scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHDA AN'ANAVIY VA FASILITATORLIK METODLARINING DIDAKTIK ASOSLARI VA QIYOSIY TAHLILI

Quchqorova Nargiza; Yakubova Gulnoz

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich savodxonlikni shakllantirishda an’anaviy va fasilitatorlik metodlarining didaktik asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, an’anaviy metodlarning izchillik, fonetiko-grafik poydevor va intizomni mustahkamlashdagi afzalliklari hamda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini cheklovchi jihatlari yoritiladi. Fasilitatorlik yondashuvi esa o‘quvchini faol sub’ekt sifatida jarayonga jalb etishi, interaktiv mashg‘ulotlar, guruhiy ishlar va o‘yinlar orqali ijodkorlik, tanqidiy tafakkur hamda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishda Ushbu maqolada boshlang‘ich savodxonlikni shakllantirishda an’anaviy va fasilitatorlik metodlarining didaktik asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, an’anaviy metodlarning izchillik, fonetiko-grafik poydevor va intizomni mustahkamlashdagi afzalliklari hamda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini cheklovchi jihatlari yoritiladi. Fasilitatorlik yondashuvi esa o‘quvchini faol sub’ekt sifatida jarayonga jalb etishi, interaktiv mashg‘ulotlar, guruhiy ishlar va o‘yinlar orqali ijodkorlik, tanqidiy tafakkur hamda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishdagi samarasi bilan tavsiflanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, savodga o‘rgatishda eng maqbul natijaga an’anaviy va fasilitatorlik metodlarini uyg‘unlashtirish orqali erishish mumkin. gi samarasi bilan tavsiflanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, savodga o‘rgatishda eng maqbul natijaga an’anaviy va fasilitatorlik metodlarini uyg‘unlashtirish orqali erishish mumkin.

Full text

246 BOSHLANG‘ICH SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHDA AN’ANAVIY VA FASILITATORLIK METODLARINING DIDAKTIK ASOSLARI VA QIYOSIY TAHLILI Quchqorova Nargiza, Oriental universiteti, ―Uzluksiz ta‘lim pedagogikasi‖ kafedra professori, pedagogika fanlari doktori Email: [email protected] Yakubova Gulnoz, Urganch davlat pedagogika instituti, ―Maktabgacha ta‘lim‖ kafedrasi o‗qituvchisi Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang‗ich savodxonlikni shakllantirishda an‘anaviy va fasilitatorlik metodlarining didaktik asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, an‘anaviy metodlarning izchillik, fonetiko-grafik poydevor va intizomni mustahkamlashdagi afzalliklari hamda o‗quvchilarning mustaqil fikrlashini cheklovchi jihatlari yoritiladi. Fasilitatorlik yondashuvi esa o‗quvchini faol sub‘ekt sifatida jarayonga jalb etishi, interaktiv mashg‗ulotlar, guruhiy ishlar va o‗yinlar orqali ijodkorlik, tanqidiy tafakkur hamda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishdagi samarasi bilan tavsiflanadi. Natijalar shuni ko‗rsatadiki, savodga o‗rgatishda eng maqbul natijaga an‘anaviy va fasilitatorlik metodlarini uyg‗unlashtirish orqali erishish mumkin. Kalit so‘zlar: boshlang‗ich savodxonlik, an‘anaviy metodlar, fasilitatorlik metodlari, didaktik asoslar, qiyosiy tahlil, boshlang‗ich ta‘lim, o‗quvchi markazli yondashuv, o‗qituvchi markazli yondashuv, interaktiv metodlar, tanqidiy tafakkur, ijodiy kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, ta‘lim samaradorligi, integratsiyalashgan model. Аннотация В данном тезисе подвергаются анализу дидактические основы традиционных и фасилитаторских методов формирования начальной грамотности. Широко рассматриваются сильные стороны традиционного подхода, заключающиеся в последовательности, формировании фонетикографической базы и поддержании дисциплины, а также обозначаются его ограничения, связанные с недостаточной стимуляцией самостоятельного и критического мышления обучающихся. Фасилитаторский