TOMCHILATIB SUG'ORISHNI QO'LLASH ORQALI G'O'ZANI YETISHTIRISHNING ILMIY TEXNIK YECHIMLARI
Abstract
Ushbu maqolada tomchilab sug‘orish usulini qo‘llash orqali g‘o‘zani yetishtirishning ilmiy va texnik yechimlari tahlil qilinadi. Sug‘orish texnologiyasining samaradorligini oshirish, suv resurslarini tejash hamda hosildorlikni ko‘paytirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar bayon etiladi. Tadqiqotda tomchilab sug‘orish tizimlari, ularning ishlash printsiplari va g‘o‘zaga nisbatan ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, texnik jihozlar va suv ta’minoti tizimlarini optimallashtirish yo‘llari muhokama qilinadi. Natijalar g‘o‘zani qishloq xo‘jaligida samarali sug‘orish orqali yuqori sifatli hosil olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Full text
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 290 TOMCHILATIB SUG‘ORISHNI QO‘LLASH ORQALI G‘O‘ZANI YETISHTIRISHNING ILMIY TEXNIK YECHIMLARI Ergashov Bobur Yaxshimurotovich Buxoro davlat texnika universiteti o‘qituvchisi Email: [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada tomchilab sug‘orish usulini qo‘llash orqali g‘o‘zani yetishtirishning ilmiy va texnik yechimlari tahlil qilinadi. Sug‘orish texnologiyasining samaradorligini oshirish, suv resurslarini tejash hamda hosildorlikni ko‘paytirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar bayon etiladi. Tadqiqotda tomchilab sug‘orish tizimlari, ularning ishlash printsiplari va g‘o‘zaga nisbatan ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, texnik jihozlar va suv ta’minoti tizimlarini optimallashtirish yo‘llari muhokama qilinadi. Natijalar g‘o‘zani qishloq xo‘jaligida samarali sug‘orish orqali yuqori sifatli hosil olish imkoniyatlarini kengaytiradi. Kalit so‘zlar: tomchilab sug‘orish, g‘o‘za yetishtirish, suv tejash, sug‘orish texnologiyasi, texnik yechimlar, hosildorlik, sug‘orish tizimlari, qishloq xo‘jaligi. Dunyoda paxta yetishtiruvchi Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlarda tuproqni irrigatsiya eroziyasidan saqlashda yomg‘irlatib, tomchilatib, egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish natijasida sug‘orish suvlarining 50-60 foizga tejalishi, sug‘orish suvidan samarali foydalanish hamda tuproqning unumdor qatlamini saqlab qolish evaziga paxta hosildorligining gektariga 8-10 sentner oshishi aniqlangan. Shu jihatdan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, suv tanqisligi va irrigatsiya eroziyasi jarayonida yerlarning meliorativ holatini yomonlashib borayotganligi sharoitida suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha izlanishlar dolzarb masalalarni hal qilishga qaratilgan. Buxoro viloyatida ekilayotgan g‘o‘zaning Buxoro-6 navlarini o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida parvarishlashni o‘g‘itlash meʼyorlari va ko‘chat qalinligi ishlab chiqilgan bo‘lsada, bu navni suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari asosida sug‘orish ishlarining ishlab chiqilmaganligi ilmiy jihatdan yechimini kutayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatishdagi texnik ko‘rsatkichlar Tomchilatib sug‘orishni joriy etishning asosiy texnik ko‘rsatkichlari Tomizgich suv sarfi 1,3 litr/soat Tomizgichlar orasidagi masofa 0,3 metr Sug‘orish shlanglari orasidagi masofa 1.2 metr Sug‘orish shlangining uzunligi 100 p.m 1 ga maydonga yotqizilgan sug‘orish shlangining miqdori 8333 p.metr
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 291 Tomchilatib sug‘orish tizimining suv sarfi 36.1 m3*soat/ga Magistral quvurning diametri 120 mm Tarqatuvchi quvurning diametri 100 mm Suv uzatuvchi nasosning suv sarfi 60 litr/sek Tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etishda quyidagi sug‘orish tartibi mavjud. № G‘o‘za fazalari Sug‘orishlar sanasi Variantlar Sug‘orish tizimi 1 2 3 sug‘orish me’yori m3/ga sug‘orish me’yori m3/ga sug‘orish me’yori m3/ga 1 Gullashgacha bo‘lgan davr 15.06 270 280 280 1-11-1 2 Gullash, hosilga kirish (ko‘saklash) 21.06 310 315 320 3 27.06 290 300 310 4 03.07 310 320 330 5 10.07 300 310 320 6 16.07 240 250 250 7 21.07 310 340 350 8 28.07 230 240 240 9 03.08 310 330 345 10 10.08 300 310 315 11 18.08 260 280 290 12 24.08 270 290 300 13 02.09 290 290 290 14 Pishish davri Mavsumiy sug‘orish me’yorlari, m3/ga 3420 3630 3870 G‘o‘za o‘sishi va rivojlanishi G‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi mintaqa iqlim, tuproq va gidrogeologik sharoitlariga hamda navning biologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi, lekin yuqorida keltirilgan maʼlum sharoitlarda go‘zaning rivojlanishiga hamda hosildorligiga sug‘orish rejimi yaʼni sug‘orishlar soni, tizimi, sug‘orish meʼyorlari va muddatlari katta taʼsir ko‘rsatadi. G‘o‘zani sug‘orish rejimini to‘g‘ri belgilaganda uning o‘sishi, rivojlanishi meʼyorida bo‘ladi va mo‘l, kafolatlangan, sifatli, hosil berishi hamda ertaroq pishib yetilishi taʼminlanadi. Natijada suv tejaladi, tuproqda qulay meliorativ-ekologik holat vujudga keladi.
