scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IMOM ISMOIL BUXORIY ASARLARI KLASSIFIKATSIYASI

Ulfatillayeva Sayyora

Abstract

Imom Ismoil Buxoriy asarlari klassifikatsiyasi mavzusi musulmon olamida muhim o’rin tutgan buyuk hadis olimi Imom Buxoriy hayoti va faoliyatini o’rganish zaruriy asoslarni taqdim etadi. U, eng avvalo “Sahihi Buxoriy” asari bilan tanilgan bo’lib, bu asar hadis ilmining yuksak na’munasidir. Ushbu maqolada Imom Buxoriyning boshqa asarlari ta’rifi ham keltirilgan bo’lib, ularning yaratilish davri va islom tarixidagi o’rni ko’rsatiladi.

Full text

215 IMOM ISMOIL BUXORIY ASARLARI KLASSIFIKATSIYASI Ulfatillayeva Sayyora, falsafa fanlari doktori (PhD), Oriental universiteti katta o‟qituvchisi Annotatsiya Imom Ismoil Buxoriy asarlari klassifikatsiyasi mavzusi musulmon olamida muhim o‟rin tutgan buyuk hadis olimi Imom Buxoriy hayoti va faoliyatini o‟rganish zaruriy asoslarni taqdim etadi. U, eng avvalo “Sahihi Buxoriy” asari bilan tanilgan bo‟lib, bu asar hadis ilmining yuksak na‟munasidir. Ushbu maqolada Imom Buxoriyning boshqa asarlari ta‟rifi ham keltirilgan bo‟lib, ularning yaratilish davri va islom tarixidagi o‟rni ko‟rsatiladi. Kalit so’zlar: Islom, muhaddis, ilm, odob ahloq, komil inson, shariat, hadis, sunnat. Abstract The topic of classification of the works of Imam Ismail Bukhari provides the necessary foundations for studying the life and work of the great hadith scholar Imam Bukhari, who held an important place in the Muslim world. He is known primarily for his work "Sahih Bukhari", which is a high example of the science of hadith. This article also describes other works of Imam Bukhari, indicating the period of their creation and their place in the history of Islam. Keywords: Islam, hadith scholar, science, morality, perfect person, Sharia, hadith, sunnah. IX asrda Markaziy Osiyoda turli din ilmlari, tabobat va aljabr fanlarini chuqur oʻzlashtirib, ularning rivojiga ulkan hissa qoʻshgan allomalar yetishib chiqqan. Jumladan, buyuk faylasuf Abu Nasr al-Forobiy, jugʻrofiya fani olimi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammadin, Muhammad ibn Nasir Al-Fargʻoniy, mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino, hadis ilmi podshosi va “Sahih al Buxoriy” kitobining muallifi Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy kabi buyuk allomalar davri edi. Ibrohim Shaabon Abu Abdulloh Muhammad bin Ismoil Buxoriyninig “Sahihul Buxoriy” toʻplamini “Muhammad paygʻambarning sunnatlari boʻyicha eng asosiy manba” 123 , deb ta‟riflaydi va Imom Buxoriyning hayoti va ijodiy faoliyati borasida qator ma‟lumotlarni jamlaydi va ushbu ma‟lumotlar yordamida allomaning oʻz zamonida ham, undan keyingi barcha davrlarda ham muhaddislar orasida baland ilmiy nufuzga ega ekanligini dalillaydi. Muallif Imom Buxoriy haqida arab olimlari tomonidan bildirilgan hamda ilm olamida ma‟lum va mashhur boʻlgan bir qancha ta‟riflarni keltiradi. Tarixchilar rivoyat qilishadiki, Molik bin Anas va Hammod bin Zayddan, Abdulloh bin Muborak tomonidan rivoyat qilingan rivoyatga koʻra, Imom Ismoil Buxoriyning kichkinalik paytida koʻzlari koʻrmay qoladi. Onasi tushida Ibrohim (a.s.) ni koʻradi va u zot bu 123 Ibrohim Shaabon. Imom Buxoriy.. hadisda amirul mo‟minin. // Maqola. ريمأ ..