MUBTADO VA XABAR SINTAKTIK BIRLIK SIFATIDA: ARAB TILSHUNOSLIGIDA TAHLIL
Abstract
Ushbu maqolada arab tili sintaksisining markaziy masalalaridan biri bo‘lgan jumlah ismiyya tarkibidagi mubtado va xabar unsurlarining nazariy hamda amaliy xususiyatlari tahlil qilingan. Mubtado va xabarning ta’rifi, grammatik jihatlari, o‘zaro moslashuv qoidalari, hazf qilinadigan holatlari va istisno jihatlari keng yoritilgan. Shuningdek, ular bilan bog‘liq bo‘lgan af’оl-i noqisa qo‘llanishi ham ko‘rib chiqilgan. Maqolada nahv ilmi manbalariga asoslanilgan holda qoidalar izohlangan va turli misollar orqali amaliy ko‘rinishi tahlil qilingan. Ushbu tadqiqot arab tili sintaksisini chuqurroq o‘rganish, mubtado va xabarning mazkur tizimdagi o‘rnini anglashga xizmat qiladi.
Full text
115 MUBTADO VA XABAR SINTAKTIK BIRLIK SIFATIDA: ARAB TILSHUNOSLIGIDA TAHLIL Ikromjonov Akmaljon, Oriental universisteti, Tillar-1 kafedrasi dotsenti Annotatsiya Ushbu maqolada arab tili sintaksisining markaziy masalalaridan biri bo„lgan jumlah ismiyya tarkibidagi mubtado va xabar unsurlarining nazariy hamda amaliy xususiyatlari tahlil qilingan. Mubtado va xabarning ta‟rifi, grammatik jihatlari, o„zaro moslashuv qoidalari, hazf qilinadigan holatlari va istisno jihatlari keng yoritilgan. Shuningdek, ular bilan bog„liq bo„lgan af‟оl-i noqisa qo„llanishi ham ko„rib chiqilgan. Maqolada nahv ilmi manbalariga asoslanilgan holda qoidalar izohlangan va turli misollar orqali amaliy ko„rinishi tahlil qilingan. Ushbu tadqiqot arab tili sintaksisini chuqurroq o„rganish, mubtado va xabarning mazkur tizimdagi o„rnini anglashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: o‘zbek tilida: arab tili sintaksisi, jumla ismiyya, mubtado, xabar, nahv qoidalari, grammatik tahlil. Annotation This article analyzes the theoretical and practical aspects of mubtadā and khabar, the central components of the jumlah ismiyya in Arabic syntax. The study discusses their definitions, grammatical features, agreement rules, cases of omission, and exceptional usages. The application of defective verbs (af‘āl nāqiṣa) in relation to these elements is also examined. Based on classical sources of Arabic grammar (nahw), the article provides explanations supported by examples to illustrate their practical functions. This research contributes to a deeper understanding of Arabic syntax and the role of mubtadа and khabar within it. Key words: arabic syntax, nominal sentence (jumla ismiyya), mubtada (subject), khabar (predicate), nahw rules, grammatical analysis. Arab tili sintaksisi (an-nahw) oʻzining mukammal va qat‟iy tizimi bilan ajralib turadi. Ushbu tizimda jumlah ismiyya asosiy o„rinni egallaydi. Jumlah ismiyyalarning markaziy unsurlari esa mubtadā (أذرثي) va xabar (شثخ) sanaladi. Mubtado va xabar atamalari jumla tuzilishining asosiy tayanch nuqtalari hisoblanadi. Bu ikki unsur noma‟lum ma‟lumotni bayon qilishda, fikrni aniq va to„liq ifoda etishda muhim rol o„ynaydi. O„zbek tilida gapning ismiy yoki fe‟li deb atalishini kesimdan kelib chiqib farqlanadi. Agar kesim fe‟l bilan ifodalangan bo„lsa, gap fe‟liy deb ataladi. Arab tili grammatikasida esa gapning fe‟li yoki ismiy deb atalishi kesimning fe‟l bilan ifoda etilishiga emas, balki gapning ism bilan boshlanganiga bog„liqdir. Shunga ko„ra, gapning boshida kelgan ism mubtado deb ataladi, undan keyin keladigan kesim esa, xabar deb nomlanadi.
