SPORTNING ERKIN KURASH TURIDA MASHG'ULOTLAR SAMARADORLIGI VA JISMONIY TAYYORGARLIKNI OSHIRISH USLUBIYATI
Abstract
Mazkur maqolada xozirgu kunda mashg‘ulotlarni yuqori savida tashkil etish va erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga qaratilgan uslubni tahlili keltirilgan.
Full text
308 SPORTNING ERKIN KURASH TURIDA MASHG‘ULOTLAR SAMARADORLIGI VA JISMONIY TAYYORGARLIKNI OSHIRISH USLUBIYATI Abdullayev Ilhom, Oriental universiteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi p.f.b.f.d (Phd) dotsent v.b. (97) 010-05-01 [email protected] Annotatsiya Mazkur maqolada xozirgu kunda mashg„ulotlarni yuqori savida tashkil etish va erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga qaratilgan uslubni tahlili keltirilgan. Kalit so‘z: maxsus, tayyorgarlik, mashg„ulot, uslub, texnika. Abstract This article presents an analysis of the style, which is currently aimed at organizing high-level training and improving the special physical training of freestyle wrestlers. Key word: specialty, training, education, style, technique. Maqolaning dolzarbligi. Dunyoning turli mamlakatlarida olimpiya dasturiga kiritilgan erkin kurash sportchilarni tayyorlash tizimida kuchayib borayotgan global raqobat sharoitlarida maxsus jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishning yangicha uslublarini izlab topish muammosi sport bo„yicha mutaxassislarning diqqat markazida bo„lib kelmoqda. Hozirgi kunda erkin kurash sport turida nufuzli musobaqalarda natijalarni qo„lga kiritish, sportchining mashg„ulot faoliyatida maksimal yuqori darajaga erishish uchun intilishiga sabab bo„lmoqda. Taʼkidlash joizki, jahonda erkin kurash sport turiga iqtidorli yoshlarni jalb etish, ularning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish, o„quv-mashg„ulot jarayonlarida zamonaviy tarzda tashkil etish hamda samarali vosita va usullar asosida tashkil qilishni taqozo etmoqda. Adabiyotlar tahlili (Literature review). O„zbekistonda erkin kurashida sportchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik bo„yicha yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo„yicha yetarli darajada ahamiyat berilmagan. Olib borilgan tadqiqotlarning barchasi yuqori malakali erkin kurashchilarning texnik tayyorgarligiga qaratilgan bo„lib sport kurashi bo„yicha olimlar А.N.Аbdiyev, F.А.Kerimov, N.А.Kerimov, N.А.Tastanov, Sh.А.Mirzakulov, Sh.S.Mirzanov, А.А.Ruziev, Z.А.Bakiyevlar o„zlarining ilmiy-uslubiy ishlarida kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini optimallashtirish va rejalashtirish uslubiyatini ochib turli takliflar berishgan. Erkin kurashchilarning mashg„ulot tayyorgarligi sportchilarning jismoniy va psixologik holatini oshirish, texnik va taktika ko'nikmalarini rivojlantirish uchun muhim bosqichdir. Bunday tayyorgarlik quyidagi asosiy yo„nalishlarga bo„linadi:
309 Jismoniy tayyorgarlik - erkin kurashchilarining kuchli jismoniy tayyorgarligi ularning muvaffaqiyatli kurashishida asosiy omil hisoblanadi. Bunga quyidagi mashqlar kiradi: Kuch mashqlari: Og„irlik ko„tarish, dumbbell va barbell mashqlari, plank, pushup, squat, deadlift kabi mashqlarni bajarish. Chidamlilik mashqlari: Kardio mashqlar (yugurish, velosipedda yurish, suzish) orqali yurakni va nafas olish tizimini kuchaytirish. Moslashuvchanlik mashqlari: Elastiklikni oshirish uchun cho„zish va yoga mashqlari, shuningdek, barqarorlikni oshirish uchun balans mashqlari. Texnik tayyorgarlik - erkin kurashda texnik ko„nikmalar juda muhim. Sportchilarga turli usullarni o„rganish va to„g„ri bajarishni rivojlantirish uchun maxsus mashg„ulotlar