scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QADIMGI XORAZM SIVILIZATSIYASINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA MADANIY MEROSI

Normetov Bunyod Jasur o'g'li

Abstract

MazkurmaqoladaQadimgiXorazmsivilizatsiyasiningshakllanishi,rivojlanishbosqichlarivauningboymadaniymerosiyoritilgan.Maqoladailkdehqonchilikjamoalaridantortib,urbanizatsiyajarayonlari,qadimgishaharlar. Topraqqalʼa,QoʻyqirilganqalʼakabiyodgorliklarasosidaXorazmmadaniyatiningtaraqqiyotitahlilqilingan.Shuningdek,arxeologiktopilmalar,yozmamanbalarvaqadimgiyozuvlarorqaliXorazmdafan,meʼmorchilik,hunarmandchilikvadiniyeʼtiqodlarkabisohalarningtaraqqiyotiochibberiladi.QadimgiXorazmsivilizatsiyasiMarkaziyOsiyomadaniymerosidatutganoʻrninibeqiyosdir.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Normetov Bunyod Jasur o’g’li Termiz davalt universiteti tarix fakulteti Arxeologiya yo’nalishi talabasi QADIMGI XORAZM SIVILIZATSIYASINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA MADANIY MEROSI Annotatsiya: Mazkur maqolada Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va uning boy madaniy merosi yoritilgan. Maqolada ilk dehqonchilik jamoalaridan tortib, urbanizatsiya jarayonlari, qadimgi shaharlar — Topraq qalʼa, Qoʻyqirilgan qalʼa kabi yodgorliklar asosida Xorazm madaniyatining taraqqiyoti tahlil qilingan. Shuningdek, arxeologik topilmalar, yozma manbalar va qadimgi yozuvlar orqali Xorazmda fan, meʼmorchilik, hunarmandchilik va diniy eʼtiqodlar kabi sohalarning taraqqiyoti ochib beriladi. Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi Markaziy Osiyo madaniy merosida tutgan oʻrnini beqiyosdir. Kalit so’zlar: Qadimiy Xorazm va Katta Xorazm, Gerodot, Ktesiy, Esxil, Evripid, Aristotel, Strabon, Yoqut al–Hamaviy, “Quyosh o’lkasi”, “Arianam-Vayja”, Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa, Qoʻyqirilgan qalʼa, Kirish: Xorazm hududi qadimda Amudaryodan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qadimiy tarixiy hudud fanda 2 xil: Qadimiy Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. Xorazm haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning Behistun kitoblari, qadimiy yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va hokazo) hamda ilk oʻrta asrlarning arab geograflari asarlarida mavjud. Xorazm nomi (toponimi) Avestoda Xvarizem, qadim forschada Xvarazmish, lotinchada Chorasmia va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu hudud Xvorazm talaffuzida tiliga olinadi. “Qadimgi Xorazm O’rta Osiyoning Misridir”- Insoniyat sivilizatsiyasining ko’hna makonlarini o’rgananuvchi arxеologlar ulkan yutuqlarga ko’hna Xorazm zaminidagi makonlar, qabriston, qal'a va qo’rqonlarni izlab topish va o’rganish jarayonida erishdilar. Xorazm tarixi, madaniyati va san'atini bеtakrorligiga yana bir marta amin bo’ldilar" (S.P.Tolstov) Asosiy qism: Qadimgi yozma va arxelogik manbalarni o’rganish natijasi shuni ko’rsatadiki, qadimgi xorazmliklar ilm-fan sohasida o’z davri uchun ilg’or bo’lgan yutuqlarga erishganlar va hayotga tadbiq qila olganlar.Ma’lum bo’lishicha, qadimgi ajdodlarimiz hali qat’iy yozuv tizimini yaratmasdan turib, o’z astronomik kuzatishlarini tosh va suyaklarga yozishdan tashqari, samoviy jismlarni kuzatish uchun maxsus inshootlar ham qurganlar. Ajdodlarimiz astronomiya va matematikadan yaxshi xabardor bo’lib, burchak o’lchovi uskunalarini yaratganlar va ulardan foydalanganlar. Osmon jismlarini o’rganish, tabiat hodisalarini kuzatishga ixtisoslashgan falakiyot fani ko’hna Xorazmda taraqqiy qilib, shu davrda qurilgan inshootlar bizni kunlarimizgacha etib kelgan. Ana shu inshootlardan biri ko’hna Xorazmning madaniy yodgorligi