116 Mubtado va xabardan “jumla mufiyda” ( ُجَذُِفًُْنا ُحَهًُْجْنا) deb ataluvchi tugal ma‟no ifoda etadigan gap hosil bo„ladi 48 . Masalan: شًِْثُي ٍَُرْغُثنا – bog„ meva bermoqda. Mubtadо – bu ega bo„lib, uning haqida ma‟lumot beriladi, xabar esa shu mubtadо haqidagi ma‟lumotni ifodalaydi. Bu ikki tarkibiy qism birgalikda so„zlar orasidagi ma‟no munosabatini belgilaydi va fikrning asosiy mazmunini ochib beradi. Ushbu faslda mubtado va xabarning ta‟rifi, grammatik xususiyatlari, o„zaro munosabati va af‟оl noqisa bilan bog„liq holatlari tahlil qilinadi. Mubtado so„zi lug„aviy jihatdan “boshlanish”, “kirish” degan ma‟noni bildiradi. Nahviy istilohda esa bu – gapda ma‟lumot berilayotgan asosiy shaxs yoki narsa bo„lib, “kim?”, “nima?” savollariga javob beradi. Mubtado beshta xususiyatlarga ega: I. Mubtado doim bosh kelishikda (raf holatida) turadi. Nahv kitoblarida uning raf holatida turishining “omili” haqida quyidagi fikrlar bayon qilingan. ا ىهو ،اًُّظفن ظُنو ٌّىُؼي مياػ أذرثًنا ٍف غفشنا مياؼف ،ِءاذرت ْ لْات غْفَّشنا :ُهًُْكُد ُءاذرتلْ. Mubtadoning hukmi: u gapning boshida kelgani sababli raf holatida turadi. Uning raf holatida turishiga esa lafziy omil emas, ma’naviy omil ta’sir qilgan” 49 . II. Mubtado doim aniq holatda (ma‟rifa) bo„ladi. Ma‟rifa ismlarga: kishilik olmoshlari ( ا ُشِئاًََّضن ), ko„rsatish olmoshlari ( ِجَساَشِْ لْا ُءاًَْعَأ), nisbiy olmoshlar ( ُءاًَْعَلأا ُحَنىُصْ ىًَْنا), atoqli otlar ( ُىَهَؼْنا) va “لا” aniqlik artiklini olgan ( ـت ُ فَّشَؼًُْنا»لا ») ismlar kiradi. Lekin mubtado “mufiyda” ( جَذُِفُي) bo„lib kelsa, noaniq holatda turishi mumkin. Masalan: حََُع ٍَُِؼثَع ِجَداَثِػ ٍِْي شَُْخ ِهِت ُغَفَرَُُْ ٍىْهِػ ُ ظِهْجَي ma‟nosi: “Istifoda olinadigan ilm majlisi yetmish yillik ibodatdan yaxshiroqdir”. Ushbu misolda “ ُ ظِهْجَي” so„zi nakira bo„lganiga qaramasdan mubtado sanaladi. Chunki uning ortiqdan uni aniqlab kelayotgan “ ِىْهِػ” va “ ِهِت ُغَفَرََُْ” so„zlari kelgan. Ushbu so„zlar sababli ُ ظِهْجَي so„zi “mufiydalik”, ya‟ni xoslanganlik sifatini kasb etgan va mubtado vazifasini o„tay boshlagan 50 . III. Mubtado odatda gap boshida keladi, lekin uslubiy sabablarga ko„ra keyinga surilishi ham mumkin. IV. Mubtado to„rt o„rinda hazf qilinishi shart bo„ladi: 1. Qasamga berilgan javob mubtadoga dalolat qilayotgan bo„lsa, mubtado