scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"GEPA-LAYK" QURUQ EKSTRAKTI TARKIBIDAGI FLAVONOIDLAR MIQDORINI ANIQLASH

Iminova I.M; Sodiqova G.A

Full text

370 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz “GEPA-LAYK” QURUQ EKSTRAKTI TARKIBIDAGI FLAVONOIDLAR MIQDORINI ANIQLASH Iminova I.M. Sodiqova G.A. Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent, O'zbekiston e-mail: [email protected] тел. (+99890)3596457) https://doi.org/10.5281/zenodo.17337867 Dolzarbligi: Bugungi kunda jigar kasalliklari dunyo miqyosida eng keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri hisoblanadi. O‘tkir va surunkali gepatitlar, toksik gepatozlar, alkogolli jigar zararlanishlari, steatoz va sirroz kabi holatlar nafaqat rivojlanayotgan, balki rivojlangan davlatlar sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Mahalliy xom ashyo asosida jigar kasalliklariga qarshi dori vositasini olish uchun izlanishlar olib borildi. Tadqiqotning maqsadi: yuqoridagilarni inobatga olgan holda mahalliy xom ashyolar mahalliy Artishok (Cynara scolymus) va Rastoropsha (Silybii marianum) oʻsimliklari asosida olingan jigar kasalliklarini davolash uchun qo’llaniladigan “Gepa-layk” quruq ekstraktini sifatini baholash va tahlil usullarini oʻrganish maqsad qilib olindi. Usul va uslublar: tadqiqot ob’ekti sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona talabiga ko’ra mahalliy xom ashyo Artishok (Cynara scolymus) va Rastoropsha (Silybii marianum) o’simligi asosida olingan “Gepa-layk” quruq ekstrakti olindi. Olingan “Gepa-layk” quruq ekstrakti sifatini baholash uchun uning tarkibidagi asosiy biofaol moddalarni sifat tahlil usullarining YuSSX usulida optimal sharoitlari ishlab chiqildi. Natijalar: bunda xromatografiyalash Agilent Technologies -1260, USA rusumli YuSSX dan foydalanildi. Adabiyotlarda steroidlar va flavonoidlarni YuSSX bilan aniqlashda elyuyent sifatida fosforli, atsetatli bufer sistemalari va atsetonitrildan foydalanilgan. Biz fosfatli bufer sistemasi hamda atsetonitrildan foydalandik. Xromotografiya sharoitlari: -Xromotograf Agilent-1200 (avtodozator bilan jihiozlangan) -Kolonka Exlipse XDB C 18, 5 mkm, 4,6 x250mm -Diod matritsali detektor (DAD), 254 nm, 276 nm identifikatsiya qilindi. Oqim tezligi 0,8 ml/min. Elyuyent fosfatli bufer: atsetonitril, 0-5 min 95:5, 6-12 min 70:30, 12-13 min 50:50, 13-15 min 95:5, termostat harorati 300 Co,-10 mkl kiritilgan miqdor. Xromotografga dastlab, ishchi standart eritmalar, keyinchalik tayyorlangan ishchi eritmalar kiritildi. Ta’sir etuvchi moddalarning miqdorini quyidagi 1-jadval orqali bilib olishimiz mumkin: 1-jadval Flavonoidlar Gepa layk konsentratsiya (mg/gr) Digidrokversitin 1,62 Lyutionin 1,02 Rutin 28,31 Salidrozid 10,14 Rozavin 11,59 Quruq ekstrakt tarkibidagi Digidrokversitin, Lyutionin, Rutin, Salidrozid va Rozavinlarning xromatogrammalardagi ushlanish vaqtlari, standart moddalarning ushlanish vaqtlariga mos ekanligi aniqlandi. 371 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz Xulosalar: 1. “Gepa-layk” quruq ekstrakti tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddalarflavonoidlar miqdorini aniqlashning YuSSX usuli ishlab chiqildi. Quruq ekstrakt tarkibida Rutin (28,31 mg/gr), Salidrozid (10,14 mg/gr) va Rozavin (11,59 mg/gr) flavonoidlari miqdori aniqlandi. Quruq ekstrakt tarkibidagi Digidrokversitin (1,62 mg/gr) va Lyutionin (1,02 mg/gr) flavonoidlari ham borligini ko’rishimiz mumkin.