O'RTA OSIYO ME'MORCHILIGIDA BADIIY MEROSNI ILMIY USLUBIY ASOSLARI
Abstract
Maqolada O‘rta Osiyo masjidlari me’moriy bezagining badiiy xususiyatlari nazariy manbalar va amaliyotini tahlil qilish asosida tasvirlangan. Shuningdek, masjid intereri va ekstereridada ornamentlarni qo‘llash merosi bo‘yicha zamonaviy tendentsiyalar bilan sintezda milliy an’analarni hisobga olgan holda istiqbolning asosiy yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha muallifning pozitsiyasi bayon etilgan.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Xolmurodova Farida Farxritdin qizi 99-maktab Tasviriy san’at fani o‘qituvchisi O‘RTA OSIYO ME’MORCHILIGIDA BADIIY MEROSNI ILMIY USLUBIY ASOSLARI Annotatsiya. Maqolada O‘rta Osiyo masjidlari me’moriy bezagining badiiy xususiyatlari nazariy manbalar va amaliyotini tahlil qilish asosida tasvirlangan. Shuningdek, masjid intereri va ekstereridada ornamentlarni qo‘llash merosi bo‘yicha zamonaviy tendentsiyalar bilan sintezda milliy an’analarni hisobga olgan holda istiqbolning asosiy yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha muallifning pozitsiyasi bayon etilgan. Аннотация. В стате описываются художественные особенности архитектурных декоров Среднеазиацких мечетей на основе анализа теоретических источников и практики образователной системы. Также, излагается авторская позиция по определению применения орнаментов в интерере и eкстерере мечетей, чё развитие системы художественного образования даётся с учетом националных традиций в синтезе с современными тенденциями. Annotation. The article describes the features of the creation feature of architectural decors of medieval mosque on the analysis of theoretical sources and practice of the educational system. Also, the author's position on the definition of the using of decors in interiors and exteriors of the prospects, whose ornamets is given taking into account national traditions in synthesis with modern trends, is stated. Kalit so‘zlar:, interer, eksterer, O‘rta Osiyo masjidlari, bezakni qo‘llash, ornament, zamonaviy, istiqbol, sharoit, milliy xususiyatlar, tendentsiyalar, tahlil, amaliyot, mazmun, shakl, faoliyat. Ключевые слова: интерер, eкстерер, среднеазиацкие мечети применения декоров, орнамент, современный, перспектива, условия, националные особенности, тенденции, анализ, практика, содержание, форма, деятелност. Key words:, interiors, exteriors, using of wall paintings in interiors modern, perspective, conditions, national characteristics, , trends, analysis, practice, content, form, activity. Ma’lumki, o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoga islom kirib kelishi bilan arab musulmon madaniyati, shu jumladan, Markaziy Osiyo xalqlaridagi tasviriy san’at islom dini g‘oyalari va aqidalari bilan mushtarak tarzda rivojlandi. Ayni paytda, Markaziy Osiyo xalqlaridagi islom dinigacha bo‘lgan tasviriy san’atning taraqqiyoti islom dini davrida ham ushbu san’atning o‘ziga xos yo‘nalishda rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Sharq me’morchiligi va san’at taraqqiyotining tarixi shuni ko‘rsatadiki, islom diniga e’tiqod qiluvchi mamlakatlarda Islom diniga qadar va hatto uning boshlang‘ich davrlarida ham qurilgan bino va inshootlar naqsh va bezaklarsiz, odam, hayvon va tabiatning tasvirlarisiz bo‘lmagan.