tushirib qoldiriladi. Masalan: ْفََ لأ ٍِرَّيِر ٍِفاَزَك ٍََّهَؼ ushbu jumlada mubtado tushirib qoldirilgan. Jumlaning asli: اَزَك ٍََّهَؼْفََ لأ ذْهَػ ٍِرَّيِر ٍِف ma‟nosi: “Zimmamda ahdlashuv bor. Men albatta shunday qilaman”. Ushbu gapda mubtado bo„lmish “ ذْهَػ” so„zi tushirib qoldirilgan, chunki unga “اَزَك ٍََّهَؼْفََ لأ” iborasi dalolat qilmoqda 51 . 2. Agar xabar fe‟lning o„rniga kelgan masdar bo„lsa, mubtadoning hazf qilinishi shart bo„ladi. Masalan: مًَُِج شْثَص jumlasining asli مًَُِج شْثَص ٌ ِ شْثَص ma‟nosi: “Mening sabrim go„zal sabr qilishdan iboratdir”. Ushbu gapda mubtado bo„lmish “ٌِ شثَص” so„zi tushirib qoldirilgan, chunki unga “ مًَُِج شْثَص” iborasi dalolat qilmoqda. 3. Agar xabar maqtov va tahqir ma‟nosini ifoda etadigan fe‟llardan keyin kelib, ular bilan xoslangan bo„lsa, mubtado hazf qilinishi shart bo„ladi. Masalan: ىُتَأ ُمُجَّشنا َىْؼَِ 48 .حُتشؼنا طوسذنا غياج .ٍَُُلاغنا ًفطصي– ،حَشصؼنا حثركًنا :خوشُت4991 .و – .ج2 – .ص252 49 .ٍقُثطرنا ىذُنا .ضَضؼنا ذثػ ذناخ– ،جسىصًُنا :ج ؤنؤهنا ساد2142 .و– .ص241. 50 .ةهزنا سوزش حشش .واشه ٍتا– ،ٍتشؼنا زاشرنا ءاُدلْا ساد :خوشُت2114 .و– .ص99. 51 .حُتشؼنا طوسذنا غياج .ٍَُُلاغنا ًفطصي– ،حَشصؼنا حثركًنا :خوشُت4991 .و– .ج2 – .ص252
117 ٍةِناَط jumlasida mubtado vazifasini bajaruvchi “ َىُه” so„zi hazf qilingan. Jumla aslida ٍةِناَط ىُتَأ َىُه ُمُجَّشنا َىْؼَِ shaklida bo„lishi kerak. Shunda ٍةِناَط ىُتَأ so„zi َىُه so„ziga xabar bo„ladi. Lekin ٍةِناَط ىُتَأ so„zi َىْؼَِ fe‟li bilan xoslangani sababli mubtado tushirib qoldirilgan 52 . 4. Agar xabar aslida sifat bo„lib, maqtov va tahqir obyekti bo„lganida sifatlik vazifasidan ajratilgan bo„lsa, uning mubtadosini hazf qilish shart bo„ladi. Masalan: ْزُخ ُىَ ِ شَكْنا ٍ شَُْهُص ِذَُِت ma‟nosi: “Zuhayrning qo„lidan tut. U saxiydir”. Ushbu jumlada ُىَ ِ شَكْنا so„zi xabar bo„lib, uning mubtadosi tushirib qoldirilgan َىُه olmoshidir. Jumlada ُىَ ِ شَكْنا so„zi maqtalish obyekti bo„lib qolgan, shuning uchun uning mubtadosini tushirib qoldirish shart bo„lgan. Jumla ismiyyaning qoidasiga ko„ra, mubtado doim gapning boshida, xabar esa undan keyin kelishi kerak. Lekin quyidagi olti o„rinda mubtado xabardan oldin kelishi shart bo„ladi 53 : 1) Mubtado odatda gapning boshida keladigan “shart ismlari”, “so„roq olmoshlari” va “اَي ta‟ajjubiyya” singari so„zlar bilan ifodalangan bo„lsa, gapning boshida kelishi shart bo„ladi 54 . Masalan: ْذِ جََ ْسَذْثََ ٍَْي Kim qidirsa, topadi; َءاَج ٍَْي Kim keldi? َحَهُ ِ ضَفْنا ٍََغْدَأ اَي! Fazilat naqadar go„zal! Ushbu jumlalardagi ٍَْي shart so„zi, ٍَْي so„roq olmoshi va اَي so„zi mubtado vazifasini bajarayotgan so„zlardir. 