XASHAKI LAVLAGINING (BETA VULGARIS SUBSP. VULGARIS VAR. CRASSA) XORAZM VILOYATI SHAROITIDA EKISH SXEMALARI VA O'G'IT ME'YORLARINI ANIQLASH
Abstract
Ushbu tadqiqotda Xorazm viloyati sharoitida xashaki lavlagining (Beta vulgaris subsp. vulgaris var. crassa) turli ekish sxemalari va mineral o‘g‘it me’yorlariga bo‘lgan agrobiologik reaksiyasi o‘rganildi. Tadqiqotdan maqsad – o‘simlikning hosildorligini va ildizmeva sifat ko‘rsatkichlarini optimallashtiruvchi agrotexnik omillarni aniqlashdan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yuqori o‘g‘it me’yori (N₂₀₀P₁₂₀K₁₂₀) va 90×25 sm ekish sxemasi o‘simlik biomassasi hamda ildizmeva shakar miqdorini oshiradi. Ushbu ma’lumotlar Xorazm vohasi sharoitida xashaki lavlagini yuqori hosilli va sifatli ozuqa ekini sifatida tavsiya etish imkonini beradi.
Full text
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 08, 2025. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 104 XASHAKI LAVLAGINING (BETA VULGARIS SUBSP. VULGARIS VAR. CRASSA) XORAZM VILOYATI SHAROITIDA EKISH SXEMALARI VA O‘G‘IT ME’YORLARINI ANIQLASH I. Ismayilova, dots., Urganch davlat universiteti. I.A.Mirzayeva, tayanch doktorant, Urganch davlat universitet Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda Xorazm viloyati sharoitida xashaki lavlagining (Beta vulgaris subsp. vulgaris var. crassa) turli ekish sxemalari va mineral o‘g‘it me’yorlariga bo‘lgan agrobiologik reaksiyasi o‘rganildi. Tadqiqotdan maqsad – o‘simlikning hosildorligini va ildizmeva sifat ko‘rsatkichlarini optimallashtiruvchi agrotexnik omillarni aniqlashdan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yuqori o‘g‘it me’yori (N₂₀₀P₁₂₀K₁₂₀) va 90×25 sm ekish sxemasi o‘simlik biomassasi hamda ildizmeva shakar miqdorini oshiradi. Ushbu ma’lumotlar Xorazm vohasi sharoitida xashaki lavlagini yuqori hosilli va sifatli ozuqa ekini sifatida tavsiya etish imkonini beradi. Kirish. Xashaki lavlagi (Beta vulgaris subsp. maritima) mo‘tadil iqlim o‘simligi bo‘lib, dunyoning ko‘plab hududlarida asosan shakar, ozuqa va sabzavot sifatida yetishtiriladi [Digvijay Singh] Xashaki lavlagi o’simligi 6-7 oylik vegetatsiya davrini talab qilib, ekinlarga nisbatan yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi. Xashaki lavlagi yuqori hazm bo‘luvchanlikka ega, ozuqaviy jihatdan boy va har bir yer birligidan ko‘p miqdorda hazm bo‘ladigan quruq modda yetishtirish imkonini beradi. Ildizlari energiya miqdori yuqori bo‘lib, yem ratsioniga energiya qo‘shimchasi sifatida ishlatilishi mumkin. Ammo ildizlardagi xom oqsil miqdori past (taxminan 6%), barglar esa nisbatan yuqori oqsilga ega bo‘lib, energiya jihatidan mo‘tadil, ammo protein jihatidan ildizga nisbatan boyroqdir. Agar zarurat bo‘lsa, lavlagining barg qismini ham ozuqa sifatida ishlatish mumkin, bu esa umumiy hosilni yanada oshiradi. Tuproqiqlim sharoitlari hamda agrotexnik tadbirlar natijasida xashaki lavlagi 1 gektardan 20 tonnagacha quruq modda hosili berishi mumkin, bu esa to‘rt marotaba o‘rilgan o‘t (13–15 t/ha) bilan taqqoslaganda sezilarli darajada yuqoridir (DAF, 1998, Gezahagn Kebede). Xashaki lavlagi ko‘plab Yevropa mamlakatlarida ozuqa ekini sifatida muvaffaqiyatli yetishtiriladi. O‘simlik qoramollar uchun yuqori qimmatli yem manbai hisoblanadi (Niazi va boshq., 2000; Slavova va boshq., 2004). Lavlagining
