scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ONA TILI (O'ZBEK TILI)NI O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM METODLARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Mamarasulova Gulshoda Bekmirza qizi

Abstract

Bugungi kunda maktab o‘quvchilarining yozma savodxonligini shakllantirishda imlo qoidalarini o‘zlashtirish borasida qator muammolar kuzatilmoqda. An’anaviy, yodlashga asoslangan yondashuvlar ko‘p hollarda kutilgan natijani bermayapti. Bu holat o‘quvchilarning nafaqat imloviy saviyasiga, balki ularning yozma nutq madaniyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday sharoitda diqqat, tahliliy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish kabi kognitiv ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi metodlarga ehtiyoj kuchaymoqda.Ushbu maqolada imlo o‘rgatish jarayonini samarali tashkil etishda kakografiya usuli – ya’ni ataylab imloviy xatolar kiritilgan matnlar asosida tuzilgan mashqlar yordamida o‘quvchilarga imlo qoidalarini o‘rgatish yondashuvi tahlil etiladi. Pedagogik tajribalar va amaliy kuzatuvlarga tayanilgan holda metodning nazariy asoslari va qo‘llanilish mexanizmlari yoritiladi.Kakografiya o‘quvchilarni faqatgina to‘g‘ri yozishga emas, balki xatoni ko‘rish, tahlil qilish va tuzatish orqali o‘rganishga undaydi. Bu esa imlo qoidalarining mohiyatini chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur metod o‘quvchilarda e’tibor, mas’uliyat hissi va analitik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Amaliy mashg‘ulotlar natijalari kakografiya usulining yozma savodxonlikni oshirishda yuqori samaradorlikka ega ekanini ko‘rsatmoqda.Ushbu metod an’anaviy yodlashga asoslangan yondashuvlarga samarali alternativ bo‘lib, dars jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularni o‘z ustida ishlashga undaydi hamda sifatli natijalarga olib keladi. Kakografiyani ta’lim jarayoniga tizimli va maqsadli joriy etish imloviy savodxonlikni rivojlantirishda muhim metodik vosita bo‘lishi mumkin.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Mamarasulova Gulshoda Bekmirza qizi Namangan davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi. ONA TILI (O‘ZBEK TILI)NI O‘QITISHDA ZAMONAVIY TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH Annotatsiya: Bugungi kunda maktab o‘quvchilarining yozma savodxonligini shakllantirishda imlo qoidalarini o‘zlashtirish borasida qator muammolar kuzatilmoqda. An’anaviy, yodlashga asoslangan yondashuvlar ko‘p hollarda kutilgan natijani bermayapti. Bu holat o‘quvchilarning nafaqat imloviy saviyasiga, balki ularning yozma nutq madaniyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday sharoitda diqqat, tahliliy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish kabi kognitiv ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi metodlarga ehtiyoj kuchaymoqda.Ushbu maqolada imlo o‘rgatish jarayonini samarali tashkil etishda kakografiya usuli – ya’ni ataylab imloviy xatolar kiritilgan matnlar asosida tuzilgan mashqlar yordamida o‘quvchilarga imlo qoidalarini o‘rgatish yondashuvi tahlil etiladi. Pedagogik tajribalar va amaliy kuzatuvlarga tayanilgan holda metodning nazariy asoslari va qo‘llanilish mexanizmlari yoritiladi.Kakografiya o‘quvchilarni faqatgina to‘g‘ri yozishga emas, balki xatoni ko‘rish, tahlil qilish va tuzatish orqali o‘rganishga undaydi. Bu esa imlo qoidalarining mohiyatini chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur metod o‘quvchilarda e’tibor, mas’uliyat hissi va analitik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Amaliy mashg‘ulotlar natijalari kakografiya usulining yozma savodxonlikni oshirishda yuqori samaradorlikka ega ekanini ko‘rsatmoqda.Ushbu