ARSLONQUYRUQ O'SIMLIK YER USTKI QISMI XOMASHYOSIDAN SUV YORDAMIDA QURUQ EKSTRAKT OLISH
Full text
288 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz ARSLONQUYRUQ O‘SIMLIK YER USTKI QISMI XOMASHYOSIDAN SUV YORDAMIDA QURUQ EKSTRAKT OLISH Anarmetova U.B. Saidvaliyev A.K. Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi е-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17334454 Mavzuning dolzarbligi. Biofaol dorivor moddalarni o‘simliklardan ajratib olish , biofaol bo‘lgan moddalarni xar tomonlama kimyoviy , fizik-kimyoviy tahlil usullarini ishlab chiqish va dori vositasini yaratish , uni standartlash, sifatini belgilash davr talabi bo‘lib qoldi. Dori vositalarini tahlil qilib, samaradorligini fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiqot usullaridan foydalangan xolda sifatini belgilash talab etilmoqda. Tadqiqot maqsadi: Ishni maqsadi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq rayonida o‘stirilgan Arslonquyruq o‘simligini xomashyosidan quruq ekstrakt olish, ekstrakt olishda ekstragent tanlash, biofaol moddalarni ajratib olishda ekstraksiya qilish jarayonini sonini aniqlash, tegishli xulosa chiqarish.Turkiston Arslonquyruq (Leonurus Turkestanicus yalpizdoshlar oilasiga mansub, koʻp yillik va bir yillik oʻtlar turkumiga kirib, 14 turi maʼlum. Oʻrta Osiyoda 4 turi oʻsadi. Yer ustki qismida alkaloidlar, saponinlar ,flavonoidlar, oshlovchi olingan va boshqa moddalar saqlaydi. Tajriba qismi. Arslonquyruq o’simligi yer ustki qismi xomashyosidan quruq ekstraktini olish maqsadida, quruq o’simlik yer ustki qismi xomashyosini tegirmonda maydalab, kukun holiga keltirib, ma’lum miqdorda (5gr, 10gr, 15gr) aniq tortma olib 250 ml xajmli kolbalarga solib, 1:5 nisbatda tozalangan suv solib , qaynab turgan suv hammomida (900-1000) 2 soat davomida isitildi, issiq holda tibbiy momiq (paxta) yordamida filtirlandi, shu jarayon yana uch marta qaytarildi. Filtratlar umumlashtirildi va 250 ml xajmli chinni kosachaga o‘tkazildi. Quruq qoldiq olish maqsadida suv hammomida bug‘latildi, qoldiq qirib olinib, yig’indisini foiz miqdori aniqlandi. Suv yordamida olingan quruq ekstrakt miqdori 23 % ni tashkil qilishi aniqlandi. Olingan tahlil natijalari jadval1 da keltirilgan. jadval -1 Arslonquyruq o’simligi yer ustki qismi xomashyosidan suv yordamida olingan quruq eskstrakt % miqdori Olingan tortma (gr) Aniqlandi Metrologik tavsifi gr % 5,01 1,19 23,7 X = 23,8; S2= 0,0066; S=0,0812; ΔX=0,23; ΔX = 0,113; E= 0,948% ; E =0,474% 5,0 1,19 23,8 5,02 1,20 23,9 5,0 1,19 23,8 10,01 2,09 20,90 X = 20,9; S2= 1,189; S=1,09; ΔX=3,03; ΔX = 1,5; E= 12,94% ; E =6,45% 10,01 2,10 21,00 10,02 2,20 20,20 10,0 2,15 21,50 15,0 3,76 25,06 X = 25,08; S2=0,0015; S=0,039; 15,01 3,77 25,11
289 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz 15,02 3,77 25,09 ΔX=0,108; ΔX = 0,054; E= 0,43% ; E =0,215% 15,0 3,76 25,04 Hulosa: Arslonquyruq o’simligi xomashyosidan suv yordamida quruq estrakt olinganda uni yig’indisi o’rtacha 23 % tashkil qildi.