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Ayniqsa, hokim va hukmdorlarning qasr va saroylari tasviriy san’atning ajoyib namunalari bilan bezatilgan1. Masalan, Ummaviylar davrida (VII-VIII asr) chiroyli bino va inshoot tushunchasini rangli tasvirdagi suvratlar va qadama naqshlarsiz tasavvur etib bo‘lmagan. Yozma manbalarda o‘sha davrning rangli tasvirdagi suvratlari va haykaltaroshligi haqidagi yodnomalar saqlanib qolgan hamda tasviriy san’at namunalarining ayrimlari bizning kunlarimizgacha yetib kelgan. Jumladan, 1988 yili Qusayr Amra shahri (Suriya)da VIII asrda qurilgan Ummaviylar qasri hammomining xarobalari ochilib, undagi devorlarda odamlar va hayvonlarning rangli tasvirlari topiladi. Masjidlar, dastlab fath etilgan xalqlarning cherkovlarida, olovga sig‘inish va unga o‘xshash islomgacha mavjud bo‘lgan ibodatxonalarda joylashtirilib boshlagan(21-rasm). Bunday ibodatxonalarda ilgari ishlangan turli xil qadimiy tasvirlar saqlanib qolgan. O‘sha davrlarda masjidlarni qurishga, hatto ularni bezashga mahalliy ustalar ham taklif qilingan. Ular ko‘pincha musulmon masjidlarini o‘zlarining bilganlaricha bezab, ayrim hollarda, hatto hayvonlarni ham tasvirlaganlar.2Vaqt o‘tishi bilan albatta, bunday tasvirlarni musulmonlar ornamental naqshlarga almashtirgan. O‘sha davrlarda qurilgan musulmon masjidlari (VIII asrning ikkinchi yarmi) mavzuli rangli tasvir yoki haykallar bilan atayin bezatilmagan bo‘lsada, ammo bordi-yu mahalliy ustalar ularga hayvonlar tasvirini tushirgan bo‘lsalar, ko‘pchilik musulmonlar dastlab bunday tasvirlarni qoralamaganlar. Sharq xalqlari hayotini maxsus o‘rgangan Xerman Vamberi ham «Eronda Firdavsiy eposiga oid jang lavhalari bilan naqshlangan hammomni ko‘rdim» deb yozadi.3Hatto o‘sha davrdagi islom tabiblari bunday bezaklarni hammomlarning tozalik alomati, hususiyati deb tushunishgan. Masalan, mashhur tabib Muhammad ibn Zakariya ar Roziyning (864-925) fikricha, qadimgi tabiblar hammom va ulardagi bezakning odam tanasiga hayotbaxsh ta’sirini sezib, ularni tomosha qilish insonning barcha hayotiy kuchlarini mustahkamlashga qaratilishi zarur, deb bilganlar. Roziy yozadi: “…ular tanadagi jon uch jinsdan: hayvoniy, ruhiy va tabiiy kuchlardan mujassam bo‘lishligini bilgan va ta’sir turlarining har birini o‘sha kuchlarni mustahkamlash va o‘stirishga vosita, omil tarzida ishlatganlar. Islom dini maqbaralar qurishni va, umuman, qabrlar ustiga biron-bir yodgorlik tarzidagi tasvirlarni qo‘yishni yoki ishlashni ham qoralagan. Shuning uchun ham ayrim ulug‘ musulmon zotlari o‘z qabrlari ustiga oddiy tuproq tortilib, yer bilan tekis bo‘lgan maysazorlarga aylanib ketishni vasiyat kilganlar. Jumladan, ulug‘ bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘zlariga mahobatli va munaqqash maqbara qurdirishni ep ko‘rmaganlar. Biroq, islom dinidagi bu ko‘rsatmaning buzilish hollari uchrab turgan. IX asrda vafot etgan halifalardan bo‘lmish Muntasirning mozori ustiga uning onasi ilk bor maqbara qurdirib, ushbu qoidani buzadi.4Tarhi 1Ушбу ўринда машҳур муарриҳ Муҳаммад Наршахийнинг “Бухоро тарихи”асаридан келтирилган бут ҳайкаллари бозорини эсладик. Бу бозор Бухорода бутпарастлар учун йил мобайнида бир кунгина ташкил қилиниб, бошқа кунлари бозорда бут ҳайкалларини сотиш ман этилади. Қаранг: Муҳаммад Наршаҳий.