scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ZAMONDAN OSHGAN SHE'RIYAT: ALISHER NAVOIY VA TAZKIRA SAHIFALARIDA ABADIYAT

Haqiqat Bunyatova

Abstract

Maqsud Shayxzodaning “Tazkirachilik tarixidan (Alisher Navoiyning ozarbayjonlik tazkira yozuvchisi shogirdi haqida)” nomli asari Almaz Ulvi Binnatova tarjimasida ozarbayjon tilida chop etilgan [1]. Ushbu tadqiqotda Alisher Navoiyning adabiy dahosi, tazkirachilik an’analaridagi o‘rni, uning ijodining miqyosi va davrida erishgan obro‘sini yoritishga qaratilgan. Navoiy nafaqat lirik, balki epik ijodi bilan ham hali tirikligida mashhurlikka erishgan bo‘lib, bu shuhrat faqat Turkiston bilan cheklanmay, Hijoz, Nishapur, Isfahon kabi shaharlargacha yoyilgan edi. Ushbu asarda tadqiqotchi muallif Maqsud Shayxzoda Abulfaraj Ali ibn al-Husayn ibn Muhammad ibn Ahmad al-Qurashiy al-Isfahoniy (897–967) tomonidan tuzilgan “Kitab al-Aghoni” (“Qo‘shiqlar majmuasi”), Abu Mansur as-Saolibiy (961–1038)ning “Yatimat ad-dahr” (“Zamonaning durdonasi”), Ahmad ibn Umar ibn Ali Nizomiy Arouziy Samarqandiy (asl ismi: Nizomiy Arouziy Samarqandiy) (1110–1161)ning “Chahor maqola” (“To‘rt suhbat”), Nuriddin Muhammad Awfiy (1171–1233)ning “Lubab al-albab” (“Ko‘ngillarning mag‘zi”), Fariduddin Attorning “Tazkirat ul-awliyo”, Navoiy zamondoshi Davlatshoh ibn Alauddavla Samarqandiy (1438–1491)ning “Tazkirat ush-shuaro”, Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns” va “Bahoriston” (asarining yettinchi bo‘limi – “gulshani” – shoirlarga bag‘ishlangan), Navoiyning “Majolis un-nafois” va “Nasoyim ul-muhabbat” asarlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tgach, muallif asosiy maqsadiga o‘tadi. Maqsud Shayxzoda ushbu tadqiqotida Alisher Navoiy tazkira maktabining davomchisi hisoblangan ozarbayjonlik shogirdi – adib Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) asari misolida Sharq klassik tazkira an’anasi haqida so‘z yuritadi. Muallif ta’kidlaydiki, tazkiralar nafaqat adabiy ma’lumotlar to‘plami, balki davr she’riyatini tizimlashtirish va uni kelajak avlodlarga yetkazish nuqtayi nazaridan muhim manbadir. U tazkiralarning tuzilish tamoyillari va bo‘limlarini, ularning yozilish sabablarini hamda ularning tizimli xususiyatlarini sharhlab beradi. Maqsud Shayxzoda Navoiy ta’sirining faqat o‘z davri bilan cheklanmaganini, balki umumturkiy adabiyot taraqqiyotida ulkan bir bosqich bo‘lganini umumlashtiradi. U bu ta’sirning Ozarbayjon adabiyotida Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) misolida qanday namoyon bo‘lganini tahlil qilib, Navoiy maktabining umumturkiy adabiy an’anadagi o‘rnini mustahkamlaydi.