2) Mubtado “shart ismlari”ga ma‟noda o„xshash bo„lib kelsa, gapning boshida kelishi shart bo„ladi. Masalan: جَضِئاَج ُهَهَف ُذِهَرْجََ ٌِزَّنا Harakat qilgan kishiga mukofot bor! ي ذُه ًَهَػ َىُهَف ُذِهَرْجََ ٍزًُِْهِذ ُّمُك Harakat qilgan har bir o„quvchi to„g„ri yo„ldadir. Ushbu jumlalarda kelgan “ٌِزَّنا” va “ ٍزًُِْهِذ ُّمُك” so„zlari “shart ismlariga” o„xshab qolgan. Ulardan keyin kelgan fe‟llar ushbu ma‟noni kuchaytirgan. Shu sababli ushbu jumlalar جَضِئاَج ُهَهَف ْذِهَرْجََ ٍَْي ma‟nosiga yaqinlashgan. Shuning uchun mazkur ikki jumladagi egalarni gapning boshida kelishi shartdir. 3. Agar mubtado odatda gapning boshida keladigan so„zga mudof bo„lib kelsa ham u gapning boshida kelishi shart bo„ladi. Masalan: ؟ُذِهَرْجُي ٍَْي ُزًُِْهِذ Kimning o„quvchisi tirishqoqdir? ؟َكِذََ ٍِف ٍ شْيَأ ْىَك ُواَيِ ص Qo„lingda nechta ishning tizgini bor? 4. Agar mubtadoga “ta‟kid lomi”ga birikib kelgan bo„lsa, u gapning boshida kelishi shart bo„ladi. Masalan: ٍكِ شْشُي ٍِْي شَُْخ ٍُِيْؤُي ذْثَؼَن Inongan abd mushrikdan xayrliroqdir. 5. Agar mubtado va xabarning ikkisi ham aniq holatdagi yoki noaniq holatdagi ismlar bilan ifodalanishsa va qaysi birining mubtado ekaniga ishora qiladigan belgi bo„lmasa, mubtadoni gapning boshida kelishi shart bo„ladi. Masalan: ٍِهَػ َكىُخُأ Sening akang Aliydir ( َكىُخَأ mubtado); َكىُخَأ ٍِهَػ Aliy sening akang ( ٍِهَػ mubtado). 6. Agar mubtado xabar ifoda etgan ma‟no doirasida cheklansa. Bunda egadan oldin اًَََِّإ cheklov yuklamasi keladi yoki xabar َّ لِْإ istisno yuklamasi bilan birga keladi 55 . Masalan: شِتْذُي َّ لِْإ و شًَْػ اَي Amr ortga chekinuvchi xolos; عاَجُش ٍِهَػ اًَََِّإ Alyigina dovyurak. 52 .حَىذ ُنا طوسذنا .وىًط ًفطصي ،فصاَ ٍُفد– ،حُنوذنا فلاَلْا ساد :د َىكنا2112 .و– .ج2 – .ص424. 53 .حُفاك .ةجاد ٍتا– ،يششثنا حثركي :ٍشذ اشك2112 .و– .ص29. 54 .حَىذ ُنا طوسذنا .وىًط ًفطصي ،فصاَ ٍُفد– ،حُنوذنا فلاَلْا ساد :د َىكنا2112 .و– .ج1 – .ص254. 55 .حَىذ ُنا طوسذنا .وىًط ًفطصي ،فصاَ ٍُفد– ،حُنوذنا فلاَلْا ساد :د َىكنا2112 .و– .ج1 – .ص252.
