BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING "INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI" FANINI O'QITISHGA METODIK TAYYORGARLIGINING KOMPONENTLARI.
Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligi komponentlari tahlil qilingan. Tadqiqotda nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, metodik yondashuvlar, innovatsion va raqamli kompetensiyalar, kommunikativ hamda aksiologik jihatlar, shuningdek, refleksiv amaliyot alohida yoritilgan. Ushbu komponentlarning uyg‘unlashuvi bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyani samarali shakllantirishga va o‘quvchilarda raqamli savodxonlik, algoritmik tafakkur hamda axborot madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 131 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANINI O‘QITISHGA METODIK TAYYORGARLIGINING KOMPONENTLARI. Alikulova B.A O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, mustaqil tadqiqotchi Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligi komponentlari tahlil qilingan. Tadqiqotda nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, metodik yondashuvlar, innovatsion va raqamli kompetensiyalar, kommunikativ hamda aksiologik jihatlar, shuningdek, refleksiv amaliyot alohida yoritilgan. Ushbu komponentlarning uyg‘unlashuvi bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyani samarali shakllantirishga va o‘quvchilarda raqamli savodxonlik, algoritmik tafakkur hamda axborot madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Informatika ta’limi; metodik tayyorgarlik; boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari; raqamli savodxonlik; algoritmik tafakkur; pedagogik kompetensiya; innovatsion texnologiyalar; axborot madaniyati; refleksiv amaliyot; kommunikativ ko‘nikmalar. Abstract This article analyzes the components of methodological preparation of future primary school teachers for teaching the subject “Informatics and Information Technologies”. The study emphasizes theoretical knowledge, practical skills, methodological approaches, innovative and digital competences, communicative and axiological aspects, as well as reflective practice. The integration of these components ensures the effective formation of professional competence in future teachers and contributes to the development of pupils’ digital literacy, algorithmic thinking, and information culture in the conditions of educational digitalization. Keywords: Informatics education; methodological preparation; primary school teachers; digital literacy; algorithmic thinking; pedagogical competence; innovative technologies; information culture; reflective practice; communication skills. Аннотация В статье анализируются компоненты методической подготовки будущих учителей начальных классов к преподаванию предмета «Информатика и информационные технологии». Особое внимание уделяется теоретическим знаниям, практическим умениям, методическим подходам, инновационным и
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 132 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us цифровым компетенциям, коммуникативным и аксиологическим аспектам, а также рефлексивной практике. Интеграция данных компонентов обеспечивает формирование профессиональной компетентности будущих педагогов и способствует развитию цифровой грамотности, алгоритмического мышления и информационной культуры у учащихся в условиях цифровизации образования. Ключевые слова: Обучение информатике; методическая подготовка; учителя начальных классов; цифровая грамотность; алгоритмическое мышление; педагогическая компетентность; инновационные технологии; информационная культура; рефлексивная практика; коммуникативные навыки. Mamalakatimiz rivojlanishi, rivojlangan xorijiy davatlar qatorida bo‘lishi, jamiyatimiz taraqqiyoti, amalga oshirayotgan islohatlar taqdiri ko‘p jihatdan zamon talabiga javob bera oladigan, zamoaviy bilimlar bilan qurollangan yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respulikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi islohatlar uchun fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshlang‘ich ta’limda informatika va axborot texnologiyalari (IAT) fanini samarali o‘qitish uchun o‘qituvchi nafaqat nazariy bilim, balki puxta metodik tayyorgarlikka ham ega bo‘lishi lozim. Metodik tayyorgarlik tizimi turli tarkibiy qismlardan (komponentlardan) iborat bo‘lib, ularning har biri o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. (1-rasm)