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 08, 2025. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 105 tarkibida suv va shakar miqdori ko‘p bo‘lgani sababli, u sut mahsuldorligini oshiradi va sut sigirlarining ozuqasi uchun juda qulaydir. Ushbu ekin o‘zining tuzga chidamliligi bilan ajralib turadi, shuning uchun sho‘r va ishqorli tuproqlarda ham mos agrotexnik tadbirlarni qo‘llash orqali muvaffaqiyatli yetishtirilishi mumkin. [Digvijay Singh] Xashaki lavlagi yuqori unumdor tuproqlarda nihoyatda yuqori hosil bera oladi. Biroq bu o‘simlik katta miqdorda azotga ehtiyoj sezadi (Albayrak va Çamaş, 2007). Azotli o‘g‘itlar ushbu ekinlarni yetishtirishda asosiy xarajat manbalaridan biridir (Abdel-Gwad va boshq., 2008; Sarhan va Ismail, 2003). Zamfir va boshq. (2001) hamda Zaki (1999) ning ma’lumotlariga ko‘ra, azotli o‘g‘it miqdorini oshirish xashaki lavlagining quruq modda hosili va xom oqsil miqdorini oshiradi. Turli tadqiqotlar (Zamfir et al., 2001; Zaki, 1999; Niazi et al., 2000) xashaki lavlagining hosildorligi ekish muddati, ekish oraliqlari va mineral o‘g‘it miqdorlariga bevosita bog‘liq ekanini ko‘rsatgan. Ayniqsa, azot elementining ortishi ildiz biomassasini va oqsil miqdorini oshiradi, ammo ortiqcha dozalarda shakar to‘planishining pasayishiga olib keladi (Sarhan & Ismail, 2003). Oldingi tadqiqotlar (Prokopenko va boshq., 1997; Geweifel va Aly, 1996; Karzcmarczyk va boshq., 1995) shuni ko‘rsatadiki, azot dozalari ildiz hosili va hosil elementlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Abd-El-Gwad va boshq. (1997) esa shuni aniqlashgan: o‘g‘it miqdorining ortishi bilan ildizning quruq modda hosili va xom oqsil miqdori oshadi, biroq tola konsentratsiyasi kamayadi. O‘zbekiston, xususan Xorazm viloyati sharoitida ushbu ekin hali yetarlicha o‘rganilmagan. Mintaqaning iqlimi — issiq va quruq, tuproqlari esa o‘rta sho‘rlangan sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar hisoblanadi. Shu sababli ekish sxemasi va o‘g‘it me’yorini optimallashtirish orqali hosildorlikni barqaror oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu tadqiqot aynan shunday sharoitda o‘tkazilib, lavlagi navlarining agrobiologik reaksiyasini aniqlashni hamda Olingan natijalar Xorazm vohasi sharoitida eng maqbul o‘g‘it miqdorini aniqlash uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi kutilgan. Materiallar va metodlar Tajriba sharoiti va maydoni. Tadqiqot Xorazm viloyatining Urganch tumani, Urganch davlat universiteti dala tajriba stansiyasida o‘tkazildi (geografik koordinatalari: 41°39′11.6″N, 60°37′21.3″E). Tajriba maydoni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida, Amudaryo daryosining quyi oqimi bo‘ylab joylashgan
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 08, 2025. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 106 pasttekislik mintaqasida joylashgan. Hudud 60°–61° sharqiy uzunlik va 41°–42° shimoliy kenglik oralig‘ida, dengiz sathidan 113–138 m balandlikda joylashgan. Iqlimi keskin kontinental bo‘lib, yillik yog‘in miqdori 80–90 mm ni tashkil etadi. Yanvar oyida o‘rtacha harorat –5 °C, iyul oyida esa +30 °C gacha yetadi. Qizilqum va Qoraqum cho‘llarining iqlimiy ta’siri tufayli havoning quruqligi, harorat amplitudasi va bug‘lanish darajasi yuqori bo‘ladi [Abdullayev et al., 2024]. Tuproqlar asosan o‘tloqi, o‘tloqi-botqoq, botqoq-qumloq va ishqorli (sho‘r) turlardan iborat bo‘lib, bug‘lanish jarayonining yuqoriligi sababli tuproqda tuz konsentratsiyasi nisbatan yuqori. Tadqiqot maydonida o‘tloqi-bo‘z tuproqlar ustunlik qiladi, ularning gumus miqdori past, bu esa o‘simliklar uchun ozuqa moddalarning cheklanganligiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun o‘g‘it qo‘llash bu sharoitda hosildorlikni ta’minlovchi eng muhim agrotexnik omil hisoblanadi. Tajriba materiali. Tadqiqotda uch navdagi xashaki lavlagi (Beta