scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INNOVATSION TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA TA'LIM, ILM-FAN VA BOSHQARUV TIZIMI

Mirzaaxmedov Nodirbek

Abstract

Mazkur maqolada ta’lim, ilm-fan va boshqaruvning innovatsion taraqqiyot omili sifatidagi o‘rni yoritilgan. Oliy ta’lim tizimidagi mavjud muammolar, xususan ta’lim mazmunining mehnat bozori talablari bilan nomuvofiqligi, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanish darajasi, “soft skills”ning sust shakllanishi tahlil qilingan. Shuningdek, Germaniya, Janubiy Koreya va AQSh tajribasi asosida ta’lim va biznes integratsiyasi mexanizmlari o‘rganilgan. Ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish, universitet-korxona hamkorligini kuchaytirish, kasbiy yo‘naltirish tizimini rivojlantirish va raqamli boshqaruv texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha takliflar berilgan.

Full text

370 INNOVATSION TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA TA’LIM, ILM-FAN VA BOSHQARUV TIZIMI Mirzaaxmedov Nodirbek, Oriental universiteti ”Biznesni boshqarish” kafedrasi dotsenti, i.f.f.d. (PhD) +998(90)902-04-04 Аннотация Mazkur maqolada ta‟lim, ilm-fan va boshqaruvning innovatsion taraqqiyot omili sifatidagi o„rni yoritilgan. Oliy ta‟lim tizimidagi mavjud muammolar, xususan ta‟lim mazmunining mehnat bozori talablari bilan nomuvofiqligi, bitiruvchilarning ish bilan ta‟minlanish darajasi, “soft skills”ning sust shakllanishi tahlil qilingan. Shuningdek, Germaniya, Janubiy Koreya va AQSh tajribasi asosida ta‟lim va biznes integratsiyasi mexanizmlari o„rganilgan. Ta‟lim dasturlarini modernizatsiya qilish, universitetkorxona hamkorligini kuchaytirish, kasbiy yo„naltirish tizimini rivojlantirish va raqamli boshqaruv texnologiyalarini joriy etish bo„yicha takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: ta‟lim, ilm-fan, boshqaruv, innovatsiya, mehnat bozori, soft skills, integratsiya, raqamli texnologiyalar. Abstract This article examines the role of education, science, and management as key drivers of innovative development. It analyzes the current challenges in the higher education system of Uzbekistan, particularly the mismatch between the content of education and labor market requirements, the employment difficulties of graduates, and the underdevelopment of “soft skills.” Furthermore, it reviews international best practices, including Germany‟s dual education system, South Korea‟s universityindustry cooperation, and the U.S. case-study and internship-based learning approaches. The author proposes measures such as modernization of curricula, strengthening university-industry partnerships, developing career guidance systems, and introducing digital management technologies. Keywords: education, science, management, innovation, labor market, soft skills, integration, digital technologies. Zamonaviy dunyoda ilm-fan va ta‟lim nafaqat intellektual taraqqiyot omili, balki biznes rivoji va samarali boshqaruvning poydevori sifatida qaralmoqda. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida bilim kapitali ishlab chiqarish omillari orasida eng muhim resursga aylangan. Jahon banki ma‟lumotlariga ko„ra, rivojlangan mamlakatlarda intellektual kapital yalpi milliy boylikning 60-70 foizini tashkil etadi 156 . Shu sababli, ilm-fan va ta‟limni biznes va boshqaruv tizimlari bilan uyg„unlashtirish barqaror rivojlanishning eng muhim sharti hisoblanadi. 156 World Bank. The Changing Wealth of Nations 2021: Managing Assets for the Future. Washington, DC: World Bank, 2021. 