Full text

167 ZAMONDAN OSHGAN SHE’RIYAT: ALISHER NAVOIY VA TAZKIRA SAHIFALARIDA ABADIYAT Haqiqat Bunyatova, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ishlari boshqarmasi Huzurida “Ozarbayjon” nashriyoti bosh mutaxassisi, Boku, e-mail: [email protected] XULOSA Maqsud Shayxzodaning “Tazkirachilik tarixidan (Alisher Navoiyning ozarbayjonlik tazkira yozuvchisi shogirdi haqida)” nomli asari Almaz Ulvi Binnatova tarjimasida ozarbayjon tilida chop etilgan 1. Ushbu tadqiqotda Alisher Navoiyning adabiy dahosi, tazkirachilik an‟analaridagi o„rni, uning ijodining miqyosi va davrida erishgan obro„sini yoritishga qaratilgan. Navoiy nafaqat lirik, balki epik ijodi bilan ham hali tirikligida mashhurlikka erishgan bo„lib, bu shuhrat faqat Turkiston bilan cheklanmay, Hijoz, Nishapur, Isfahon kabi shaharlargacha yoyilgan edi. Ushbu asarda tadqiqotchi muallif Maqsud Shayxzoda Abulfaraj Ali ibn al-Husayn ibn Muhammad ibn Ahmad al-Qurashiy al-Isfahoniy (897–967) tomonidan tuzilgan “Kitab al-Aghoni” (“Qo„shiqlar majmuasi”), Abu Mansur as-Saolibiy (961– 1038)ning “Yatimat ad-dahr” (“Zamonaning durdonasi”), Ahmad ibn Umar ibn Ali Nizomiy Arouziy Samarqandiy (asl ismi: Nizomiy Arouziy Samarqandiy) (1110– 1161)ning “Chahor maqola” (“To„rt suhbat”), Nuriddin Muhammad Awfiy (1171– 1233)ning “Lubab al-albab” (“Ko„ngillarning mag„zi”), Fariduddin Attorning “Tazkirat ul-awliyo”, Navoiy zamondoshi Davlatshoh ibn Alauddavla Samarqandiy (1438–1491)ning “Tazkirat ush-shuaro”, Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns” va “Bahoriston” (asarining yettinchi bo„limi – “gulshani” – shoirlarga bag„ishlangan), Navoiyning “Majolis un-nafois” va “Nasoyim ul-muhabbat” asarlari haqida qisqacha to„xtalib o„tgach, muallif asosiy maqsadiga o„tadi. Maqsud Shayxzoda ushbu tadqiqotida Alisher Navoiy tazkira maktabining davomchisi hisoblangan ozarbayjonlik shogirdi – adib Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) asari misolida Sharq klassik tazkira an‟anasi haqida so„z yuritadi. Muallif ta‟kidlaydiki, tazkiralar nafaqat adabiy ma‟lumotlar to„plami, balki davr she‟riyatini tizimlashtirish va uni kelajak avlodlarga yetkazish nuqtayi nazaridan muhim manbadir. U tazkiralarning tuzilish tamoyillari va bo„limlarini, ularning yozilish sabablarini hamda ularning tizimli xususiyatlarini sharhlab beradi. Maqsud Shayxzoda Navoiy ta‟sirining faqat o„z davri bilan cheklanmaganini, balki umumturkiy adabiyot taraqqiyotida ulkan bir bosqich bo„lganini umumlashtiradi. U bu ta‟sirning Ozarbayjon adabiyotida Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) misolida qanday namoyon bo„lganini tahlil qilib, Navoiy maktabining umumturkiy adabiy an‟anadagi o„rnini mustahkamlaydi. Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, tazkirachilik, Maqsud Shayxzoda, Sodiqbek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor), “Majmaʼ ul-xavoss”, Almaz Ulviy Binnatova. 