118 Mubtadoning ifoda etilish shakllari. Mubtado uch xil shaklda ifoda etilishi mumkin: 1. Mubtado so„z birikmasi shaklida emas, balki bitta ism bo„lib kelishi mumkin. Bunda holatda uni “ خَ ِ شَص ىْعِا” deb ataladi. Masalan: بىُثْذَي ُىَ ِ شَكْنا Saxiy inson suyuklidir. Ushbu misolda ُىَ ِ شَكْنا so„zi mubtadodir. 2. Kishilik olmoshi bo„lib kelishi mumkin. Masalan: ذِهَرْجُي َدََْأ Sen tirishqoqsan. 3. Ta‟vil qilingan masdar bo„lib ( ُلَّوَؤًُْنا ُسَذْصًَْنا). Bunday holatda hozirgi-kelasi zamon fe‟li o„zidan oldin kelgan ٌَْأ masdariyya yordamida masdar deb ta‟vil qilinadi va shu birikma gapda mubtado sanaladi. Masalan: “ ْىُكَن شَُْخ اىُيىُصَذ ٌَْأَو” misolida kelgan “اىُيىُصَذ” fe‟li ٌَأ masdariya harfidan keyin kelgani sababli masdar ma‟nosini kasb etgan uning ma‟nosi “ ْىُكُياَُِ ص” degan ma‟noga ta‟vil qilingan. Jumlaning “ىكَن شُخ” qismi esa xabar vazifasini bajaradi 56 . Mubtadoning sifat bo‘lib kelishi. Ba‟zida bir sifat mubtado bo„lgani sababli bosh kelishikka qo„yiladi 57 . Bunda mubtadodan oldin bo„lishsiz shakl yuklamasi yoki so„roq olmoshi o„tgan bo„ladi, mubtadodan keyin esa bir ism kelib, u mubtadoga ega ( مِػاَف) yoki noibul-foil ( ِمِػاَفْنا ُةِئاََ) bo„lib keladi va xabarning o„rnini egallaydi. Masalan: ؟َكاَىَخَأ ىِئاَقَأ Sening ikki akang tushiribdimi?; َكىُؼِتاَذ لوُزْخَي اَيَو! Senga tobe bo„lgan kishi yordamsio„ qolmas! Ushbu ikki jumla taribida kelgan ُىِئاَق va لوُزْخَي so„zlari sifat ma‟nosini anglatuvchi so„zlardir. Ular gapda mubtado bo„lib kelishgan va ulardan oldin so„roq yuklamasi va inkor yuklamasi kelgan. Birinchi jumladagi ُىِئاَق so„zidan keyin uning foili (egasi) kelgan va xabarning o„rnini egallagan. Ikkinchi jumladagi لوُزْخَي so„zidan keyin esa, uning noibul-foili kelib, xabarning o„rnini egallagan. Xabar – mubtado haqida xabar beruvchi, uni tavsiflovchi yoki unga bog„liq bo„lgan harakatni bildiruvchi gap bo„lagi. “Nima?”, “Qanday?”, “Qayerda?” kabi savollarga javob beradi. Xabar – bu gapning asosiy bo„lagi bo„lib, unda xabar yoki hukm ifodalanadi. Arab tili nahv kitoblarida xabarga quyidagicha ta‟rif berilgan: “ ْغًُْناَ ىُه :ُشَثَخْنا ِظْفَن مِياَػ ِ شَثَخْنا ٍِف ِغْفَّشنا ُمِياَؼَف ،ِإَذَرْثًُْناِت ُغْفَّشنا :ُهًُْكُد .ُجَذِئاَفْنا ِهِت ُّىِرَذ ٌِزَّنا ُذَُ ُأَذَرْثًُْنا َىُهَو ٍ” ma‟nosi: Xabar bu musnad (kesim) bo‘lib, mubtado bilan birgalikda uning vositasida tugal ma’no hosil bo‘ladi. Habarning hukmi: uning mubtado sababli bosh kelishikka qo‘yilishdir. Xabar bosh kelishikka qo‘yilishining omili lafziy (shakliy) omil bo‘lib, u mubtadodir” 58 . Xulosa. Arab tili nahv ilmi o„zining murakkab va mukammal tizimi bilan ajralib turadi. Ushbu tizimda jumla ismiyya gap tuzilishining asosiy o„rniga ega bo„lib, uning tayanch unsurlari sifatida mubtado va xabar e‟tirof etiladi. Maqolada mazkur ikki birlikning ta‟rifi, grammatik xususiyatlari, qo„llanish doiralari va istisno holatlari nazariy hamda amaliy jihatdan keng yoritildi. Mubtado va xabarning o„zaro munosabati, ular orasidagi sintaktik bog„lanish, hamda gapning mazmunini to„liq ifoda etishdagi o„rni misollar asosida ko„rsatildi. Mubtado gapning boshida keluvchi asosiy unsur sifatida doimo bosh kelishikda turadi va ko„pincha ma‟rifa ismlar bilan ifodalanadi. Shu bilan birga, u ayrim uslubiy 56 .يذصنا متو يذُنا شطق حشش .ٍَ ذنا ٍذي محمد– :خوشُت حَشصؼ نا حثركًنا ،4991 .و– .ص214. 57 .حَىذ ُنا طوسذنا .وىًط ًفطصي ،فصاَ ٍُفد– ُنوذنا فلاَلْ ا ساد :دَىكنا ،ح2112 .و– .ج1 – .ص252. 58 .ٍقُثطرنا ىذُنا .ضَضؼنا ذثػ ذناخ– ،جسىصًُنا :ج ؤنؤهنا ساد2142 .و– .ص222.
