scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SKRIPKA VA G'IJJAK CHOLG'U SOZLARINING IJRO ETILISH TEXNIKALARI HAMDA OVOZ IMKONIYATLARI

Yuldashaliyeva Azizaxon Sherali qizi

Abstract

Ushbu maqolada o’zbek milliy cholg’usi hisoblangan g’ijjak cholgu sozi hamda Yevropa klassik cholg’usi hisoblangan skripka sozi o’rtasidagi o’xshashlik va farqli tomonlarning nozik jihatlari yoritiladi. Ikkala cholg’u sozining yasalishi, ijro postanovkasi va ijro o’rinlaridagi tafovutlar misollar yordamida ko’rsatilgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Yuldashaliyeva Azizaxon Sherali qizi Westminister International school in Tashkent [email protected] SKRIPKA VA G‘IJJAK CHOLG’U SOZLARINING IJRO ETILISH TEXNIKALARI HAMDA OVOZ IMKONIYATLARI. Annotatsiya :Ushbu maqolada o’zbek milliy cholg’usi hisoblangan g’ijjak cholgu sozi hamda Yevropa klassik cholg’usi hisoblangan skripka sozi o’rtasidagi o’xshashlik va farqli tomonlarning nozik jihatlari yoritiladi. Ikkala cholg’u sozining yasalishi, ijro postanovkasi va ijro o’rinlaridagi tafovutlar misollar yordamida ko’rsatilgan. Annotation: This statement highlights differences and similarities between Uzbek national musical instrument Gjdjak and Europe classical instrument Violin. Making process, playing positions and performance repertoire of both instruments shown with examples. Kalit so’zlar: ijro imkoniyatlari, ijro holati, intonnatsiya, ansambl, kamon, ustoz-shogird an’analari Key words: performance ability, playing positions, intonation, ensemble, teacher-student traditions. Kirish. Butun jahonda mashhur hisoblangan yetakchi torli kamonli cholg’ulardan biri bu skripkadir. Uning ijro etilish texnikasi birmuncha murakkab va shu bilan birga baland ovoz hosil qila olishi bilan boshqa cholg’ulardan ajralib turadi. O’zbek xalq cholg’usi hisoblangan g’ijjak ham o’zining jozibador, nozik tovushlari bilan inson qalbiga kirib bora oladi. Bu ikkala cholg’uning hozirigi kun o’zbek musiqa san’atida o’zaro farqlari va o’xshashliklarini har tomonlama yoritish, aniq faktlar asosida to’liq ma’lumotlar berish kelgusida ularning o’z ahamiyatini yo’qotmasligiga, xalq orasida cholg’u sozlarining to’g’ri talqin qilinishiga, milliy qadriyatlar va jozibador musiqamizning o’z o’rnida bo’lishiga xizmat qiladi. Bilamizki, hozirda ko’plab g’ijjak cholg’uchilari g’ijjjakning o’rniga skripka cholg’usidan foydalangan holda ijro etib kelishmoqda. Bu esa xalq orasida turli savollar va anglashimovchiliklarga sabab bo’lmoqda: “Skripka va g’ijjak bitta narsami?”, “Tizzaga qo’ysa g’ijjak, yelkaga qo’ysa skripka bo’lib qolar ekanda” kabi noto’g’ri tushunchalar paydo bo’lishiga olib kelyapti. Quyida bu ikkala sozning yasalishi, ijro etish postanovkalari, ijro o’rinlari, ovoz imkoniyatlari, repertuarlari va musiqadagi o’rnining turlicha ekanini yoritib beramiz. Yasalishi. Skripka cholg’usi zarang va qoraqarag’ay daraxtlarining ishlov berilgan yuqori sifatli yog’ochlaridan yasaladi. Bu esa uning baland tovush hosil qila olishida muhim yordam beradi. Qoraqarag’ay va zarang daraxtlarining yog’ochi qimmatbaho hisoblanib, ularning keng akustik o’ziga xoslikni berishda xizmati katta hisoblanadi. Qoraqarag’ay daraxtining ozg’in, nafis yog’ochlaridan skripkaning ustki qismini yasashda foydalanilib, bu asbobning sof ovoziga va ijro paytida tebranma harakatiga yordam beradi. Zarang daraxtining yog’ochi pishiq bo’lib, u skripkaning ostki qismining mustahkam va chidamli bo’lishini ta’minlaydi. Skripka uchun yuqori sifatli maxsus lak bo’lib, bu ham ovozning chiroyli, tiniq va baland bo’lishini ta’minlagan holda JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL skripkaning go’zal va estetik zavq beruvchi ko’rinishini yaratadi. G’ijjak cholg’usini yasash uchun esa tut yoki yong’oq daraxtidan