Full text
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 92 DOI: https://10.5281/zenodo.17341527 XX ASRNING 80-YILLARI O‘RTALARIDA QASHQADARYO VILOYATDA TARIXIY MADANIY YODGORLIKLARNI SAQLASH, MUHOFAZA QILISH VA TA’MIRLASH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN TADBIRLAR Shukurov Tohir Qarshi shahar 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Tarix fani o‘qituvchisi MEASURES IMPLEMENTED ON THE PRESERVATION, PROTECTION AND REPAIR OF HISTORICAL CULTURAL MONUMENTS IN THE KASHKADARYA REGION IN THE MID-80S OF THE 20TH CENTURY Shukurov Tohir Karshi city secondary school No. 10 History teacher “Qayta qurish” siyosati davrida O‘zbekiston SSR va uning tarkibidagi viloyatlarda madaniy-oqartuv muassasalari faoliyati “ko‘zlangandan ortiq” mafkuralashtirildi va asosiy maqsad qilib inqilobiy-siyosiy yo‘nalishdagi “sotsializmning afzalliklari”ni targ‘ib qilish belgilandi. Sovet hokimiyati o‘zining so‘nggi o‘n yilligida e’lon qilgan “qayta qurish” islohotlarini dastlab madaniy sohaga tadbiq etmay, iqtisodiy sohada inqiroz kuchayib, siyosiy jihatdan markaziy hokimiyatning susayib borayotgan obro‘-e’tiborini tiklashga qaratdi. Ya’ni, “qayta qurish” asosan siyosiy sohaga tatbiq qilinishi oqibatida, iqtisodiyot yana avvalgidek siyosiy boshqaruv nazorati ostida qolib ketdi. Bunday siyosat oqibatda sotsialistik iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlarini buzilishiga, uni kommunistik mafkuraning
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 93 iskanjasiga tushirib qo‘yishiga zamin yaratdi. Natijada uzoq yillar davomida siyosatda ilgari surib kelingan “xalq xo‘jaligi bilan ijtimoiy-siyosiy hayot o‘rtasidagi muvozanat” buzilib, davlat va mahalliy boshqaruvda keskin vaziyatning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu holat birinchi navbatda milliy respulikalardagi aholining turmush sharoitini yanada og‘irlashtirib yubordi. M.S.Gorbachyov tomonidan e’lon qilingan iqtisodiy va siyosiy hayotni sotsialistik yo‘nalishda “qayta qurish” islohotlari bir tomondan, iqtisodiy qiyinchiliklar girdobida yashayotgan aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, millliy respublikalardagi partiya tashkilotlari ham joylarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlarni chuqurlashtirish ishlarini asta-sekin paysalga sola boshladi. Ana shu islohotlar davrida madaniy soha, jumladan tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish ishlariga madaniyat tashkilotlari bepisandlik bilan yondashdi. Xususan, kommunistik rejimning tarixiy-madaniy yodgorliklarni saqlash masalasiga bo‘lgan munosabati o‘zgarmadi, yodgorliklarni hisobga olish, muhofaza qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanishdek muhim va murakkab jarayonga e’tiborsizlik bilan qaraldi[1]. Shunday bo‘lsada “qayta qurish” siyosati davomida milliy respublikalardagi ayrim tarixiy-madaniy yodgorliklar mahalliy aholining o‘z mablag‘i (yoki hashar yo‘li bilan) hisobidan, qisman davlat byudjeti mablag‘lari asosida qayta ta’mirlash ishlari olib borildi. Aynan shu davrda Qashqadaryo viloyatining Sharqiy qismida joylashgan mavjud epigrafik me’moriy-yodgorliklari qayta ta’mirlandi. Xususan, Shahrisabzda qad ko‘targan tarixiy me’moriy-yodgorlik majmualaridan – Dor ut