishi bilan bog'liq barcha shar’iy hukmlarni eslatish barobarida asosiy e'tibomi farzand parvarishiga qaratgan. Shuning uchun ham kitobning ikkinchi bobi «Farzand tarbiyasi» deb nomlanadi. Tarbiya masalasiga ham millatga buyuk foyda yetkazuvchi soha deb qaramoq va uni boshqalarga ishonib topshirib qo'yish oilaning mas’uliyatsizligidandir, degan zarur xulosaga keladi. Fitrat tarbiya haqidagi qadimiy fanlar asosida uni uch shaklda: badantarbiya, aqliy va axloqiy tarbiya deb anglatgan. Biroq ularni bir-biridan ajratib ham bo'lmaydi. Ular o'zaro shunday bog'liqdirki, biriga ziyon yetsa, boshqalarida ham nuqson paydo bo'ladi. Biriga foyda yetsa, boshqalari ham undan bahramand bo'ladi. Oiladagi oddiy mojaro va harakatlar bilan JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL o'ralashmay, bolalarning aqliy, ya'ni fikriy tarbiyasi millatning niyati bilan uyg'un bo'lishi lozim.8 Yigirmanchi asrdagi ayrim hujjat va xotiranomalarning guvohlik berishiga ko‘ra, Abdurauf Fitrat Istanbuldan qaytgach (1914), usuli jadida va madrasalar tashkil etib, uning o‘zi bu ilmgohlarda turkiy va forsiy adabiyotlar tarixi, islomshunoslik va sharq tillaridan saboq o‘qigan. «Muxtasar Islom tarixi” ana shu ilmgohlar talabalari uchun qo‘llanma tarzida yozilgan edi. Uslubning soddaligidan va nahviy (stilistik) qurilishi jihatidan bu qo‘llanma Fitrat ma’ruzalarining matni ekani ham ayondir. Asardaga voqea tasvirining notugalligidan anglash mumkinki, bu manba asarning to‘la matni emas. Shunday ekan, uning lavomi bo‘lishi tabiiy. Biroq manba saqlanayotgap mahkama xodimlarining qaydlariga ko‘ra, asarning tugal nusxasi shudir. Tarjimaga 1915 (hijriy 1333) Gazarov matbaasida chop etilgan, Ayni davrda Fitrat bilan barobar Mahmudxo‘ja Behbudiy (1914), Shokir Sulaymon (1918) kabi aliblar ham «Qisqa Islom tarixi” tuzganlari manbalarda qayd etilgan. Biroq Fitratning asari voqealarning aniq, jonli ifodasi, millatparvarlik ruhi tasvir qatiga singdirilgani va xolis yozilgani bilan ulardan farqlanadi (diniy islohlarni qo‘llashda dabdabali usul va sun’iy iltifot sezilmaydi). Muallif tarix ilmini ikki qismdan iborat: umumiy tarix va xususiy tarix kabi guruhlarga bo’ladi. Barcha millat va jamiyatlarning axvolini bayon qiladshan soha umumiy tarix, deb ataladi. Xususiy tarix birgina millat va birgina jamiyatning tarixini yoritadi. Islom tarixi ham xususiy tarix jumlasiga kiradi; binobarin, Islom tarixi Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.)ning dunyoga kelishlaridan va Islom dinining dunyoga tarqalishidan bahs qilib, Islom olamining taraqqiyotini tushuntirib beradi. Islom tarixini bilish barcha musulmonlar uchun farzdir.9 Asarda islom tarixi qisqacha bayon etilib, asar uch qismdan iborat. Birinchi qismda Arabiston yarimorolidagi xalqlarning tarixi, Hazrati Rasuli akram alayxissalomning dunyoga kelishlari, tarbiyalari, oila qurish davrlari, ilk vahiy kelishi va payg’ambarlik davrining boshlanishi, safarlari davri va boshqa muhim voqealar qisqacha bayon etilgan. Dastlabki masjid Madinadagi Qubo masjidi qurilishi va Qiblaning tayin etilishi shu o’rinda savol tug’uladi Qibla tayin etilgunga qadar musulmonlar qaysi tomonni qibla hisoblab ibodat qilganlar?. Bu savolga javobni muallif o’z asarida keltirib o’tadi. “ Alloh taolo hali musulmonlarning qiblasini tayin qilmagan edi. Musulmonlar yahudiylar kabi Baytul-Maqdisga qarab ibodat qilar edilar. Madinadagi ikki masjidning ham qiblasi Baytul-Maqdisga qaragan edi. Musulmonlar bir qancha vaqt shu tomonga qarab ibodat qilganlaridan keyin qibla Ka’ba tarafga qarashi kerakligi haqida oyat tushdi. O’sha vaqtdan buyon musulmonlarning qibla uyi Ka’bai muazzama bo’ldi”.10 Muallif asarda yana Badr g’azoti, Uhud g’azoti, Xandaq g’azoti kabi urushlar tarixi va vidolashuv haji, payg’ambarimizning sifatlari, oila a’zolari va dunyodan o’tishlari haqidagi ma’lumotlar bilan asarning birinchi qismini yakunlaydi. Asarning ikkinchi qismida payg’ambarimiz vafotlaridan keyin tashkil etilgan xalifalik tarixi qisqacha bayon etilgan. To’rt sahih xalifalar: Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib xalifalarning humronligi davridagi muhim voqealar bayoni, Xorijiylarning paydo bo’lishi doir muhim ma’lumotlar