scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSOBAQA FAOLIYATI ASOSIDA BERILGAN YUKLAMA VA USLUBLARNI TAKOMILLASHTIRISH

Umarov Qaxxorjon

Abstract

Maqolada musobaqa faoliyati asosida berilgan yuklama va uslublarni rejalashtirish ta'sirida bokschilarning mashg‘ulot samaradorligini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar yoritilgan.

Full text

341 MUSOBAQA FAOLIYATI ASOSIDA BERILGAN YUKLAMA VA USLUBLARNI TAKOMILLASHTIRISH Umarov Qaxxorjon, Oriental universiteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi v.b. professori, p.f.b.f.d (Phd) (90) 912 11 70 [email protected] Annotatsiya Maqolada musobaqa faoliyati asosida berilgan yuklama va uslublarni rejalashtirish ta'sirida bokschilarning mashg„ulot samaradorligini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar yoritilgan. Kalit so‘zlar: Yosh bokschilar, mashg'ulot, yuklama va uslub. Annotation The article highlights topical issues aimed at improving the efficiency of boxers' training under the influence of load and planning methods, data based on competitive activity. Кеу words: Young boxers, training, load and methods. Dolzarbligi: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev jismoniy tarbiya va sport ishlariga e'tiborni kuchaytirishni ko'zda tutib, “inson o'zining salomatligi haqida shaxsan g'amxo'rlik qilib borish madaniyatini yoshligidan oilada, maktabda, mahallada, jismoniy tarbiya va sport ko'magida singdirishi kerak”, - deydi. Bokschilarimiz jahon sport maydonlarida muhim g'alabalarni qo'lgakiritib qelmokda. Ammo erishilgan yuksak o'rinlarni saqlab qolish hamda kelgusida yanada rivojlantirish uchun trenirovka jarayonini takomillashtirishga karatilgan tadqiqotlarni davom ettirish zarur bo'ladi. Yuqorida bildirilgan fikrlar shuningdek, bokschilar va zahira tayyorgarligini takomillashtirishning yangi mashg'ulot yuklamalarini oqilona rejalashtirish, nazorat qilish muammosini hal etish bilan bog'liq. Tadqiqot maqsadi: Bokschilar musobaqa faoliyati asosida mashg'ulot yuklamalari vosita va uslublarining rejalashtirish ta'sirida bokschilarning mashg'ulot samaradorligini oshirish. Tadqiqot vazifasi: Bokschilarning mavjud o'quv - mashg'ulotlar rejalari turlarini umumlashtirish. Oldinga qo'yilgan vazifalarni xal etish uchun quyidagi uslublardan foydalanildi: Ilmiy-uslubiy adabiyotlar taxlili, pedagogik tadqitqot,test mashqlarini o'tkazish, matematik statistik uslublardan iborat. Tadqiqot ob'ekti va uni tashkil qilish. Tadqiqot o'tqazish joyi – Respublika Olimpiya zahiralari kolleji sport zali. Tadqiqotda kollejning – 44ta talabalari qatnashdi (22ta nazorat, 22ta tadqiqot). Kollej boks jamoasining musobaqa faoliyati pedagogik kuzatish 2021 yil oktyabrdan, 2022 yilning mayga qadar mavsum davomida olib borildi. 