vulgaris subsp. vulgaris var. crassa) ishlatildi: M₁ – O‘simlik genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutidan olingan nav; M₂ – o‘sha institutdan olingan yana bir nav; M₃ – Xorazm viloyati sharoitiga moslashtirilgan mahalliy nav. Ushbu navlar fenotipik belgilar, vegetatsiya davri va tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanlik darajasi bo‘yicha o‘zaro farq qiladi. Tajriba dizayni. Tajriba faktoriyal sxemada (3×3×2) tashkil etildi, ya’ni ekish oraliqlari × nav × o‘g‘it me’yori omillari birgalikda baholandi. Ekilish oraliqlari: 90×20 sm, 90×25 sm, 90×30 sm; O‘g‘it me’yorlari: O₁: N₁₅₀P₉₀K₉₀ (me’yorda oziqlantirish), O₂: N₂₀₀P₁₂₀K₁₂₀ (yuqori oziqlantirish); Takrorlar soni: 3 marotaba; Egat uzunligi: 20 metr; Umumiy variantlar soni: 24 ta. Urug‘lar 2025-yil 21-aprel kuni ekilgan. Sug‘orish har 10–12 kunda amalga oshirildi, begona o‘tlar esa mexanik ishlov yordamida muntazam yo‘qotildi. O‘g‘it qo‘llash. Xashaki lavlagi ozuqa moddalarga talabchan o‘simlik bo‘lib, azot, fosfor va kaliy elementlariga kuchli javob beradi. Shu sababli, ikki xil o‘g‘it me’yori sinovdan o‘tkazildi: O₁: N₁₅₀P₉₀K₉₀ kg/ga – o‘rtacha oziqlantirish; O₂: N₂₀₀P₁₂₀K₁₂₀ kg/ga – kuchaytirilgan oziqlantirish.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 08, 2025. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 107 Fosfor, kaliy va azotning ⅓ qismi bazal o‘g‘it sifatida ekishdan oldin berilgan. Qolgan azot esa ikki bosqichda ustki oziqlantirish sifatida, qo‘lda begona o‘tlarni tozalagandan so‘ng kiritilgan. Tajriba jarayonida o‘g‘it me’yorlarining lavlagi o‘sishiga ta’siri o‘simlik biomassa, ildizmeva og‘irligi, quruq modda va qandlilik darajasi bo‘yicha baholandi. Sug‘orish tartibi. Birinchi sug‘orish may oyining oxirida, azot bilan oziqlantirish bilan birgalikda amalga oshirilgan. Ikkinchi sug‘orish iyun oyi oxirida, keyingi sug‘orishlar esa iyul–avgust oylarida har 10–12 kunda (2–3 marta) berilgan. Bu sug‘orish tizimi lavlagi o‘sishining har bir fenologik bosqichida tuproq namligini me’yorda ushlab turish imkonini berdi. Begona o‘tlarni tozalash va siyraklashtirish. Nurelle-D va Agro-Proclaim preparatlari zararkunandalarga qarshi ishlatilib, begona o‘tlar 25 va 45 kunlarda qo‘lda yo‘qotilgan. Ko‘p urug‘li (multigerm) navlarda har bir urug‘dan 3–4 ta nihol paydo bo‘lishi sababli, birinchi tozalash paytida siyraklashtirish amalga oshirilib, har bir joyda bitta sog‘lom o‘simlik qoldirilgan. Lavlagining dastlabki ikki oyida o‘sish sekin kechganligi sababli, begona o‘tlarni o‘z vaqtida yo‘qotish hosil elementlari o‘rtasidagi raqobatni kamaytirib, hosildorlik va qand to‘planishini oshirgan. Tajriba maqsadi bilan bog‘liqlik. Tanlangan agrotexnik omillar (ekish oraliqlari va o‘g‘it me’yorlari) lavlagining agrobiologik reaksiyasini aniqlash hamda Xorazmning sho‘rlangan, quruq iqlimli sharoitida optimal o‘sish sharoitlarini belgilash maqsadida qo‘llanildi. Ushbu yondashuv lavlagi o‘simligini ozuqa manbai sifatida mintaqaviy miqyosda keng joriy etish imkonini beradi. Natijalar va ularning tahlili. Ildizmeva shakllanishi va morfometrik ko‘rsatkichlar Tajriba davomida uchta lavlagi navi (M₁, M₂, M₃) o‘rtasida ildizmeva shakllanishi va rivojlanish sur’atlarida sezilarli morfometrik farqlar kuzatildi. Iyul oyidagi o‘lchovlarda ildizmeva diametri 22–46 sm, uzunligi 18–35 sm, og‘irligi esa 283,9–1883 g oralig‘ida bo‘lib, o‘rtacha 777,4 g ni tashkil etdi. Sentyabr oyida esa vegetatsiya davomiyligi ortgani sababli ildizmeva o‘sishi davom etdi: diametri 22–69 sm, uzunligi 24–52 sm, og‘irligi esa 460–7421 g gacha yetdi (1-rasm).