Qo’yqirilgan qal’asidir, er.av IV asrda bunyod etilgan bu qal’a To’rtko’ldan 22 km shimoli sharqda joylashgan bo’lib, minorali istehkom devori xarobalaridan iborat. Qal’a faqat ibodatxona JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL sifatida emas, balki astronomik kuzatishlar olib borish uchun ham mo’ljallab qurilgani taxmin qilinadi. Jumladan, 6-7 metrli devorlar orasidan ko’kka qarata qiya qurilgan derazalar, binoning birinchi qavatidan turib osmon gumbazining faqat ma’lum yo’nalishidagi yoritkichlarini kuzatish imkonini berishi aniqlandi. Bu qal’a silindr shaklidagi burjga o’xshash bino bo’lib, saqlanib qolgan baland joyi tevarak atrofdagi tekislikdan 8 metr baland, diametri 42 metr keladigan bu bino tashqaridan to’qqiz burjli aylanma devor (uning tashqi halkasi 86,5 metrga teng) bilan o’rab olingan. Arxeologik izlanishlar natijasi qadimgi Xorazm tuprog’ining rivojlangan fan ,madaniyat va hunarmandchilik makoni bo’lganligidan dalolat beradi. Qo’yqirilgan qal’ani tadqiq etish natijasida u erda faqat Quyosh emas, balki boshqa samoviy jismlar ham kuzatilgani aniqlandi. Qal’a xarobalaridan sopol parchalari topilgan, bu gardishlar mis halqalar orasiga o’rnatilgan bo’lib yoritgichning meridianda balandlik burchagini o’lchovchi asbob sifatida ishlatilgan bo’lishi kerak. Bu asbob tashqi ko’rinishi, ishlash printsipi jihatidan Beruniyning “Qonuni Mas’udiy” kitobida ta’riflangan sopol astrolyabiyaga o’xshab ketadi. Bu yerda yana arxeologlar tomonidan eramizning uchinchi asrga oid dastlabki taqvimnoma hujjat, ya’ni “xorazmliklarning kalendari” topilgan. Bu topilmalar qadimda xorazmliklarning o’z kalendari bo’lganligidan guvohlik beradi. Demak, Xorazmda qadim zamonlardan beri ilm-fan madaniyat savdo-sotiq, qishloq xo’jaligi juda taraqqiy etgan. Bu fikrning to’g’riligini Xorazm vohasida uzoq yillar davomida olib borilgan arxeologik tekshirishlarning natijalari ham to’la tasdiqlaydi. Xorazmshunos olim S.P.Tolstovning ta’kidlashicha, o’lkaning eramizdan oldingi IV-III ming yilliklardan to eramizning IV asrgacha o’tgan 4500 yillik tarixi qadimgi Xorazm taraqqiyotini ko’rsatuvchi davri hisoblanadi. Bu davr Xorazm madaniyati tarixida alohida ahamiyatga egadir. Xorazmda yashagan xalqlarning eng qadimgi davrga oid yozma va og’zaki adabiyot na’munalari, tarix kitoblari, Beruniy asarlari orqali etib kelgan. Ayniqsa, antik dunyo tarixchilardan Gerodot, Ktesiy, Esxil, Evripid, Aristotel, Strabon, Yoqut al–Hamaviy kabi mualliflarning asarlarida, ko’hna Xorazmda yashagan xalqlarning afsona, rivoyat va hikoyatlari keltirilgan. Xorazm moziydan boshlab adabiyoti, san’ati va madaniyati rivoj topgan yurt bo’lib, uning o’z tili va yozuvi bo’lgan. Xorazm yozuvi yangi eradan avvalgi IV-II asrlarda, ya’ni bundan 2200-2400 yil muqaddam paydo bo’lgan. Yozuvning paydo bo’lishi bilan yozma adabiyot vujudga kelgan. Eramizning II asri oxiri va III asri boshlarida Arsamux I va uning xotini zarb qildirgan tangalarda Xorazm yozuvida o’z qallig’ining ismini yozdirgan. Tuproqqal’a xarobalaridan kichkina cho’pxat ham topilgan. Unda qadimgi Xorazm alifbosining belgilari bilan qora tushda yozilgan to’rtta so’zdan iborat yozuv bor edi. Xorazmshunos olimlar “Xorazm” atamasini “Quyosh o’lkasi” deb talqin qiladilar. Xorazmda Islomdan ilgari Zardo’shtiy dinining mahalliy varianti hukmron din hisoblangan. Tarixchi va sayyoh Markvart zardushtiylikning bosh xudosi Ahuramazda tomonidan yaratilgan, dunyoda aholi yashagan dastlabki o’lka- “Arianam-Vayja”ni Xorazmdan izlaydi,bu haqiqatga yaqin. Markvartning afsonasiga ko’ra Xorazm eng shimoliy va sovuq o’lka bo’lib, rivoyatga qaraganda. zardo’shtiylikning asoschisi