342 Bizning kuzatishlarimiz yillik tayyorgarlik bosqichlarining talabalaridan kelib chiqqan holda xaftalik mikrotsikllar uchun quyidagi maqsadli vazifalarni belgilashga imkon berdi. Yillik sikl tuzilmalarida yuklamalarni rejalashtirish kolledj sportchilar tayyorlashni rejalashtirish strategiyasi asosida amalga oshiriladi. I-guruh sportchilarining tayyorgarlik ko'rsatkichlari uchun o'rtacha qiymatlarning qiyosiy ma'lumotlari va ularning statistik tavsiflari. Tajriba boshida: Turnikda 10 marta tortilishi vaqti (s) 12,21± 0,36, Tayyorgarlik harakatlari samaradorligi Sth 0,38±0.7, Hujum samaradorligi S'huj 0,53±0,08. Hujum oraligi I huj (s) 40,7±5.5, Urtacha baho texnik harakat uchun 0,98±0,18, Hujum darajasi XV huj 0,52±0,19, Ximoya samaradorligi S him 0,42±0,099, Hujum impul`si pk 1,42±0,49, Maxsus chidamlilik koeffitsenti MCHK 138,8 ±6,2 ko'rsatgan bo'lsa. Tajriba oxirida: Turnikda 10 marta tortilishi vaqti (s) 10,2 ±0,47, Tayyorgarlik harakatlari samaradorligi Sth esa 0,75±0,09, Hujum samaradorligi S'huj 0,73±0,1, Hujum oraligi I huj (s) 28,3±7,9, Urtacha baho texnik harakat uchun 1,3±0,35, Hujum darajasi XV huj 0,99±0,36, Ximoya samaradorligi S him 0,62±0,1, Hujum impul`si pk 1,92±0,95, Maxsus chidamlilik koeffitsenti MCHK 157,3 ±6,5. II-guruh sportchilarining tayyorgarlik ko'rsatkichlari uchun o'rtacha qiymatlarning qiyosiy ma'lumotlari va ularning statistik tavsiflari. Tajriba boshida: Turnikda 10 marta tortilishi vaqti (s) 23,5±41, O'z vazniga mos sherigini ko'tarish (marta) YU,0±1,1, Arqopga tirmashib chiqish (marta) 4,2±0,6, Tayyorgarlik harakatlari samaradorligi Sth 0,4±0,08, Hujum samaradorligi S'hul 0,4±0,07, Hujum oralig'i I huj (s) 47,6 ± 5,6, Urtacha baho texnik harakat uchun 0,98±0,11, Hujum darajasi XV huj 0,48±0,08, Himoya samaradorligi S him 0,45±0,08, Hujum impul`si pk, 133,5±0,47, Maxsus chidamlilik koeffitsenti MCHK 139,5 ±5,04, Tajriba oxirida: Turnikda 10 marta tortilishi vaqti (s) 30,9±3,92, O'z vazniga mos sherigini ko'tarish (marta) 17,1±2,2, Arqopga tirmashib chiqish (marta) 5,25±0,6 Tayyorgarlik harakatlari samaradorligi Sth 0,62±0,06, Hujum samaradorligi S'hul 0,74 ± 0,08, Hujum oralig'i I huj (s) 30,1±7,2, Urtacha baho texnik harakat uchun 1,34± 0,26, Hujum darajasi XV huj 0,90±0,14, Himoya samaradorligi S him 0,64±0,08, Hujum impul`si pk,1,75±0,72, Maxsus chidamlilik koeffitsenti MCHK 156±7,6ko'rsatganini ko'rishimiz mumkin. Tayyorgarlikning turli tomonlari ko'rsatkichlarining bir-biri o'rtasidagi va qo'llanilayotgan yuklamalar parametrlari o'tasidagi o'zaro bogliqlik tuzilmasini tahlil qilish maqsadida biz ma'lumotlarning korrelatsiya tahlilini o'tkazdik. Korrelatsiya koefitsientlarini hisoblash uchun «Windows-Yexse1» komp`yuter dasturi qo'llanildi. Biz ushbu dastur uchun ma'lumotlarning avtomatlashtirilgan holda kiritilishini ishlab chiqdik. Jadvallarda yuklamalar parametrlari va uchta guruh bokschilari tayyorgarligining turli tomonlari ko'rsatkichlari o'rtasidagi korrelatsiya koefitsientlari qiymatlarining matritsasi keltirilgan. Yuklamalar parametrlari va bokschilar tayyorgarligining turli tomonlari ko'rsatkichlari o'rtasidagi tuzilmaviy o'zaro bogliqlikning tahlili shuni ko'rsatadiki, 343 anaerob-alaktat yuklama qo'llanilgandan so'ng tezkor-kuch, umumiy va maxsus tayyorgarlikni ifodalovchi ko'rsatkichlar korrelyatsiya koefitsentlarining yuqori darajadagi qiymatlariga ega. Bu shundan «dalolat beradiki, anaerob alaktot yo'nalishidagi yuklama parametrlarining dinamikasi tezkor-kuch, portlovchan tayyorgarlik ko'rsatkichlari dinamikasi bilan o'zaro chambarchas bog'liq. XULOSA Yuqorida bildirilgan fikrlardan xulosa qilib aytish mumkinki, yuksak malakali: “texnik”, “tezkor-kuch” va “funktsional” guruhlarbokschilarining MF xususiyatlari tadqiqot ishida yuklamalarni rejalashtirish hamda nazorat qilish usuliyatini ishlab chiqishning asosiy sharti edi. Yuqorida aytib o'tilgan guruhlar bokschilarining MF ni olib borish xususiyatlari MF ko'rsatkichlarining turli darajasi hamda ularning tayyorgarligida qo'llaniladigan o'quv-mashg'ulot yuklamalari hususiyati bilan tushuntiriladi. Kollej bokschilar tomonidan qo'llaniladigan yuklamalar tuzilmasini chuqur tekshirish borasida olib borilgan bizning tadqiqotlarimiz yuklamalarni komp`yuter texnalogiyalari yordamida rejalashtirishni qulaylashtirish maqsadida ularni tasniflash hamda tizimlashtirishni amalga oshirishga imkon berdi. Mashg'ulot vazifalari uchun mashqlar belgilab berildi. Tegishli mashg'ulot vazifalari to'plamidan turli maqsadga ega bo'lgan mashgulotlari tuzilmalari aniqlandi. Yuqoridagilar mashg'ulot kunlari, ikki haftalik mikrotsikllar bosqichlar va h.k uchun yuklamalarni rejalashtirish tuzilmasini ishlab chiqishga yordam berdi. ADABIYOTLAR I. Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar 1. SH.M.Mirziyoevni 2021 yil 5 noyabrdagi “O'zbekiston sportchilarini 2024 yil Parij shahri (Fransiya)da bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida”gi Farmoni. https://lex.uz 2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 apreldagi PQ-5099-sonli “Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi” Qarori https://lex.uz II. Foydalanilgan boshqa adabiyotlar 2. Ачилов А.М, Халмухамедов Р.Д., Шин В.Н, Тажибаев.С.С, Ражабов Ғ.Қ. “Ёш боксчиларни тайёрлаш асослари” “Mumtoz so„z” 228 бет. 2012 й. 228 бет. 3. Karimov M.A., Xalmuxamedov R.D., SHamsimatov I.Yu., Tajibayev S.S. “Sport pedagogik maxoratini oshirish” O'quv qo'llanma Toshkent-2011.- 478 bet. 4. Шин В.Н. Построение годичного цикла подготовки боксеров высокой квалификации. Дисс. ... канд. пед. наук.-Т, 2001.- 150 с. 5. Coaches manual. Prepared by: AIBA HQs Office. Coordinator: Adam Kusior, AIBA Coaches Comission Chairman Philip Jun. Date:august 2011, 275 pg. 6. Осколков В.А. Бокс: обучение и тренировка. Учебное пособие. Волгоград, 2003, - 111c. 7. Осколков В.А. Передвижения по рингу – основа технико-тактической подготовки в боксе. Учебное пособие. Волгоград, 2007, - 286 с. 344 8. Bokschilarning sport-pedagogik mahoratini oshirish. Toshkent, 2011. 478 bet. 9. Кисилев А.В. Совершенствование спортивной подготовки высококвалифитсированных боксе. Учебное пособие. ФКиС, М. 2006.-61 с. 10. Қ.А. Умаров. Кикбоксинг атамаларининг изоҳли луғати. Услубий қўлланма. Тошкент.- 2016. -146 б. 11. K.A.Umarov. Annotated dictionary of kickboxing terms. Methodical manual. Tashkent. - 2016. -146 p. 12. Q.A.Umarov. “Sport pedagogik mahoratini oshirish” (kikboks). O„quv qo„llanma. Toshkent-2024 y.-150 bet.