168 XÜLASƏ Maqsud ġeyxzadənin “Təzkirəçilik tarixindən (ƏliĢir Nəvainin azərbaycanlı təzkirəçi Ģagirdi haqqında)” adlı əsəri Almaz Ülvi Binnətovanın tərcüməsində özbək dilində nəĢr olunmuĢdur. Əsər, ƏliĢir Nəvainin sənət dühasının təzkirəçilik ənənəsindəki əksini, onun yaradıcılığının miqyasını və dövründə qazandığı nüfuzu əhatə edir. Nəvainin istər lirik, istərsə də epik yaradıcılığı hələ sağlığında geniĢ Ģöhrət qazanmıĢ və yalnız Türküstanla məhdudlaĢmayaraq, Hicaz, NiĢapur, Ġsfahan kimi Ģəhərlərə qədər yayılmıĢdır. Əbulfərəc Əli ibn əl-Hüseyn ibn Məhəmməd ibn Əhməd əl-QureĢi-əl Ġsfahaninin (897–967) tərtib etdiyi “Kitab əl-ağani” (“Mahnılar toplusu”), Əbu Mənsur əs-Saolibinin (961-1038) “Yatimat adul-dahr” (“Zamanın incisi”), Əhməd bin Ömər bin Əli Nizami Aruzi Səmərqəndinin (əsl adı: Nizami Aruzi Səmərqəndinin (1110-1161) “Çahar məqalə” (“Dörd mühakimə”), Nurəddin Məhəmməd Övfinin (1171–1233) “Lubabul-əlbab” (“Ürəklərin məğzi”), Fəridəddin Əttarın “Təzkirətul-övliya”, Nəvainin müasiri DövlətĢah ibn Əlauddövlə Səmərqəndinin (1438–1491) “TəzkirətüĢ-Ģüəra”, Əbdürrəhman Caminin “Nəfahatuluns” və “Baharıstan” (əsərin yeddinci fəsli (bağçası) Ģairlərə həsr edilir), Nəvainin “Məcalisun-nəfais” və “Nəsaimul-məhəbbət”indən qısa bəhs edəndən sonra əsas məqsədinə keçir. Maqsud ġeyxzadə bu tədqiqatında ƏliĢir Nəvainin təzkirəçilik məktəbinin davamçısı olan azərbaycanlı Ģagirdi hesab olunan bir ədibin – Sadıq bəy Sadiqinin (Sadiqi Kitabdar) əsəri kontekstində klassik ġərq təzkirəçilik ənənəsindən bəhs edir. Müəllif göstərir ki, təzkirələr təkcə ədəbi məlumat toplusu deyil, həm də dövrün poeziyasını sistemləĢdirmək və gələcək nəsillərə ötürmək baxımından mühüm mənbədir. O, təzkirələrin quruluĢ prinsiplərini və bölmələrini, onların yazılma səbəblərini və sistematik xüsusiyyətlərini izah edir. Maqsud ġeyxzadə Nəvainin təsirinin yalnız öz dövrü ilə məhdudlaĢmadığını, ümumtürk ədəbiyyatının inkiĢafında böyük bir mərhələ olduğunu ümumiləĢdirir. O, bu təsirin Azərbaycan ədəbiyyatında Sadiq bəy Sadiqi (Sadiqi Kitabdar) nümunəsində necə təzahür etdiyini təhlil edərək, Nəvai məktəbinin ümumtürk ədəbi ənənəsindəki yerini möhkəmləndirir. Açar sözlər: Əlişir Nəvai, təzkirəçilik, Maqsud Şeyxzadə, Sadiq bəy Sadiqi (Sadiqi Kitabdar), “Məcməul-xəvas”, Almaz Ülvi Binnətova. Abstract Maqsud Shaykhzade‟s work "From the History of Tazkirah Writing (On Alisher Navoi‟s Azerbaijani Disciple in Tazkirah Literature)", translated into Uzbek by Almaz Ulvi Binnatova, has been published. The study explores how Alisher Navoi‟s artistic genius echoed through the tazkirah (biographical anthology) tradition, highlighting the scope of his literary influence and his widespread fame during his lifetime. Navoi‟s lyrical and epic works gained significant renown not only in Turkestan but also reached cities such as Hejaz, Nishapur, and Isfahan. After a brief review of key classical Eastern tazkirahs such as Kitab al-Aghani (Abulfaraj al-Isfahani), Yatimat al-dahr (Tha‟alibi), Chahar Maqala (Nizami Aruzi), Lubab al-albab (Nūr al-Din Muhammad Aufi), Tadhkirat al-awliya (Attar), Tadhkirat al-shu'ara (Dawlatshah Samarqandi), Nafahat al-uns and Baharestan (Jami), as well as Navoi‟s own Majalis al-Nafais and Nasayim al-Muhabbat, the study shifts its focus 169 to an Azerbaijani follower of Navoi‟s tradition – Sadiq bey Sadiqi (Sadiqi Kitabdar). In this research, Maqsud Shaykhzade examines the classical tradition of Eastern tazkirah writing through the legacy of Sadiqi Kitabdar. He emphasizes that tazkirahs are not only collections of biographical data but also structured sources that preserve and transmit poetic traditions across generations. He analyzes the structure, purpose, and literary systems of these anthologies. In conclusion, Shaykhzade demonstrates that Navoi‟s influence did not end in his time; rather, it represents a significant stage in the development of Turkic literature, particularly in Azerbaijani contexts, solidifying Navoi‟s place in the wider Turkic literary tradition. Keywords: Alisher Navoi, tazkirah writing, Maqsud Shaykhzade, Sadiq bey Sadiqi (Sadiqi Kitabdar), Majma„ al-Khawass, Almaz Ulvi Binnatova ASOSIY QISM: XVI asrdan boshlab Yaqin va O„rta Sharqda paydo bo„lgan ko„plab tazkira mualliflari o„z asarlarini yozar ekanlar, buyuk Navoiyning muborak ilhomi va nafasini yuraklarida his qilganlar. Ulardan Sodiq bek Sodiqiyning “Tazkirat ulMajma‟ ul-xavoss”, Sam Mirzo qalamiga mansub “Tuhfayi-Somiy”, Lutfali bekning “Otashgaday-i-Ozar” kabi asarlarni misol keltirish mumkin. Bizni ayniqsa Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor)ning tazkirasi qiziqtiradi. Bu hol, albatta, bejiz emas. Birinchidan, “Majma‟ ul-xavoss” muallifi ozarbayjonlik bo„lsa-da, asarini o„zbek tilida (uning ifodasi bilan aytganda, “chig„atoycha”) yozgan; ikkinchidan, Navoiy tazkirachilik maktabi an‟analari “Majma‟ ul-xavoss”da ayniqsa ravshan ifodalangan; uchinchidan, bu tazkiradagi materiallar va shoirlar o„zbek adabiyoti tarixiga bevosita daxldordir; to„rtinchidan esa, ushbu tazkiraning muallifi hanuzgacha o„zbek o„quvchisi uchun yetarlicha tanish bo„lmagan yozuvchidir 2; 3; 4; 5. Haqiqatan ham, Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) ham 1601–1602yillarda, yetmish yoshdan oshgan paytida Isfahonda asarlarini tartibga solayotgan chog„ida, kulliyotiga yozgan muqaddimasida o„z kelib chiqishi haqida quyidagicha yozadi: “Tavbaning kichik va zaif quli Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) shu bilan bayon qiladiki, tengdoshlarimga ma‟lum bo„lganidek, men Xudobandali nomi bilan mashhur bo„lgan turk qabilasidanman. Shoh Ismoil yurish va zuhuri bilan maydonga chiqqan yillarda Shom diyori (ya‟ni Suriyada) yashagan bizning qabilamiz o„z ixtiyori bilan marhum shohga yordam va ko„mak ko„rsatish niyatida ulug„ pirimizning darvozasiga bosh 170 urgandi. Bizning qabila ko„chmanchi bo„lib, mol-mulk egasi bo„lgani sababli shahar atrofida istiqomat qilish qabila ahli hayot tarziga mos kelmagani bois, Ozarbayjon va Iroq yaylovlariga joylashdilar. Qabilamiz boshliqlari hisoblangan kishilar – ushbu matn muallifining bobolari, otasi va qabilaning boshqa oqsoqollari poytaxtda yashab kelganlar va hozir ham poytaxtda yashaydilar. Demak, Sodiqiyning o„z iqroriga ko„ra, u asl ozarbayjon nasllaridan bo„lgan bir shaxs bo„lib, nasldan-naslga otalari va bobolari Tabriz shahrida yashaganlar. Ushbu maqolada ko„zlangan asosiy maqsadimiz – Sodiqiyning hayoti va ijodini atroflicha