scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUV JARAYONIDA FASILITATSIYANI SHAKLLANTIRISHNING KREATIV USULLARI

Quchqorova Nargiza; Yo'lchiyeva Shaxloxon

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va zamonaviy maktablarda o‘quv jarayonining shakllanishi hamda rivojlanish yo‘nalishlari ilmiy va nazariy asosda yoritiladi. Boshlang‘ich ta’limda kreativ yondashuvni joriy etish, ta’limni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish, o‘quvchilarning erkin fikrlash va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, yangi avlod darsliklarining qiyosiy o‘rganilishi, ularning afzallik va kamchiliklari, ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Maqolada tinglab tushunish, o‘qib anglash va yozma nutq kompetensiyalarini rivojlantirish, fasilitatsion yondashuvning uzluksiz ta’lim tizimidagi ahamiyati hamda ta’limni nazariy va amaliy jihatdan yanada takomillashtirish imkoniyatlari keng yoritilgan. Mazkur tadqiqot kelgusida ta’lim jarayonini innovatsion yondashuvlar bilan boyitadi.

Full text

292 O‘QUV JARAYONIDA FASILITATSIYANI SHAKLLANTIRISHNING KREATIV USULLARI Quchqorova Nargiza, Uzluksiz ta‘lim pedagogikasi kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori. E-mail: [email protected] Yo‘lchiyeva Shaxloxon, Farg‗ona davlat universiteti tayanch doktoranti E-mail: [email protected] +998911212205 ORCID:0009-0003-3441-3145 Annotatsiya Ushbu maqolada O‗zbekiston ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va zamonaviy maktablarda o‗quv jarayonining shakllanishi hamda rivojlanish yo‗nalishlari ilmiy va nazariy asosda yoritiladi. Boshlang‗ich ta‘limda kreativ yondashuvni joriy etish, ta‘limni ilg‗or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish, o‗quvchilarning erkin fikrlash va mustaqil ishlash ko‗nikmalarini shakllantirish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, yangi avlod darsliklarining qiyosiy o‗rganilishi, ularning afzallik va kamchiliklari, ta‘lim samaradorligini oshirishdagi o‗rni ko‗rib chiqiladi. Maqolada tinglab tushunish, o‗qib anglash va yozma nutq kompetensiyalarini rivojlantirish, fasilitatsion yondashuvning uzluksiz ta‘lim tizimidagi ahamiyati hamda ta‘limni nazariy va amaliy jihatdan yanada takomillashtirish imkoniyatlari keng yoritilgan. Mazkur tadqiqot kelgusida ta‘lim jarayonini innovatsion yondashuvlar bilan boyitadi. Kalit so‘zlar: Fasilitatsiya, estetik tarbiya, ―Ona tili so‗zlari‖ zamonaviy ta‘lim ―Bizsotuvchi, biz-xaridor‖, ta‘lim jarayoni, tushuntirish, tushunish, o‗rgatish, o‗rganish. Abstract This article analyzes the large-scale reforms carried out in the education system of Uzbekistan and the development trends observed in modern schools. It examines the introduction of creative approaches in primary education, the organization of the learning process on the basis of advanced pedagogical technologies, and the development of students‘ independent thinking and problem-solving skills. In addition, a comparative study of the new generation of textbooks, their strengths and weaknesses, and their role in improving learning efficiency is presented. The article also highlights the formation of competencies such as listening comprehension, reading comprehension, and written speech, the significance of the facilitation approach in the system of continuous education, as well as theoretical and practical opportunities for further improvement of teaching. This research enriches the educational process with innovative approaches in the future. Keywords: Facilitation, aesthetic education, ―Mother tongue words‖, modern education ―We are the seller, we are the buyer‖, educational process, explanation, understanding, teaching, learning. 