metod an’anaviy yodlashga asoslangan yondashuvlarga samarali alternativ bo‘lib, dars jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularni o‘z ustida ishlashga undaydi hamda sifatli natijalarga olib keladi. Kakografiyani ta’lim jarayoniga tizimli va maqsadli joriy etish imloviy savodxonlikni rivojlantirishda muhim metodik vosita bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: imlo, imlo qoidalari, mashqlar, to‘g‘rilash, kakografiya usuli, o‘quvchilar, savodxonlik, e’tibor, tahliliy fikrlash, xatolik, dars metodikasi, yozma nutq. KIRISH: Bugungi globallashuv, raqamli jamiyatga o‘tish, sun’iy intellekt vositalarining kundalik hayotimizga kirib kelishi sharoitida har bir insondan bolalik chog‘idan boshlab chuqur bilim olish, mukammal savodxonlik, muloqot madaniyati va milliy qadriyatlarga asoslangan tilga hurmat talab etilmoqda[1]. Ayniqsa, maktab yoshidagi o‘quvchilarni ona tiliga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, ularda yozma va og‘zaki nutq malakalarini izchil rivojlantirish dolzarb vazifalardan biridir. Til — jamiyat va madaniyatning ajralmas unsuri bo‘lib, u inson tafakkuri, his-tuyg‘ulari, dunyoqarashi va ijtimoiy mavqeining shakllanishida muhim vositadir[2]. Ona tili fani nafaqat grammatik me’yorlarni o‘rgatadi, balki o‘quvchini mustaqil fikrlashga, estetik baholashga, so‘z boyligini ongli ravishda qo‘llashga o‘rgatadi. Shu bois ona tili ta’limi maktab ta’lim tizimining asosiy tayanchlaridan biri sanaladi[3]. Mamlakatimizda bu soha bo‘yicha muhim huquqiy va metodik hujjatlar — “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “O‘zbek tilini o‘rganish va rivojlantirish konsepsiyasi” singari asosiy hujjatlar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan[4]. Ularda ta’lim sifati, til o‘rgatish metodlari va zamonaviy yondashuvlar muhim o‘rin tutadi. Ammo shunga qaramay, JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL o‘quvchilarning imloviy savodxonligi darajasida hali ham muayyan muammolar mavjudligi kuzatilmoqda[5]. Ushbu tadqiqotning markazida imlo o‘rgatish metodikasini takomillashtirish, xususan, kakografiya usuli orqali o‘quvchilarda savodxonlikni rivojlantirish masalasi turadi[6]. Kakografiya — bu o‘quvchilarga ataylab xatolar bilan yozilgan matn asosida to‘g‘ri imloni o‘rgatish usuli bo‘lib, o‘z ichiga e’tiborni jamlash, qoidalarni eslab qolish, tahliliy fikrlash va mustaqil qaror chiqarish kompetensiyalarini mujassamlashtiradi[7]. Bu metod klassik o‘qitish usullariga muqobil, zamonaviy, interfaol yondashuv hisoblanadi. Tilshunoslikda kakografiya tushunchasi keng o‘rganilmagan. Garchi xorijiy adabiyotlarda ushbu metodga yaqin yondashuvlar mavjud bo‘lsa-da, o‘zbek tilshunosligi va didaktikasida bu metodning imkoniyatlari hozircha chuqur ochib berilmagan. Shu sababli ushbu tadqiqotda kakografiya usulining metodik asoslari, amaliy tatbiqi, didaktik samaradorligi va uning ona tili ta’limidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi[8]. Ona tili darslarida o‘quvchilarning imloviy savodxonligi bilan bog‘liq muammolar ko‘plab sabablarga borib taqaladi. Ulardan eng asosiysi — o‘quvchilarning talaffuz asosida yozishga odatlanib qolganligi, dialektal xatoliklarning yozma nutqqa ham ko‘chib o‘tayotganidir. Masalan, “baxo”, “sovol”, “xol-ahvol” kabi talaffuz shakllarining yozuvda ham aks etishi kuzatilmoqda[9]. Bu esa ularning orfografik qoidalarni yetarlicha o‘zlashtirmaganini ko‘rsatadi. O‘qituvchilar ko‘p hollarda faqat qoidani tushuntirish, namunaviy so‘zlar bilan chegaralanib qolmoqdalar. O‘quvchi esa ushbu bilimlarni mustaqil amaliyotda qo‘llashga qiynaladi[10]. Bu muammo bilan bog‘liq yana bir jihat — an’anaviy yondashuvlarning