scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI KASBIY MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ZARURIYATI

Zikirova Nodira Yo'ldoshevna

Abstract

Ushbu maqolada Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy motivatsiyasini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati, jamiyatda boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish, pedagogik professionallikni takomillashtirish shart-sharoitlari tadqiq qilingan. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy motivatsiyaning shakllanishidagi kasbiy kompetensiyalari rivojlanishi va metodik tayyorgarligi nazariy va umumiy jihatlari ilmiy asoslangan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 195 BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI KASBIY MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ZARURIYATI Zikirova Nodira Yo‘ldoshevna Qarshi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Pedagogika va o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17340590 Annotatsiya. Ushbu maqolada Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy motivatsiyasini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati, jamiyatda boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish, pedagogik professionallikni takomillashtirish shart-sharoitlari tadqiq qilingan. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy motivatsiyaning shakllanishidagi kasbiy kompetensiyalari rivojlanishi va metodik tayyorgarligi nazariy va umumiy jihatlari ilmiy asoslangan. Kalit so‘zlar: kasbiy motivatsiya, kasbiy kompetensiya, pedagogik professionallik, metodik, komponent, innovatsion faoliyat. SOCIO-PEDAGOGICAL NECESSITY OF FORMING PROFESSIONAL MOTIVATION OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS Annotation. In this article, the socio-pedagogical necessity of forming the professional motivation of future primary school teachers, the conditions for improving the quality of primary education in society, and improving pedagogical professionalism have been researched. The theoretical and general aspects of the development of professional competences and methodical training in the formation of professional motivation of future teachers are scientifically based. Key words: professional motivation, professional competence, pedagogical professionalism, methodical, component, innovative activity. СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ НЕОБХОДИМОСТЬ ФОРМИРОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ МОТИВАЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. В данной статье исследованы социально-педагогическая необходимость формирования профессиональной мотивации будущих учителей начальных классов, условия повышения качества начального образования в обществе, повышения педагогического профессионализма. Научно обоснованы теоретические и общие аспекты развития профессиональных компетенций и методической подготовки в формировании профессиональной мотивации будущих учителей. Ключевые слова: профессиональная мотивация, профессиональная компетентность, педагогический профессионализм, методический, компонент, инновационная деятельность. Kirish Jamiyat rivojlanishining asosiy manbai hisoblangan intellektual kapitalga qo‘yilgan sarmoyalar uzoq muddatli va barqaror iqtisodiy-ijtimoiy samara beradi. Bunday sharoitda ta’limning sifati shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari, madaniyatning umumiy darajasi, sanoatda, ishlab chiqarishda yangi usul va yo‘nalishlarni topa oladigan nostandart, kreativ ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 196 tafakkur, yangi sohalarning vujudga kelishi bilan bog‘liq malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlashning asosiy omili bo‘lgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy motivatsiyasini shakllantirish darajasi bilan o‘lchanadi. Ta’lim, kasbiy bilim va ko‘nikmalar, umumiy va maxsus qobiliyatlar, ijtimoiy ahamiyatga ega muhim fazilatlar bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy motivatsiyasini shakllantirishning asosiy negizini tashkil etadi. Shaxsiy xususiyatlar insonning rivojlanish sur’ati va darajasiga ham inson sifatida, ham mutaxassis sifatida ta’sir qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchining yetakchi shaxsiy xususiyatlariga uning munosabatlari, motivlari, aql-zakovati, hissiy-irodaviy doirasi kiradi. Ular bilvosita shaxsning rivojlanishiga ta’sir qiladi va asosan kasbiy rivojlanishni belgilaydi. Shaxsning kasbiy yutuqlari darajasi ham individual xususiyatlar, ham shaxsiy xususiyatlar bilan belgilanadi. Ilmiy manbalarning empirik tahlili bo‘lajak o‘qituvchilarning shaxsiy xususiyatlari quyidagilardan iborat ekanligini ko‘rsatdi: akmeologik mavqe, yutuqlar uchun barqaror motivatsiya, moslashuvchan va moslashtirilmagan faoliyat, muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat tajribasi, yuqori ish qobiliyati, mas’uliyat, o‘z yutuqlarini boshqa xodimlar uchun odatiy holga aylantirish istagi, iroda va dam olish qobiliyati, kasbiy maqsadga erishish uchun barqaror istak va o‘zini o‘zi takomillashtirish. Ko‘rinib turibdiki, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy motivatsiyasini shakllantirish unda nafaqat kasbiy bilimlarning kerakli darajasini, balki, psixologik tayyorgarlikni, o‘zini o‘zi va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish, o‘zini kerakli faoliyatga yo‘naltirish, kasbiy, ma’naviy, jismoniy va shaxsiy imkoniyatlarini kerakli sharoitda qo‘yilgan masalani hal etishga to‘g‘ri yo‘naltira olish kabi kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy motivatsiyasini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik zaruriyatini asoslash masalalariga turli nuqtai nazardan yondashish mumkin: Birinchidan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy motivatsiyasining ijtimoiy ahamiyati. Jamiyatda boshlang‘ich ta'limning sifatini oshirish. Kasbiy motivatsiya – bu boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining pedagogik faoliyatga, o‘quvchilarni tarbiyalash va ta’lim berish jarayoniga qiziqishini oshirish va unga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda asosiy omildir. Kasbiy motivatsiyaning shakllanishi jamiyatda boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu pedagogning o‘z kasbiga bo‘lgan hurmatini oshirishga va uning professional o‘sishiga yordam beradi. Ta’lim tizimi va ijtimoiy ehtiyojlar: kasbiy motivatsiya yuqori bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z ishiga ko‘proq mas'uliyat bilan yondashadi va ta'limda innovatsion yondashuvlarni qo‘llashga tayyor bo‘ladi. Bu esa jamiyatning ma'naviy va intellektual rivojlanishiga yordam beradi. Pedagogik professionallikni oshirish: bugungi kunda boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilaridan faqat bilim berish emas, balki, o‘quvchilarni tarbiyalashda, ularning ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishida ham faol ishtirok etish talab etiladi. Bu esa o‘qituvchining kasbiy motivatsiyasini yanada mustahkamlashni taqozo etadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 197 Ta’lim tizimida islohotlar va yangi talablarga javob berish: yangi pedagogik yondashuvlar va metodologiyalarni qo‘llash, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish kabi yangi talablar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy motivatsiyasiga bevosita ta'sir qiladi. Bu jarayon o‘qituvchini o‘zining professional darajasini doimiy ravishda oshirishga undaydi. Sifatli ta’lim va jamiyat ehtiyojlari: kasbiy motivatsiyasi yuqori bo‘lgan o‘qituvchisi o‘z faoliyatini samarali tarzda amalga oshira, bu esa umumiy ta'lim sifatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Xususan, boshlang‘ich ta'limda o‘quvchilarni yangi bilimlar va ko‘nikmalarga o‘rgatish uchun o‘qituvchilarni kasbiy jihatdan rag‘batlantirish zarur. Ikkinchidan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy motivatsiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati. Metodikalarning samaradorligini oshirish: o‘qituvchilarni kasbiy motivatsiyasini shakllantirishning samarali metodikalari, ayniqsa, boshlang‘ich ta'lim tizimida o‘qituvchilarning ishlash faoliyatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Bu metodikalar talabalarni kasbiy muvaffaqiyatga undashda, ularning o‘z-o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan istaklarini kuchaytirishga yordam beradi. Innovatsion yondashuvlar: ta’lim tizimiga yangi metodlar, texnologiyalar va pedagogik yondashuvlarni joriy etish kasbiy motivatsiyani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan asosiy omillardan biridir. Bu jarayonning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi va motivatsiyasi yuqori bo‘lishi kerak. O‘qituvchilarni psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy motivatsiyasini shakllantirishda psixologik yondashuvlar va pedagogik maslahatlar orqali ularning ichki motivatsiyasini oshirish zarur. Bu o‘qituvchilarning o‘z ishlariga bo‘lgan ishtiyoqini va mas'uliyatini oshiradi. Uchinchidan, jamiyat va ta'lim tizimi hamda kasbiy motivatsiya o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar. O‘qituvchilar va jamiyat o‘rtasidagi aloqalar: jamiyatda boshlang‘ich ta’limning ahamiyati ortib borishi bilan o‘qituvchining kasbiy motivatsiyasi ham rivojlanadi. Jamiyatning ta'limga bo‘lgan ehtiyoji o‘qituvchilarni o‘z kasbiga bo‘lgan motivatsiyasini mustahkamlashda, shuningdek, o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashishda muhim rol o‘ynaydi. Pedagogik islohotlar: kasbiy motivatsiyaning shakllanishi, ayniqsa, pedagogik islohotlar doirasida o‘qituvchilarga yangi maqsadlar va vazifalar yuklaydi, bu esa ularning motivatsiyasini kuchaytiradi. To‘rtinchidan, kasbiy motivatsiya shakllanishining ta’lim tizimining barqarorligiga ta'siri. Ta’lim tizimining barqarorligi: kasbiy motivatsiyasi yuqori bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ta'lim tizimini barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi, bu esa o‘z navbatida jamiyatning ilg‘or rivojlanishiga olib keladi. Sifatli ta’lim va kelajak avlod: o‘qituvchilarning kasbiy motivatsiyasini oshirish orqali sifatli ta'lim berish imkoni oshadi, bu esa jamiyatning intellektual va ma'naviy salohiyatini oshiradi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 198 Yuqoridagilarni umumlashtirib, xulosa qilish mumkinki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy motivatsiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish — ijtimoiypedagogik zaruriyat, chunki bu jarayon nafaqat ta'lim tizimining samaradorligini, balki jamiyatning ta'limga bo‘lgan ehtiyojlarini, o‘quvchilarning sifatli bilim olish imkoniyatlarini ta'minlashga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 2020-yil 23.09 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 5iyundagi PQ-3775-son qarori 3. Eshonqulova G.A. Tashqi va ichki motivatsiyalarning yoshga bog‘liqligi // Ta`lim sifati yangi O‘zbekiston taraqqiyotini yanada yuksaltirishning muhim omili. 369-371-b. 4. Yo‘ldoshevna, Z. N. . (2023). The Role of Innovative Technologies in the Development of Methodical Training of Teachers in General Secondary Educational Institutions. European journal of innovation in nonformal education, 3(4), 95–98. Retrieved from