afsonaviy payg’ambar Zardo’sht sovuq joyda, ya’ni o’sha erda tug’ilgan emish. Markvartning bu fikrini Bartol’d, S.P.Tolstov va boshqa olimlar ham quvvatlaydilar. Bu esa shu dinning muqaddas kitobi “Avesto”ning Vatani ham Xorazm degan xulosani chiqarishga imkon beradi. “Avesto” Sharqiy Eron va Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi qadimiy qabilalarning ijtimoiy tuzumi, diniy qarashlari xamda jamiyatda ro’y berayotgan tabaqalanish haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. O’sha davrlarda jamiyat turli tabaqalarga bo’linib, boylar va kambag’allar sinflari paydo bo’laboshlagan. “Avesto” ruhoniylar, jang arobalarida yuruvchi harbiylar, dehqon-chorvadorlar, hunarmandlar, qullar mavjudligi haqida xabar beradi. Jamiyatning sinflarga bo’linishi natijasida dastlabki davlatchilik ham vujudga keladi. “Avesto”da bayon qilingan voqealar asosan, “Arianam Vayja” mamlakatida, ya’ni olimlar tomonidan “Katta Xorazm” deb atalgan davlatda ro’y beradi. Bu davlat Prourata (Parfiya), Mouru (Marv), Gava (Sug’diyona), Xvayrezm (Xorazm)ni o’z ichiga olgan. Bu davlat o’sha vaqtda harbiy demokratiya tamoyillari asosida vujudga kelgan. “Avesto”da podshohlar, oliy tabaqa vakillari, ruhoniylarga va diniy urf-odatlarga ham katta o’rin ajratilgan. Unda qadimiy kishilarning dunyoqarashi ezgu niyatlari alohida o’rin JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL egallagan. “Avesto”da tabiat, uni yovuz kuchlar (devlar)dan muhofaza qilish haqida ham qimmatli fikrlar aytilgan. “Avesto”da qayd qilinishicha, zardushtiylar tabiatni, yer, suv, daraxt, o’simlik, jonivorlarni e’zozlash, yerga ishlov berib, sug’orib, undan unumli foydalanish, bog’-rog’lar yaratishi, chorvani rivojlantirishi shart. “Avesto” zardo’shtiylikning muqaddas kitobi bo’lishi bilan birga, ilm–fan, hayotning barcha sohalari bo’yicha mukammal ma’lumot beradigan ulkan, eng ko’hna manba hisoblanadi. “Avesto” dunyodagi eng qadimiy ajdodlarimiz yaratgan noyob bilimlar xazinasidir. “Avesto” kitobi Zardo’sht orqali vaxiy qilingan Ahuramazda dini xaqidagi xabarlar qadimgi davrdan boshlab to o’rta asrlargacha yozilgan ko’plab tarixiy, ilmiy adabiy manbalarda uchrab keladi. “Avesto” qadimiy ajdodlarimizning ijtimoiy-falsafiy fikr yodgorligi sifatida o’tmish tariximiz, madaniyat va ma’naviyatimizni o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Eng muximi, “Avesto” Sharq yozma adabiyotimizni eng qadimgi manbasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. “Avesto”da qadimgi Turon o’lkasi va Eronning o’ziga xos tarixiy geografiyasi bayon etiladi. Xullas, bu din ezgulik va baxt-saodatga erishish, shu yo’lda halol mehnat qilish, adolat va haqgo’ylik, poklik va kelajagi porloq hayotga erishish g’oyasi yotadi. Bu yo’lda Ahuramazdaga sajda qilish, uning yo’l-yo’riqlari asosida olg’a intilish va hayot qurish tavsiya etiladi. Shu asosda zardo’shtiylik dini odamlarning odob-ahloq normalarini tizimga soldi. U jamoaning har bir a’zosi taqdiri bilan bog’liq bo’lgan jumboqlarni echishda yordam qildi, kishilarni yomon niyatlardan qaytardi. “Yaxshi niyat, yaxshi fikr, yaxshi amal” inson hayotining mazmunini tashkil etmog’i zarurligi uqtirildi. Ana shu umid umuminsoniy qadriyatlar majmuasi darajasidagi g’oyalar o’sha zamon bobokalonlarimiz mafkurasining asosini tashkil qilardi. “Xorazm” so’zi dastlab “Avesto”da uchraydi. “Avesto”ning “Mitra yasht” deb ataluvchi 5bo’lim, 14-qismida Sug’d nomi bilan birga Xorazm ham eslanadi. “O’zining oltin vujudi bilan, go’zal tog’ cho’qqilari qamrab olgan, so’ng oriylar tamoman egallab oladigan Mitraga hamdu sonolar o’qiymiz. Oriylar yurtida xukmdorlarning atrof-tevarakda ajoyib