takroriyligi va interfaollikning yetishmasligidir. Ta’lim texnologiyalarida bugun faoliyatga yo‘naltirilgan, o‘quvchining bilish faoliyatini rag‘batlantiradigan metodlar ustuvor bo‘lib borayotgan bir paytda imlo o‘rganish ham faollashtirilgan metodlar orqali o‘tilishi kerak. Biroq bu borada hali to‘liq tizimlashtirilgan metodik yondashuv mavjud emas[11]. Tadqiqotimiz kakografiya metodini ana shu kamchiliklarni bartaraf etuvchi vosita sifatida o‘rganishni maqsad qiladi. Bu metod orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ko‘rish va eslab qolish, xatoni aniqlash va to‘g‘rilash qobiliyatlari shakllanadi[12]. Bundan tashqari, kakografiya topshiriqlari o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida faol muloqotni kuchaytiradi, sinfda ijobiy raqobat muhitini yaratadi. Shu jihatdan, ushbu metodni o‘rganish hozirgi davr uchun zarur va dolzarbdir. Tadqiqot ishining asosiy maqsadi — kakografiya metodining ona tili ta’limidagi imkoniyatlarini ilmiy asoslash va uning samaradorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqot quyidagi vazifalarni bajarishga qaratiladi: - Kakografiya usulining lingvistik va pedagogik asoslarini aniqlash; - Unga oid mavjud xorijiy va mahalliy tajribalarni tahlil qilish; - Ona tili darslari uchun moslashtirilgan kakografik topshiriqlar namunalarini ishlab chiqish; - Ularni sinf sharoitida sinovdan o‘tkazib, natijalarni baholash; - O‘quvchilarda shakllanayotgan savodxonlik darajasiga metodning ta’sirini aniqlash. Ilmiy ish davomida tajriba-sinov metodidan, taqqoslash, kuzatish, tahlil qilish va umumlashtirish kabi metodlardan foydalaniladi. Sinov darslarida kakografik matnlar asosida mashqlar tuzilib, 6– 9-sinf o‘quvchilari orasida ularning ta’siri o‘rganiladi. Topshiriqlar turli imlo qoidalarini qamrab oladi: tovush va harf munosabati, undosh va unli harflar imlosi, leksik o‘xshashlikdagi (paronim) xatolar, morfologik birliklar bilan bog‘liq imlo xatolari va hokazo. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Tadqiqot davomida olingan dastlabki natijalar shuni ko‘rsatdiki, kakografik usullar qo‘llanilgan sinflarda o‘quvchilarning imlo xatolari soni kamaygan, ularning matnni sinchiklab o‘qish, muammoli vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatlari oshgan. Ular imlo qoidalarini eslab qolish bilan birga, ularni amaliyotda mustaqil qo‘llashga odatlanib borishgan. ADABIYOTLAR TAHLILI: Ona tili ta’limida imlo qoidalarini o‘rgatish jarayoni azaldan muhim metodik masala bo‘lib kelgan. Bu boradagi adabiyotlar orasida grammatik va imloviy bilimlarni nazariy asoslashga qaratilgan asarlar bilan bir qatorda, ta’lim metodikasi, interfaol usullar va savodxonlikni rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqotlar alohida o‘rin tutadi. Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ona tili ta’limiga alohida e’tibor qaratilgani, davlat siyosati darajasida til ta’limining rivoji qo‘llab-quvvatlanayotgani kuzatiladi. Ushbu huquqiy-me’yoriy hujjatlar ta’lim jarayonida innovatsion metodlarni qo‘llash zaruratini belgilab bergan (1). Imlo va orfografiyaga oid ilmiy tadqiqotlar orasida H. Sultonov, O. Yo‘ldoshev, G. Toshmatovlarning “O‘zbek tilining amaliy grammatikasi” va “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” kabi asarlari til qoidalarini tizimli o‘rganish va amaliyotga joriy qilishda asosiy nazariy manba sifatida xizmat qiladi (2, 3). Pedagogik texnologiyalar sohasida E. Abduazizov, R. Karimov, S. Ibragimovlarning zamonaviy dars ishlanmalari, interfaol metodlar bo‘yicha risolalari muhim o‘rin tutadi. Jumladan, ularning ishlanmalarida o‘quvchi faolligini oshirishga xizmat qiluvchi “breynstorming”, “aqliy hujum”, “klaster”, “keys-stadi” singari