232 TO‗RTINCHI KENGASH. UZLUKSIZ TA‘LIM MUAMMOLARI (MAKTABGACHA TA‘LIM, BOSHLANG‗ICH TA‘LIM, INKLYUZIV TA‘LIM, PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA SPORT TA‘LIMI) ―ONA TILI – O‗QISH SAVODXONLIGI VA UNI O‗QITISH METODIKASI‖ DARSLARIDA TALABALARDA INTERDISIPLINAR YONDASHUV ORQALI KREATIV KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI Quchqorova Nargiza, Oriental universiteti, “Uzluksiz ta‟lim pedagogikasi” kafedra professori, pedagogika fanlari doktori Email:
[email protected] Jumaniyazova Go‗zal, Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti Telefon: +998 99 071 11 61 Email:
[email protected] Annotatsiya Ushbu maqolada “Ona tili - o„qish savodxonligi va uni o„qitish metodikasi” fanini o„qitishda interdisiplinar yondashuv asosida talabalarda kreativ kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishni ta‟minlovchi asosiy tamoyillar tahlil qilingan. Maqolada kredit-modul tizimi doirasida har bir bo„lim va mavzu o„zaro bog„liq holda, aniq maqsad va natijalar asosida tuzilishi, bu esa ta‟lim jarayonida samarali kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilishi ta‟kidlanadi. Tamoyil tushunchasi pedagogik lug„atlar asosida ilmiy va amaliy nuqtayi nazardan yoritilib, uning faoliyatni boshqarish, yo„naltirish va samarali tashkil etishdagi o„rni ochib beriladi. Shuningdek, maqolada tamoyillar orqali talabalarning kreativ fikrlashi, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati va interaktiv ishtirokini kuchaytirish imkoniyatlari ko„rsatib o„tiladi. Interdisiplinar yondashuv orqali fanlararo bog„liqlik asosida kreativ kompetentlikni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari yoritiladi hamda o„qitish metodikasi kontekstida amaliy tavsiyalar beriladi. Kalit so‗zlar: Ona tili-o„qish savodxonligi, interdisiplinar yondashuv, kreativ kompetentlik, tamoyillar, kredit-modul tizimi, o„qitish metodikasi, ta‟lim samaradorligi, integratsiyalashgan yondashuv. Annotation This article analyzes the key principles that ensure the development and enhancement of creative competence in students through an interdisciplinary approach in teaching the subject "Mother Tongue and Reading Literacy." It emphasizes that, within the credit-module system, each section and topic should be structured in an interconnected manner based on specific goals and outcomes, thereby contributing to the formation of effective competencies in the educational process. The concept of "principle" is explained from both scientific and practical perspectives
233 based on pedagogical dictionaries, highlighting its role in guiding, managing, and organizing activities effectively. Furthermore, the article explores the opportunities to enhance students' creative thinking, independent decision-making skills, and interactive participation through the application of these principles. The scientifictheoretical foundations of developing creative competence through interdisciplinary connections are examined, and practical recommendations are provided in the context of teaching methodology. Keywords: Mother tongue - reading literacy, interdisciplinary approach, creative competence, principles, credit-module system, teaching methodology, educational effectiveness, integrated approach. Mamlakatimizda ta‟lim tizimini tubdan takomillashtirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish orqali yosh avlodning bilim va kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so„zlari bu borada chuqur ma‟no kasb etadi: ―Eng katta boylik — bu aqlzakovat va ilm. Eng katta meros — bu yaxshi tarbiya. Eng katta qashshoqlik — bu bilimsizlikdir.‖ Ushbu fikrlar bugungi ta‟lim jarayonida har bir o„qituvchi va pedagog oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilab beradi. Xususan, Ona tili va o„qish savodxonligi darslari nafaqat til madaniyatini, balki o„quvchilarning mantiqiy fikrlashi, tafakkur doirasini kengaytirish va ularni zamonaviy ijtimoiy hayotga tayyorlashda muhim o„rin tutadi. Bu yo„lda interdisiplinar yondashuv asosida tashkil etilgan ta‟lim jarayoni talabalarda kreativ kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishda samarali vosita bo„lib xizmat qiladi. Har bir fan bo„yicha o„quv dasturining maqsadli va natijaviy yondashuvda tuzilishi, dars mazmunini zamonaviy metodik tamoyillar asosida tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. O„quv reja va