o„rganish emas, balki uning faqat Navoiyga oid asari haqida mulohaza yuritishdan iboratdir.” [6:38], deya qayd etib, o„zining ilmiy va adabiy shakllanishida klassik ustoz-shogird an‟analariga asoslanganini ko„rsatadi. Bu fakt Sodiqiyning nafaqat badiiy didga ega shoir, balki o„z davrining ilmiy-adabiy muhitida yetishgan, tizimli ta‟lim olgan bir ziyoli ekanini isbotlaydi. Asarning, ya‟ni “Majma‟ ul-xavoss”ning ahamiyatini yanada oshiradigan jihatlardan biri shundaki, uning tuzilishida Alisher Navoiyning “Majolis unnafois”iga nafaqat o„xshashlik, balki ma‟lum ma‟noda unga javob yoki ilova xususiyati bor. Sodiqiy bu asarida faqat shoirlargina emas, balki musiqachilar, xonandalar, naqqoshlarni ham tazkiraga kiritgan. Shu jihatdan, “Majma‟ ul-xavoss” nafaqat adabiyotshunoslar, balki umuman madaniyat tarixi bilan shug„ullanuvchi tadqiqotchilar uchun ham qimmatli manba hisoblanadi. Asarda keltirilgan materiallar geografik hamda tematik jihatdan keng qamrovli. Unda faqatgina Tabriz va Isfahon shaharlaridan bo„lgan san‟atkorlar emas, balki Shiraz, Bag„dod, Hamadon, Kirmon va boshqa hududlardan chiqqan shaxslar haqida ham ma‟lumotlar mavjud. Bu esa Sodiqiyning o„z zamonasining madaniy hayotini keng ko„lamda kuzatganini va turli muhitlardagi san‟atkorlarni yaqindan taniganini ko„rsatadi. Bundan tashqari, Sodiqiy o„z tazkirasida san‟atkorlarning faqat ijodiy faoliyatigina emas, balki ularning shaxsiyati, xulqi, ijtimoiy mavqei va ma‟naviy fazilatlari haqida ham qaydlar bergan. Bu xususiyat uni Navoiy tazkirachilik an‟anasining davomchisi bo„lish bilan birga, ma‟lum ma‟noda uni rivojlantirgan shaxs sifatida namoyon qiladi. Alisher Navoiy ta‟siri Sodiqiy asarida ko„plab jihatlardan his qilinadi: shoirlarga beriladigan baholash mezonlarida, ularning ijodini mazmun va shakl nuqtai nazaridan tahlil qilishda, tazkiradagi til va uslubda. Ammo Sodiqiy ayni vaqtda o„z davrining real voqeliklarini aks ettirishga ham harakat qilgan va yangi madaniy fenomenlarni ham o„zining asariga qo„shgan. Bu esa uni faqat taqlidchi emas, balki ijodiy va zamondoshlarining san‟at dunyosini chuqur anglaydigan muallif darajasida namoyon qiladi. Shunday qilib, Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor)ning “Majma‟ ul-xavos” asari Alisher Navoiyning “Majolis unnafois”idan keyin yozilgan bo„lsa-da, faqat uning davomchisi emas, balki yangi davrning san‟at va madaniyat manzarasini aks ettiradigan mustaqil tazkiradir. Uning muallifi – Tabrizlik Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) – bu an‟anani munosib ravishda davom ettiruvchi va rivojlantiruvchi sifatida qabul qilinishi lozim. Bu nuqtai nazardan, Xayyampur tomonidan ushbu qo„lyozmani topish va nashr etish nafaqat matnni ilmiy muhitga taqdim qilish, balki Navoiyning maktab ta‟sir doirasining XVI–XVII asrlarda Yaqin va O„rta Sharqda qanday keng tarqalganini yana bir bor isbotlaydi. Sodiqiy yigirma yoshida ota-onasini jangda yo„qotib, 171 merosdan mahrum holda qashshoqlikka yuz tutadi. Shu sababli u mamlakatni tark etib, qalandar sifatida dilimsoz hayot kechiradi. Hamadonda Amirxon Musulavi uni himoya ostiga olgan va