metodlar chuqur tahlil etilgan bo‘lib, ular orasida kakografiya usuli ham interfaol yondashuvlar doirasida ko‘rilgan (4). Kakografiya usuli haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozilgan ilmiy manbalar kam bo‘lsa-da, u haqida ayrim izohlar A. Rahmonov, M. Raximova, A. Sattorovlarning ona tili metodikasi bo‘yicha darslik va maqolalarida uchraydi. Jumladan, kakografiya — o‘quvchining imloviy bilimlarini mustahkamlash, e’tiborini oshirish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan samarali metod sifatida tavsiflanadi (5). Rus tilshunosligida esa “kakofoniya”, “kakografiya” tushunchalari ko‘proq musiqa, adabiyot va fonetika bilan bog‘liq izohlanadi. Masalan, A.A. Reformatskiy va V.V. Vinogradovlarning ishlanmalarida “kakofoniya” so‘zining salbiy semantik ma’nosi — uyg‘unlashmagan, yoqimsiz tovushlar yig‘indisi sifatida talqin etiladi (6). Biroq bu yondashuvlar pedagogik metod sifatidagi kakografiyaning mohiyatidan farq qiladi. Adabiyotlarda, shuningdek, o‘quvchilar nutqida uchraydigan dialektal xatoliklar, talaffuz asosida yozish holatlari, xotira asosida so‘zlarni xato yozish sabablari ham tilshunoslik va metodika doirasida tahlil qilingan. Bu borada A. Jo‘raev, N. Hoshimov, B. Rahmonovlarning metodik ishlanmalari ham muhim manba sanaladi (7). Yuqoridagi adabiyotlarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, kakografiya usuli til o‘rganishning interfaol va faoliyatga yo‘naltirilgan shakllaridan biri sifatida yangi ilmiy izlanishlar uchun muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, o‘quvchining savodxonlik darajasini mustahkamlash, orfografik xatolarni kamaytirish, yozma madaniyatini rivojlantirishda bu metodning samaradorligini aniqlash maqsadida yangi tadqiqotlarga ehtiyoj mavjud. Metodologiya: JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Bugungi ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biri — o‘quvchilarning yozma nutq savodxonligini oshirish, ayniqsa, imlo qoidalarini to‘g‘ri va ongli o‘zlashtirishga erishishdir. An’anaviy darslarda imloviy bilimlar, asosan, yodlash, qoidani takrorlash va test shaklidagi mashqlar orqali o‘rgatiladi. Bunday yondashuv esa o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, tahliliy yondashuvi va mustaqil ishlash malakalarini yetarli darajada rivojlantirmaydi. Shu sababli, ushbu ilmiy ishda o‘quvchilarning imloviy savodxonligini oshirishda zamonaviy, faol ta’lim metodlaridan biri — kakografiya usulining samaradorligi o‘rganish obyekti sifatida tanlandi.Tadqiqotning bosh maqsadi – kakografiya orqali o‘quvchilarning imlo ko‘nikmalarini nafaqat shakllantirish, balki ularni ongli ravishda qo‘llash, xatolarni ko‘ra olish, tahlil qilish va tuzatish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Shu maqsadda tadqiqot jarayonida miqdoriy va sifatli tahlil usullari uyg‘unlashtirilgan tarzda qo‘llanildi. Har ikkala yondashuvning birgalikdagi qo‘llanilishi o‘rganilayotgan metodning ta’lim jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishini chuqur va har tomonlama tahlil qilish imkonini berdi.Tadqiqot metodologiyasi bosqichmabosqich tashkil etildi. Dastlabki bosqichda, 6–9-sinf o‘quvchilari orasida diagnostik testlar o‘tkazilib, ularning mavjud imloviy bilim darajasi, xatoga yo‘l qo‘yish ko‘rsatkichlari va savodxonlik salohiyati aniqlandi. Ushbu boshlang‘ich natijalar asosida metodik materiallar ishlab chiqildi.Keyingi bosqichda, kakografiya usuliga asoslangan mashqlar majmuasi tuzildi. Ushbu topshiriqlarda ataylab imloviy xatolar kiritilgan so‘z va gaplar berildi. O‘quvchilardan bu xatolarni aniqlash, tuzatish, to‘g‘ri variantini asoslash, imlo qoidalarini qo‘llagan holda izoh berish