Бухоро тарихи.-Т.:Фан,1966.27-бет. 2Веймарн Б.А. Искусство Арабских стран и Ирана.-М.,1974г. стр43. 3Вамбери Г. Очерки жизни и нравов Востока.-Спб.,1877г. стр124. 4Пугаченкова Г.А. Хорасанские мавзолеи. Художественная культура Средней Азии.- Т.:Изд.литературы и искусства им. Гафура Гуляма, 1983г. стр23.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL sakkiz qirrali bo‘lgan bu maqbaraning qoldiqlari hozirgacha saqlangan bo‘lib Qubbat as-Sulabiya nomi bilan mashhurdir. Markaziy Osiyo va Eron xalqlarida maqbaralar qurilishi IX-X asrlarda keng tarqalgan bo‘lib, buning o‘ziga xos sabablari bor edi. Bu davrda halifalikka tegishli bo‘lgan viloyatlarda islomlashtirish davom etayotgan bir paytda joylardagi aholining ko‘pchilik guruhlarida islom diniga qadar mavjud bo‘lgan an’analar va mahalliy diniy tamoyillarga berilish hollari kuchli bo‘lgan edi. Masjidlar inter’erida mehrobnining ulug‘vorligiga katta e’tibor qaratish ilk masjiddan to hozirgi kunimizgacha asosiy masala sifatida qaraladi. Ilk masjidlarda mehroblar rangda oddiy naqshlar bilan bezatilgan bo‘lsa, so‘ngra masjidlarning joylashgan hududidan kelib chiqib, bezaklarda ishlatiladigan xom-ashyolar qo‘llanilgan. Birinchi masjidlarda mehrob kompozitsiyasi, birbiridan kichrayib borgan bir nechta ravoqlardan tashkil topgan. Ichkaridagi ravoq chuqurroq va kichkina bo‘lgan. Mehrob burchaklari dekorativ ustunchalar bilan bezatilgan. Masjidlar inter’erida mehrobnining ulug‘vorligiga katta e’tibor qaratish ilk masjiddan to hozirgi kunimizgacha asosiy masala sifatida qaraladi. Ilk masjidlarda mehroblar rangda oddiy naqshlar bilan bezatilgan bo‘lsa, so‘ngra masjidlarning joylashgan hududidan kelib chiqib, bezaklarda ishlatiladigan xom-ashyolar qo‘llanilgan. Birinchi masjidlarda mehrob kompozitsiyasi, birbiridan kichrayib borgan bir nechta ravoqlardan tashkil topgan. Ichkaridagi ravoq chuqurroq va kichkina bo‘lgan. Mehrob burchaklari dekorativ ustunchalar bilan bezatilgan. Xullas, Islom dini ta’limoti shundayki, u masjidlarning bezatilishiga umuman qarshi bo‘lmagan. Faqat, masjid devorlari va shiftida tirik mavjudotlarning rangtasvirli mahobatli suvratlari va haykallarining bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatilgan, chunki u suratlar ibodat qiluvchilarning fikru-hayolini chalg‘itgan va musulmonlarning allohga murojatidan begonalashtiruvchi omil deb bilgan. Nafaqat masjidlarning, balki boshqa jamoat binolarining va hatto turar joylar, saroylar, qasrlar hamda shaharlarning ham bezatilgan bo‘lishligiga tarafdordir. Va hatto bu islomiy estetika bo‘yicha buyurilgan ham. Masjidlardagi mehrob va ularning bezatilishi haqida ham to‘xtalib o‘tish joizdir, zero mehrob masjidning eng asosiy tarikibiy qismi, ya’ni atributidir. Islom me’morchiligi o‘z ichiga turli me’moriy bezaklarni qamrab olib, ular Islom hayotidagi ijtimoiy, madaniy, diniy va siyosiy qarashlarni o‘zida aks ettiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Uralov A.S. Xalq muammolari.-T.:Fan,1987.6-bet. 2. Bartels A.B. Nosir Xosrov i ismailizm.-M,1959. 155-bet. 3. Vamberi G. Ocherki jizni nravov Vostoka.