san'at bilan shug„ullanishi uchun sharoit yaratgan. Sodiqiy nafaqat adabiyot, balki musiqa, rassomlik va xattotlik sohalarida ham katta mahorat ko„rsatgan. Zamonaviy siyosiy muammolar tufayli u ichki urushlarda ishtirok etgan, janglarda jasorat ko„rsatgan. Uning bilimdonligi va obro„si inobatga olinib, II Ismoil kutubxonasida, keyinchalik esa Shayh Abbos davrida kitobdor lavozimida ishlagan. Bu lavozim o„sha davrning nufuzli ilmiy-madaniy maqomi hisoblangan. Sodiqiy yoshlikda shah xizmatiga e‟tibor bergan bo„lsa-da, keyinchalik Behzod san‟atiga qiziqib, rassomlikni o„rgangan va ustod Mozaffar Alining shogirdi bo„lgan. Uning aniq vafot etgan sanasi ma‟lum bo„lmasa-da, XVI asr boshlarigacha ijod qilganligi ma‟lum. Maqsud Shayxzoda Sodiqiy ijodini chuqur tahlil qilgan holda yozadi: “Sodiqiy umrining oxirlarida fors, ozarbayjon va o„zbek tillarida yozgan asarlarning ro„yxatini o„zi tuzgan. Uning asosiy asarlari quyidagilardan iborat: 1. “Zubdat al-kalam” (“So„zning qaymog„i”) – Islom hukmdoriga bag„ishlangan qasida, natija va monqabalarning to„plami. 2. “Fathnama-yi Abbasi namdor” – Firdavsiy “Shohnoma” ruhida yozilgan doston. 3. “Sharhi-hal” – Nizomiyning “Maxzan ul-asror”i va Sadinining “Bustan”i uslubida yozilgan maqola va hikoyalar to„plami. 4. “Divani-qazalliyat” – Turli yillarda yozilgan lirik she‟rlar to„plami. 5. “Sadd va Said” – Nizomiy “Xosrov va Shirin” dostonining vaznida yozilgan masnavi. 6. “Majma‟ ul-xavoss” – Tazkira janrida yozilgan asar. 7. “Qanun us-suwar” – Rassomlik va chizma san‟ati haqidagi nazariy asar. 8. “Maktublar” – O„zbek va fors tillarida yozilgan maktublar to„plami. 9. “Tazkirat ush-shuaro” – Sodiqiy salaflari va zamondoshlari shoirlar hayoti va ijodiga bag„ishlangan, musannif risola; “Risalo-yi muamma” nomi bilan ham tanilgan. 10. “Hazayyat” – Hissi xuzur va farovonlik haqida risola. Kulliyotining muqaddimasida Sodiqiy shuni bildiradi: ustiga, u nazm va nasrda ko„plab tahniyye (tabrik, madh), taziye (qayg„u, yas), sana (madhiya), hajv (satira, hazil) va muammolar yozgan, lekin o„quvchini charchatmaslik uchun ularning nomlarini sanab o„tmagan.” Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) XVI asrda yashagan, shia mazhabiga mansub bo„lsa-da, dini to„qnashuvlarga aralashmagan, she‟riyat va madaniy birlikni targ„ib qilgan ma‟rifatparvar bir shaxs edi. U Alisher Navoiy ta‟sirida yozgan “Majma‟ al-xavoss” nomli tazkirasida 333 nafar shoirning hayoti va ijodi haqida ma‟lumot bergan. Asar o„zbek (o„sha davrda “chig„atoy”) tilida yozilgan bo„lib, Navoiy adabiy an‟analarining davomchisi sifatida katta ahamiyatga ega. Asarning fors va turk madaniyatlari o„rtasida ko„prik vazifasini o„tashi, Navoiyga va ona tilga bo„lgan muhabbatning ifodasidir. Biroq zamonaviy tadqiqotchilar ba‟zan ushbu asarning tili va muallifining kimligini noto„g„ri tahlil qiladilar. Aslida esa Sodiqiy turkiy tillarda adabiy merosni asrash va davom ettirishni maqsad qilgan. Maqsud Shayxzoda Alisher Navoiyning ozarbayjonlik shogirdi Sodiq 172 bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) bilan bog„liq tazkiranavislik faoliyatiga oid tadqiqotlarida bir