يراخبلا ماملإا ثيدحلا يف نينمؤملا2018. 14 iyun. 05:59. / https://www.elbalad.news/3347781. 216 onaga deydi: “Ey ayol, sening zorlanib juda koʻp yigʻlaganlaring va koʻpdan-koʻp duolar qilganliging sababidan Alloh oʻgʻlingga koʻz nurini qaytardi. Tongda Allohning irodasi ila bola koʻra boshladi” 124 . Koʻplab adabiyotlarda Buxoriy otasidan ayrilgach onasi qoʻlida tarbiya olgani, 7 yoshida Qur‟onni, 10 yoshida esa mingdan ortiq hadislarni yod olgani aytib oʻtiladi. Bu ishda u shunday muvaffaqiyatga erishdiki, u “Qur‟on qorisi” sifatida tanilib, “Hofiz” [ظفاح] unvoniga sazovor boʻldi, u qayerda boʻlmasin, Muhammad paygʻambar hadislarini toʻgʻri sharhlab berardi 125 . Imom Buxoriyning “Al-Jomi as-sahih” ( Ishonarli toʻplam) deb nomlangan 4 jild (juz) dan iborat hadislar toʻplami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis toʻplamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Toʻplamda Muhammad paygʻambar hadislaridan tashqari, fiqh (islom huquqshunosligi), islom marosimchiligi, axloq-odob, ta‟lim-tarbiya hamda oʻsha davr tarixi va etnografiyasiga doir ma‟lumotlar ham mavjud. “Al-Jome‟ as-sahih” asarining yozilishi haqidagi ma‟lumotlarga e‟tibor qaratsak, manbalarda bu asarning yozilishiga bir necha turtkilar sabab boʻlganligi keltirilgan. Firabriy bu haqda shunday degan: “Men Imom Buxoriyning kotibi Muhammad ibn Abu Hotamning: “Men tushimda Imom Buxoriyni koʻrdimki, ul kishi Paygʻambar alayhissalomning ortidan ergashib ketur erdi. Rasulluloh yurib borurdilar, har safar oyoqlarini koʻtarganlarida Abu Abdulloh Buxoriy qadamini ayni oʻshal joyga qoʻyardi”, degʻonlarini eshitgʻonmen”” 126 . Yana bir manbada keltirilishicha: Al Hofiz ibn Hajar: Imom Buxoriyning mazkur kitobni yozishga boʻlgan azmu qarorlariga hadis va fiqh bobida moʻminlar amiri boʻlmish ustozlari Is‟hoq ibn Rohvayhning “Rasululloh sallallohu alayhi vassalamning muborak sunnatlaridan iborat bir muxtasar toʻplam yaratsangizlar edi!” degan soʻzlari quvvat baxsh etdi, dedilar. Bu xususida Imom Buxoriyning oʻzlari: “Ustozimning ana shu soʻzlari qalbimga chuqur oʻrnashib qolib, “Al-jome‟ assahih”ni yozishga kirishdim”, degan ekanlar. Ul kishi yana bunday deb aytgan ekanlar: “Men tushimda Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni koʻrdim, ul zotning roʻparalarida turib, yelpigʻich bilan muborak yuzlaridan nimanidir haydayotgan emishman. Soʻng men bir ta‟birchidan soʻrab edim, u: “Siz janob Rasulullohdan yolgʻon haydaysiz”, dedi. Ana shu tushim meni “Al-jome‟ as-sahih”ni yozmoqqa ilhomlantirdi” 127 Imom Buxoriyning hadis toʻplash, tasniflash va tekshirishdagi yuksak mezonlari hadis ilmi uchun namuna boʻlib qolgan. U hadislarni isnod (rivoyatchilar zanjiri) va matn (hadisning ma‟nosi) jihatdan qattiq nazorat qilgan va faqat eng ishonchli hadislarni oʻz toʻplamiga kiritgan. 124 Ibrohim Shaabon. Imom Buxoriy.. hadisda amirul mo‟minin. // Maqola. ريمأ ..يراخبلا ماملإا ثيدحلا يف نينمؤملا2018. 14 iyun. 05:59. / https://www.elbalad.news/3347781. 125 https://www.journal.buxdupi.uz/index.php/journal-buxdupi/article/download/260/216 2021.20may 6 126 Shayx Abdussalom al-Mubarakfuriy Hazrat Imom al-Buxoriy. // Arab tilidan U.Uvatov tarjimasi. – Toshkent: Toshkent Islom universiteti, 2015. B.118. 