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 08, 2025. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 108 1-rasm. Xashaki lavlagini yetishtirish va laboratoriya jarayonlari Bu farq, ayniqsa, yuqori o‘g‘it me’yori (O₂ – N₂₀₀P₁₂₀K₁₂₀) qo‘llangan variantlarda yaqqol kuzatildi. Mazkur sharoitda o‘simliklarning barg massasi ko‘payib, fotosintez faoliyati kuchaydi va natijada ildizmevada plastikaning (saxaroza va kraxmalning) to‘planishi jadallashdi. Eng yuqori ko‘rsatkich M₂ navida qayd etildi — ildizmeva massasi 7421 g, bu esa yuqori azot ta’minoti, suv rejimining me’yoriyligi va o‘g‘it elementlarining optimal balansini ifodalaydi. Ildizmeva qandlilik darajasi. Qandlilik darajasi o‘suv davrining bosqichlariga hamda o‘g‘it me’yoriga bevosita bog‘liq bo‘lib, iyul oyida 3–6%, sentyabr oyida esa 1–7% oralig‘ida o‘zgarib turgan. O‘suv davri oxirida ayrim variantlarda qandlilikning pasayishi (vegetatsiyaning cho‘zilishi bilan saxaroza parchalanishining kuchayishi sababli), boshqalarida esa oshishi kuzatildi. Eng yuqori qandlilik M₂-4 va M₂-5 variantlarida (7%) aniqlanib, ular O₂ (N₂₀₀P₁₂₀K₁₂₀) o‘g‘it me’yori qo‘llangan namunalar bo‘ldi. Bu holat yuqori fosfor va kaliy kontsentratsiyasi hisobiga ildiz hujayralarida saxaroza sintezini rag‘batlantiruvchi metabolik jarayonlar faollashganini ko‘rsatadi. M₁ navida qandlilik darajasi past (1–4%) bo‘lib, bu uning sust fiziologik faolligi va Xorazmning issiq-quruq iqlimiga past moslashuvchanligi bilan bog‘liq. Aksincha,
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 08, 2025. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 109 M₃ navi 3–5% atrofida barqaror qand to‘planishi bilan ajralib turdi va bu uni mahalliy sharoitga mos, adaptiv potensiali yuqori nav sifatida tavsiya etish imkonini beradi (1–2-jadval) Lavlagi ildizmevasining qandlilik darajasini aniqlash natijalari (1-jadval) Sana: 27.09.25 Variantlar tartib raqami O‘simliklar tartib raqami Ildizmeva diametri, sm Ildizmeva uzunligi, sm Ildizmeva og‘irligi, g Ildizmeva qandlilik darajasi, % M1-1 1 52 38 2819 3 M1-2 2 41 28 1166 4 M1-3 3 36 35 604 3 M1-4 4 47 35 1235 2 M1-5 5 49 29 2177 1 M2-1 1 59 40 5226 3 M2-2 2 69 42 7421 5 M2-3 3 57 46 4801 4 M2-4 4 46 45 2575 7 M2-5 5 22 36 460 7 M3-1 1 63 32 4844 4 M3-2 2 32 24 849 5 M3-3 3 59 28 1750 3 M3-4 4 39 37 1660 3 M3-5 5 39 34 1378 5 Sana 27.07.25 (2-jadval) Variantlar tartib raqami O‘simliklar tartib raqami Ildizmeva diametri, sm Ildizmeva uzunligi, sm Ildizmeva og‘irligi, g Ildizmeva qandlilik darajasi, % M1-1 1 37 28 984.4 4 M1-2 2 32 26 532.6 4 M2-2 2 22 27 283.9 3 M2-2 2 28 35 704.6 6
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 08, 2025. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 110 M3-1 4 46 34 1883 3 M3-2 2 31 18 386.2 5 O‘g‘it me’yori va o‘sish jarayonlari o‘rtasidagi bog‘liqlik. Lavlagi ozuqa moddalarga juda talabchan ekin sifatida azot (N), fosfor (P) va kaliy (K) elementlarining muvozanatli ta’minotiga kuchli javob qaytardi. Tadqiqotda sinovdan o‘tkazilgan ikki o‘g‘it me’yori o‘simlik o‘sishi, ildiz hosili va qandlilik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi (3-jadval). O‘g‘it varianti Tarkibi (kg/ga) Qisqacha tavsif Natijaviy ta’siri O₁ N₁₅₀P₉₀K₉₀ O‘rtacha oziqlantirish