talab qilindi. Bunday yondashuv o‘quvchilarda faqat bilim emas, balki diqqat, tafakkur, mantiqiy tahlil, muammo ustida ishlash va natija chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.Tadqiqotning empirik bosqichida ma’lumotlarni yig‘ish jarayoni quyidagi metodlar asosida tashkil etildi: Darslar muntazam kuzatuv asosida tahlil qilindi, bunda o‘quvchilarning faol ishtiroki, topshiriqlarga yondashuvi, xatoga munosabati baholandi; O‘quvchilarning yozma ishlari va imlo testlari muntazam yig‘ib borilib, ularning natijalari o‘zgarib borishi qayd etildi; O‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlar tashkil qilinib, metodga bo‘lgan munosabat, samaradorlik borasidagi fikrlar tahlil qilindi; O‘quvchilarning motivatsiyasi, ishtirok darajasi, darsga bo‘lgan qiziqishi doimiy kuzatuv ostida bo‘ldi. Yig‘ilgan ma’lumotlar asosida tahlil bosqichi amalga oshirildi. Bu bosqichda: Darslar oldidan va darslardan so‘nggi natijalar taqqoslandi, o‘zgarishlar miqdoriy ko‘rsatkichlar asosida hisoblandi; Xatolar soni, turi va takroriyligi statistik usullar orqali foiz ko‘rinishida hisoblab chiqildi; O‘quvchilarning topshiriqlarga bergan javoblari, izohlari, xatolarni qanday aniqlagani sifatli tahlil doirasida o‘rganildi; O‘qituvchilarning mulohazalari asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqildi, amaliyotga tadbiq qilish mexanizmlari taklif etildi. Tadqiqotda kakografik topshiriqlarni tilshunoslikning turli bo‘limlari – fonetika, leksikologiya, morfologiya va orfografiya bilan integratsiyalashga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, so‘z va tovushlar imlosi, talaffuz-yozuv tafovutlari, o‘xshash so‘zlar (paronimlar), orfografik normativlar kabi murakkab mavzular doirasida kakografiya yuqori samaradorlikka ega bo‘ldi. Mazkur tadqiqot kakografiya usulining o‘quvchilarda imloviy savodxonlikni oshirishdagi samaradorligini amaliy va ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Metod o‘zini nafaqat imlo o‘rgatish vositasi, balki o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtiruvchi, tahliliy yondashuvini rivojlantiruvchi, mustaqil qaror chiqarishga undovchi, ijodiy yondashuvni rag‘batlantiruvchi ta’limiy strategiya JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL sifatida namoyon etdi. Kakografiya orqali o‘quvchi matnga boshqa ko‘z bilan qaraydi, undagi xatoni topish orqali qoida mohiyatini anglaydi, bu esa unga mustahkam bilim, aniq tushuncha va barqaror imlo malakalarini beradi. Tadqiqot natijalari: O‘tkazilgan amaliy tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kakografiya usuli o‘quvchilarning imloviy savodxonligini oshirishda yuqori darajada samarali ta’sir ko‘rsatadi. Tajriba darslari davomida berilgan kakografik mashqlar orqali o‘quvchilar imloviy xatolarni aniqlash, tuzatish, ularni izohlash hamda imlo qoidalarini ongli ravishda qo‘llashga qaratilgan faol o‘quv faoliyatiga jalb etildi. Mazkur yondashuv natijasida o‘quvchilarning yozma nutqdagi xatoliklari kamaydi, imloviy bilimlari esa barqaror mustahkamlandi. Birinchidan, xatolar soni kamaydi va orfografik ko‘nikmalar o‘sdi. Tajriba darslari oldidan va so‘ngida o‘tkazilgan testlar natijalarining taqqoslanishi kakografiya usuli bevosita o‘quvchilarning orfografik savodxonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini ko‘rsatdi. Xususan, imlo xatolari sonining sezilarli darajada kamaygani qayd etildi. O‘quvchilarning imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llash darajasi o‘rtacha 35–40 foizga oshdi. Ayniqsa, quyidagi yo‘nalishlarda aniq siljishlar kuzatildi: Unli va undosh tovushlarning yozilishi borasidagi xatoliklar kamaydi; Talaffuz asosida yuzaga keladigan