keltiriladi. Asarning uchinchi qismida to’rt sahih xalifalar so’ng hokimiyat tepasiga kelgan sulolalar Ummaviylar va Abbosiylar sulolasi hukmdorlari faoliyati, Andalus fatxi va u yerdagi Umaviylar davlati hukmronligi va Andalusdagi musulmonlarning ahvoli haqidagi ma’lumotlar bilan asar yakunlanadi. Asar faqatgina urushlar va sulolalar almashinuvi tarixi bo’lmasdan unda ilm-fan va madaniyat sohasiga ham katta o’rin ajratilgan. “Islom hamisha barqaror bo‘ldi va o‘zining sobitligini yo‘qotmay, taraqqiy qildi. Albatta, Fitrat bu hodisalarni qisqa tarzda yoritib, asosiy e’tiborini Islom olamida keng quloch otgan fan va madaniyatning taraqqiyotiga bag‘ishlagan bo‘lur edi. Muhammad alayhissalom vafotlaridan keyin dastlabki ilmiy ish Qur’oni karimni jamlash bo‘ldi va Payg‘ambarimizning amakivachchalari Abdulloh binni Abbos birinchi bo‘lib Qur’oni 8Saidova P. Saparova Sh. Abdurauf Fitratning “oila” asaridagi ma’naviy-axloqiy qarashlari. Journal of Universal science research.2019. B.352-362. 9Абдурауф Фитрат Мухтасар Ислом тарихи. – Тошкент: Янги аср авлоди. 2004.-B.3 10 Абдурауф Фитрат Мухтасар Ислом тарихи. – Тошкент: Янги аср авлоди. 2004.-B.6 JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL karim tafsiri ilmiga asos soldi. Va u kishining sa’y-harakati bilan hadislar ham to‘plana boshlandi. Payg‘ambarimizning keyingi avlodlari, xususan, Ja’fari Sodiq rahmatullohi ’alayh ko‘plab hadislar to‘pladi. Lekin hadislarni bir tizimga solish, ularni ilmiy jihatdan o‘rganish O‘rta Osiyo olimlarining buyuk xizmatlaridir, hadis ilmining peshvosi bo‘lgan Imom Buxoriy va bu ilmning azamat namoyondalaridan biri Imom Termiziy shu ilm orqasida dunyoga tanildilar. Qur’oni karim tafsiri masalasida ham O‘rta Osiyo olimlari peshqadamlikka erishib, Islom olamiga mashhur, dasturul-amal bo‘lgulik tafsir kitoblari yaratdilar. O‘rta Osiyoda o‘ziga xosgina emas, balki Islom olami tan olgan avliyolar sulolasi ham vujudga keldiki, bu avliyolarning jamiyat taraqqiyotida, davlatchilikning barqaror bo‘lishida ahamiyatlari buyuk bo‘ldi. Fitrat risolani davom ettirganda, albatta, mana shu masalalarni olimona tafakkur bilan yoritgan bo‘lur edi. Haqiqatda Islom tarixi buyuk bir ummon; uni daf’atan qamrab olish bir kitobning, bir muallifning yumushi emas. Ummaviylar va abbosiylar xalifaligining o‘zi bir necha asrlarni qamrab oladi va ularning o‘zaro kurashlari, boz ustiga abbosiy bilan abbosiyning bir-biriga qilich ko‘tarishi, ummaviy bilan ummaviyning yoqa bo‘g‘ishishlari, hatto ota-bolaning bir-biriga lashkar tortishi singari voqealarni bir zarb bilan yoritishning iloji yo‘q.”11 Fitrat serqirra badiiy ijod (sheriy, nasriy, publisistik, drammaturg badiiy tarjimalikka doir asarlar) va o’ndan ortiq tarmoqlarni o’z ichiga qamrab olgan ilmiy me’ros ( adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, tarix, falsafa, ilohiyot, etnografiya, san’atshunoslik va boshqa sohalar) sohibi bo’lib, uning yolg’iz tilshunoslikka oid asarlarining o’zi olim yaratgan ilm xazinasi qamrovini tasavvur qilish imkonini beradi.12 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Hoji Ne'matulloh Muhtaram. Tazkiratu-sh-shuaro. Dushanbe, -1975. b.320. 2. Jadidlar. Abdurauf Fitrat risola. Boltaboyev H. Toshkent; - Yoshlar nashriyot uyi. -2022. b.145 3. Xo'jayev F. Tanlangan asarlar. Uch tomlik. 1-t. - T.: Fan. 1976. b. 385. 4. Abulfayzxon. Abdurauf Fitrat. – Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2019.- b.54 5. Karimov N. Nazarov B. Normatov U. Yo’ldoshev Q. Adabiyot darslik. Toshkent: O’qituvchi nashriyot – matbaa ijodiy uyi. – 2004. -b.365 6. Abdurauf Fitrat Oila yoki oilani boshqarish tartiblari. – Toshkent: Yoshlar matbuoti. 2024. -b.145 7. A. Avloniy. “Turkiy guliston yoxud axloq”. T., “O’qituvchi”. 1994. -b.146 8. Saidova P. Saparova Sh. Abdurauf Fitratning “oila” asaridagi ma’naviy-axloqiy qarashlari. Journal of Universal science research.2019. b.352-362. 9. Абдурауф Фитрат Мухтасар Ислом тарихи. – Тошкент: Янги аср авлоди. 2004.-b.20 10. Абдурауф Фитрат Танланган асарлар I жилд. Тошкент: Маънавият. 2000.-б.256 11 Абдурауф Фитрат Мухтасар Ислом тарихи. – Тошкент: Янги аср авлоди. 2004.-B.19 12 Абдурауф Фитрат Танланган асарлар I жилд. Тошкент: Маънавият. 2000.-Б.28