127 Imom al-Buxoriy – muhaddislar sultoni. // Nashrga tayyorlovchilar Usmonxon hoji Temirxon o„g„li va Baxtiyor Nabixon o„g„li – Toshkent: O„zbekiston Milliy Ensiklopediyasi,1998. B. 55-56. 217 Asarda hadis rivoyatchilarining hayoti, xulqi va ilmiy darajasi haqida ma‟lumotlar berilgan. Bu ma‟lumotlar hadis ilmi uchun juda muhim hisoblanadi. Imom Buxoriy boshqa bir qancha asarlar ham yozgan: “Al-Adab ul-mufrad” (Adab durdonalari) – asar IX asrda (hijriy III asr) yaratilgan. Bu davr Islom olamida hadis ilmi rivojlangan, turli maktablar shakllangan davr edi. Asarning asosiy mavzusi: odob-axloq, insoniy munosabatlar va shaxsiy kamolot. U asosan islomiy axloqiy me‟yorlarni, turli xulq-atvor va xarakter xususiyatlarini oʻz ichiga olgan hadislarni toʻplagan. Bu kitob oʻquvchilarga musulmon shaxsi qanday boʻlishi kerakligi, oʻzaro munosabatlarni qanday yoʻlga qoʻyishi, qanday yaxshi fazilatlarga ega boʻlishi zarurligi kabi mavzularda yordam beradi. Asar turli mavzularga oid hadislardan tashkil topgan (masalan, ota-ona bilan munosabat, qoʻshnilar bilan munosabat, mehmon kutish, sadaqa berish va hokazo). Imom Buxoriy har bir mavzuga oid eng sahih hadislarni tanlab, ularni asarga kiritgan; “Kitob afol il-ibod” (lbodat qiluvchilarning fe‟l-atvori haqidagi kitob) – asar IX asrda (hijriy III asr) yaratilgan boʻlib, bu davr Islom olamida ilmiy va diniy faoliyatlar rivojlangan, turli aqidaviy va fiqhiy maktablar oʻrtasida bahs-munozaralar kuchaygan davr edi. Imom Buxoriy oʻz davrining yetuk muhaddisi va faqih olimi sifatida sunnatni himoya qilish, bid‟atlarga qarshi kurashish va islom aqidasini toʻgʻri tushuntirishga harakat qilgan. Asarning maqsadi: “Kitob Af'ol ul-Ibod” asari Jabriya va Mu'tazila kabi oqimlarning inson ixtiyori, qullarning amallari va taqdir masalasidagi gʻoyalariga raddiya berish maqsadida yozilgan. Asar orqali Imom Buxoriy Allohning qudrati va qullarning ixtiyori oʻrtasidagi munosabatni tushuntirish, islom aqidasini sobit qoldirish va jamiyatda toʻgʻri e‟tiqodni tarqatishga intilgan. Kitobning asosiy mavzusi bandalarning amallari, ularning iymon bilan bogʻliqligi, ixtiyor va taqdir masalalaridir. Asarda iymonning mohiyati, amalning iymon bilan bogʻliqligi, qalbdagi niyatlarning ahamiyati, insonning amallariga boʻlgan mas‟uliyati kabi mavzular Qur‟on va Sunna dalillari bilan yoritilgan; “Kitob bad il-maxluqot” kitobining asosiy mavzusi olamning yaratilishi, gʻayb olami, farishtalar, jinlar, insoniyatning yaratilishi, Odam Ato va Havo onadan boshlanishi kabi masalalarga bagʻishlangan hadislar. Bu kitobda islomiy kosmologiya, ya‟ni dunyo va undagi maxluqotlarning paydo boʻlishiga oid islomiy qarashlar bayon etilgan; “At-tarix al-kabir” (Katta tarix). Bu asarni muallif oʻn sakkiz yoshida Madinaimunavvaradagi al-Masjid an-Nabaviy (Paygʻambar masjidi) da yozgan. Kitobda sahobalar, tobeinlarning izdoshlaridan rivoyat qilgan hadislar va ularning ismlari alifbo tartibida joylashtirilgan; “At-tarix al-avsat” (Oʻrta tarix). Bu kitobda Imom Buxoriy Abdulloh ibn Abdusallom al-Haffof va Zanjaviyh ibn Ahmad al-Lubod sahobalardan rivoyat qilganlar; “At-tarix