Ildizmeva shakllanishi yaxshi, ammo qandlilik o‘rtacha (3–5%) O₂ N₂₀₀P₁₂₀K₁₂₀ Yuqori oziqlantirish Hosil massasi va qand miqdori maksimal (5–7%) Yuqori o‘g‘it me’yori (O₂) lavlagining fotosintetik faoliyatini oshirib, barglar yashil massasi va xlorofill miqdorini ko‘paytirdi, bu esa ildizmevada plastid moddalarning to‘planishini jadallashtirdi. Natijada, yuqori o‘g‘it miqdori hosil og‘irligini oshirish bilan birga saxaroza kontsentratsiyasini ham 1,2–1,4 baravar ko‘paytirgan. Sug‘orish va begona o‘tlarni boshqarish bilan bog‘liq ta’sir. Sug‘orish rejimi lavlagi hosilining barqaror o‘sishida muhim ahamiyat kasb etdi. May va iyun oylaridagi sug‘orishlar ildizmeva shakllanishining dastlabki bosqichida o‘simlikning transpiratsiya va assimilyatsiya jarayonlarini faol qo‘llab-quvvatladi. Iyul–avgust oylarida esa har 10–12 kunda amalga oshirilgan sug‘orish suv rejimini barqarorlashtirib, azot va kaliy elementlarining ildiz orqali o‘zlashtirilishini kuchaytirdi. Nurelle-D va Agro-Proclaim preparatlarining o‘z vaqtida qo‘llanishi zararkunanda hasharotlar bilan raqobatni kamaytirib, o‘simliklarning resurslardan samarali foydalanishini ta’minladi. Ayniqsa, dastlabki 60 kunlik o‘sish bosqichida zararkunandalarga qarshi kurashish va begona o‘tlarni yo‘qotish ildiz hosilining bir xilda shakllanishini ta’minladi. Muhokamalar. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, lavlagi o‘simligining hosildorligi va qand miqdori o‘g‘it me’yori, sug‘orish rejimi hamda nav xususiyatlari bilan o‘zaro bog‘liq. Yuqori azot-fosfor-kaliy balansiga ega O₂
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 08, 2025. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 111 varianti lavlagi biomassasining to‘planishida, uglevodlar sintezi va fotosintez mahsulotlarining ildizga o‘tishida hal qiluvchi rol o‘ynadi. M₂ navi ozuqa moddalardan samarali foydalanganligi sababli hosildorlik bo‘yicha yetakchi bo‘ldi, biroq mahalliylashtirilgan M₃ navi ham barqaror natijalar ko‘rsatib, Xorazm sharoitiga moslashtirilgan genotip sifatida e’tiborga loyiqdir. Bu esa sho‘rlangan va quruq iqlim sharoitlarida barqaror ozuqa ekinlarini yaratish bo‘yicha seleksiya ishlarini davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi. Ushbu natijalar boshqa tadqiqotlar (Albayrak & Çamaş, 2007; Zamfir et al., 2001; Sarhan & Ismail, 2003) bilan uyg‘un bo‘lib, yuqori azotli oziqlantirish lavlagi hosilini sezilarli oshiradi, biroq fosforning yetarli miqdorda bo‘lishi shakar to‘planishining barqarorligini ta’minlaydi. Xulosalar. O‘tkazilgan dala tajribalari asosida xashaki lavlagi (Beta vulgaris subsp. vulgaris var. crassa) ning Xorazm viloyati sharoitida ekish sxemalari va o‘g‘it me’yorlariga bo‘lgan javobi aniqlashtirildi. Tadqiqot natijalari quyidagicha umumlashtiriladi: Iqlim va tuproq sharoiti – Xorazmning issiq va quruq kontinental iqlimi, past yog‘in miqdori va sho‘rlanish darajasi lavlagi yetishtirishda asosiy cheklovchi omil bo‘lib, muntazam sug‘orish va muvozanatli o‘g‘itlash zarurligini ko‘rsatdi. Morfometrik ko‘rsatkichlar – Ildizmeva diametri 22–69 sm, uzunligi 24–52 sm, og‘irligi 460–7421 g oralig‘ida o‘zgarib, eng yuqori natijalar M₂ navida va O₂ (N₂₀₀P₁₂₀K₁₂₀) o‘g‘it me’yori sharoitida qayd etildi. Qandlilik darajasi – 1–7% oralig‘ida o‘zgarib, eng yuqori natija M₂-4 va M₂-5 variantlarida kuzatildi. Fosfor va kaliy elementlari shakar sintezini rag‘batlantiruvchi asosiy omil sifatida tasdiqlandi. O‘g‘it me’yori ta’siri – Yuqori o‘g‘it me’yori (O₂) lavlagining fotosintetik faolligini oshirib, biomassaning 1,3–1,5 baravar ortishiga olib keldi, natijada quruq modda va saxaroza miqdori sezilarli oshdi. Navlarning agrobiologik javobi – M₂ navi hosildorlik bo‘yicha ustunlik qilgan bo‘lsa, mahalliylashtirilgan M₃ navi adaptiv barqarorligi bilan ajralib turdi. Bu uni Xorazm sharoitida istiqbolli ozuqa navlaridan biri sifatida tavsiya etish imkonini beradi. Umuman olganda, N₂₀₀P₁₂₀K₁₂₀ o‘g‘it me’yori va 90×25 sm ekish sxemasi xashaki lavlagining hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlarini optimal darajada ta’minlaydi. Ushbu natijalar Xorazm vohasining sho‘rlangan, suv ta’minoti cheklangan sharoitlarida barqaror ozuqa ekinlarini joriy etish uchun amaliy ahamiyatga ega.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 08, 2025. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 112 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abdel-Gwad, M. S., Sarhan, M. A., & Ismail, A. I. (2008). Effect of nitrogen fertilization on yield and quality of fodder beet. Egyptian Journal of Agricultural Research, 86(2), 341–352. 2. Abdullaev, U., Abdullaev, I., & Gandjaeva, L. (2024). The social wasp fauna of riparian Tuqai forest in Khorezm Region, Uzbekistan (Hymenoptera, Vespidae). Khorezm Academy of Mamun Scientific Bulletin, 3(2), 45– 54.Albayrak, S., & Çamaş, N. (2007). Effects of different nitrogen levels on root yield and quality of fodder beet (Beta vulgaris L.). Asian Journal of Plant Sciences, 6(4), 658–662. 3. DAF. (1998). Forage crops and livestock feeding systems. Department of Agriculture and Food, Dublin. 4. Digvijay Singh, D., & Garg, A. K. (2019). Evaluation of fodder and sugar beet cultivars for green fodder yield and quality under semi-arid conditions. National Dairy Development Board Reports, Anand, India. 5. Gezahagn Kebede, G. (2001). Nutritional value of fodder beet (Beta vulgaris) for ruminant livestock. Ethiopian Journal of Agricultural Sciences, 21(3), 88– 95. 6. Karzcmarczyk, M., Sobkowiak, S., & Prokopenko, A. (1995). Influence of nitrogen fertilization on root yield and sugar accumulation in fodder beet. Plant Production Science, 9(2), 145–152. 7. Niazi, B. H., Mahmood, S., & Ashraf, M. (2000). Fodder beet cultivation and its effect on milk production in dairy cattle. Pakistan Journal of Agricultural Research, 16(1), 27–33. 8. Prokopenko, A., Geweifel, H., & Aly, A. (1997). The role of nitrogen levels in fodder beet growth and nutrient composition. Agricultural Research Review, 75(3), 201–212. 9. Sarhan, M. A., & Ismail, A. I. (2003). Response of fodder beet yield and sugar content to nitrogen fertilization. Egyptian Journal of Agronomy, 25(4), 367–375. 10. Slavova, S., Mihaylova, G., & Petrova, T. (2004). Fodder beet as an energy source in dairy feeding systems. Bulgarian Journal of Animal Science, 10(5), 412–418. 11. Zaki, M. (1999). Effect of different nitrogen rates on yield and quality of fodder beet. Journal of Agronomy and Crop Science, 182(6), 329–334.