qator muhim masalalarni umumlashtiradi. Uning bu yo„nalishdagi tadqiqotlarida asosan quyidagi jihatlar e‟tiborga olinadi: Maqsud Shayxzoda umumlashtiradi: Alisher Navoiy nafaqat o„z davrining yirik shoiri, balki katta bir adabiy maktabning asoschisi bo„lgan. Bu maktab faqat Markaziy Osiyoda emas, balki Ozarbayjon adabiy muhitida ham kuchli iz qoldirgan. U Navoiyning ta‟sirida shakllangan shoirlarning – ayniqsa Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor)ning – ijodini shu maktabning davomchisi sifatida baholaydi. Maqsud Shayxzoda ta‟kidlaydi: Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) – Navoiyning bevosita shogirdi bo„lmasa-da, ma‟naviy-adabiy shogirdidir. Uning she‟riyatida Navoiyning lirikasining, g„oyalarining, badiiy tilining va so„fiylik bilan bog„liq qarashlarining izlari yaqqol ko„zga tashlanadi. Shu jihatdan Maqsud Shayxzoda Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) ijodini Navoiy an‟analarining davomi sifatida ko„rsatadi. Maqsud Shayxzoda tazkiranavislik faoliyatini – ya‟ni mashhur shaxslar hayoti va ijodining hujjatlashtirilishini – ham Navoiy, ham Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) ijodi kontekstida o„rganadi. U ta‟kidlaydi: Navoiy bu janrni Sharq adabiyoti an‟analarida shakllantirgan va uning bu sohadagi ta‟siri keyingi davrlarda – jumladan Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) kabi shoirlar davrida ham davom etgan. Bu yerda umumlashtirish, tazkiraning faqat biografik faktlarni emas, balki g„oya-estetik yo„nalishlarni ham aks ettirishi nuqtayi nazaridan baholanadi. Maqsud Shayxzoda Navoiyning ta‟siri faqat o„z davri bilan cheklanib qolmaganini, balki umummilliy turkiy adabiyot taraqqiyotida muhim bosqich bo„lganini umumlashtiradi. U bu ta‟sirning Ozarbayjon adabiyotida – Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) timsolida – qanday namoyon bo„lganini tahlil qilgan holda, Navoiy maktabining umummilliy turkiy adabiy an‟anadagi o„rnini mustahkamlab beradi. Maqsud Shayxzoda Alisher Navoiy bilan boshlangan klassik tazkirachilik maktabini tizimli tarzda yoritib beradi va bu an‟ananing faqatgina Navoiy davrida emas, balki keyinchalik forslar, turklar – jumladan, ozarbayjonlik mualliflar orasida ham davom etganini ko„rsatadi. Risolasida “Majma‟ ul-xavoss” (Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor), “Tuhfayi-Somiy” (Som Mirzo), “Otashkadayi Ozar” (Lutfali bay Ozar) kabi tazkiralar kontekstual tarzda keltiriladi va Sharq adabiyotining turli til hamda madaniyat maydonlariga qanday yoyilgani tushuntiriladi. Risola Navoiy maktabiga mansub tazkira namunalarining yozilgan tillarini – arab, fors, chig‟atoy (“o‟zbek”) va turk tillarini keng qamrovda o„rganadi. Ayniqsa, chig‟atoy (ya‟ni o‟zbek tili) tilida yozilgan tazkiralarga – masalan, Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor)ning asariga – alohida e‟tibor qaratiladi. Shayxzoda bu yerda yuzaga kelgan terminologik xatoliklarni tahlil qiladi hamda “o‟zbek”, “ozarbayjon”, “chig‟atoy” atamalarining tarixiy kontekstini ochib beradi. Risolaning muhim jihatlaridan biri shuki, unda Navoiy maktabining ta‟siri