293 Ta‘lim-tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‗tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari xam takomillashib bormoqda. Ta‘limni texnologiyalashtirish – bu keng ko‗lamdagi mutaxassislarning nazariy va amaliy to‗plamlarini tadqiqot qiluvchi va ta‘minlovchi pedagogika fanining yangi yo‗nalishi hisoblanadi. Uning ilmiy imkoniyatlari mamlakatimiz olimlarining ilmiy ishlarida kundan-kunga ortib bormoqda. Pedagogik amaliyotda ta‘limning yangi yo‗llari va vositalarini tez suratlarda yo‗lga qo‗yish kuzatilmoqda. Shubhasiz bunda faol ta‘limning ayrim shakl va usullari o‗rniga bir butun o‗qitish texnologiyalari kelishi lozim. Ta‘lim jarayonini texnologik loyixalashtirish va rejalashtirishni faqatgina texnologik bilim, malaka va ko‗nikmaga ega bo‗lgan pedagoggina qilishi mumkin. Shu asosda ta‘lim-tarbiya sohasida so‗nggi davrda yangi pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Fasilitatsiya tushunchasi esa bugungi rivojlanayotgan zamonnig ilg‗or qarashlarining maxsuli hisoblanadi.Fasilitatsiya ta‘lim jarayonini osonlashtiruvchi soddalashtiruvchi jarayonlardan biri sifatida tushuniladi. O‗quv jarayonini o‗rganishning soddalashtirilgan tartibini quyidagicha bosqichlarda tushunish mumkin.: —tushuntirish — axborotning ma‘no-mazmunini, undan foydalanish tartibini turli vosita va usullarni qo‗llab, tushuntiruvchining o‗zi tushungan darajada boshqalarga yetka-zish faoliyatidan iborat jarayon; —tushunish — axborotning ma‘nomazmunini idrok qilish, undan ko‗rsatilgan tartibda mustaqil foydalana olish; —o‗rgatish — axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish ko‗nikmalarini o‗rgatuvchining o‗zi o‗rgangan darajada boshqalarning takrorlay olishini turli vosita va usullarni qo‗llab amalga oshirish faoliyatidan iborat jarayon; —o‗rganish — axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko‗rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko‗nikmalarini egallash; —o‗zlashtirish — tushunish, o‗rganish orqali axborotning ma‘no-mazmuni, undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to‗g‗risida bilim va ko‗nikmalar hosil bo‗lishi. O‗zlashtirish shartli ravishda quyidagi uchta darajaga ajratiladi: ―1) o‗rgatilgan bilim, ko‗nikmalarni to‗g‗ri takrorlash. 2) ularni amaliy faoliyatda qo‗llash; ulardan tegishli maqsadlarda foydalanish imkoniyatiga ega bo‗lish; 3) ularni ijodiy taxlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish asosida takomillashtirish faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega.‖ 149 Ushbu qo‗llaniladigan jarayonlar bilan birga kreativ yondashuv asosida ish yuritilsa ko‗zlangan natijaga erishish yo‗li yanada yaqinlashadi. Masalan qilib boshlang‗ich sinflarda o‗tiladigan matematika darsligidagi iqtisodiy bilimlarni rivojlantirish uchun xizmat qiluvchi masalalar topshiriqlarga hayotiy munosabatlar ,oilaviy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda ma‘lumot berish va 149 Ochildiyeva Mushtariy ‖ boshlang‗ich ta‘lim tizimiga zamonaviy yondashuvlar‖ ta‘lim sifati - yangi o‗zbekiston taraqqiyotini yanada yuksaltirishning muhim omili. https://www.kokanduni.uz/uz 294 ularni amalda qo‗llashni o‗rgatuvchi ―Bizsotuvchi, biz-xaridor‖ metodini qo‗llash ham katta samara keltiradi. Mashqlar o‗qish, yozish, so‗zlash, fikrlash, xisoblash, turli harakatlar bajarish, qurish-yasash, chizish, bo‗yash, musiqa chalish, qo‗shiq aytish, misol, masala, testlar yechish, kompyuter bilan ishlash, asboblar, stanoklar, boshqa texnika vositalari bilan ishlash, jismoniy va sport mashqlari, ishchanlik o‗yinlari, musobaqa, ko‗rik, tanlov va boshqalardan iborat. Mashg‗ulot vaqtining ko‗proq qismi mashqlar bajarishga sarflanishi albatta yaxshi natijalar beradi. Boshlang‗ich maktab o‗quvchining umumiy ta‘lim jarayonidagi eng muhim bosqichdir. Boshlang‗ich sinf o‗qituvchisining mas‘uliyati doimo eksklyuziv bo‗lgan. Boshlang‗ich maktabda olingan ta‘lim keyingi ta‘lim uchun asos, poydevor bo‗lib xizmat qiladi. Boshlang‗ich ta‘lim boshlang‗ich maktabning sifat jihatidan yangi shaxsga yo‗naltirilgan rivojlanish modelini belgilaydi, u quyidagi asosiy maqsadlarga erishish uchun mo‗ljallangan: o‗quvchi shaxsini rivojlantirish, uning ijodiy qobiliyatlari, o‗qishga qiziqish, o‗rganishga intilish va qobiliyatni shakllantirish; ma‘naviy-axloqiy va estetik tarbiya; turli tadbirlarni amalga oshirishda bilim, ko‗nikma, tajriba tizimini o‗zlashtirish; bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash; bolaning individualligini saqlash va qo‗llab-quvvatlash. Psixolingvistik tadqiqotlardan ma‘lumki, insonning til qobilyati 