scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURLI TIZIMDAGI TILLARDA TAQLID SO'ZLAR YORDAMIDA OLAMNING LISONIY MANZARASINI IFODALANISHI

Umurzakova Gulchexra

Abstract

Taqlid so‘zlardan misollar turli tizimdagi tillarda farqlanishiga olamning lisoniy manzarasini obrazli metaforik so‘zlar, o‘xshatishlar, konnotativ so‘zlar, stereotiplar, ramzalar vositasida yaratiladi. Har qanday til o‘zida mazkur til egasining dunyoqarashini belgilaydigan va olam manzarasini shakllantiradigan milliy, o‘ziga xos xususiyatlar tizimini mujassamlashtiradi.

Full text

96 TURLI TIZIMDAGI TILLARDA TAQLID SO‘ZLAR YORDAMIDA OLAMNING LISONIY MANZARASINI IFODALANISHI Umurzakova Gulchexra, Oriental universiteti Tillar 2 kafedrasi PhD, katta o„qituvchisi [email protected] Annotatsiya Taqlid so„zlardan misollar turli tizimdagi tillarda farqlanishiga olamning lisoniy manzarasini obrazli metaforik so„zlar, o„xshatishlar, konnotativ so„zlar, stereotiplar, ramzalar vositasida yaratiladi. Har qanday til o„zida mazkur til egasining dunyoqarashini belgilaydigan va olam manzarasini shakllantiradigan milliy, o„ziga xos xususiyatlar tizimini mujassamlashtiradi. Kalit so‘zlar: Turli tizimdagi tillarda, Taqlid so„zlar, olamning lisoniy manzarasi, metaforik so„zlar, stereotiplar. Abstract The article analyzes the division of onomatopoeia as a separate part of speech, lexical and semantic features, communicative-pragmatic characteristics, their derivations; general study of imitative words in the Uzbek and English linguistics; pragmatically, semantic, syntactic peculiarities; capacities to build new words, a role in a sentence, the ways to combine with other members of the sentence. Key words: Imitative words, phenomenon, onomatopoeia, sound, morphological, pragmatical. Аннотация Звукоподражательные слова – это особая группа слов, передающих различные звуки живой и неживой природы. Ранее они изучались наряду с междометиями и модальными словами, однако звукоподражательные слова в узбекском и английском языках значительно отличаются. Различия идут и по семантическому объему и по морфологическому основу. Ключевые слова: Звукоподражание, звуки, имитация, прагматика. Turli tizimdagi tillar, xususan, o„zbek, ingliz va rus tillarida taqlid so„zlar muayyan tovush yoki obrazga taqlidni anglatishiga ko„ra umumiy xususiyatga ega bo„lsa-da, bu tillarda ular fonetik, struktur jihatdan farqlanadi. Bunga o„zbek, ingliz, rus xalqlarining tovushlarni idrok etishi va uni tilda aks ettirishda foydalangan milliy tilining ichki xususiyatlari ta‟sir ko„rsatadi. Quyidagi jadvalda o„zbek, ingliz va rus tillarida taqlid so„zlar qiyosi keltirilgan: 1-jadval O‘zbek, ingliz va rus tillarida taqlid so‘zlar qiyosi Rus tilida taqlid O‘zbek tilida Ingliz tilida taqlid Izoh 1 Уа-уа Inga-inga /wah-wah/ Bola yig„isi 97 2 Гав-гав Vov-vov /wu:f / It akillashi 3 Ш-ш-ш-ш Shuv-sh-sh /ʃ ʃ/ /S S/ swish Shamol hurishi 4 Чик-чирик Chir-chir /tʃrip tʃrip/ /tʃip tʃip/ Qush sayrashi 5 Виш-виш Vish-vush /bʊzz bʊzz/ Noaniq tovushlar 6 Чирк-чирк Chiy-chiy /klak-klak/ Jo„ja chiyillashi 7 Тик-так Chiq-chiq /click-clock/ Soat tovushi 8 Kу-ка-ре-ку Qu-qu-ru-qu /cock-a-doodledoo/ Xo„roz qichqirig„i 9 Mу-му Mo„ -mo„ /moo moo/ Sigir ma‟rashi 10 Треск, шик Buh, tirs / bæng/ / boom/ Sinish, portlash 11 Кар-кар Qaq-qaq /kaʊ kaʊ/ Qarg„a tovushi 12 Ах, Ох Oh-voy /oʊtʃ/ /ah/ Og„riqdan ingrash 13 Иа-иа Yo-yo /hi: haʊ/ Eshak hangrashi 14 Зинг-зинг Jiring-jiring /di:ng dʊng/ Eshik jiringlashi 15 Кап-кап Tin-ting /dri:p drap/ Suv tomchisi 16 Кря-кря G„aq-g„aq /kʊæk kʊæk/ O„rdak ovozi 17 Ням-ням Ham-ham /yum yum/ Ovqat yeganda chapillash 18 Тук-тук Duk-duk /ba bʊmp/ Yurak urushi 19 Муах-муах Cho„lp-cho„lp /mwah/ /Smu:tʃ/ O„pish 20 Тук-тук Taq-taq /nʌk nʌk/ Eshik taqillatishi 21 Ха-ха-ха Хе-хе /ha ha/ Kulish 22 Мяу-мяу Миѐв-миѐв /miju miju/ Mushuk ovozi 23 Апчи Apchu /æti:shoo/ /ætʃoo/ Aksirish 24 Хр-хр Xur-xur /zzz…/ Xurrak otish 25 Бе-бе Ba-ba /bææ… bææ/ Qo„y ba‟rashi E.Dofs fikricha, hayvonlarning tovushlari, masalan, barcha mamlakatlarda bir xil, ammo turli tizimdagi tillarda ifodalash usuli farqli 31 . Hayvonlarning turli xil tovushlari, tillarning turli fonologik yoki morfologik tizimlari tufayli bo„lishi mumkin. Ko„rinadiki, turli tizimdagi tillardagi fonemalar har xil fonologik tizim tufayli jadvalga nisbatan turli xil ma‟nolarga ega bo„lsa-da, undoshlarda ham, unlilarda ham farq bor ko„rinadi. Ikki tilda maʼno ozmi-koʻpmi bir xil. Tadqiqot doirasida biz turli tizimdagi tillarning ba‟zi onomatopoeik harakatlari, ayniqsa, hayvonlarning turlari, har bir tilning turli fonologik yoki morfologik tizimlari bilan bog„liq bo„lishi mumkin bo„lgan hayvonlarning ovozlariga nisbatan bir-biridan farq qiladi degan xulosaga keldik. Ushbu tadqiqotga ko„ra, biz nafaqat onomatopeya va alliteratsiyadan, balki tovush imkoniyatlaridan ham foydalanishimiz mumkin. Har bir xalq o„zicha ko„radi, eshitadi, zavqlanadi. Misol uchun chittak degan qush nomini olaylik. Bu qushni nomlashda o„zbek xalqi uning harakatini asos qilib 31 Dofs E, 2008. Onomatopoeia and Iconicity (A Comparative Study of English and Swedish Animal Sounds). MA Thesis, Karstads University. Falk JS, 1978. – 28 р. 98 olgan. Bu qush tez harakat qiladi (“chit-chit”), o„zbek shu harakatni dastlab ko„rgan bo„lsa, rus kishisi bu qushning rangini dastlab ko„rgan. U ana shu rangni nomga asos qilib olib, ayni qushni “ sinitsa” deb nomlagan. Yoki o„zbek tovuqning bolasi chiqaradigan tovushni “jip-jip” tarzida eshitadi, shuning uchun uni jo‘ja deb ataydi. Rus esa “sip-sip” deb eshitgani uchun uni “siplyonok” so„zi bilan ataydi. Bu juda oddiy misollar, aslida har bir xalqning dunyoni o„zicha ko„rishi va eshitishi, idrok etishi behad murakkab tarzda kechadi 32 . 1-Jadvalda berilgan taqlid so„zlardan misollar turli tizimdagi tillarda farqlanishiga olamning lisoniy manzarasini obrazli metaforik so„zlar , o„xshatishlar , konnotativ so„zlar, stereotiplar, ramzalar va h.k. vositasida yaratiladi. Har qanday til o„zida mazkur til egasining dunyoqarashini belgilaydigan va olam manzarasini shakllantiradigan milliy, o„ziga xos xususiyatlar tizimini mujassamlashtiradi . Turli tizimdagi tillar, xususan, o„zbek, ingliz va rus tillariga mansub bu kabi taqlid so„zlar nutq egasining kommunikativ maqsadi bilan bog„liq holda turli pragmatik ma‟nolarga ega bo„ladi. Bu holat ularni pragmalingvistik aspektda o„rganish lozimligini ko„rsatadi. Darhaqiqat, taqlid so„zlarning nutq vaziyati, kontekstda reallashuvchi pragmatik xususiyatlari so„zlovchining kommunikativ maqsadi asosida yuzaga chiqadi. So„zlovchi nutqida taqlid so„zlardan foydalanar ekan, ularga kommunikativ maqsadi asosida muayyan pragmatik vazifa yuklaydi. Natijada taqlid so„zlar turli pragmatik ma‟nolarga ega bo„ladi. D.Lutfullayeva va L.Boboxonovlar o„zbek tilidagi ayrim taqlid so„zlarning pragmatik xususiyatini tekshirib, ularning quyidagi vaziyatlarda pragmatik vazifa bajarishini