подход, напротив, акцентирует активную субъектную позицию учащегося в образовательном процессе и способствует развитию креативности, критического мышления и коммуникативных компетенций посредством применения интерактивных заданий, групповой работы и игровых технологий. Полученные результаты подтверждают, что наибольшая эффективность обучения грамоте достигается при интеграции традиционных и фасилитаторских методов, обеспечивающей синергетический эффект в становлении как технических, так и когнитивносоциальных компонентов грамотности. Ключевые слова: начальная грамотность, традиционные методы, фасилитаторские методы, дидактические основы, сравнительный анализ, 247 начальное образование, ученико-центрированный подход, учительскоцентрированный подход, интерактивные методы, критическое мышление, креативная компетентность, коммуникативная компетентность, эффективность обучения, интегрированная модель. Annotation This thesis analyzes the didactic foundations of traditional and facilitator-based methods in the formation of early literacy. The strengths of the traditional approach, including consistency, the establishment of a phonetic–graphic foundation, and the reinforcement of discipline, are highlighted, while its limitations in fostering independent and critical thinking are also identified. The facilitator approach, by contrast, emphasizes the learner‘s active role in the educational process and contributes to the development of creativity, critical thinking, and communicative competencies through interactive activities, group work, and play-based techniques. The findings suggest that the most effective outcomes in literacy instruction can be achieved through the integration of traditional and facilitator methods, which ensures a synergistic effect in the development of both technical and cognitive–social components of literacy. Keywords: early literacy, traditional methods, facilitator methods, didactic foundations, comparative analysis, primary education, learner-centered approach, teacher-centered approach, interactive methods, critical thinking, creative competence, communicative competence, learning effectiveness, integrated model. Boshlang‗ich savodxonlik ta‘lim tizimining asosiy poydevorini tashkil etadi va o‗quvchining keyingi bosqichlarda bilim olish, mustaqil fikrlash va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishida hal qiluvchi omil bo‗lib xizmat qiladi. An‘anaviy metodlar izchillik, fonetiko-grafik ketma-ketlik va qat‘iy baholash tizimiga asoslanganligi sababli hanuz ko‗plab maktablarda qo‗llaniladi. Shu bilan birga, zamonaviy pedagogika nazariyalari (Vygotsky, 1978; Bruner, 1986; Hattie, 2009) o‗quvchining faol sub‘ekt sifatida ishtiroki, mustaqil izlanishi va hamkorlikdagi faoliyati savodxonlikni shakllantirishda samaraliroq ekanini ta‘kidlaydi. Fasilitatorlik yondashuvi bolani markazga qo‗yib, uning qiziqishi va ehtiyojiga mos interaktiv topshiriqlar, o‗yinlar hamda raqamli texnologiyalardan foydalanishga tayanadi. Natijada savodga o‗rgatish jarayoni nafaqat o‗qish va yozuv ko‗nikmalarini, balki tanqidiy fikrlash va ijodiy kompetensiyalarni ham rivojlantirish imkonini beradi. Biroq amaliyotda bu ikki yondashuvning didaktik asoslari, afzalliklari va cheklovlarini qiyosiy o‗rganish yetarli darajada tizimli tahlil qilinmagan. Boshlang‗ich savodxonlikni shakllantirish jarayonida qo‗llanilayotgan metodlarni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin: an‘anaviy va fasilitatorlik metodlari. An‘anaviy metodlarda ta‘lim jarayoni ko‗proq o‗qituvchi markazida tashkil qilinadi. O‗qituvchi bilim beruvchi va nazorat qiluvchi asosiy shaxs sifatida namoyon bo‗ladi, o‗quvchilarning faoliyati esa asosan qayta eslab qolish va takrorlashga yo‗naltiriladi. Bu usul, ayniqsa, savodxonlikning dastlabki bosqichida – harf va tovushlarni o‗zlashtirish, yozuv