tilovat (XIV–XV asrlar), Ko‘k gumbaz masjidi, Shamsiddin Kulol va Gumbazi Sayidon komleks qayta ta’mirlandi. Shamsiddin Kulol va Gumbazi Sayidon me’moriy-yodgorlik majmuasidagi qabrtoshlarining ko‘pchiligi UzNIPI restavratsiya xodimlari tomonidan olib borilgan arxeologik qazuv ishlari natijasida 1980–1990 yillar oralig‘ida topilgan[2]. Mozor va undagi qabrtoshlarning o‘rnashgan joylari tartib raqamlari bilan soddalashtirilgan tarzda ko‘rsatib berilgan. Qashqadaryo viloyati tarixiy-madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish jamiyatining 1986 yil 1-apreldagi hisobotida Qarshi shahrida 1980-1986 yillarda mavjud bo‘lgan quyidagi 13 ta tarixiy yodgorliklar ro‘yhatda keltiriladi: Ko‘kgumbaz
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 94 masjidi (XVI asr), Chaqar masjidi (XVIII asr), O‘zbek hammomi (XVI asr), Qashqadaryo ko‘prigi (XV-XVI asrlar), Charmgar masjidi (XIX asr), Bekmir madrasasi (1905 yil), Qo‘rg‘oncha masjidi (XVIII asr), Xoja Abdullaziz madrasasi (1913 yil), Qilichboy madrasasi (1914 yil), Mahallot masjidi (1911 yil), Sharifboy madrasasi (XVIII asr), Shermuhammadboy madrasasi (XVIII asr) hamda Charmgarlar masjidi (1905 yil) [3]. Shuningdek, ushbu hujjatda 1972-1980 yillarda ro‘yhatga olingan, lekin ayni vaqtda saqlab qolinmagan quyidagi tarixiy yodgorliklar ham keltirilib o‘tilgan. G‘uzor tumanida: G‘uzor beginning uyi, Gulshan madrasasi; Dehqonobod tumanida: Kalta Minor va Sulton Rabod masjidlari; Qarshi tumanida: Charag‘il masjidi, Yuqori Qaraqil masjidi, Fayzi o‘g‘li masjidi, Zoir bobo masjidi, Kat masjidi, Cho‘pkori masjidi, Parg‘uza masjidi, hamda 1977 yilda qayd etib o‘tilgan Parmiton, Arabxona, Yuqori Aral, Chovqay, Xoja Humoyun, Yuqori Xudoydod, Orif Batosh, G‘ubdun, Xoja qishloq, Denov qishloq masjidlari; Koson tumanida: Qalandarxona guzaridagi Juma masjidi, Toshhovli masjidi; Kitob tumanida: Kichik to‘pcha, Yangi qishloq, Jayraxona, Sarosiya, Xusan, Katlos masjidlari; Kitob shahrida: Qarapoya, Registon, Simlik, Yuqori Darboza masjidlari hamda Eski uslubdagi Toshhovli; Shahrisabz tumanidagi: Katta Novqat hamda To‘da Maydon masjidlari; Yakkabog‘ tumanidagi: Bekxo‘dja, Jamol Ota va Kattakon masjidlari[4]. Tarixiy va madaniy meros ob’ektlarini o‘rganish komissiyasining 1977-1980 yillardagi hisobotlarida Qashqadaryo viloyatida joylashgan ammo respublikada davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan va zudlik bilan saqlab qolish zarur deb topilgan quyidagi tarixiy-me’moriy obidalar ham keltirib o‘tilgan: Qarshi shahridagi Shermuhammad madrasasi (1953-1954 yillarda bir qismi buzib tashlangan), Chaqar va Mahallot masjidlari; G‘uzor tumanidagi Avg‘onbob madrasasi, Gulshan masjidi va Obixona masjidi va minorasi; Dehqonobod tumanidagi Oqsaroy qasri; Qamashi tumanidagi Ulanjon ota majmuasi; Qarshi tumanidagi Ergash o‘g‘li masjidi, Haramjo‘y masjidi, Qavali masjidi, Saroy masjidi, Tosh masjid, Xazrati Sulton majmuasi, Xalfa eshon masjidi, Chorgumbaz masjidi, Saxtapiyoz masjidi, Mirmiron masjidi, Gumbaz masjidi, Gulshan masjidi, Qo‘rg‘oncha majmuasi, Quyi Aral masjidi va Chor gumbaz