qayd etishgan: “… o„zbek tilida taqlid so„zlar: a) deyktik (ishoraviy) xususiyati asosida nutqda pragmatik vazifa bajaradi: b) nutq subyektining voqelikka baho munosabatini ifoda etganda pragmatik vazifa bajaradi; с) nutqiy muloqot jarayonida nutq subyektining kommunikativ niyatiga bog„liq holda yashirin propozitsiyaga ishora qilish vazifasi yuklatilganda pragmatik vazifa bajaradi” 33 . Anglashiladiki, taqlid so„zlarning pragmatik vazifaga ega bo„lishi asosiy hollarda inson omili bilan bog„liq. Taqlid so„zlar deyktik xususiyatli birliklar bo„lganligi uchun ular o„zi bog„langan predmetlarga bevosita ishora qila oladi. Bu o„rinda taqlid so„zlar to„g„ridan-to„g„ri pragmatik xususiyatini namoyon qiladi. Taqlid so„zlarning qayd etilgan pragmatik vazifalari boshqa tillar, xususan, ingliz, rus tillaridagi taqlid so„zlar uchun ham xos. Biroq taqlid so„zlar boshqa til birliklari kabi til egalarining milliy-madaniy xususiyatlari, ruhiy holati, kommunikativ niyati bilan bog„lanishi sababli turli tillarda taqlid so„zlarning pragmatik ma‟nolarida farqli jihatlar kuzatiladi. Taqlid so„zlarning pragmatik xususiyatlaridan biri nutq egasining baho munosabatini ifodalashda qo„llanishida namoyon bo„ladi. Nutq egasining muayyan nutq vaziyatida taqlid so„zlar orqali voqelikka salbiy yoki ijobiy bahosining ifodalanishi ko„plab taqlid so„zlar uchun xarakterli pragmatik belgi hisoblanadi. Ammo barcha taqlid so„zlar ham nutq egasining subyektiv munosabatini ifoda 32 Маҳмудов Н. Тилимизнинг тилла сандиғи. – Тошкент, 2012.– Б. 13. 33 Лутфуллаева Д., Бобохонов Л. Ko„rsatilgan maqola. – B. 29. 99 etavermaydi. Shunga qaramay, har bir tildagi taqlid so„zlar shu til egalarining tovush yoki ko„rinish (obraz)ni qanday idrok etishi haqida to„liq ma‟lumot bera oladi. Boshqacha aytganda, taqlid so„zlarda til egalarining borliqdagi tovush yoki ko„rinish (obraz)ni fahmiy idrok etishi lisonda o„z milliy manzarasiga ega bo„ladi. 1. Kelin uzatildi. Kelin yig„i boshladi: – Uvv-uvvv-uvvv... (Т.Мurod. “Оydinda yurgan odamlar”) 2. Jiyani belidan qo„shqo„llab quchoqlab olmish kelin eshitilar-eshitilmas yig„lab bordi: – Uvv-uvv-uvv... (Т.Мurod. “Оydinda yurgan odamlar”) Misollarda berilgan Uvv-uvvv-uvvv... taqlid so„zi yig„iga ishora bo„lib, o„zbek milliy lingvomadaniyatida qizbolaning ota uyidan uzatilib sevgan yoriga turmushga chiqsa ham, yig„ilab uzatilib ketishi ko„rsatiladi. Bu holat ingliz yoki rus madaniyatiga xos emas. Yozuvchi taqlid so„zlarning redublikatsiya (takror) qo„llashi orqali matnda vaziyatga emotsional bahoni kuchaytirgan. Turli tizimdagi tillar, xususan, o„zbek, ingliz va rus tillarida taqlid so„zlarning nutq egasining voqelikka munosabatini ifodalashida 2 holat kuzatiladi: 1) ayrim taqlid so„zlar hosil qilinishining o„zidayoq til egalarining subyektiv munosabatini ham qamrab oladi; 2) taqlid so„zlarga nutq jarayonida subyektiv munosabat yuklanadi. Birinchi turga mansub taqlid so„zlar tabiiy asosda til egalarining subyektiv baho munosabatini ham aks ettiradi. Bunday turdagi taqlid so„zlarning hosil bo„lishida quyidagi omillarni farqlash mumkin: 1. Ba‟zan insonning begona tovush yoki biror ko„rinish (obraz)ga taqlid qilishi unga ma‟qul bo„lmasligi yoki, aksincha, juda xush kelishi mumkin. Inson bunday tovush va ko„rinish (obraz)ni tilda voqelantirar ekan, unga nisbatan subyektiv munosabatini ham ifoda etadi. Masalan, cho„chqa yoki eshak tovushiga taqlid bu tovushni xushlamaydigan til egalarida salbiy munosabatni hosil qilishi mumkin. 