texnikasini shakllantirishda samarali hisoblanadi. Biroq, mazkur metod o‗quvchilarning mustaqil fikrlashini, ijodiy yondashuvini va muloqot 248 ko‗nikmalarini yetarli darajada rivojlantira olmaydi. Fasilitatorlik metodlari esa zamonaviy pedagogik konsepsiyalarga, xususan konstruktivizm va kommunikativ yondashuvga asoslanadi. Bu jarayonda o‗qituvchi ―bilim beruvchi‖ emas, balki o‗quv jarayonini tashkil etuvchi va yo‗naltiruvchi sifatida faoliyat yuritadi. O‗quvchilar mustaqil izlanadi, savollar beradi, kichik guruhlarda ishlaydi va o‗z fikrini erkin ifoda etishga o‗rganadi. Fasilitatorlik yondashuvi o‗yinli mashg‗ulotlar, muammoli vaziyatlar, loyiha usullari, interaktiv topshiriqlar orqali savodxonlikni shakllantirish bilan birga ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Qiyosiy tahlil natijalariga ko‗ra, an‘anaviy va fasilitatorlik metodlari boshlang‗ich savodxonlikni shakllantirish jarayonida o‗zaro bir-birini to‗ldiruvchi, ammo mazmun va yo‗nalish jihatidan farqlanuvchi ta‘limiy tizim sifatida namoyon bo‗ladi. An‘anaviy metodlar ko‗proq ta‘lim jarayonining texnik va intizomiy jihatlariga tayanadi. Bu metodlarda o‗qituvchi asosiy bilim manbai, nazoratchi va boshqaruvchi sifatida faoliyat yuritadi. Savodxonlikni o‗zlashtirishda o‗quvchilar ko‗proq eslab qolish, yozish, o‗qish va qayta takrorlash orqali mashq qiladilar. Shu bois, an‘anaviy metodlar savodxonlikning ilk bosqichida — harf va tovushlarni o‗zlashtirish, imlo qoidalarini o‗rganish, yozuv texnikasini shakllantirishda yuqori samaradorlikka ega. Ularning kuchli tomoni qat‘iy tartib, izchillik va aniqlikni ta‘minlashi, barcha o‗quvchilarga bir xil bilim berish imkoniyatini yaratishidir. Ammo zaif tomoni shundaki, bunday yondashuv ko‗proq reproduktiv faoliyatni talab qiladi, o‗quvchilarni passiv qabul qiluvchi darajasida qoldiradi va mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish hamda erkin muloqot qilish imkoniyatlarini cheklab qo‗yadi. Fasilitatorlik metodlari esa buning aksiga, ta‘lim jarayonini o‗quvchi markaziga yo‗naltiradi. O‗qituvchi bu jarayonda ―bilim beruvchi‖ emas, balki ―yo‗naltiruvchi‖ va ―motivator‖ sifatida ishtirok etadi. O‗quvchilar savodxonlikni o‗rganishda o‗yin, muammoli vaziyat, loyiha, savol-javob va guruhiy ishlar orqali faol sub‘ektga aylanadi. Natijada ular nafaqat harf va so‗zlarni o‗qish-yozishni, balki mustaqil izlanishni, ijodkorlikni, tanqidiy fikrlashni va kommunikativ kompetensiyalarni ham rivojlantiradilar. Fasilitatorlik metodlarining eng katta afzalligi shundaki, u o‗quvchilarning ichki motivatsiyasini kuchaytiradi, dars jarayonida ularni faol ishtirok etishga, o‗z fikrini erkin ifoda etishga undaydi. Biroq, bu metodning zaif jihatlari ham mavjud: samarali qo‗llash uchun yuqori malakali pedagog, zamonaviy texnologiyalar, ko‗proq vaqt va didaktik resurslar talab etiladi. Bundan tashqari, ba‘zan intizomni nazorat qilishda murakkabliklar paydo bo‗lishi mumkin. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‗rsatadiki, an‘anaviy metodlar savodxonlikni shakllantirishda poydevor vazifasini o‗taydi: ular tartib, intizom, fonetik ko‗nikmalar va yozuv texnikasini aniq va tezkor o‗rgatadi. Fasilitatorlik metodlari esa ushbu poydevor ustida o‗quvchilarni keng qamrovli shaxsiy va ijtimoiy kompetensiyalar bilan boyitadi: mustaqillik, ijodkorlik, erkin muloqot va tanqidiy tafakkur kabi sifatlarni rivojlantiradi. Bu esa ta‘lim jarayonida faqat bir metodga suyanish emas, balki ularning afzalliklarini uyg‗unlashtirish zarurligini ko‗rsatadi. An‘anaviy metodlar o‗quv jarayonini qat‘iy va izchil tashkil etsa, fasilitatorlik metodlari o‗quvchilarni faol ishtirokchi va ijodkor shaxsga aylantiradi. Ularning uyg‗unligi natijasida 249 savodxonlik faqat texnik malaka darajasida emas, balki ma‘naviy, ijtimoiy va kognitiv jihatdan mukammal shakllanishi ta‘minlanadi. An’anaviy