scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

B GURUH VITAMINLARI SAQLAGAN DORI VOSITALARI TAHLILINING MUQOBIL USULLARINI ISHLAB CHIQISH VA VALIDATSIYALASH

Sobirjonov D.B; Shamsiev Sh.Sh.

Full text

362 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz B GURUH VITAMINLARI SAQLAGAN DORI VOSITALARI TAHLILINING MUQOBIL USULLARINI ISHLAB CHIQISH VA VALIDATSIYALASH Sobirjonov D.B. Shamsiev Sh.Sh. Toshkent Farmasevtika Instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17337694 Dolzarbligi: So‘nggi yillarda biologik faol qo‘shimchalar va vitamin-mineral komplekslarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Aholining turmush tarzi, ekologik omillar hamda ovqatlanishdagi nomutanosibliklar organizmda vitaminlar, xususan, B guruhi vitaminlari yetishmovchiligi xavfini oshirmoqda. Vitamin B2 (riboflavin), B3 (nikotinamid) va B6 (piridoksin) moddalar almashinuvi, asab tizimi faoliyati va immun tizimni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, “Компливит актив” kabi biologik faol moddalar saqlagan kompleks preparatlardagi vitaminlar miqdorini aniq belgilash ularning sifatini nazorat qilish, xavfsizligi va samaradorligini ta’minlashda dolzarbdir. Farmakopeya talablari va xalqaro standartlarga muvofiq holda miqdoriy tahlil metodlarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash zamonaviy farmatsevtik tahlilning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi: Biologik faol moddalar saqlagan “Компливит актив” tabletkasida vitamin B2,vitamin B3 va vitamin B6 ning miqdorini aniqlash. Usul va uslublar: “Компливит актив” tabletkasi, piridoksin vitamin B2, vitamin B3 va vitamin B6 standart namunalari, ”Shimadzu LC-20AD” yuqori samarali suyuqlik xromatografi. 1-rasm. Biologik faol moddalar saqlagan “Компливит актив” xromatogrammasi Natijalar va xulosa: tadqiqot davomida B guruhi vitaminlarini o‘z ichiga olgan dori vositalari tarkibini aniqlash va ularning sifatini baholash uchun muqobil tahlil usullari ishlab chiqildi va validatsiya qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra:Vitamin B2 (riboflavin) moddasining ushlanish vaqti 12.445 minutni, vitamin B3 (nikotinamid) moddasining ushlanish vaqti 4.385 minutni, vitamin B6 (piridoksin gidroxlorid) moddasining ushlanish vaqti 10.178 minutni tashkil etdi. Olingan spektral ma’lumotlar asosida aniqlik, takrorlanish va qayta tiklanish kabi validatsiya mezonlari baholandi. Tanlangan YUSSX metodi vitaminlarning miqdorini aniqlashda ishonchlilik va samaradorlikni ta’minladi.