kosacha o’yilib, ustiga parda tortiladi. Ovoz kosachaning ichida yig’ilish orqali hosil bo’lgani uchun asbob o’zidan baland tovushlar bera olmaydi. Har ikkalasi ham kamon bilan ijro etiladi va kamonning tuzilishida farq yo’q. Ijro postanovkasi. Skripka sozi chap yelkaga qo’yilgan holda chap qo’lning grifdagi erkin harakati tufayli hamda o’ng qo’lda kamonning yotiq harakati orqali tovush hosil qilgan holatda irjo etiladi. Bu ko’rinish butun jahon standartlari bo’yicha bir xil hisoblanib, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aynan shu postanovka qo’llaniladi. G’ijjak sozi esa chap tizzaga qo’yilgan holda, chap qo’lda grifda vertical harakat hamda o’ng qo’lda kamonning torlar bo’ylab gorizontal harakati natijasida tovush hosil qilish orqali ijro etiladi. Bu postanovka qadimdan mavjud bo’lib, g’ijjakning shu holatda ijro etilishi ustoz-shogird an’analari asosida yillar osha sayqallanib kelmoqda. Istinso sifatida shuni aytish mumkinki, hozirda skripka cholg’usini tizzaga qo’ygan holda g’ijjakning o’rniga chalish holatlari urfga kirdi. (Biroq, g’ijjakni kosasi kattaligi sababli yelkaga qo’yib chalib bo’lmaydi). Bu holat milliy cholg’u sozimiz hisoblangan g’ijjakning o’rni yo’qolib ketishi mumkinligi haqidagi xavfdan darak beradi. Ijro etilish o’rinlari va repertuar. Skripka cholg’usi klassik musiqada hamda orkestrda yetakchi hisoblanadi. Unda asosan yirik shakldagi asarlar, simfoniyalar, konsertlar va shu kabi klassik janrlardagi asarlar ijro etiladi. Ulardan farqli o’laroq, g’ijjak cholg’usi xalqona ohanglar, maqomlar va shu kabi milliy kuylarni ijro etishda asosiy o’rinda turadi. Ansambllarda g’ijjak sozi yuqori pardalardagi notalanri ijro eta olishi bilan yetakchilik qiladi. Xulosa. Skripka va g’ijjak cholg’ulari o’rtasidagi farqlarni bilish juda muhim hisoblanadi. Chunki bu ikki cholg’u turli musiqiy janrlarda, turli musiqiy yo’nalishlarda o’ziga xos o’ringa ega. Ularning o’rnini o’zgartirish yoki birini boshqasiga butkul almashish har ikkisining ham madaniy meros sifatida saqlanib kelayotgan obro’siga putur yetkazishi mumkin. Milliy musiqamiz ohanglari faqatgina g’ijjak sozida o’z milliyligini gavdalantira oladi, folklor musiqasi xalqning o’z cholg’usida o’z pardalarida o’z uslub va janrlarida ijro etilishi uning kelajakda ham yo’qolib ketmasligiga kafolat bo’la oladi. Yuqori texnikaga ega skripkaning kamon bilan uyg’un harakati uning o’z janridagi asarlarini to’lqonli ijro etilishiga ko’mak beradi, uning ham o’rnini boshqa soz bilan almashtirib bo’lmaydi. Har ikkalasida ham ijro etish bizga nima beradi? Birinchidan, har ikkala postanovkani o’zashtirgan inson yetuk musiqachi sifatida katta ijro texnikasini o’zlashtirgan bo’ladi. Kamonni ikkala holatda ham mohirona ijro eta oladi. Bu esa turli janrlardagi turli xil musiqiy asarlarni hech qanday qiyinchiliksiz ijro qilish imkonini beradi. Ikkinchidan, g’ijjak va skripkani yaxshi ijro eta olish nimpardalarni yanada aniq his qilishga yordam beradi. Eshitish qobiliyatini oshiradi, o’ng va chap qo’l texnikasi rivojlanadi. Uchinchidan, har ikkala cholg’u sozida mohirona ijro etish noyob qobiliyatlardan hisoblanib, bu ko’nikmalarga ega bo’lgan musiqachining kelajakdagi karyera rivojlantirishida, ishga joylashishda, mashhurlik cho’qqilariga erishishda amaliy jihatdan katta yordam beradi. Xulosa. Skripka va g’ijjak cholg’ularining turli jihatdan farqlarini ko’rib chiqdik. Ularning har ikkisi o’z o’rnida, o’z musiqiy janrida beqiyos ahamiyatga ega. An’analarning davomiy bo’lishi, milliy madaniy meroslarimizning to’liq saqlanib qolishi, musiqa san’atining keng rivoj topishi va yuksalishida mazkur jihatlarga e’tiborli bo’lish, musiqa san’atining har bir javhasini to’g’ri talqin qilish hozirgi kun musiqachilarining oldidagi ulkan vazifa hisoblanadi.