va fasilitatorlik metodlarining qiyosiy tahlili Mezonlar An‘anaviy metodlar Fasilitatorlik metodlari Ta‘lim jarayonining markazi O‗qituvchi markazida, bilim beruvchi va nazoratchi sifatida faoliyat yuritadi O‗quvchi markazida, o‗qituvchi yo‗naltiruvchi va motivator sifatida ishtirok etadi Bilim olish jarayoni Reproduktiv – eslab qolish, takrorlash va yozuv mashqlariga asoslanadi Konstruktiv – muammoli vaziyat, loyiha, o‗yin va interfaol topshiriqlarga asoslanadi O‗quvchi faoliyati Passivroq: ko‗rsatmalarni bajarish, bir xil mashqlarni takrorlash Faol: mustaqil izlanish, savol berish, ijodiy fikr bildirish va hamkorlik qilish Natijaga yo‗naltirilganlik Tezkor, qisqa muddatli natija: harf va tovushlarni o‗zlashtirish, imlo va yozuv texnikasida samarali Uzoq muddatli natija: mustaqil o‗qish, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va kommunikativ kompetensiyalar rivojlanadi Psixologik muhit Qat‘iy tartib va intizom ustun, standartlashtirilgan topshiriqlar ko‗proq Erkin, do‗stona muhit; qiziqish va ichki motivatsiyani oshiradi Afzalliklari Savodxonlikning boshlang‗ich poydevorini tez va izchil shakllantiradi, intizomni mustahkamlaydi O‗quvchini faol sub‘ektga aylantiradi, ijodiy va ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantiradi Kamchiliklari Mustaqil fikrlash va ijodkorlikni cheklaydi, o‗quvchi ko‗pincha passiv qabul qiluvchi darajasida qoladi Yuqori malaka, ko‗proq vaqt va resurs talab etadi, intizomni nazorat qilish murakkab bo‗lishi mumkin Shunday qilib, qiyosiy tahlil natijalaridan ko‗rinadiki, samarali ta‘lim jarayonini tashkil etishda an‘anaviy metodlar va fasilitatorlik metodlarini qarama-qarshi emas, balki o‗zaro integratsiya qilgan holda qo‗llash eng maqbul yo‗ldir. Bu nafaqat savodxonlikni, balki o‗quvchilarning ijodkorligi, tanqidiy fikrlashi va ijtimoiy kompetensiyalarini ham shakllantirishga xizmat qiladi. Xulosa sifatida, boshlang‗ich savodxonlikni shakllantirish jarayonida an‘anaviy va fasilitatorlik metodlarining o‗rni beqiyosdir. An‘anaviy yondashuv o‗quvchilarda tartib, intizom va savodxonlikning texnik poydevorini mustahkamlaydi. Fasilitatorlik metodlari esa bolalarni ta‘lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirib, ularning 250 ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, hamkorlik va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tahlillar shuni ko‗rsatadiki, samarali natijaga erishish uchun bu ikki metodni qarama-qarshi emas, balki o‗zaro uyg‗unlashtirilgan holda qo‗llash lozim. Ana shunda savodxonlik faqat o‗qish va yozuv malakasi darajasida emas, balki keng qamrovli shaxsiy va ijtimoiy sifatlar bilan boyigan holda shakllanadi. ADABIYOTLAR 1. Pyle, A. Supporting literacy development in kindergarten through play-based facilitation. Journal of Early Childhood Research .67, 102–110. 2024 2. Masello Hellen Phajane. Traditional Method of Teaching Reading. Mediterranean Journal of Social Sciences, 5(15), 212-218. 2014 3. Scott, A., Better Start Literacy Approach Team. Facilitators of success for teacher professional learning: Evaluating micro-credential courses in early literacy. Education Sciences, 14(6), 578. 2024 4. Джастис, Л. М. Качество языкового и литературного обучения в дошкольных учреждениях, обслуживающих группы риска. Journal of Early Education and Development, 29(4), 475-491. 2008 5. Messenger, Y. Joyful literacy learning opportunities for kindergarten educators: Blending direct instruction and play. Language and Literacy Journal, 27(2), 45-60. 2025 6. Kuhn, M. R., Stahl, S. A. Teaching children to become fluent and automatic readers. Educational Research Journal, 58(3), 261-282. 2006 7. Johnson, W. F., Vlach, S. K., Leija, M. Enacting reading comprehension: Using diverse literature to engage children‘s critical, sociopolitical knowledge. Reading Research Quarterly, 60(1), e584. 2025