2. Til egalari tomonidan salbiy assotsiatsiyalarni hosil qiluvchi narsa-predmetlar tovushiga nisbatan hosil qilingan taqlid so„zlarda salbiy baho, o„z navbatida, insonda ijobiy assotsiatsiyalarni hosil qiluvchi narsa-predmetlar tovushi, ko„rinish (obraz)iga nisbatan hosil qilingan taqlid so„zlarda ijobiy munosabat aks etadi. Masalan, o„zbek lingvomadaniyatida qarg‘a, ilon salbiy assotsiatsiyalarni hosil qiladi. Ularning tovushiga nisbatan hosil qilingan qarr-qarr, vish-vish taqlid so„zlari ham salbiy baho munosabatini ifoda etadi. Yoki ming‘ir-ming‘ir, cho‘lp-cho‘lp, big‘-big‘, tars-turs kabi taqlid so„zlar ham bevosita salbiy munosabatni aks ettiradi. Bu taqlid so„zlar hosil bo„lishidayoq ularga baho munosabati qo„shiladi. Ingliz tilida ham bu tipdagi taqlid so„zlar mavjud. Masalan, posh! taqlid so„zi narsaga, insonga nisbatan nafratni ifodalashda ishlatiladigan tovushga taqlid so„z sanaladi. Xuddi shunday, pish! taqlid so„zi ham nafrat semasiga ega tovushga nisbatan hosil qilingan taqlid so„z hisoblanadi. Bu so„zlar bevosita salbiy munosabatni ifodalovchi taqlid so„zlardir. Ingliz tilidagi to sniff (burnini tortganda chiqadigan tovushga taqlid), to champ (ovqat chaynaganda chiqadigan tovushga taqlid), to gulp (ovqat yutganda, suv ho„plaganda chiqadigan tovushga taqlid), to splutter (bo„g„ilib qolganda chiqadigan tovushga taqlid), to spit (tuflaganda chiqadigan tovushga taqlid), ugh yo„talganda chiqadigan tovushga taqlid), pas (chaynash tovushiga taqlid), to sneeze (aksirganda 100 chiqadigan tovushga taqlid), to bark (yo„talganda chiqadigan qo„pol bo„g„iq tovushga tadlid), to sibilate (shivirlaganda chiqadigan tovushga taqlid) so„zlar ham mavjudki, ular qanday hodisaga nisbatan hosil qilinganligi yoki nutq egasining ulardan foydalanishda ko„zlagan maqsadi asosida salbiy yoki ijobiy munosabatni ifodalashda qo„llana oladi. O„zbeklar tomonidan ijobiy hodisa sifatida qabul qilinuvchi, asosan, bolalar uyqusi vaqtida hosil bo„ladigan pish-pish tovushiga taqlidni bildiruvchi so„z yoki kulish jarayoniga xos qah-qah taqlid so„zlari esa bevosita ijobiy munosabatni ifoda etadi. Rus tilidagi ха-ха-ха, хи-хи-хи, уф so„zlari ham tovushni ifoda etish bilan birga, subyektiv munosabatni ham qamrab oladi. Bu so„zlar anglatgan tovushlar inson hissiy kechinmasi (kulgisi, iztirobi) jarayonida hosil bo„lishi sababli ularni ifoda etuvchi taqlid so„zlarda bevosita subyektiv munosabat ham aks etadi. Shu bois rus tilshunosligidagi ayrim manbalarda bu tipdagi taqlid so„zlar undov so„zlarga ham kiritiladi 34 . Anglashiladiki, ayrim taqlid so„zlar tovush yoki ko„rinish (obraz)ni anglatish bilan birga, til egasining bu tovushga salbiy yoki ijobiy munosabatini ham aks ettiradi. Xullas, taqlid so„zlarga xos bo„lgan yuqorida qayd etilgan pragmatik vazifalar ingliz va rus tillaridagi taqlid so„zlarga ham tegishlidir. Biroq turli tizimdagi tillarga mansub undov so„zlar presuppozitsiya hisobiga matnni semantik jihatdan boshqa til birliklari kabi, taqlid so„zlar ham til egalarining milliy-madaniy xususiyatlari, ruhiy holati va kommunikativ niyati bilan chambarchas bog„liq bo„lgani sababli, turli tillarda ularning pragmatik ma‟nolari orasida muayyan farqlar yuzaga keladi. ADABIYOTLAR 1. Arutyunova N.D. Tipi yazikovix znacheniy. Otsenka. Sobitie. Fakt. − M., 1988. −248. 2. Baranov A.G. Funksionalno−pragmaticheskaya konsepsiya teksta. − Rostov na Donu, 1993. −324. 