371 O„zbekiston oliy ta‟lim tizimida so„nggi yillarda islohotlar amalga oshirilgan bo„lsa-da, bitiruvchilarning bir qismi mehnat bozorida o„z mutaxassisligi bo„yicha ish topishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Davlat statistika qo„mitasi ma‟lumotlariga ko„ra, bitiruvchilarning 35 foizga yaqini mutaxassisligi bo„yicha ish topishda qiynalmoqda 157 . Bu ko„rsatkich yuqori bo„lib, ta‟lim mazmuni va mehnat bozori talablari o„rtasida sezilarli tafovut mavjudligini ko„rsatadi. O„quv dasturlarining zamonaviy talablar bilan mos emasligi, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikning sustligi, kadrlar tayyorlashda prognozlash mexanizmlarining yetishmasligi, Talabalarda “soft skills”ning sustligi, yani kommunikatsiya, jamoada ishlash, muammolarni hal qilish kabi ko„nikmalar ham mehnat bozorida juda muhim bo„lsa-da, ular ko„p hollarda yetarlicha shakllanmaganligini asosiy sabablardan deb ko„rsatishimiz mumkin. Jahon miqyosida ilg„or oliy ta‟lim muassasalari biznes va boshqaruvni ta‟lim tizimiga chuqur integratsiya qilgan. Xalqaro ta‟limni o „rganish natijasida quyidagi tajribalar e‟tiborni tortadi (1-jadval): - Germaniyada qo„llaniladigan “Dual education system” modeli bo„yicha talaba haftaning bir qismini universitetda, qolgan qismini ishlab chiqarish korxonasida o„qib-o„rganadi. Bu yondashuv natijasida bitiruvchilarning 90% dan ortig„i tezda ishga joylashadi. - Janubiy Koreyada universitetlar va yirik korporatsiyalar (Samsung, Hyundai, LG) o„rtasida mustahkam hamkorlik mavjud bo„lib, talabalar bitiruvdan oldin ishlab chiqarishda amaliy tajriba orttiradi. - AQShda ta‟lim jarayonida “case-study” (amaliy vaziyatlarni tahlil qilish) va “internship” (ishlab chiqarish amaliyoti) keng qo„llaniladi. Bu bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvchanligini oshiradi 158 . 1-jadval Innovatsion ta’lim-boshqaruv modellarining xalqaro taqqoslamasi Mamlakat / Model Xususiyatlari Natija AQSh (Harvard Business School, MIT Sloan) Case-study usuli, real biznes loyihalar, startap inkubatorlar Innovatsion startaplar soni va venchur kapital hajmi ortmoqda Germaniya (Dual System) Talabalar haftaning bir qismini universitetda, qolgan qismini korxonada o„qiydi Bitiruvchilarning ish bilan ta‟minlanish ko„rsatkichi 90% dan yuqori Buyuk Britaniya (Oxbridge modeli) Keng xalqaro hamkorlik, MBA dasturlari Global miqyosda yetakchi boshqaruv kadrlarini tayyorlaydi Janubiy Koreya Davlat va biznes sherikligi orqali Samsung, LG kabi kompaniyalar ta‟lim va ilm157 O„zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo„mitasi. Ta‟lim va mehnat bozori ko„rsatkichlari. Toshkent, 2023. 158 OECD. Education at a Glance 2024. Paris: OECD, 2024. https://www.oecd.org/en/publications/education-at-a-glance-2024_c00cad36-en.html 372 innovatsion ta‟lim fanni bevosita moliyalashtiradi Ta‟lim va mehnat bozori o„rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun, eng avvalo, o„quv dasturlarini modernizatsiya qilish zarur. Chunki ta‟lim mazmuni ko„pincha nazariyaga yo„naltirilgan bo„lib, real iqtisodiyot va mehnat bozorining dolzarb ehtiyojlariga to„liq javob bermaydi. Shu bois, zamonaviy o„quv dasturlari ishlab chiqishda korxonalar, biznes uyushmalari va davlat idoralari bilan hamkorlikni yo„lga qo„yish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali oliy ta‟lim muassasalari bitiruvchilari o„z mutaxassisliklariga mos holda amaliy bilim va ko„nikmalarga ega bo„lishlari ta‟minlanadi. Shu bilan birga, universitet va korxonalar o„rtasida integratsiyani kuchaytirish ham samarali yechimlardan biridir. Qo„shma laboratoriyalar, startap inkubatorlari va amaliyot markazlari tashkil etilishi, bir tomondan, talabalarni amaliy muhitga tayyorlasa, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish korxonalariga ilmiy izlanishlar natijalarini tezkor joriy etishga yordam beradi. Xalqaro tajribada bu kabi hamkorlik shakllari bitiruvchilarning ish bilan ta‟minlanish darajasini sezilarli oshirishi isbotlangan. Kasbiy yo„naltirish tizimini rivojlantirish ham muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki ko„plab talabalar o„z qiziqishlari va mehnat bozoridagi real talab o„rtasida to„g„ri qaror qabul qilishda qiynaladi. Shunday sharoitda universitetlarda kasbiy maslahat markazlarini tashkil etish, psixologik testlar asosida yo„naltirish mexanizmlarini ishlab chiqish, yoshlarning mehnat bozoriga moslashuvchanligini oshiradi. Zamonaviy mehnat bozorida nafaqat kasbiy bilim, balki kommunikatsiya qobiliyati, jamoada ishlash, liderlik, muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlash kabi ko„nikmalar ham juda katta ahamiyatga ega. Shu sababli ta‟lim dasturlariga maxsus fanlar, treninglar va interaktiv mashg„ulotlarni kiritish zarur. Bu esa yana bir e‟tibor qaratilishi zarur bo„lgan