Full text
105 CHET TILLARINI O’QITISHDA MULTIMEDIA VA AUDIOVIZUALIZATSIYANING O’RNI G‘ofurova Mehriniso, associate professor, Oriental university Orcid: 0009-0003-1796-7250 +998950041685 Abstract This article explores the role of multimedia and audiovisual methods in foreign language education. It argues that integrating sound, image, and context increases learner motivation and communicative competence compared to textbook-only approaches. Three ecosystems are examined: online platforms such as Duolingo, Babbel, and Memrise using microlearning and gamification YouTube pedagogy with captions, transcripts, and guided viewing tasks and Virtual Reality (VR) scenarios that reduce anxiety and enhance fluency. The paper suggests classroom integration through sequencing, learner production, and rubric-based feedback, while also addressing challenges like VR access, caption reliance, and ensuring inclusivity through digital hygiene and accessibility. Keywords: multimedia in foreign language teaching, audiovisual methods, communicative competence, YouTube pedagogy, VR for language learning, microlearning, gamification. Annotatsiya Ushbu maqola chet tillarini o‘qitishda multimedia va audiovizual metodlarning o‘rnini o‘rganadi. Unda tovush, tasvir va kontekstni uyg‘unlashtirish, faqat darslikka asoslangan yondashuvlarga nisbatan, o‘quvchilar motivatsiyasi va kommunikativ kompetensiyasini oshirishi ta‘kidlanadi. Uchta ekotizim tahlil qilinadi: mikroo‘rganish va gamifikatsiyadan foydalanadigan Duolingo, Babbel va Memrise kabi onlayn platformalar, subtitrlar, transkriptlar va boshqariladigan tomosha topshiriqlari bilan YouTube pedagogikasi hamda tashvishlarni kamaytirib, ravonlikni oshiruvchi Virtual Reallik (VR) ssenariylari. Maqolada shuningdek, dars jarayonida bosqichmabosqich integratsiya, o‘quvchi produktsiyasi va rubrikalar asosida baholash taklif etiladi. Shu bilan birga, VR dan foydalanish imkoniyati, subtitrlarga ortiqcha tayanish kabi muammolar va inklyuzivlikni ta‘minlash chorasi sifatida raqamli gigiyena hamda qulayliklarga oid masalalar ham yoritiladi. Kalit so’zlar: chet tilini o‘qitishda multimedia, audiovizual usullar, kommunikativ qobiliyat, YouTube pedagogikasi, til o‘rganish uchun VR, mikroo‘rganish, o‘yinlashtirish. Hozirgi globallashuv davrida chet tillarni samarali o‘rgatish uchun yangi metodlar talab etiladi. An‘anaviy darslik va grammatika mashqlariga asoslangan yondashuvlar o‘quvchi motivatsiyasini doimiy ushlab turolmaydi. Shu sababli multimedia va audiovizual vositalarni ta‘lim jarayoniga kiritish katta ahamiyat kasb etmoqda. Media tushunchasi keng bo‘lib, yozma (kitob, gazeta), ovozli (radio, audio
106 yozuv) va tasviriy (rasm, video) vositalarni o‘z ichiga oladi. Multimedia esa matn, ovoz va tasvirni birlashtirib, o‘quvchiga interaktiv o‘rganish imkonini beradi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab audiovizual metod shakllanib, chet tillarini eshitish, ko‘rish va real vaziyatlar orqali o‘rgatishni maqsad qildi. Til faqat qoidalar yig‘indisi emas, balki tirik muloqot vositasidir. Uning mohiyati intonatsiya, mimika, imo-ishora va kontekst orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun audiovizual metod o‘quvchiga nafaqat matn, balki tovush va tasvir orqali ham bilim beradi. Audial vositalar til o‘rganishda muhim, chunki til eng avvalo tovush hodisasidir. Audio yozuvlar, radio, qo‘shiqlar va podkastlar turli talaffuz va intonatsiyalarni eshittiradi, tinglab tushunish va to‘g‘ri talaffuzni rivojlantiradi. Vizual vositalar – rasmlar, plakatlar, grafikalar, infografikalar – mavzuni tezroq idrok etish va eslab qolishni osonlashtiradi. Masalan, ―Oziq-ovqat‖ mavzusida meva-sabzavot rasmlari samarali bo‘ladi. Videomateriallar esa eng kuchli vosita bo‘lib, film yoki lavhalar orqali nafaqat so‘z, balki madaniyat va ijtimoiy vaziyatlarni ham o‘rgatadi. Onlayn platformalar audiovizual