3. Belyaeva I. V. Pragmaticheskoe soderjanie kolichestvennoy otsenki: Diss. ... kand. filol. nauk. − Rostov na Donu, 2005. −148. 4. Bogdanov V.V. Lingvisticheskaya pragmatika i yee prikladnie aspekti// Prikladnoe yazыkoznanie. Spb.: Izd−vo SPbGU, 1996. −276. 5. Boldirev N.N. Kognitivnaya semantika. Tambov: Izd−vo TGU im. Derjavina G.R., 2000. − 110. 6. Dofs E. 2008. Onomatopoeia and Iconicity (A Comparative Study of English and Swedish Animal Sounds). MA Thesis, Karstads University. Falk JS, 1978. – 28. 7. Lutfullayeva D.E. O„rniga ko„makchili konstruktsialar presuppozitsiyasi // O„zbek tili va adabiyoti.– Тоshkent. 1996. – №5. – Б. 46-48. 8. Маhmudov X.N. Tilimizning tilla sandig‟i.– Тоshkent, 2012.– 13. 9. Volek B. Tipologiya emotivnix znakov // Yazik i emotsii / Otv. red. V.I. Shaxovskiy. Volgograd: Peremena, 1995.−24. 34 Ван Синсинь. Междометия и звукоподражания русского языка (в функциональном соотнесении с китайскими): Дисс. … канд. филол. наук. – Белгород, 2016. – С. 174. 101 10. Van Sinsin. Мejdometiya I zvukopodrajaniya russkogo yazika (v funktsionalnom sootnesenii s kitayskim): Diss.kan.fil.nauk.– Belgorod, 2016. –174. ФУНКЦИИ ТЕРМИНОВ ДЛЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПЕРЕДАЧИ СМЫСЛА Зикруллаева Хусния, PhD, Туринский политехнический университет в Ташкенте, Тел.: 900032426 Аннотация В статье рассматривается функции терминов как средства передачи знаний в научно-технических текстах. В установлении взаимопонимания в процессе коммуникации, подчеркивается, что функции не только упорядочивают мышление, но и обеспечивают точную передачу специализированной информации. Особое внимание уделяется информативности как ключевому принципу научно-технических текстов: корректный выбор и применение терминов повышают эффективность передачи знаний и предотвращают искажение смысла. Делается вывод о необходимости точного соответствия терминов своей сфере функционирования и контексту, что способствует адекватному восприятию текста адресатом. Ключевые слова: термин, коммуникативная функция, информативность, научно-технический текст, точность терминов, логическое мышление. Annotation This article examines the functions of terms as a means of knowledge transfer in scientific and technical texts. In establishing mutual understanding during communication, it is emphasized that functions not only organize thinking but also ensure the accurate transmission of specialized information. Particular attention is paid to informativeness as a key principle of scientific and technical texts: the correct selection and use of terms increases the effectiveness of knowledge transfer and prevents distortion of meaning. It is concluded that precise correspondence between terms and their scope of function and context is essential to facilitate adequate perception of the text by the recipient. Keywords: Term, communicative function, informativeness, scientific and technical text, terminological precision, logical thinking. Коммуникативная функция применима к терминам, поскольку она является средством передачи знания 35 . Г.В. Колшанский утверждает, что данная функция в основном нацелена на «установление взаимопонимания в процессе коммуникации» 36 . Данная функция также описывается в терминологии не только для упорядочения мышления, но и для передачи 35 Лейчик В.М. Терминоведение. Предмет, методы, структура. – М.: ЛКИ, 2007. – С. 67. 36 Колшанский Г.В. Коммуникативная функция и структура языка – М.: URSS, 2005. – С. 3.