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 292 Tahlillar natijasida g‘o‘zani sug‘orish uning o‘sishi va rivojlanishi bo‘yicha tajriba ishlari olib borildi. Tajriba variantlarida turli sug‘orishlarning g‘o‘za o‘sishi va rivojlanishiga taʼsirini o‘rganish natijalari quyidagicha bo‘lgan. Tajriba maʼlumotlari shuni ko‘rsatadiki, g‘o‘zaning dastlabki o‘suv fazasi yaʼni 1 iyunda o‘tkazilgan kuzatuv barcha tajriba maydonlari g‘o‘zaning bo‘yi, hosil shoxlari va shonalar soni bir-biriga juda yaqin bo‘ldi, chunki bu davrda g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanishiga sug‘orishning taʼsiri sezilmadi. 1-iyul holatida o‘tkazilgan kuzatuvda tajriba variantlari bo‘yicha g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishida sezilarli farqlar kuzatildi. Bu davrda eng baland bo‘yli g‘o‘za 2-hamda 3-variantlarda kuzatildi, yaʼni tomchilatib sug‘orish me’yori 1-variantga nisbatan ko‘proq bo‘lgan g‘o‘zalarning bo‘yi o‘rtacha 71,4-70,7 sm.ga, hosil shoxlari 9-10 donani hamda hosil elementlari o‘rtacha 11,510,8 donani tashkil etdi. Tajribalarda nisbatan pastroq natija kuzatuvlarning 1variantida kuzatilib, bu variantda g‘o‘zaning bo‘yi o‘rtacha 68,2 sm.ni, hosil shoxlari soni 8,0 donaga va hosil elementlari o‘rtacha 10,2 donaga teng bo‘ldi. Kuzatuvlarning 1-avgust holatida o‘simlik o‘sishi va rivojlanishini tahlil qilganimizda, 1-variantda g‘o‘zaning bo‘yi 87,3 sm, hosil shoxlari soni 12,4 donani, hosil elementlari soni esa 15,2 donaga, ko‘saklar soni 5,4 donaga teng bo‘ldi. Tajribaning 2-varianti yaʼni tomchilatib sug‘orish me’yori 1-variantga nisbatan ko‘proq bo‘lgan delyankada g‘o‘zaning bo‘yi 88,1 sm.ga, hosil shoxlari soni 13,3 donaga, hosil elementlari soni 16,4 dona va ko‘saklar soni 6,3 donani tashkil etdi. Sug‘orish me’yorlari eng yuqori bo‘lgan 3-variantda g‘o‘zaning bo‘yi 88,6 sm, hosil shoxlari soni 13,4 dona, hosil elementlari soni 16,3 donani va ko‘saklar soni 6,2 donaga teng bo‘ldi. Tadqiqot ishlari davomida g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishini 1-sentyabr holatida kuzatilganda, tajribalarning 1-variantida g‘o‘zaning bo‘yi 89,2 sm.ga, umumiy ko‘saklar soni 10,6 donaga yetganligi aniqlandi. Izlanishlarning 2-hamda 3variantlarida g‘o‘zaning bo‘yi 94,3-91,3 sm.ni, umumiy ko‘saklar soni esa 12,1-12,0 donaga teng bo‘lgan bo‘lsa, kuzatuvlar davomida ochilgan ko‘saklar sonini 1-sentyabr holatida tahlil qilganimizda, 1-variantda ochilgan ko‘saklar soni 7,0 donani tashkil qilgan bo‘lsa, 2-variantda bu qiymat 7,6 donaga teng bo‘ldi. Tadqiqotlarning 3variantida ochilgan ko‘saklar soni 7,4 donaga donaga teng bo‘ldi. Xulosa qilib shuni aytish lozimki, sug‘orish tartibini hududning iqlimi hamda tuproq turiga bog‘liq holda tanlash lozim. Foydalanilgan adabiyotlar 1. M.Xamidov, X.Shukurlayev, A.Mamataliyev “Qishloq xo‘jaligi gidrotexnika melioratsiyasi”. Sharq. T:. 2009
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 293 2. M.Xamidov, А.Jalolov Suv resurslarini oqilona boshqarish, ularni iqtisod qilish va samarali foydalanish muammolari// Irrigatsiya va melioratsiya jurnali №01.2015 28-33 bet. 3. Аrtikov Аbdurashid Zairovich (2001-y.) “Kapelnoe orosheniye tonkovoloknistogo xlopchatnika aktivirovannoy vodoy na takirovidnix pochevax Surxan-Sherabadskoy dolini”, 06.01.02-Melioratsiya i oroshayemoye zemledeliye, Tashkent-2001 4. A.Berdiyev, “Suv resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish muammolari”. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil jurnali 2024-yil aprel, IV-son, 42-52 bet. 5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Buxoro 6. http://uznature.uz/?q=ru/node/2764 7. www.smartdroplet.com/index.html 8. www.dissercat.com