ma‘lumotni mikro-darslar ko‘rinishida taqdim etib, chet tilini samarali o‘rgatadi. Duolingo boshlang‘ich va o‘rta bosqich uchun leksika-grammatika asosini tez quradi, tinglash va o‘qishni mustahkamlaydi. Babbel dialogik vaziyatlar va kundalik iboralarni mashq qildiradi, modul oxirida role-play imkonini beradi. O‘qituvchi darsni mustaqil mashqlar bilan uyg‘unlashtirishi zarur: audio-diktantlar tinglab tushunish va yozma ko‘nikmani kuchaytiradi, lug‘at klasterlash so‘z boyligini tizimlashtiradi, shadowing talaffuz va intonatsiyani mustahkamlaydi. YouTube esa autentik nutqni taqdim etib, turli formatlar orqali real muloqot muhitini yaratadi. Subtitr va transkriptlar eshitish-o‘qishni integratsiyalaydi, video uzunligi esa 2–20 daqiqa oralig‘ida moslashuvchan tanlanadi. Videoni tanlashda bir nechta mezonlarga e‘tibor beriladi: daraja mosligi, leksik zichlik, audio sifati, mimika va gestlarning ko‘rinishi hamda subtitr ishonchliligi. Masalan, A2–B1 darajada sekin nutqli, ko‘p vizual tayanchli videolar maqsadga muvofiq, har 2–3 daqiqada 6–10 ta yangi so‘zdan oshmasligi lozim. O‘qitishda YouTube videolari uch bosqichda qo‘llanadi: tomoshadan oldin — sarlavha asosida taxmin va trigger-lugat, tomosha vaqtida — global va selektiv eshituv, stop-frame tahlil, tomoshadan so‘ng esa fikr almashuv va mashqlar. Tomoshadan keyin dictogloss usuli qo‘llanib, qisqa parcha ikki marta tinglanadi va guruhda qayta tiklanadi. Role-play mashqlari ijodkorlik va nutqiy faollikni oshiradi, o‘quvchilar video vaziyatini sinfda ijro etadi. Yakunda micro-essay yoziladi, masalan: ―Men bo‘lsam nima qilardim?‖ YouTube formatlari xilma-xil: explainer-kanallar grammatikani vizual metafora orqali, vlog va intervyular real mavzularni, shorts tezkor iboralarni, storytelling esa hikoyalar orqali lug‘atni o‘rgatadi. Muammolar – chalg‘ish, subtitrga tayanish, madaniy tafovutlar. Yechimlar – tomosha ro‘yxati, reklamasiz rejim, ―delayed subtitles‖ va cultural notes. Baholash uchun listening log, self-rating va oylik vlog qo‘llaniladi. Shu tarzda platforma mashqlari va YouTube uyg‘unligi tinglab tushunish, lug‘at boyligi, talaffuz va madaniy kompetensiyani rivojlantiradi. Chet tilini samarali o‘rganishda o‘qituvchilar an‘anaviy usullar bilan birga zamonaviy raqamli platformalar va audiovizual resurslardan foydalanishga intilmoqdalar. Bunday uyg‘unlik o‘quvchining til ko‘nikmalarini tezroq
107 shakllantiradi, xotirada chuqurroq saqlashni ta‘minlaydi va bilimlarni real vaziyatlarda qo‘llash imkonini kengaytiradi. So‘nggi yillarda bu jarayonga Virtual Reallik (VR) texnologiyasi ham qo‘shilib, o‘quvchilarga yanada realistik, interaktiv va hissiy jihatdan boy tajribani taqdim etmoqda. VR til o‘rganishni sinfdan tashqaridagi vaziyatlarga maksimal darajada yaqinlashtiradi: foydalanuvchi 360° vizual sahnada tovush manbalarini joy, masofa va fon shovqinlari bilan birga idrok qiladi. Bu esa kontekstli o‘rganishni kuchaytirib, muloqotga psixologik tayyorgarlik yaratadi. Masalan, VRda kafe sahnasida buyurtma berayotgan o‘quvchi o‘zini real vaziyatda his qilib, nutqini muhitga mos ravishda yo‘naltirishga majbur bo‘ladi. VR orqali turli hayotiy ssenariylar mashq qilinadi: kafe yoki restoranda buyurtma berish, vokzal yoki aeroportda yo‘l-yo‘riq so‘rash, do‘konda narx va chegirma haqida ma‘lumot olish, universitetda kutubxona qoidalari bilan tanishish yoki kasbiy vaziyatlarda suhbat va taqdimot o‘tkazish. Bu mashqlar lingvistik bilim bilan birga madaniy va ijtimoiy jihatlarni ham qamrab oladi. VRning kuchli tomonlari orasida emotsional haqiqiylik muhim o‘rin tutadi, chunki o‘quvchilar xato qilishdan kamroq qo‘rqib, nutqni erkinroq boshlaydilar. Tana xotirasi ham shakllanadi: o‘quvchi eshitish bilan birga ko‘rish va harakat orqali tilni idrok qiladi. Immersiv audio esa masofa va fon shovqinlari ostida so‗zlarni ajratishni o‘rgatadi, bu esa real hayotiy sharoitda foydali bo‗ladi. Biroq