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 133 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us 1-rasm. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligining komponentlari. Nazariy-bilimiy komponent. O‘qituvchining informatika fanining ilmiy asoslarini puxta bilishini talab qiladi. Informatika fanining asosiy kategoriyalari (axborot tushunchasi, algoritmlash, dasturlash asoslari, kompyuter arxitekturasi, tarmoq texnologiyalari, axborot xavfsizligi, AKT vositalari) bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘lishini nazarda tutadi. Bu komponent o‘qituvchidan nafaqat fan mazmunini bilishni, balki ularni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga moslashtirish ko‘nikmasini ham talab qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi murakkab ilmiy tushunchalarni oddiy, ko‘rgazmali va yoshga moslashtirilgan shaklda talabalarga yetkaza olishi kerak. Ilmiylik tamoyiliga asoslanib, pedagog o‘z faoliyatida fan-texnika yangiliklarini hisobga olishi lozim. Bu komponentsiz o‘qituvchi faqat tayyor metodik ko‘rsatmalarni takrorlovchi bo‘lib qoladi; chuqur nazariy tayyorgarlik esa unga moslashtirish va ijodkorlik imkonini beradi. Amaliy-ko‘nikmaviy komponent. Nazariy bilimni amaliy faoliyatga tatbiq etish qobiliyati ushbu komponent orqali namoyon bo‘ladi. Informatika darslarini tashkil etishda zamonaviy AKT vositalaridan (multimedia, elektron darsliklar, interaktiv platformalar) foydalanish ko‘nikmalari.Kompyuterda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, multimedia vositalaridan foydalanish, elektron darsliklar va interfaol dasturlarni yaratish, elektron test tizimlari, ta’limiy o‘yinlar, kodlash elementlari bilan ishlashni
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 134 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us bilish. Boshlang‘ich sinflarda informatika o‘qitishda turli dasturlardan (Paint, Word, PowerPoint, Scratch Junior, Logo, test dasturlari) foydalanish. Dars jarayonida o‘quvchilarning mustaqil va jamoaviy ishlarini samarali boshqarish amaliy tayyorgarlikning muhim qismidir. O‘quvchilar sodda algoritmlar tuzadi, grafik obyektlar yaratadi, masalalarni kompyuter yordamida hal qiladi. Amaliy komponent o‘quvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish bilan birga, ularda mustaqil ishlash va masalani yechishga qaratilgan faoliyatni shakllantiradi. Bu komponent o‘qituvchining “bilimdan amaliyotga” o‘tish jarayonini ta’minlaydi. Metodik-mahorat komponenti. Bu komponent o‘qituvchining darsni samarali tashkil etish usullari va strategiyalarini o‘zlashtirganligini ko‘rsatadi. O‘qituvchi IAT fanini o‘qitishda qo‘llaydigan metodlar (suhbat, muammoli vaziyatlar, loyihaviy metod, interfaol usullar) bo‘yicha bilim va mahoratga ega bo‘lishi kerak.Boshlang‘ich yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda darslarni sodda, qiziqarli o‘yinlar, topshiriqlar va (vizual) ko‘rgazmali tashkil etish metodik mahoratni belgilaydi.Bu komponent dars samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik texnologiyalarni (masalan, “klaster”, “aqliy hujum”, “konseptual xarita”, “interfaol testlar”) o‘zlashtirishni ham qamrab oladi. Metodik-mahorat komponenti o‘qituvchini “bilim beruvchi”dan “ta’lim jarayonini tashkil etuvchi”ga aylantiradi. Texnologik-kommunikativ komponent. O‘qituvchining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)dan samarali foydalanish qobiliyatini bildiradi.O‘qituvchi o‘quvchilarga nafaqat kompyuterdan foydalanishni, balki interaktiv doskalar, planshetlar, internet resurslari, elektron pochta, elektron platformalar (Google Classroom, Moodle, Teams), onlayn ta’lim resurslari (Khan Academy, Code.org, pedagog.uz) bilan ishlash madaniyatini ham o‘rgatishi lozim.Texnologikkommunikativ komponent informatika darsini boshqa fanlar bilan integratsiya qilish imkoniyatini beradi. Masalan, matematika, til va tasviriy san’at fanlari bilan bog‘lab, o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va ijodkorlikni rivojlantirish. O‘qituvchi AKT vositalaridan samarali foydalanish orqali darslarni interfaol