xatolar, masalan, fonetik yaqinlik tufayli yuzaga keladigan h–x, d–t kabi tovushlar almashuvi ancha qisqardi; Paronim so‘zlar bilan bog‘liq chalkashliklar va ularni kontekstdan ajratib tushunishdagi qiyinchiliklar kamaydi; Ortografik tafakkur, ya’ni o‘quvchining so‘z shakllarini tahlil asosida yozish ko‘nikmasi shakllana boshladi. Bu holat shuni ko‘rsatadiki, kakografiya — nafaqat mavjud bilimni mustahkamlovchi, balki uni kengaytiruvchi va amaliyotda faol qo‘llashga undovchi samarali metod sifatida o‘zini namoyon qilgan. Bundan tashqari, tahliliy fikrlash va mustaqil qaror chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirdi. Kakografik topshiriqlar o‘quvchilardan faqatgina to‘g‘ri javobni emas, balki xatoni aniqlash, uni izohlash, sababi va natijasini tushuntirish, qoidaga tayanib fikr yuritishni talab qiladi. Bu esa o‘quvchining ichki fikrlash mexanizmini ishga soladi, unga tahliliy yondashuv, solishtirish, turg‘un bilimga emas, faol tafakkurga tayanish imkonini yaratadi. Tadqiqot davomida o‘quvchilar bunday topshiriqlarni bajarish jarayonida matndagi xatolarni mantiqan tahlil qilishga harakat qilishdi, qoidani izlab topish, unga tayanish, kerak bo‘lsa, sinfdoshlari bilan fikr almashish orqali masalaga yondashdilar, o‘z xatolarini o‘zlari anglab, ularni tushuntirishga urindilar. Bu esa ularda mustaqil fikrlash, til hodisalari ustida ishlash va o‘z bilimiga tanqidiy qarash ko‘nikmalarining shakllanishiga xizmat qildi. Shu bilan bir qatorda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv muloqotni kuchaytirdi. Kakografiya usulining joriy etilishi ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi biryoqlama axborot uzatishdan ko‘ra, ikki tomonlama muloqotga asoslangan o‘zaro faoliyatni rivojlantirdi. O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni ko‘rib, savol berishga, bahslashishga, o‘z fikrini asoslab aytishga intildilar. O‘qituvchilar esa ularning fikrini tinglab, to‘g‘rilash, rag‘batlantirish, individual yondashuvni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. O‘qituvchilarning fikricha, kakografiya nafaqat yozuvdagi imloviy ko‘nikmalarni mustahkamladi, balki o‘quvchilarning og‘zaki nutq madaniyatini ham ijobiy tomonga o‘zgartirdi, dialektal og‘ishlar (lahja asosidagi ifodalar) yozma matnlarda kamaydi, talaffuz va imlo o‘rtasidagi farqlarni anglash, grafik va fonetik tafovutlarni tahlil qilish salohiyati ortdi.Bu natijalar esa, o‘z navbatida, ona tili ta’limida kakografiyaning ko‘p qirrali metodik vosita sifatida o‘zini oqlayotganini ko‘rsatadi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Kakografiyaning pedagogik metodlar tizimidagi o‘rni ham beqiyosdir.Kakografiya usuli zamonaviy o‘qitish texnologiyalariga mos, o‘quvchining faol ishtirokini ta’minlovchi, tanqidiy fikrlashga yo‘naltiruvchi va real natijaga qaratilgan metod bo‘lib, u til o‘rgatish metodikasiga yangicha yondashuv olib kirmoqda. U nazariy bilim bilan amaliy ko‘nikmalar o‘rtasidagi bo‘shliqni to‘ldiruvchi ko‘prik vazifasini bajaradi. O‘quvchilarning xotira, e’tibor, mantiqiy fikrlash va til hodisalarini kontekstda anglash qobiliyatlarini birgalikda rivojlantiradi. Har bir o‘quvchining o‘z bilimini tahlil qilish, tekshirish va to‘g‘rilash imkonini yaratadi. Kakografiya bu jihatlar orqali an’anaviy darslarga yangilik olib kiradi, o‘qituvchini esa passiv bilim beruvchidan faol yo‘naltiruvchiga aylantiradi. Tadqiqot natijalari kakografiyaning ta’lim jarayonida keng qo‘llanishi mumkin bo‘lgan, samaradorligi ilmiy va amaliy jihatdan isbotlangan metod ekanini ko‘rsatdi. Ushbu metod o‘quvchilarda faollikni oshiradi, ularni dars jarayoniga ongli ravishda jalb etadi, o‘z xatolarini anglab, ulardan saboq olishga