yo„nalishlardan biridir. Bundan tashqari, ta‟lim va mehnat bozori o„rtasidagi uzviylikni ta‟minlash uchun prognozlash tizimini kuchaytirish ham muhimdir. Bu jarayonda mehnat bozori tendensiyalarini muntazam tahlil qilish, kelgusidagi kadrlar ehtiyojini ilmiy asosda prognoz qilish va o„quv rejalari hamda qabul parametrlarini shu asosda shakllantirish talab etiladi. Shunda oliy ta‟lim muassasalari real ehtiyojdan kelib chiqib kadrlar tayyorlaydi va ortiqcha mutaxassisliklar bo„yicha nomutanosiblik bartaraf etiladi. Umuman olganda, oliy ta‟lim muassasalari va biznes strukturalar o„rtasida innovatsion hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish, korporativ boshqaruvda big data, sun‟iy intellekt va raqamli tahlil vositalaridan foydalanish darajasini oshirish, ishlab chiqarish tashkilotlarining boshqaruv tizimini ilmiy tahlil va zamonaviy boshqaruv metodologiyalari asosida tashkil qilish, ta‟lim dasturlarini modernizatsiya qilish, universitet va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish, kasbiy yo„naltirish tizimini rivojlantirish, soft skillsni shakllantirish va prognozlash tizimini takomillashtirish kabi chora-tadbirlar o„zaro uyg„un holda amalga oshirilsa, nafaqat ta‟lim tizimining samaradorligi, balki mamlakat mehnat bozorining barqarorligi ham ta‟minlanadi. 373 XXI asrda ilm-fan va ta‟lim tizimi nafaqat intellektual taraqqiyotning asosi, balki iqtisodiy barqarorlik, biznes rivoji va samarali boshqaruvning muhim omilidir. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida bilim kapitali ishlab chiqarishning eng muhim resursiga aylanmoqda. Shu sababli, ta‟lim va ilm-fanni biznes hamda boshqaruv bilan uyg„unlashtirish dolzarb vazifadir. Oliy ta‟lim dasturlarini real biznes ehtiyojlariga moslashtirish bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan biridir. Bu nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko„nikmalarni ham shakllantirishni talab qiladi. Shuningdek, talabalarda strategik boshqaruv, loyihalarni boshqarish va liderlik kompetensiyalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Universitet va biznes o„rtasidagi integratsiyani kuchaytirish orqali texnoparklar, startap markazlari va innovatsion klasterlar tashkil etilishi, ilmiy izlanishlar natijalarini amaliyotga tatbiq etishda samarali vosita bo„lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, korporativ boshqaruvda raqamli texnologiyalarni (Big Data, sun‟iy intellekt, blokcheyn) joriy etish jarayonlari samaradorlikni oshiradi va boshqaruv sifatini yaxshilaydi (2-jadval) 159 . 2-jadval Ta’lim-boshqaruv ko‘rsatkichlarining davlatlar bo‘yicha solishtirma tahlili Mamlakat Biznesga mos ta’lim dasturlari Strategik boshqaruv va liderlik ta’limi Universitetbiznes integratsiyasi Raqamli boshqaruv texnologiyalari AQSh 90% 95% 92% 93% Germaniya 85% 80% 90% 87% Janubiy Koreya 80% 85% 88% 90% O‘zbekiston 60% 55% 50% 45% Umuman olganda, oliy ta‟lim dasturlarining biznes ehtiyojlariga moslashuvi, strategik va boshqaruviy kompetensiyalarning rivojlanishi, universitet-biznes integratsiyasi hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish mamlakatning intellektual salohiyati va iqtisodiy barqarorligini oshirishga xizmat qiladi. Xalqaro tajribaga asoslangan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali O„zbekiston mehnat bozori va ta‟lim tizimi o„rtasidagi tafovutni kamaytirishi mumkin. Zamonaviy ta‟lim tizimining asosiy vazifalaridan biri oliy ta‟lim dasturlarini real biznes ehtiyojlariga moslashtirishdir. Chunki global iqtisodiy jarayonlarda inson kapitali asosiy resursga aylanmoqda va korxonalarning raqobatbardoshligi ko„pincha xodimlarning bilim va ko„nikmalariga bog„liq. Shunday sharoitda ta‟lim dasturlarini ishlab chiqishda nafaqat akademik mezonlar, balki ishlab chiqarish korxonalari, 159 UNESCO. Global Education Monitoring Report 2022. Paris: UNESCO Publishing, 2022. https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000381329 374 biznes uyushmalari va davlat organlarining talablarini ham inobatga olish zarur. Bu, o„z navbatida, bitiruvchilarning mehnat bozoriga tezroq moslashishini ta‟minlaydi. Talabalarda strategik boshqaruv, loyihalarni