dasturga muvofiq Ona tili – o„qish savodxonligi va uni o„qitish metodikasi fani 5 ta bo„limni o„z ichiga olar ekan, fanni o„qitishda kredit modul tizimi har bir bo„lim interdisiplinar yondashuvga asoslanadi hamda ta‟limni o„zaro bog„langan elementlar sifatida ko„rib chiqadi. Har bir o„quv kursi va modul va mavzu aniq maqsadlar va natijalar bilan o„zaro bog„liq holda fanda belgilangan maqsadga erishish uchun zarur bilimlar va ko„nikmalarni o„z ichiga oladi. Har bir soha uchun muayyan yetakchi g„oyalarga asoslanib faoliyatni to„g„ri yo„naltirish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishda tamoyillar faoliyatni boshqarishdava aniq komponentlarni belgilashga xizmat qiladi. Загвязинский В.И., Закировой А.Ф. “Педагогический словарь” lug„atida “Tamoyil – majburiy talab, ilmiy tadqiqot faoliyatini tartibga soluvchi, ta‟lim va tarbiya qonuniyatlarining ifodasi” 130 – degan ta‟rif berilgan. Tamoyillar ilmiy yoki amaliy jarayonlarni boshqarish va ularni samarali amalga oshirish uchun zarur bo„lgan asosiy qo„llanma hisoblanadi. A.Abdulazizov, Z.Djumanazarovalarning “Русско–узбекско–английский социально–педагогический словарь терминов” lug„atida tamoyilga quyidagi ta‟rif berilgan. Tamoyil – (lat. Principium – boshlanish, asos) – har qanday nazariya, ta‟limot, dunyoqarash, siyosiy tashkilotning asosiy boshlang„ich pozitsiyasi bo„lib, 130 Загвязинский В.И.,Закировой А.Ф.Педагогический словарь.Издательский центр «Академия», 2008.50-c.
234 insonning voqelikka munosabati, xulq-atvori va faoliyatining me‟yorlarini belgilaydigan ichki ishonchdir. Har qanday qurilma, mashina va boshqalarning qurilmasi yoki ishlashining asosi sanaladi. O„zlashtirilgan, singdirilgan, umumiy qabul qilingan faoliyatning asosiy qoidalari – tamoyildir. 131 Tamoyil har bir soha uchun muayyan yetakchi g„oyalarga asoslanib faoliyatni to„g„ri yo„naltirishni ta‟minlaydi, bu esa o„z navbatida faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga yordam beradi. Tamoyil tizim yoki jarayonning samarali ishlashini ta‟minlash uchun asosiy g„oyalar va qoidalar bo„lib, u faoliyatni boshqarishda aniq yo„nalishlarni belgilaydi. O„zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to„g„risida”gi Qonuni 2019-yil 29-oktabrda tasdiqlangan. Qonunning 3-moddasi ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy prinsiplari deb nomlanadi va unda prinsplar quyidagicha keltirilgan: ilmiy ijod va axborot erkinligi; samaradorlik va ijodiy raqobat; manfaatdorlik va rag„batlantirish; ilmiy ekspertizaning xolisligi; inson hayoti va salomatligi, atrof tabiiy muhitga zarar keltirmaslik 132 K.D.Ushinskiy boshlang„ich maktab o„quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. “Ajoyib o„qituvchi bo„lgan ona tili bolaga ko„p narsani o„rgatadi... Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko„p narsa o„rganadiki, ko„p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda to„g„ri o„qiganda ham uning yarmicha o„rgana olmaydi. Ona tilining ulug„ pedagogligi ham ana shundadir” 133 , - deydi u. Ona tili boshqa fanlarni o„qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o„rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg„otishda ham alohida o„rin tutadi. Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o„qigan bola o„zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili boshlang„ich sinflarda asosiy o„rinni egallar ekan, har bir o„quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur. Boshlang„ich sinflarda ona tili mashg„ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o„z ichiga oladi: 1. O„qish, yozuv, grammatik materialni o„rganish, kuzatishlar hamda o„quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog„liq holda, ularning og„zaki va yozma nutqini o„stirish. 2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o„rgatish, ya‟ni ularni elementar o„qish va yozishga o„rgatish, bu ko„nikmalarni malakaga aylantirish. 3. Adabiy til me‟yorlarini, ya‟ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli va husnixat bilan yozuvni, to„g„ri talaffuzni o„rganish, nutq va uslubiy elementlarni egallash. 131 Абдуллазизов А., Джуманазарова З. Русско–узбекско–английский социально– педагогический словарь терминов. Наманган, 2021. С-119. 132 O‟zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‟g‟risida” gi Qonun 2019-yil 29oktabr 133 К.Д. Ушинский. Танланган педагогик асарлар. – Тошкент: Ўздавнашр, 1959.- 49-бет.