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 95 masjidlari; Koson tumanida: Xonaqo masjidi, bandi Kupod va Muhiddin ota masjidlari; Shahrisabz tumanida Qorasuv masjidi, Xiroy masjidi, Kelxont masjidi, Qorapoycha masjidi, Chuqul masjidi, Namatak masjidi, Kattanaki masjidi, Qurunsoy masjidi, Qutchi masjidi, Sinabog‘ va G‘ilon masjidlari[5]. Ba’zi tarixiy-me’moriy obidalarning badiiy qiymati mavjud emasligi tufayli mahalliy hokimiyat muhofazasidan chiqarilishi taklif etiladi. Ular quyidagilar: Qarshi tumanidagi Abdusamad bobo masjidi, Ostona bobo masjidi, Yahyoxon eshon masjidi, Xoniyon masjidi, Xo‘ja Guzar masjidi, Fayzobod va Shayx Ali masjidlari; Quyi Beshkent va Shukur bobo masjidlari; Shahrisabz tumanidagi Suvsulton, Amnig‘on, Tepar va Hisorak masjidlari[6] shular jumlasidandir Viloyat hududidagi tarixiy-memoriy obidalarning 1977-1980 yillarda qay holatda ekanligi, foydalanilish darajasi, rekonstruksiya ishlarining qanday darajada olib borilayotganligini ushbu hisobotda quyidagicha keltirib o‘tilgan. Jumladan, Shahrisabz tumani va shahar hududida joylashgan Oqsaroy (avariya holatida, foydalanilmayapti), Chorsu (transport yo‘li o‘tkazish ishlari olib borilmoqda), Ko‘kgumbaz masjidi (Me’mor ta’mirlash jamiyati tomonidan qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda), Jahongir dahmasi (foydalanilmayapti), Hazrati Imom masjidi (foydalanib kelinmoqda), Hammom (foydalanilmoqda), Kunderzan masjidi, Malik Ajdar masjidi (restavratsiya ishlari olib borilmoqda), Xo‘ja Mirhamid honaqosi (qayta tiklangan), Kunchiqar masjidi (qayta tiklangan), Uychilik masjidi (avariya holatida), Eshongar masjidi (og‘ir ahvolda) [7]. Bu holatdan anglash mumkinki mavjud 15 ta tarixiyme’moriy obidalarning faqat 2 tasi qayta tiklangani, 2 tasi xalq tomonidan foydalanib kelinayotganligini, 2 tasida restavratsiya ishlari olib borilayotganligi va 2 tasi qayta ta’mirlanganligini. Qolganlarida mablag‘ yo‘qligi yoki keyingi yillarda rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan degan bahonalar bilan qayta ta’mirlash ishlari ortga surib kelingan. 1980 yili respublikaning shahar va tumanlari markazlarida 2 mingga yaqin jamoatchi targ‘ibotchilarni o‘z safiga birlashtirgan ma’ruzachilar guruhi ham tashkil topdi[8]. Yodgorliklar va tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida maktab o‘quvchilarining ekskursiyalari hamda sayohatlari amalga oshirildi.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 96 O‘zbekiston LKSM MQ bilan birgalikda ishlab chiqilgan 32 ta turistik sayohat marshrutlari respublikadagi 200 dan ortiq eng yaxshi me’moriy obidalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, har yili jamiyatning 10 mingdan ortiq a’zosi mazkur yodgorliklar bilan tanishib chiqdi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Мустафаева Н.А. Мустамлака ва совет даври тарихшунослигида Ўзбекистоннинг XX аср маданияти: Тарих фан.докт.... дис.автореф. –Тошкент, 2016. 2.Аминов Б.Б. Жанубий Ўзбекистон эпиграфик ёдгорликлари тарихий манба сифатида (XV–XX асрлар): Тарих фан.номз. ... дис. – Тошкент, 1998. 3.ҚВДА Ф-533, 1-рўйхат, 254-йиғма жилд, 2-варақ. 4.ҚВДА Ф-533, 1-рўйхат, 254-йиғма жилд, 3,4,5 варақлар. 5.ҚВДА Ф-533, 1-рўйхат, 254-йиғма жилд, 6-7 варақлар. 6.ҚВДА Ф-533, 1-рўйхат, 254-йиғма жилд, 8-варақ. 7.ҚВДА Ф-533, 1-рўйхат, 254-йиғма жилд, 10-варақ. 8.Ўз МА, Р.2296-жамғарма, 5-рўйхат, 570-йиғма жилд, 690-варақ.