as-sagʻir” (Kichik tarix). Muhaddisning bu asari hadis tarixiga oid qimmatli asar boʻlib, unda mashhur sahobalar, tobeinlar va tobeinlar izdoshlarining naslu nasablari, vafot etgan yillari, oʻzaro muloqotlari hamda isloh qilinganlari bayon etilgan. Imom Buxoriy bu asarga yilma-yil tartib berib, agar bir sanani tugatsa, u sanada vafot etgan mashhur shaxslarni, sodir boʻlgan boshqa muhim ishlarni zikr etib, undan soʻng keyingi sanani boshlagan; 218 “Asomiy as-sahoba” (Sahobalar ismlari kitobi). Imom Buxoriydan avval biror muallif sahobalar toʻgʻrisida kitob yozgani ma‟lum emas. Muallif bu kitobda qator sahobalarning ismlari, ularning siyratlari va ular solnomalari haqida yozgan. Bu kitob juda muhim mavzuga bag‟ishlangan boʻlib, uning ilmiy ahamiyati katta; “Kitob ul-vuhdon” (Yagonalar haqida kitob). Imom Buxoriy bu sohada ham birinchilardan boʻlib yana bir buyuk asar yaratgan va bu asarda faqat bir hadis rivoyat qilgan sahobalarni zikr qiladi 128 . Imom Buxoriyning asarlari Oʻzbekiston olimlari tomonidan juda keng oʻrganilmoqda. Xususan, muhaddisning “Al-adab al-mufrad” asarini oʻzbek tilidagi ilk tarjimasi olim Sh.Boboxonov tomonidan nashr qilingan 129 . Nashrga asarning bir qismigina kiritilgan boʻlsa ham ilmiy doiralarda u oʻzining munosib oʻrnini egalladi. Keyinchalik Z.Islomov va A.Abdullayevlar tomonidan “Al-adab al-mufrad” birinchi nashriga kiritilmagan qismlari toʻldirilgan holda, kitobxonlarga asardan foydalanishni yengillashtirish maqsadida bir-biriga yaqin mavzudagi hadislar birlashtirilib, asar tarkibidagi odob-axloqqa oid hadislardan saylanma nashr etildi. ADABIYOTLAR 1. Imom al-Buxoriy – muhaddislar sultoni. // Nashrga tayyorlovchilar Usmonxon hoji Temirxon o„g„li va Baxtiyor Nabixon o„g„li – Toshkent: O„zbekiston Milliy Ensiklopediyasi,1998. B. 55-56. 2. Imom Buxoriy – muhaddislar sultoni. // Nashrga tayyorlovchilar Usmonxon hoji Temirxon oʻgʻli va Baxtiyor Nabixon oʻgʻli. – Toshkent: Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 1998. – 129 b. 3. Imom al-Buxoriy, Al-adab al-mufrad (Adab durdonalari). – Toshkent: O‟zbekiston, 1990; Imom Buxoriy. Al-adab al-Mufrad. // Tarjimonlar Sh.Boboxonov, N.Abdumajid. – Toshkent: Movarounnahr, 2006. B. 99-110. 4. Shayx Abdussalom al-Mubarakfuriy Hazrat Imom al-Buxoriy. // Arab tilidan U.Uvatov tarjimasi. – Toshkent: Toshkent Islom universiteti, 2015. B.118. 5. Ibrohim Shaabon. Imom Buxoriy.. hadisda amirul mo‟minin. // Maqola. ماملإا ثيدحلا يف نينمؤملا ريمأ ..يراخبلا2018. 14 iyun. 05:59. / https://www.elbalad.news/3347781. 6. Ibrohim Shaabon. Imom Buxoriy.. hadisda amirul mo‟minin. // Maqola. ماملإا دحلا يف نينمؤملا ريمأ ..يراخبلا ثي 2018. 14 iyun. 05:59. / https://www.elbalad.news/3347781. 7. https://www.journal.buxdupi.uz/index.php/journalbuxdupi/article/download/260/216 2021.20-may 6 128 Imom Buxoriy – muhaddislar sultoni. // Nashrga tayyorlovchilar Usmonxon hoji Temirxon oʻgʻli va Baxtiyor Nabixon oʻgʻli. – Toshkent: Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 1998. – 129 b. 129 Imom al-Buxoriy, Al-adab al-mufrad (Adab durdonalari). – Toshkent: O‟zbekiston, 1990; Imom Buxoriy. Al-adab al-Mufrad. // Tarjimonlar Sh.Boboxonov, N.Abdumajid. – Toshkent: Movarounnahr, 2006. B. 99-110.