scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YANTOQ O'SIMLIGIDAN QURUQ ESTRAKT OLISH VA UNING TAHLILI

Azlarova N.X.; Saidvaliev A.K

Full text

290 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz YANTOQ O’SIMLIGIDAN QURUQ ESTRAKT OLISH VA UNING TAHLILI Azlarova N.X. Saidvaliev A.K. Тоshkent farmasevtika instituti, Тоshkent shahri, Oʻzbekiston Respublikasi e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17334475 Mavzuning dolzarbligi: Oʻzbekiston hududlarida keng tarqalib oʻsadigan yantoq (верблюжья колючка) oʻsimligini hom ashyosidan suv yordamida quruq ekstrakt olish. Tadqiqot maqsadi: Ishni maqsadi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq rayonida o‘stirilgan yantoq (Alhagi pseudalhagi - Верблюжья колючка) oʻsimligining er ustki qismidan suv yordamida quruq ekstrakt olib yig’indini foiz miqdorini aniqlash. Yantoq (Alhagi)- dukkakdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik begona oʻtlar turkumi. Oʻrta Osiyoning dasht, choʻl, chala choʻllarida hamda Rossiyaning Yevropa qismidagi chala choʻl rayonlarida 5 turi maʼlum. Oʻzbekistonda Ya.ning soxta yantoq va qirgʻiz yantogʻi turi oʻsadi. Boʻyi 40-110 sm, tik, sershox, ildizi kuchli rivojlangan, yer osti suvlarigacha yetib boradi (10 m va undan ortiq). Barg qoʻltigʻida qattiq tikanlari bor. Barglari choʻziq, nashtarsimon, barg bandi kalta, ketmaket joylashgan. Gullari mayda, qizil yoki pushti. May – sentyabrda gullaydi, avgust – oktyabr oylarida urugʻlaydi. Materiallar va usullar: Idishga yantoq o’simligini er ustki qismidan quruq ekstrakt olish maqsadida tegirmon yordamida maydalab kukun holiga keltirilgan aniq tortma (5 gr,10 gr,15 gr) olib, 250 ml hajmli kolbaga solib,xom ashyo ko’milguncha tozalangan suv qo’shildi,so’ngra qaynab turgan suv hammomida (900-1000) 2 soat davomida isitilib issiq holda paxta orqali filtrlab olindi. Qoldiq ikkinchi marotaba ekstraksiya qilindi,shu jarayon yana 3 marotaba qaytarildi.Filtratlar umumlashtirilib, 250 ml chinni koschaga o’tkazilib qaynab turgan suv hammmomida quruq qoldiq qolguncha bug’latildi va qoldiq qirib olinib, tortib foiz miqdori aniqlanganda, o’rtacha 20% tashkil qilishi aniqlandi. Olingan tahlil natijalari jadval1 da keltirilgan. jadval -1 Yantoq oʻsimlik xom ashyosidan suv yordamida olingan quruq eskstrakt % miqdori Olingan tortma (gr) Aniqlandi Metrologik tavsifi gr % 5,0 1,57 31,4 X  = 30,9 S2= 0,173 S= 0,415 ΔX=1,153 ΔX = 0,576 E= 3,731 E = 1,86 5,0 1,52 30,4 5,0 1,20 23,9 10,0 2,32 23,20 X  = 23,41 S2= 1,189 S=1,09 ΔX=3,03 ΔX = 1,5 E= 12,94 E =6,45 10,0 2,30 23,00 10,0 2,20 20,20 10,0 2,50 25,00 15,0 4,30 28,6 X  = 28,7 S2 = 0,813 S= 0,901 ΔX= 1,25 ΔX = 1,118 15,0 4,20 28,0 15,0 3,77 25,09 291 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz 15,0 4,24 28,2 E= 8,717 E = 4,355 Xulosa: Yantoq o’simligi xomashyosidan suv yordamida quruq estrakt olinganda uni yig’indisi o’rtacha 20 % tashkil qildi.