boshqarish va liderlik kompetensiyalarini shakllantirish ham ta‟lim tizimi oldida turgan muhim vazifalardandir. Chunki zamonaviy menejer nafaqat texnik bilimlarga, balki qaror qabul qilish, inson resurslarini boshqarish, moliyaviy va strategik rejalashtirish ko„nikmalariga ega bo„lishi talab qilinadi. Bu borada dunyo universitetlarida keng qo„llaniladigan MBA (Master of Business Administration) dasturlari, case-study usullari, interaktiv treninglar va amaliy loyihalar samarali natija bermoqda. O„zbekiston oliy ta‟lim tizimida ham ana shunday innovatsion pedagogik metodlarni keng tatbiq etish talab etiladi. Universitet va biznes o„rtasidagi integratsiyani kuchaytirish ham dolzarb masalalardan biri bo„lib, texnoparklar, startap markazlari va innovatsion klasterlar tashkil etilishi bu yo„lda muhim qadamdir. Jahon tajribasi shuni ko„rsatadiki, ta‟lim va biznes o„rtasidagi bevosita hamkorlik nafaqat talabalar uchun amaliyot imkoniyatlarini yaratadi, balki ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga ham yordam beradi. Masalan, Janubiy Koreya, AQSh va Germaniya tajribasida universitetlar huzuridagi texnoparklar milliy innovatsion tizimning ajralmas bo„g„ini sifatida faoliyat yuritmoqda. Yana bir muhim vazifa korporativ boshqaruvda raqamli texnologiyalarni joriy qilishdir. Sun‟iy intellekt, Big Data, blokcheyn va raqamli tahlil vositalari yordamida boshqaruv jarayonlari samaradorligini oshirish butun dunyoda asosiy tendensiyaga aylanmoqda. O„zbekiston sharoitida ham raqamli transformatsiyani ta‟lim tizimidan boshlab joriy etish, talabalarga zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini o„rgatish hamda korxonalarda elektron boshqaruv tizimlarini rivojlantirish dolzarbdir. Umuman olganda, oliy ta‟lim dasturlarining biznes ehtiyojlariga moslashuvi, talabalarda strategik va boshqaruviy kompetensiyalarni shakllantirish, universitetbiznes integratsiyasini kuchaytirish va raqamli texnologiyalarni korporativ boshqaruvga joriy etish mamlakatning intellektual salohiyati va iqtisodiy barqarorligini oshirishga xizmat qiladi. Ta‟lim va mehnat bozori o„rtasidagi nomuvofiqlik mamlakatning iqtisodiy samaradorligiga salbiy ta‟sir qiladi. Muammoni hal etish uchun ta‟lim jarayonini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirish hamda xalqaro tajribani tatbiq etish zarur. Bu jarayon amalga oshirilsa, oliy ta‟lim bitiruvchilarining ish bilan ta‟minlanish ko„rsatkichlari keskin oshadi va mehnat bozorida malakali kadrlar tanqisligi kamayadi. ADABIYOTLAR 1. World Bank. The Changing Wealth of Nations 2021: Managing Assets for the Future. Washington, DC: World Bank, 2021. 2. O„zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo„mitasi. Ta’lim va mehnat bozori ko‘rsatkichlari. Toshkent: Davstatqo„m, 2023. 3. O„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. Yillik ilmiy hisobot. Toshkent, 2022. 375 4. O„zbekiston Respublikasining 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan fan va innovatsiyalar bo‘yicha Milliy ma’ruzasi. – Toshkent, 2021 yil. 5. OECD. Education at a Glance 2024: OECD Indicators. Paris: OECD Publishing, 2024. 6. UNESCO. Global Education Monitoring Report 2022. Paris: UNESCO Publishing, 2022. 7. Abduraxmonov Q.X., Shoyusupova N.T. Aholini ish bilan bandligi. O‟quv qo‟llanma. – T.: 2011. - 291 b. 8. Xolmo‟minov Sh.R., Xolmurodov S.E. Mehnat bozori iqtisodiyoti. O‟quv qo‟llanma. – T.: 2013. - 228 b. 9. Harvard Business School. Case Study Method in Business Education. Boston, 2020. 10. German Federal Ministry of Education and Research (BMBF). The Dual System of Vocational Education in Germany. Berlin, 2019. 11. Alimov A.A. “Совершенствование процесса подготовки будущих преподавателей специальных дисциплин.” Europeanresearch 8 2015. 12. Gʻafurova, Sh. (2024). Oliy ta'lim sohasida sifat menejmenti va uning xususiyatlari. Iqtisodiyot va taʼlim, 25(1), 274-281. 13. Rasulov, A. H. O‘zbekiston sharoitida bilim iqtisodiyoti va innovatsion rivojlanish. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2020. 14. Xolmo„minov Sh.R. Mehnat bozori iqtisodiyoti. O„quv qo„llanma. – T.: O„zbekiston yozuvchilar uyushmasm adabiyot jamg„armasi nashriyoti, 2004. – 144