o‘rgatadi. Shuningdek, usul o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqidagi aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik kabi muhim ko‘nikmalarini shakllantirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois kakografiyani ona tili va adabiyot darslarining tarkibiy qismi sifatida tizimli ravishda tatbiq etish, har bir sinf darajasi uchun moslashtirilgan kakografik topshiriqlar bankini yaratish, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarur. Kakografiya usuli — faqat o‘rgatuvchi emas, balki o‘quvchini faol ishtirok etuvchi, mantiqan o‘ylovchi, mustaqil fikrlovchi va savodli shaxs sifatida shakllantiruvchi innovatsion ta’limiy texnologiyadir. Muhokama: Ushbu tadqiqotda kakografiya usulining o‘quvchilarning imloviy savodxonligini rivojlantirishdagi o‘rni chuqur o‘rganildi. Tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar, o‘quvchilarning imlo bilimlaridagi ijobiy siljishlar va mustaqil fikrlash darajalarining oshgani bu usulning ishonchliligini tasdiqlaydi. Ilgari surilgan gipoteza – ya’ni, kakografiya usuli o‘quvchida imloviy tahlil qilish, xatoni aniqlash va to‘g‘rilash ko‘nikmasini shakllantiradi degan fikr, amaliy kuzatishlar orqali o‘z tasdig‘ini topdi. Bahs-munozarali jihatlardan biri — kakografiya usuli bilan bog‘liq adabiyotlarning cheklanganligi va bu metodning didaktikpsixologik jihatlari hali yetarlicha ochilmaganidir. Biroq, Rahmonov (2021), Karimova (2020), Jo‘raev (2019) kabi metodistlar tomonidan taklif etilgan interfaol metodlar qatorida ushbu usulning o‘rni mavjud. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarning imloviy xatolariga sabab bo‘layotgan omillar (dialektal talaffuz, fonetik xatolar, leksik noto‘g‘riliklar)ni tuzatishda kakografiya an’anaviy diktant va yozma nazorat ishlariga nisbatan samaraliroq ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur natijalar ilgari o‘tkazilgan ba’zi tadqiqotlar (Sultonov, 2018; Abduazizov, 2020) bilan hamohang bo‘lib, o‘quvchi faolligini ta’minlovchi metodlar til o‘rgatishda yuqori natijalar berishini isbotlaydi. Tadqiqot cheklangan doirada, ya’ni 6–9-sinflar, ma’lum sonli maktablar va faqat imlo bo‘yicha olib borildi. Bunda usulning sintaksis, morfologiya yoki yozma nutq bo‘yicha samaradorligi to‘liq baholanmagan. Shuningdek, kakografiyaning psixologik ta’siri, ya’ni o‘quvchining o‘ziga ishonch, ijodkorlik yoki tanqidiy fikrlash qobiliyatiga qanday ta’sir qilishi alohida tadqiqot talab qiladi. Xulosa: O‘tkazilgan tadqiqot natijalari kakografiya usulining ona tili ta’limida o‘quvchilarning imloviy savodxonligini oshirishdagi yuqori samaradorligini ochiq-oydin namoyon etdi. Mazkur metod nafaqat o‘quvchilarning imloviy xatolarini aniqlash va bartaraf etish ko‘nikmalarini shakllantiradi, balki ularning tilga nisbatan munosabati, o‘quv jarayonidagi ishtiroki, tahliliy fikrlashi va mustaqil izlanish qobiliyatini ham faol tarzda rivojlantiradi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Kakografiya usuli — bu faqatgina “xatoni topish” mashg‘uloti emas. Aksincha, u o‘quvchini o‘qilgan matn bilan tanqidiy ishlashga, har bir imlo formasini anglashga, orfografik qoidalarga ongli munosabat bildirishga undaydi. O‘quvchilar bunday topshiriqlarni bajarayotganida, xatoni aniqlash, uning sababini tushuntirish, qanday qoidaga tayanib uni to‘g‘rilash mumkinligini izohlash orqali o‘zlarining bilim darajalarini tahlil qilishadi. Bu esa o‘z-o‘zini baholash, tilga tanqidiy yondashish, izlanishga asoslangan o‘quv faoliyatini shakllantiradi.Tajriba darslari natijalari quyidagi jihatlarni yaqqol ko‘rsatdi: - O‘quvchilarning orfografik xatolari miqdor jihatdan kamaydi, ularning imloviy tafakkuri