119 yoki grammatik sabablar ta‟sirida nakira shaklda ham qo„llanishi mumkinligi ko„rsatib o„tildi. Mubtadoning hazf qilinishi shart bo„lgan to„rt holat misollar bilan izohlandi, jumladan qasamga berilgan javob, maqtov va tahqir ifodalovchi fe‟llardan keyingi qo„llanish, hamda xoslangan sifatlarga taalluqli vaziyatlar. Bu qoidalar arab tili sintaktik tizimining naqadar nozik va qat‟iy ekanini ko„rsatadi. Mubtado va xabarning qo„llanishidagi qoidalar faqat nazariy jihatdan emas, balki amaliy misollar orqali ham yoritildi. Misollar orqali ko„rindiki, arab tili grammatikasi o„zining qat‟iy qoidalari bilan birga, istisnolarni ham o„z ichiga oladi va bu tilni o„rganishda chuqur tahlilni talab etadi. Jumla ismiyya tarkibida mubtado va xabar o„zaro uyg„unlashib, gapning tugal ma‟noga ega bo„lishini ta‟minlaydi. Mazkur tadqiqotdan kelib chiqadigan xulosa shuki, mubtado va xabar arab tilida faqat grammatik birliklar emas, balki ma‟no va mazmunning markaziy ustunlaridir. Ularning o„zaro uyg„unligi tilning mantiqiy tizimini yaratadi, nutqning aniqligi va ta‟sirchanligini ta‟minlaydi. ADABIYOTLAR 4. .حُفاك .ةجاد ٍتا– ،يششثنا حثركي :ٍشذاشك2112 .و 2. .ةهزنا سوزش حشش .واشه ٍتا– ،ٍتشؼنا زاشرنا ءاُدلْا ساد :خوشُت2114 .و 2. .حَىذُنا طوسذنا .وىًط ًفطصي ،فصاَ ٍُفد– ،حُنوذنا فلاَلْا ساد :دَىكنا2112 .و– .ج2 1. .حَىذُنا طوسذنا .وىًط ًفطصي ،فصاَ ٍُفد– ساد :دَىكنا ،حُنوذنا فلاَلْا2112 .و– .ج1 5. . ٍقُثطرنا ىذُنا .ضَضؼنا ذثػ ذناخ– ،جسىصًُنا :جؤنؤهنا ساد2142 .و 2. .يذصنا متو يذُنا شطق حشش .ٍَذنا ٍذي محمد– :خوشُت حَشصؼنا حثركًنا ،4991 .و 7. . حُتشؼنا طوسذنا غياج .ٍَُُلاغنا ًفطصي– ،حَشصؼنا حثركًنا :خوشُت4991 .و– .ج2 2. ٍُفد .حَىذُنا طوسذنا .وىًط ًفطصي ،فصاَ– ،حُنوذنا فلاَلْا ساد :دَىكنا2112 .و– .ج1 9. . ٍقُثطرنا ىذُنا .ضَضؼنا ذثػ ذناخ– ،جسىصًُنا :جؤنؤهنا ساد2142 .و