scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAHALLIY O'SIMLIK XOMASHYOLARI ASOSIDA OLINGAN O'T HAYDOVCHI YIG'MA TARKIBIDAGI SUVDA ERIYDIGAN VITAMINLARNI O'RGANISHGA DOIR

Umarxonov X.V; Mullajonova M.T.

Full text

427 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz MAHALLIY O’SIMLIK XOMASHYOLARI ASOSIDA OLINGAN O’T HAYDOVCHI YIG’MA TARKIBIDAGI SUVDA ERIYDIGAN VITAMINLARNI O’RGANISHGA DOIR Umarxonov X.V. Mullajonova M.T. Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17341816 Dolzarbligi: vitaminlar tanada yetarli bo‘lmasa, moddalar almashinuvi (metabolizm) buzilishiga, jismoniy va aqliy faoliyatning susayishiga, hamda tez charchashga olib keladi. Shuningdek, vitamin yetishmovchiligi immun tizimini zaiflashtirib, organizmni kasallik keltiruvchi omillarga nisbatan himoyasiz holatga keltiradi. Natijada turli kasalliklarga, xususan, surunkali va patologik holatlarga moyillik ortadi. Vitaminlar organizmdagi ko‘plab metabolik jarayonlarda ishtirok etgani sababli, ularni kasalliklarning oldini olish va davolashda qo‘llash muhimdir. Ular boshqa davo vositalarining samaradorligini oshirish, ularning ta’sirini kuchaytirish yoki to‘ldirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Asosan, vitaminlar metabolik jarayonlarni me’yorga solishda katta ahamiyatga ega. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy o‘simlik xomashyolari asosidagi o‘t haydovchi yig‘maning suvda eriydigan vitaminlarini aniqlash. Usul va uslublar: tadqiqot ob’ekti sifatida mahalliy o‘simlik xomashyolari asosida o‘t haydovchi yig‘madan foydalanildi. Tahlil “Dorivor o‘simlik xom ashyosi va dorivor o‘simlik preparatlaridan namuna olish” ko‘rsatmalariga muvofiq tanlangan xom ashyoning o‘rtacha namunalari bo‘yicha o‘tkazildi. Vitaminlarni aniqlash gradient nasosli, termostatik kolonka va o‘zgaruvchan to‘lqin uzunligiga ega. UB detektorlari bilan jihozlangan Shimadzu HPLC-10 VP xromatografida yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida amalga oshirildi. Xromatografiya shartlari: ➢ zarracha o‘lchami 5 mkm bo‘lgan Zorbax Eclipse sorbenti bilan to‘ldirilgan Hypersil ODS C18 4.6 x 150 mm li kolonka; ➢ UB detektorining to‘lqin uzunligi270 nm; ➢ Termostat kolonkasining harorati 35oС, elyuent oqimi tezligi 1.0 ml/daq, kiritilgan namunaning hajmi 20 mkl, xromatografiyalash davomiyligi 18 daqiqa. Tahlil gradientli elyuasiyalash rejimida amalga oshirildi. Qo‘zg’aluvchan faza sifatida ikki komponentli eluent tizimidan foydalanilgan: pH qiymati trimetilamin bilan 3.0 ga keltirilgan 4 mmol/l natriy 1-geksansulfon (A eritmasi), metanol (B eritmasi). jadval Mahalliy o‘simlik xomashyolari asosidagi o‘t haydovchi yig‘ma tarkibidagi suvda eriydigan vitaminlar tarkibi Aniqlangan vitaminlar Miqdori, mg/100ml B6 30.927 B9 4,568 PP 6,721 C 43,478 B2 0,854 428 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz B12 5,257 Natijalar: jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yig‘ma tarkibida C, B6, PP, B12, B9 va B2 vitaminlar borligi aniqlandi. Xulosalar: Olib borilgan tadqiqotlar natijasida o’simlik xomashyosi tarkibida oqsil, lipidlar va uglevodlarni metabolizmi va o‘zlashtirilishida organizm uchun muhim ahamiyatga ega C, B6, PP, B12, B9 va B2 vitaminlari borligi aniqlandi. Ulardan vitamin C miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi, ularning yetishmasligi tez-tez shamollash, charchoq, holsizlik, terining qurishi, yara va chandiqlarning sekin bitishiga olib kelishi mumkin.