o„tkaziladi: Uzoq va qisqa masofada kurashish texnikalari: Usullarni yaxshi o„zlashtirish va ular orqali raqibni nazorat qilish. Pozitsiyalarni o„zgartirish: Turli pozitsiyalarda kurashish, xususan, yuqori va pastki pozitsiyalarni egallash. Xatoliklarni tuzatish: Qayta-qayta mashq qilish orqali texnik xatoliklarni kamaytirish. Taktik tayyorgarlik - Kurashchilar faqat texnik bilimlarga ega bo„lishi yetarli emas. Ular raqibning kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, shunga mos taktika ishlab chiqishlari kerak. Bu yerda quyidagi elementlar o„rganiladi: Psixologik tayyorgarlik: - erkin kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun psixologik jihatlar ham muhim ahamiyatga ega. Kurashchining ruhiy holati uning performansiga ta‟sir qiladi. Motivatsiya va qaror qabul qilish: Kurashchining o„ziga bo„lgan ishonchi, kuchli iroda va qaror qabul qilish qobiliyati. Stressni boshqarish: Kurashlarda hissiy holatni boshqarish, misol uchun, finalga yoki musobaqaga tayyorlanish paytida asabiylikni nazorat qilish. Uyushgan va maxsus mashg„ulotlar: Sparring: Amaliy janglar, ya‟ni boshqa kurashchilar bilan mashg„ulotlar o„tkazish. Videolar orqali tahlil - Kurashchilarning janglarini ko„rib, xatoliklarni aniqlash va yaxshilanish yo„llarini topish. So„nggi tayyorgarlik - Musobaqalar oldidan tizimli va malakali tayyorgarlikni davom ettirish. Yuqori darajadagi tiklanish - Jismoniy yuklamalar va mashg„ulotlardan keyin tiklanish juda muhim. Bu sportchilarga zarur bo„lgan kuchni qayta tiklashga yordam beradi. Bunga quyidagilar kiradi: Massaj va fizioterapiya Tayyorlov mashqlaridan so„ng cho„zish Uyqu va ovqatlanish Erkin kurashchining tayyorgarligi ko„p jihatdan individual bo„lib, ularning kuchli va zaif tomonlariga qarab moslashtiriladi. Yaxshi tayyorgarlik sportchi uchun musobaqalarda g„alaba qozonishning muhim shartidir.
310 Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Hozirgi kunda yangi mashg„ulot rejalari, yangi yo„nalishni ko„rsatmoqda. To„g„ridan-to„g„ri sportchilarni jismoniy, texnik va taktik harakatlarga o„rgatishda ulaning imkoniyatlariga mos ravshda yuklamalar berish orqali mashg„ulotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan. Natijada musobaqa faoliyati asosiy texnik usullarni oson bajara olish imkoniyatlari kengaymoqda. Shunga ko„ra, sportchilarni mashg„ulot vaqtida musobaqa holatiga yaqin sharoitda tayyorlash maqsadida mashg„ulotlar o„tkazish uslubini ishlab chiqish maqsadi, katta amplitudali murakkab harakatlarni bajara olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo„naltirilgan mashqlar, tadqiqot davomida qo„llanilgan maxsus mashqlar samarasi, musobaqa faoliyatida asosiy qo„llaniladigan texnik-taktik harakatlar majmuasi hamda yunon-rum kurashchilarining maxsus jismoniy tayyorgarligi samaradorligini oshirishga yo„naltirilgan o„quv mashg„ulot jarayonlariga tadbiq etish asosida olib borildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kurashchilardan maxsus jismoniy tayyorgarligi turli darajada namoyon qilishni talab etadigan mashqlar to„plamini ishlab chiqishga urunishlar bo„ldi. Tajriba va nazorat guruhlariga kurashchilar saralab olish dastlabki testlash natijalariga ko„ra o„tkazildi. Tajriba boshida tajriba guruhi qatnashchilarining 8 ta maxsus mashqlardan 6 tasida ishonchlilik darajasi (P<0,05) tashkil qildi. Maxsus jismoniy tayyorgarlikning bu bosqichida kurashchilarning asosiy maxsus harakatlari sifati rivojlanish darajasini oshirishga yo„naltirilgan texnik-taktik mashqlarning ustuvorligi hisoblanadi. Tahlil va natijalar (Analysis