235 4. Fonetika, leksikologiya, so„zning morfemik tarkibi, grammatikadan elementar nazariy ma‟lumotlarni matn tahlili orqali egallash va ulardan nutqiy faoliyatda foydalanish ko„nikma va malakalarni egallashlariga erishish. 5. O„qish va ona tili darslarida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar tahlili orqali o„quvchilarning badiiy-estetik didini rivojlantirish, Ona tili va o„qish darslarida o„quvchilarda so„zga qiziqish va e‟tibor hisini muntazam sur‟atda oshirib borish, ularga so„zning ahamiyatini va turli matnlarda tutgan o„rnini tushuntirishdan iborat. Bu vazifalarning hammasini boshlang„ich sinf ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo„lib, unda o„quv predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu predmetdan bilim, ko„nikma va malakalar darajasiga qo„yilgan asosiy talablar belgilab beriladi. O„qituvchi va o„quvchilar dastur talablari asosida ish olib boradilar. 134 Metodistlar S.Matchonov, H.Bakiyeva, X.G„ulomova, Sh. Yo„ldosheva G.Xolboyevalar ona tili o„qitish tamoyillarini quyidagicha izohlashadi: 1. Til materiyasiga, nutq organlarining o„sishiga, nutq malakalarining to„g„ri rivojlanishiga e‟tibor berish tamoyili; 2. Til ma‟nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma‟nolarini) tushunish tamoyili; 3. Tilga sezgirlikni o„stirish tamoyili; 4. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili; 5. Og„zaki nutqni yozma nutqdan oldin o„zlashtirish tamoyili Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi, o„qituvchi bilan o„quvchining maqsadga muvofiq faoliyatini belgilashga, ularning birgalikdagi ishlarida qulay yo„nalishni tanlashga yordam beradi, metodikaning fan sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri bo„lib xizmat qiladi. 135 Bo„lajak boshlang„ich sinf o„qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishda interdisiplinar yondashuv muhim metodologik asos bo„lib xizmat qiladi. Zamonaviy ta‟lim nazariyotchilari bu yondashuvning mazmuni va tamoyillarini chuqur tahlil qilganlar. O„quv faoliyati mobaynida yuqorida ta‟kidlangan tamoyillar asosida dars olib borilsa talabaning pozitsiyasi ham an‟anaviy tizimdan farq qiladi – intiluvchan ijrochi rolining oldingi ahamiyati yo„qoladi, talaba faol ijodkorga aylanadi, unda natijalarga qaratilgan refleksiv fikrlash rivojlanadi. ADABIYOTLAR 1. Загвязинский В.И.,Закировой А.Ф.Педагогический словарь.Издательский центр «Академия», 2008.50-c. 2. Абдуллазизов А., Джуманазарова З. Русско–узбекско–английский социально–педагогический словарь терминов. Наманган, 2021. С.-119. 3. O„zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to„g„risida” gi Qonun 2019-yil 29-oktabr 4. К.Д. Ушинский. Танланган педагогик асарлар. – Тошкент: Ўздавнашр, 1959.- 49-бет. 134 S.Matchonov, H.Bakiyeva, X.G‟ulomova, Sh.Yo‟ldosheva, G.Xolboyeva Boshlang‟ich sinflarda ona tili o‟qitish metodikasi. – Toshkent.: “Ishonchli hamkor” – 2021. 31-b. 135 S.Matchonov, H.Bakiyeva, X.G‟ulomova, Sh. Yo‟ldosheva G.Xolboyeva Boshlang‟ich sinflarda ona tili o‟qitish metodikasi. Darslik. Toshkent.: “Ishonchli hamkor” – 2021. 18-bet.
236 5. S.Matchonov, H.Bakiyeva, X.G„ulomova, Sh.Yo„ldosheva, G.Xolboyeva Boshlang„ich sinflarda ona tili o„qitish metodikasi. – Toshkent.: “Ishonchli hamkor” – 2021. 31-b.