4 xil kognitiv malakaning o‗zaro bog‗liqligida rivojlanadi: eshitib tushunish, fikrni og‗zaki bayon qilish, o‗qib tushunish, fikrini yozma bayon qilish. Eshitib tushunish va gapirish og‗zaki nutq shakli bilan bog‗liq, o‗qib tushunish va yozish esa tilning yozma shakli bilan, eshitib tushunish va o‗qib tushunish psixologik tomondan nutqni qabul qilish jarayoni, gapirish va yozish esa nutq jarayonidir. K.D. Ushinskiyning fikricha, bolaga ta‘lim va tarbiya berishda tilning qimmati dastlab ijtimoiy hodisaning chuqur xalqchilligi bilan, uning milliy xarakteri bilan belgilanadi. U ―tilda chuqur ma‘noli ko‗pdan ko‗p falsafiy fikrlar, chinakam nafis his-tuyg‗ular, nihoyatda to‗g‗ri, ko‗rkam did, fikrni bir yerga to‗plab, zo‗r diqqat bilan qilingan mehnat izlari, tabiat hodisalarini va ulardagi eng nozik rangbarangliklarni g‗oyat darajada ziyraklik bilan his etish, kuzatuvchanlik, zo‗r mantiqiylik ... bor‖, deb ta‘riflaydi. K.D.Ushinskiy o‗zining ―Ona tili so‗zlari‖ maqolasida bolani ona tili, ona tilidagi so‗zlar orqali tarbiyalash masalasini qo‗ydi. Chunki xalqchillik dastlab ona tilida o‗z ifodasini topadi. Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi, ma‘naviy qiyofasi ana shu til ta‘sirida shakllanadi. Zamonaviy boshlang‗ich ta‘lim uchun istiqbolli, ustuvor yo‗nalishlardan biri bu – o‗quvchilarning yetuk shaxs sifatida rivojlanishi hamda milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosidan iboratdir. Xulosa o‗rnida shuni aytishimiz mumkinki zamonaviy ta‘lim O‗zbekiston yoshlarini istibolli kelajakka eltadi. Ta‘lim tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayotmamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‗q. Qanchalik murakkab bo‗lmasin, maktab ta‘limida poydevorni bugundan mustahkam qo‗yishimiz kerak. 295 ADABIYOTLAR 1. O‗zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning O‗qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi nutqi http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat mirziyeevningituv-30-09-2020 (Speech by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev at the solemn ceremony dedicated to the Day of Teachers and Mentors)rose or morality. – Tashkent: 2008. ) 2. A.Hakimov ―yoshlar-tarbiyasi-jamiyatdagi-muhim-masala.‖ Nomli maqolasidan (A. Khakimov from his article ―Youth-education-is-an-important-issuein-society.‖) 3. Abu Ali ibn Sino ―Tadbiri manzil‖ risola (Abu Ali ibn Sino ―Tadbiri Manzil‖ treatise) 4. Musaev. M ―O‗qituvchining maqomi konstitutsiyada kafolatlanadi‖ Marifat gazetasi 2023-yil 26-aprel. № 17(9446). b-11. ( Musaev. M ―The status of a teacher is guaranteed in the constitution‖ Marifat newspaper, April 26, 2023. № 17 (9446). b11.) 5. Kulchayeva D. Boshlang‗ich sinflarda ―Tarbiya‖ fanini o‗qitishning ilmiymetodik asoslari // Academic research in educational sciences. 2021. №11 (Kulchayeva D. Scientific and methodological foundations of teaching the subject ―Education‖ in primary grades // Academic research in educational sciences. 2021. No. 11) 6. Olimov.Sh.SH ―Ma‘naviy-axloqiy tarbiya asoslari‖ (Monografiya) Т.:―Fan va texnologiya‖.(Olimov.Sh.SH ―Fundamentals of spiritual and moral education‖ (Monography) T.: ―Science and technology‖.) 7. Саврасова, А.И. Оценка образовательных результатов в условиях модернизации образования. : учеб.-метод. пособие / Федер. агентство по образованию, Мурм. гос. пед. ун-т ; А. И. Саврасова. - Мурманск: МГПУ, 2008. - 168 с. 8. Quchqorova N.M, Otayeva.S.S, AmangaldiyevaA.R ―PEDAGOGIK MAHORAT‖ ―Bookmany print‖nashriyoti, № 537233 2024-yil 11-mart. (Kuchqorova N.M, Otayeva.S.S, AmangaldiyevaA.R ―PEDAGOGICAL SKILLS‖ ―Bookmany print‖ publishing house, No. 537233 March 11, 2024.) 9. Yo‗lchiyeva Sh.O.―THE CONCEPT OF FACILITATION AND ITS SIGNIFICANCE IN PRIMARY CLASSES‖ ―Sciens and innovation‖,2024-yil 5-son, № MG-2024-05-7267, 168-171 bet. (Yo‘lchiyeva Sh.O. ―THE CONCEPT OF FACILITATION AND ITS SIGNIFICANCE IN PRIMARY CLASSES‖ ―Sciences and innovation‖, 2024, No. 5, No. MG-2024-05-7267, pp. 168-171.) 10. Djumanov J.X., Miryusupov Z.Z. Kompyuter tarmoqlari: O‗quv qo‗llanma, Muhammad Al-Xorazmiy nom. TATU. - T. : Aloqachi, 2020.