faqatgina uning davri bilan chegaralanmasdan, ayniqsa XVI–XVII asrlarda Movarounnahr, Tabriz, Usmoniylar va Ozarbayjon orasida adabiy ko„prik sifatida xizmat qilgani ko„rsatiladi. Maqsud Shayxzoda bu aloqalarni tazkiralar orqali, ular qaysi tilda yozilganidan qat‟i nazar, turkiy tillar adabiyotining yagona madaniy maydon ekanini ta‟kidlab, umumlashtiradi. Risola doirasida tazkiralarning an‟anaviy tuzilma tamoyillari – geografik, sulolaviy, alifbo tartibi, mavzuviy guruhlash va boshqalar – tizimli tarzda 173 umumlashtiriladi. Maqsud Shayxzoda klassik tazkira uslublarining qanday tuzilganini va ularning ijtimoiy funksiyasini yoritadi: ya‟ni biografik ma‟lumot, uslub, shaxsiy munosabatlar, voqea-latifa, she‟r namunalarini o„z ichiga olgan ko„p qirrali janr sifatida tahlil qiladi. Risola mazmuniga ko„ra, tazkirachilik janri milliy tafovutlarga emas, balki madaniy-genetik yo„nalishlarga qaratilishi kerak. Shayxzoda mavzuning siyosiy va mazhabiy kontekstda buzib talqin etilgan holatlarini – xususan chig‟atoy atamalariga oid zamonaviy yondashuvlarni – tanqid qiladi va yanada ob‟yektiv ilmiy yondashuv zarurligini uqtiradi. Maqsud Shayxzoda ushbu risolasida Alisher Navoiy maktabining paydo bo„lishi, taraqqiyoti va postklassik bosqichlarini, turli qo„lyozmalar va til sohalari orqali tazkirachilik an‟anasini umumlashtirib beradi. U tazkira janrini til tarixi, adabiy tuzilma va madaniy-siyosiy kontekst nuqtayi nazaridan tizimlashtirib, Sharq adabiyotidagi funksiyasini to„liq ilmiy tadqiqot darajasiga ko„taradi. Xulosa qilib aytganda, Maqsud Shayxzoda tazkira faoliyatini – ya‟ni mashhur shaxslarning hayoti va ijodini hujjatlashtirishni – Navoiy va Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) ijodi doirasida tahlil qiladi. U ko„rsatadiki, Navoiy bu janrni Sharq klassik adabiyotida shakllantirgan va uning bu sohadagi ta‟siri keyingi davrlarda – jumladan, Sodiq bek Sodiqiy (Sodiqiy Kitobdor) kabi shoirlar davrida ham davom etgan. Bu yerda umumlashtirish sifatida tazkirachilik nafaqat biografik faktlarni, balki g„oya-estetik yo„nalishlarni ham aks ettirishi jihatidan baholanadi. ADABIYOTLAR: 1. ġeyxzadə, Maqsud. Təzkirəçilik tarixindən (ƏliĢir Nəvainin azərbaycanlı təzkirəçi Ģagirdi haqqında) risalə (ön söz müəllifi, tərcümə edən və nəĢrə hazırlayan nəvaiĢünasAlmaz Ülvi Binnətova. – Bakı, Füyuzat, 2025, 64səh. 2. ġeyxzadə, Maqsud. Qəzəl mülkünün sultanı (ƏliĢir Nəvainin yaradıcılığı haqqında) (ön söz müəllifi, tərcümə edən və nəĢrə hazırlayan nəvaiĢünas Almaz Ülvi Binnətova. – Bakı, Elm və təhsil, 2025, 416 səh. 3. “Məcmuəl-xavos” haqqında bax: “Müxtəsər Azərbaycan ədəbiyyatı tarixi”, I cild. – Bakı, 1943 4. Araslı, Həmid. “XVII-XVIII əsr Azərbaycan ədəbiyyatı tarixi”, Bakı, 1956 5. Ğəniyeva, Suyima. Nəvainin “Məcalisun-nəfais” əsərinin təsirilə yazılmıĢ təzkirə // “Özbək dili və ədəbiyyatı məsələləri”, 1963, №6. 6. Kəndli, Qafar. Sadiq bəy Sadiqinin həyat və yaradıcılığından bəzi qeydlər // “Azərbaycan ədəbiyyatı məsələləri” toplusu. Bakı, 1964, səh. 218-19. 7. Ülvi (Binnətova), Almaz. ġərq təzkirəçilik tarixindən (dərs vəsaiti). – Bakı, “Avropa”, 2019. - 166 səh.