VRning ayrim cheklovlari mavjud. Uskunalar qimmat bo‗lishi mumkin, buning yechimi sifatida umumiy laboratoriyalar yoki arzon cardboard headsetlardan foydalanish taklif etiladi. Kiberkasallikni kamaytirish uchun qisqa sessiyalar va ―teleport‖ navigatsiyasi qo‗llaniladi. Pedagogik kontent yetishmasligi muammosiga qarshi o‗qituvchilar o‗z ssenariylarini yozishi va 360° videolardan foydalanishi mumkin. Baholash jarayonida chek-listlar samarali: salomlashish, buyurtma berish, qayta so‗rash va xayrlashish kabi elementlar 0 –2 ball bilan baholanadi. Shuningdek, VRdan keyingi re-telling mashqlari ravonlik va intonatsiyani aniqlashda yordam beradi, o‗zini baholash esa o‗quvchiga zaif tomonlarini ko‗rsatadi. Haftalik dars rejalarida VR boshqa resurslar bilan uyg‘unlashtiriladi platformalarda yangi iboralar o‗rganish, YouTube roliklarini tomosha qilish, lug‗at klasterlash va shadowing mashqlari, VR ssenariylari hamda real-play mashqlari orqali yakuniy integratsiya ta‘minlanadi. Mustaqil o‗quvchilar uchun esa qisqa kunlik platforma mashqlari, muntazam YouTube tomoshalari, haftalik VR tajribasi va o‗z vlogini yozish tavsiya qilinadi. O‗qituvchilar uchun metodik tavsiyalar quyidagilar: - ―ma‘no → forma‖ tamoyili asosida avval vaziyat, keyin grammatik forma beriladi; - ortiqcha yuklama oldini olish uchun video 6–8 daqiqa, lug‗at 8–12 birlik va VR 5–7 daqiqa bilan cheklanadi; - har blokda tinglash, ko‗rish va gapirish elementlari bo‗lishi shart. Xatolarni ―issiqda‖ to‗xtatmasdan, keyin ―feedback sandwich‖ usulida tuzatish maqsadga muvofiq. Shuningdek, qiyinchilik gradasiyasi darajaga qarab oshiriladi: A2 da vizual tayanch, B1 da qisqa dialoglar, B2 da improvizatsiya, C1 da murakkab munozaralar.
108 Raqamli gigiyena va inklyuzivlik ham muhim. Darslarda reklamasiz rejim, vaqt cheklovi, ishonchli manbalar tanlanishi lozim. Past internet sharoitida oflayn yuklab olish yoki audio-only variantlar taqdim etilishi kerak. Baholashda rubrikalar qo‘llanib, tinglab tushunish, talaffuz, ravonlik va interaktivlik mezonlari hisobga olinadi. Tayyor blok ssenariylar esa o‗qituvchilarning ishini yengillashtiradi. Umuman, platformalar, YouTube va VRni uyg‗un qo‘llash chet tilini samarali o‗rgatadi. Platforma leksika va grammatikani beradi, YouTube autentik nutq va madaniyatni taqdim etadi, VR esa xavfsiz ―real vaziyat‖da qo‘llash imkonini yaratadi. Produksiya va feedback bosqichlari orqali o‗quvchilar nutqiy kompetensiya, talaffuz va madaniy ko‗nikmalarni rivojlantiradilar. Audiovizual metodlar - onlayn platformalar, YouTube va VR - chet tilini tovush, tasvir va kontekst orqali real muloqotga yaqinlashtiradi. Platformalar leksikagrammatika asosini tez quradi, YouTube autentik nutq va madaniy ko‗nikmalarni taqdim etadi, VR esa 360° muhitda psixologik to‗siqlarni kamaytiradi va jasoratni oshiradi. Shu bilan birga, platformalarda pragmatika yetarlicha yoritilmasligi, YouTube da chalg‗ish va subtitrlarga tayanish, VRda esa uskuna va kontent muammolari mavjud. Bularni bosqichma-bosqich yuklama, aniq vazifalar va rubrikali baholash orqali yumshatish mumkin. Eng samarali yechim — ularni integratsiyalashgan haftalik rejada qo‗llashdir. Natijada ta‘lim multimodal, motivatsion va o‗lchanadigan bo‗ladi, o‗quvchilar tinglab tushunish, talaffuz, lug‗at va interaktivlik bo‗yicha muntazam rivojlanadilar. REFERENCES: 1. Abraham U. (2012). Auditive Medien im Fremdsprachenunterricht. Frankfurt am Main: Peter Lang Verlag. – 215. 2. Bartram M. (2010). Learner Motivation and Real-world Tasks. London: Oxford University Press. – 178. 3. Beatty K. (2003). Teaching and Researching Computer-Assisted Language Learning. Harlow: Pearson Education Limited. – 242. 4. Buckingham D. (2003). Media Education: Literacy, Learning and Contemporary Culture. Cambridge: Polity Press. – 260. 5. Davies G., Otto S., Rüschoff, B. (2013). CALL—Past, Present and Future. Stuttgart: Klett Verlag. – 195.