-Spb.,1877. 124-bet. 4. Pugachenkova G.A i iskusstvo im. G.Gulyama,1983. 23-bet. 5. O ‘ZBEKISTONDA DO ‘PPIDO ‘ZLIK MAKTABLARINING O ‘ZIGA XOSLIGI VA ULARNING AMALYOTDAGI O ‘RNI SA Fayzullayevich E Conference Zone, 23-28 6. TASVIRIY SAN’AT ASARLARINI BADIIY TAXLIL QILISHDA RASSOM KAMOLIDDIN BEXZOD IJODIDAN FOYDALANISH MASALALARI S MAXKAMOVA Journal of Culture and Art 1 (8), 107-114 7. The study of teaching applied decorative arts in higher education institutions through software solutions: a review of methodological literature JR Ravshanovich Current research journal of pedagogics 5 (10), 106-111 8. O ‘ZBЕKISTON DAVLAT SAN’AT MUZЕYI RANGTASVIR KOLLEKSIYASINING ELЕKTRON KATALOG PLATFORMASINI YARATISH: ISTIQBOLLARI VA NATIJALARI
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL N KULTASHEVA Scientific Journal of Mathematical Knowledge and Applied Research 1 (01), 33-36 9. Application of geoinformation systems in the agricultural complex U Nasritdinova, X Sultonov, H Muratov, R Ankabaev, U Ismatov, BIO Web of Conferences 105, 03005 10. Nigmatjon Nozimovich Talipov THE STAGES OF DEVELOPMENT OF THE ART OF ENGRAVING IN ANCIENT PERIOD AND THE MIDDLE AGES // European Journal of Arts . 2024. №1 . С. 67 - 71. URL: https://ppublishing.org/archive/publication/975-the-stages-ofdevelopment-of-the-art-of-engrav 11. The study of teaching applied decorative arts in higher education institutions through software solutions: a review of methodological literature JR Ravshanovich Current research journal of pedagogics 5 (10), 106-111 12. O ‘ZBЕKISTON DAVLAT SAN’AT MUZЕYI RANGTASVIR KOLLEKSIYASINING ELЕKTRON KATALOG PLATFORMASINI YARATISH: ISTIQBOLLARI VA NATIJALARI N KULTASHEVA Scientific Journal of Mathematical Knowledge and Applied Research 1 (01), 33-36 13. Application of geoinformation systems in the agricultural complex U Nasritdinova, X Sultonov, H Muratov, R Ankabaev, U Ismatov, BIO Web of Conferences 105, 03005 14. Baymetov , B. . (2024). WORK WITH GIFTED STUDENTS IN FINE ARTS CLASSES. Академические исследования в современной науке, 3(48), 148–149. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/49597 15. .Jabbarov Rustam Ravshanovich, . (2024). THE STUDY OF TEACHING APPLIED DECORATIVE ARTS IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS THROUGH SOFTWARE SOLUTIONS: A REVIEW OF METHODOLOGICAL LITERATURE. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 5(10), 106–111. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-05-10-18 16. Talipov Nozim Xamidovich , . (2024). CREATIVE TECHNOLOGIES FOR THE PROVISION OF ART EDUCATION TO FUTURE TEACHERS OF FINE ARTS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES, 5(01), 39–45. https://doi.org/10.37547/philological-crjps-05-01-08 17. D.E.Omonov, ., & G.Yu.Rustamova, . (2025). The Importance of Using Graphic Programs in The Formation of Visual Arts Skills of General Education School Students. European International Journal of Pedagogics, 5(01), 63–66. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/eijp/article/view/65121 18. Абдирасилов, С. (2021). Изобразительное искусство узбекистана в патриотическом и eстетическом воспитании школьников. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.