scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XORAZM VILOYATIDA MAVJUD MAHALLIY SABZAVOT VA MEVALARNING GEPATOPROTEKTIV XUSUSIYATLARI

Omonova Dilnura Ulug'bek qizi; Xo'janiyazova Dildora Zokirovna; Qurbonova Nilufar Po'latovna

Abstract

So‘nggi yillarda surunkali jigar kasalliklari, xususan gepatit va yog‘li gepatoz bilan og‘rigan bemorlar soni ortib bormoqda. Dori vositalarining uzoq muddat qo‘llanilishi ko‘pincha yon ta’sirlarni keltirib chiqarishi sababli, xavfsiz va samarali tabiiy muqobillarga ehtiyoj ortmoqda. Shu nuqtai nazardan, Xorazm viloyatida keng tarqalgan va biologik faol moddalarga boy bo‘lgan mahalliy sabzavot va mevalarning gepatoprotektiv xususiyatlarini o‘rganish jigar kasalliklarini oldini olish va kompleks davolashda katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 12 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com XORAZM VILOYATIDA MAVJUD MAHALLIY SABZAVOT VA MEVALARNING GEPATOPROTEKTIV XUSUSIYATLARI Omonova Dilnura Ulug‘bek qizi Xo‘janiyazova Dildora Zokirovna Qurbonova Nilufar Po‘latovna Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Tadqiqotning dolzarbligi. So‘nggi yillarda surunkali jigar kasalliklari, xususan gepatit va yog‘li gepatoz bilan og‘rigan bemorlar soni ortib bormoqda. Dori vositalarining uzoq muddat qo‘llanilishi ko‘pincha yon ta’sirlarni keltirib chiqarishi sababli, xavfsiz va samarali tabiiy muqobillarga ehtiyoj ortmoqda. Shu nuqtai nazardan, Xorazm viloyatida keng tarqalgan va biologik faol moddalarga boy bo‘lgan mahalliy sabzavot va mevalarning gepatoprotektiv xususiyatlarini o‘rganish jigar kasalliklarini oldini olish va kompleks davolashda katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida keng tarqalgan mahalliy sabzavot va mevalarning tarkibidagi biologik faol moddalarning gepatoprotektiv xususiyatlarini aniqlash hamda ularni surunkali jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarning dietoterapiyasiga qo‘shish samaradorligini baholashdan iborat. Materiallar va usullar. Tadqiqot Xorazm viloyatida yetishtiriladigan qovun, tarvuz, anor, sabzi, qovoq va uzum mahsulotlari asosida olib borildi. Ularning tarkibidagi karotinoidlar, polifenollar, flavonoidlar, C va E vitaminlari spektrofotometr usuli yordamida aniqlandi. Klinik kuzatuvga 42 nafar surunkali gepatit tashxisi qo‘yilgan bemor jalb qilinib, 8 hafta davomida dietaga ushbu mahsulotlar qo‘shib berildi. Jigar funksiyasi ALT, AST va bilirubin darajalari orqali baholandi. Natijalar. Tadqiqot davomida Xorazm viloyatida keng yetishtiriladigan sabzavot va mevalarning tarkibida biologik faol moddalarning yuqori darajada mavjudligi aniqlandi. Jumladan, sabzi va qovoqda bеta-karotin, anor va uzumda polifenollar, qovun va tarvuzda esa likopin moddasi ko‘p miqdorda qayd etildi. Bu moddalar antioksidant faollik ko‘rsatib, jigar hujayralarini oksidlanish stressidan himoya qilish xususiyatiga ega ekanligi kuzatildi. Klinik kuzatuvlarda ushbu mahsulotlarni dietoterapiyaga qo‘shgan asosiy guruh bemorlarida 8 hafta davomida ALT darajasi 18,6% ga, AST darajasi 15,4% ga, bilirubin esa 12,3% ga kamaygani qayd etildi (p<0,05). Subyektiv ko‘rsatkichlarda esa umumiy holat yaxshilanishi, charchoq va psixoemotsional zo‘riqish darajasining kamayishi aniqlandi. Nazorat guruhida esa statistik ahamiyatli o‘zgarishlar qayd etilmadi. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 09, 2025 13 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com Xulosa. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Xorazm viloyatida keng yetishtiriladigan sabzavot va mevalar tarkibida biologik faol moddalar (beta-karotin, polifenollar, likopin va boshqalar) yuqori darajada mavjud bo‘lib, ular tabiiy gepatoprotektorlik xususiyatiga ega. Ushbu mahsulotlarni dietoterapiyaga qo‘shish jigar funksional ko‘rsatkichlarini yaxshilash, oksidlanish stressini kamaytirish va bemorlarning umumiy holatini barqarorlashtirishda samarali ekanligi aniqlandi. Shunday qilib, mahalliy sabzavot va mevalardan kompleks davolash jarayonida foydalanish surunkali jigar kasalliklari profilaktikasi va davosida ilmiy-amaliy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlar ro‘yxati. 1. European Association for the Study of the Liver. (2017). EASL 2017 Clinical Practice Guidelines on the management of hepatitis B virus infection. Journal of Hepatology, 67(2), 370–398. https://doi.org/10.1016/j.jhep.2017.03.021 2. Chalasani, N., Younossi, Z., Lavine, J. E., Diehl, A. M., Brunt, E. M., Cusi, K., ... & Sanyal, A. J. (2018). The diagnosis and management of non-alcoholic fatty liver disease: Practice guidance from the American Association for the Study of Liver Diseases. Hepatology, 67(1), 328–357. https://doi.org/10.1002/hep.29367 3. Otsuka, T., & Oka, H. (2020). Psychological stress and liver diseases: A comprehensive review. Hepatology Research, 50(5), 627–639. https://doi.org/10.1111/hepr.13497