and results). Yuqorida keltirilgan vazifalarni va mashg„ulot yuklamalarini yaxshilash va xozirgi kun talabi asosida mashg„ulotlarni samarali tashkil etish orqali sportchilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini yaxshlilash uchun mavjud imkoniyatlardan faol foydalanish kerak. Xalqaro toifadagi sportchilar bilan mashg„ulotlarni tashkil etish ularni rivojlangan mamlakat sportchilari bilan o„quv-mashqlarni tashkil qilish orqali sportchilarimizni texnik tayyorgarliklarini yaxshilash imkoniyatlarini ko„rib chiqish kerak. Quyidagi 1-rasmda ham ko„rishimiz mumkin tadqiqotdan oldin mashqlar orqali bajariladigan asosiy holatidagi usullarning tadqiqot yakunida 17% samaradorlikga erishilaganini matematik-statistika ko„rsatdi. 10,98 11,99 8,05 9,95 10,53 6,13 9,99 10,55 13,51 14,88 10,09 12,21 11,77 8,07 11,88 12,99 1-mashq 2-mashq 3-mashq 4-mashq 5-mashq 6-mashq 7-mashq 8-mashq Tadqiqot boshida Tadqiqot yakunida
311 1-rasm. Tadqiqot boshida va yakunida tajriba guruhi kurashchilarining mashqlarni o‘sish ko‘rsatkichlari Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda erkin kurash sport turida imkoniyatlarimiz va zaxiramiz yaxshiligini inobatga olgan xolda, sportchilarimizni xalqaro va olimpiya musobaqalarida natijalarni yaxshilashga qaratilgan yangicha uslublarni ko„proq mashg„ulotlarga joriy qilish orqali samaradorlikni oshirish mumkin. Xulosa o„rnida quyidagilarni tavsiya etamiz. 1. Erkin kurashchilarini tayyorlash tizimida ularning maxsus xarakat tayyorgarligini nazorat qilish va baholash bo„yicha ko„plab tadqiqot ishlari o„tkazilgan. Kurashchilarning kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlari darajasi aniqlangan va boshqa harakat tayyorgarligini nazorat qilish uchun pedagogik kuzatuvlar o„tkazilgan. 2. Erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi va o„quv-mashg„ulot jarayonlarini o„rganishga qaratilgan ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahliliga ko„ra zamonaviy sharoitlarda yosh erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini innovatsion uslublar asosida shakllantirishga kuchli extiyoj mavjudligini aniqlashga imkon berdi. ADABIYOTLAR I. Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar 1. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Sport kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida” gi PQ-336-sonli Qarori. 2. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi PQ-5280-son “Sport-taʼlim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi to„g„risida” hamda PQ-5281-son “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo„lib o„tadigan XXXIII yozgi olimpiya va XVII paralimpiya o„yinlariga O„zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to„g„risida”gi Qarori. II. Monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar 3. Aдилoв C.Қ. Эpкин куpaш cпopтчилapининг кoopдинaциoн қoбилиятлapини pивoжлaнтиpиш вa теxник-тaктик ҳapaкaтлapи caмapaдopлигини oшиpиш теxнoлoгияcи/ пед. фaн. бўй. фaл. дoк. (PhD) диc... - Тoшкент: 2020.- Б. 57-69. 4. Abdullaev Ilkhom Khushnudovich. Development of special physicaltraining of greco-roman wrestlers with the help of special simulators / 17th-tech-fest-2023 International Multidisciplinary Conference Hosted from Manchester, England https://conferencea.org 25th August 2023. III. Foydalanilgan boshqa adabiyotlar 5. Кеpимoв Ф.A. - Cпopт куpaши нaзapияcи вa уcулияти. Дapcлик. Т., ЎзДЖТИ, 2005. –340 б.
312 6. Уcмoнxўжaев Т.C., Caлaмoв P.C., Мaткapимoв P.М., Aкбapoвa М. Физичеcкoе и пcиxичеcкoе paзвитие детей/Учебнoе пocoбие. –Тaшкент: Лидеp Пpеcc, 2011. – Б. 36-37.