faollashdi; - O‘qituvchilarning kuzatuvlari shuni ko‘rsatdiki, kakografik topshiriqlar o‘quvchilarda darsga nisbatan yuqori darajadagi qiziqish uyg‘otadi; - Xatolarni tan olish va tahlil qilish ko‘nikmasi shakllandi, bu esa o‘quvchilarning fikrlash madaniyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi; - Kakografiya orqali talaffuz va imlo o‘rtasidagi farqni anglash, grafik shakl bilan fonetik ifoda o‘rtasidagi aloqani tushunish ko‘nikmalari rivojlandi; - Interaktivlik va muloqot kuchaydi — o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida bilim almashinuvi va o‘zaro fikr bahsiga asoslangan ijobiy muhit shakllandi. Ushbu natijalar shuni isbotladiki, kakografiya — bu innovatsion, faol, o‘quvchini markazga qo‘yuvchi metod bo‘lib, u an’anaviy yondashuvlardan tubdan farq qiladi. Kakografiya orqali ta’lim jarayoni biryoqlama axborot uzatishdan chiqib, bilimni birgalikda tahlil qilish va amalda qo‘llashga asoslangan faol hamkorlikka aylanadi. Bu usulning moslashuvchanligi va qamrov doirasining kengligi uni turli ta’lim bosqichlari va muhitlarida qo‘llash imkonini beradi. Yakuniy natijalardan kelib chiqib aytish mumkinki, kakografiya usuli — zamonaviy ta’lim talablariga mos, ijodkorlik va fikrlashga asoslangan samarali metodik vositadir. U o‘quvchilarni yozma savodxonlikka o‘rgatish bilan birga, mustaqil fikrlashni rag‘batlantiradi, xatolar ustida ishlash madaniyatini shakllantiradi. Izlanishga, tanqidiy tahlilga, fikrini asoslab ifodalashga o‘rgatadi. O‘z bilimini baholash, tahlil qilish va tuzatish malakasini mustahkamlaydi. Shu bois, kakografiyani ona tili ta’limining ajralmas tarkibiy qismiga aylantirish orqali nafaqat imlo, balki mantiqiy, tanqidiy va nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga erishiladi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifatini oshirish va savodxon, fikrlovchi, faol o‘quvchi shaxsini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Shayxislamov N. Ona tili darslarini o‘qitishda kakografiya usulini qo‘llash // Yangi O‘zbekistonni qurish va rivojlantirishda yoshlarning faolligi. – Toshkent, 2020. – B. 317–320. 2. Abduazizov A. O‘zbek tilida orfografik kompetensiyani shakllantirish yo‘llari // O‘zbek tili va adabiyoti. – 2021. – №2. – B. 23–27. 3. Bozorov B. Ona tili darslarida savodxonlikni oshirishning zamonaviy usullari // Ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2020. – №3. – B. 45–49. 4. G‘ulomova M. Til o‘rgatishda kakografiya usulining amaliy ahamiyati // Filologiya masalalari. – 2021. – T. 2, №4. – B. 128–131. 5. Jo‘rayev I. O‘zbek tilining imlo qoidalarini o‘rgatishda muammoli metodlardan foydalanish // Til va adabiyot ta’limi. – 2022. – №1. – B. 57–61. 6. Karimova S. Leksik bilimlarni shakllantirishda interfaol metodlarning o‘rni // Til va madaniyat. – 2020. – T. 1, №2. – B. 74–78. 7. Matkarimov K. O‘quvchilarda yozma savodxonlikni rivojlantirishda taqqoslash usulining roli // Pedagogik izlanishlar. – 2021. – №4. – B. 91–95. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 8. Normurodov A. Til o‘rgatishda noto‘g‘ri yozuvlar ustida ishlash metodikasi // Tilshunoslik izlanishlari. – 2022. – №2. – B. 101–106. 9. Oripova N. Kakografiya va ortografik tafakkurni rivojlantirish // Ilm va taraqqiyot. – 2021. – №5. – B. 56–60. 10. Rahimov D. Yozma nutqni rivojlantirishda matn bilan ishlashning metodik asoslari // Zamonaviy ta’lim. – 2020. – T. 3, №3. – B. 41–44. 11. Rustamova Z. O‘quvchilar savodxonligini oshirishda paronim so‘zlar bilan ishlash // Til va nutq. – 2021. – №6. – B. 83–87. 12. Saidov M. Ona tili ta’limida fonetik xatolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari // Pedagogika va psixologiya. – 2022. – №2. – B. 60–65.