qiladi, masofaviy ta’lim elementlarini qo‘llaydi, o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish imkoniyatini kengaytiradi. IAT darslari nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarni global axborot makoniga olib kirish, ularda muloqot madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu komponent zamonaviy “raqamli pedagogika” konsepsiyasi bilan uyg‘unlashgan bo‘lib, raqamli kompetensiyani kasbiy tayyorgarlikning ajralmas qismi sifatida belgilaydi. Innovatsion-tadqiqot komponenti. Zamonaviy o‘qituvchi faqat tayyor bilim beruvchi emas, balki innovatsion yondashuvlarni tadbiq etuvchi ijodkor bo‘lishi kerak.Bu komponent o‘qituvchining o‘z darslarini tahlil qilish, pedagogik tajriba almashish, yangi metodikalar ishlab chiqish va ularni joriy etishga tayyorligini
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 135 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us ifodalaydi.Pedagogik innovatsiyalar: masalan, gamifikatsiya, STEAM, robototexnika elementlarini boshlang‘ich ta’limga integratsiya qilish. Ilmiy-tadqiqot faoliyati metodik tayyorgarlikning muhim bo‘lagi bo‘lib, u o‘qituvchiga o‘z faoliyatini muntazam rivojlantirish imkonini beradi [4]. Aks ettirish (refleksiv) (o‘z faoliyatini tahlil qilish) komponenti. O‘qituvchi o‘zining metodik faoliyatini tahlil qilish, kamchilik va yutuqlarini baholash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Refleksiya orqali o‘qituvchi darslarni takomillashtirish, yangi usullarni sinab ko‘rish va samaradorlikni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shaxsiy rivojlanish: refleksiya orqali o‘qituvchi tajribadan saboq oladi, o‘z faoliyatini yangilaydi, professional o‘sishga intiladi. Bu komponent kasbiy rivojlanishning doimiyligini ta’minlaydi. Refleksiv komponent o‘qituvchini muntazam o‘z ustida ishlashga undaydi va ularning metodik tayyorgarligini barqaror rivojlantiradi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining IAT fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligi - ko‘p qirrali tizim bo‘lib, nazariy-bilimiy, amaliy-ko‘nikmaviy, metodikmahorat, texnologik-kommunikativ, innovatsion-tadqiqot va refleksiv komponentlarning uyg‘unlashuvi orqali shakllanadi. Har bir komponent bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda yagona tizim sifatida amal qiladi. Komponentlarning uyg‘unligi o‘qituvchini nafaqat malakali mutaxassis, balki raqamli ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi. Natijada, tayyorgarligi mukammal bo‘lgan o‘qituvchi informatika fanini nafaqat samarali o‘qitadi, balki o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodkorlikni shakllantirishga va axborot madaniyatini ham rivojlantirishga xizmat qiladi. Xulosa: Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik tayyorgarlik - bu faqatgina informatika fanining nazariy va amaliy jihatlarini o‘zlashtirish emas, balki innovatsion texnologiyalar, pedagogik qadriyatlar va kommunikativ madaniyatni uyg‘unlashtirgan kompleks jarayon hisoblanadi. FOYDALAILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida” PF-5847-son Farmoni 2. Антипов, И. Н. Методика преподавания информатики в начальной школе. – Москва: Академия, 2017. 3. Аликулова, Б. 2024. Коэффективность преподавания предмета «Информатика и информационные технологии» в начальных классах. Зарубежная лингвистика и лингводидактика. 2, 3 (май 2024), 226–232. DOI:https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss3-pp226-232.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 136 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us 4. Begimqulov, U. Sh. Ta’limni axborotlashtirish jarayonida pedagog kadrlarni tayyorlash. – Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2018. 5. Taylaqov, N. I. Informatika ta’limida pedagogik texnologiyalar. – Buxoro: BuxDU nashriyoti, 2020. 6. Добудько, Т. В. Подготовка учителей начальных классов к преподаванию информатики. – Екатеринбург: УрФУ, 2019. 7. Лапчик, М. П., Семёнов, А. Л., Роберт, И. В. Методика преподавания информатики. – Москва: БИНОМ, 2018. 8. Горвиц, Ю. М. Информатика в начальной школе: учебно-методическое пособие. – Санкт-Петербург: Питер, 2016. 9. Хуторской, А. В. Педагогическая инноватика. – Москва: Академия, 2020. 10. www.google.com 11. www.pedagogika.uz