yerlari bor. U erlarda oziq-ovqatga mo’l-ko’l ulkan tog’lar mavjud. Chorva mollari uchun suvga serob chashmalar muhayyo, sersuv kanallar, bag’ri keng daryolar Mouru va Xarnayovu-Gou, Sug’d va Kayrizau tomon shitob bilan oqadi”. Xorazm so’zining lug’aviy ma’nosi ko’pgina olimlar diqqat e’tiborini o’ziga tortgan. Nemis sharqshunosi E. Zaxauning fikricha, “Kayrizo” so’zi ikki qismdan iborat bo’lib, “zem”– er, “kayri”– oziq-ovqat ma’nosini bildiradi, ya’ni kayrizam – “oziq-ovqat mamlakati”, “ozuqaga boy yurt” deganidir. Qadimiy Xorazm mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qadimiy aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qadimiy madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan Xorazmning shimoliy qismi (Oqchadaryo deltasi)da miloddan avval IV—III ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (qarang Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, miloddan avval 2-ming yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (qarang Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Miloddan avval 2-ming yillikning 2yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va miloddan avval 1-ming yillik boshlari (IX—VIII asrlar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (qarang Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular Xorazmning qadimiy aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji Xorazm aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan. Xorazmning janubiy qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa miloddan avval VI—III 1-ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda har xil katta-kichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL istehkomli qishloqlar barpo etgan (qarang Joytun madaniyati va Namozgohtepa). Miloddan avval 2 ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshlarida qadimiy sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va janubiy-sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi. Arxeologik maʼlumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalarning 1 qismi janub tomon siljib to shimoliy Hindiston hududlariga qadar borib oʻrnashgani kuzatiladi. Qadimdan Gʻarbiy Osiyo, xususan, shimoliy-sharqiy Eron hududlari bilan bevosita aloqador boʻlgan Xorazmning qadimiy mushtarak madaniyatining koʻpgina jihatlari, xususan, badiiy madaniyati – aholisining tili, urfodatlari, uy-joylarining tuzilish tartiblari, roʻzgʻor anjomlari, zebi-ziynatlarida oʻz ifodasini topgan. Masalan, Xorazmning janubiy qismi qadimiy obidalarida (miloddan avval VI—III ming yillik) somonli guvaladan bino qilingan sahni, ganch aralash loy suvoqli bir xonali uylar ichida oʻchoq, supa, gʻalla uchun oʻra (toʻla) boʻlgan. Chaqmoqtosh qurollari qirgʻich, oʻroq, randa, pichoq; suyakdan yasalgan igna, bigiz; yarmatosh; somonli loydan yasalgan sopol idishlar, baʼzilarining sirtiga qizil rang (angob) berilgan; tosh va sopoldan yasalgan ayol va turli xil hayvon haykalchalar; tosh suyak va chigʻanoqlardan yasalgan tumor, munchoq kabi taqinchoklar uchraydi. Miloddan avval IV—II ming yilliklarda esa turar joylar maydoni nihoyatda kengayib xom gʻishtli koʻp xonali uylardan iborat qishloqqa aylangan. Ularning girdi mudofaa devori bilan oʻralib, otashgoh, hovlilar, tor koʻchalar va markazida maydon paydo boʻlgan. Qurollarining aksariyati tosh va suyakdan, qisman misdan yasalgan, qoʻlda yasalgan sopol idishlar sirtiga qora rangli geometrik va jimjimador (gilam nusxa) naqshlar, hayvon va parranda tasvirlari tushirilgan. Soʻngra kulolchilik charxi kashf etilib, bikonik nusxa idishlar, qadah va vazalar paydo boʻlgan. Binokorlikda monumental imoratlar [ibodatxona, miyonsaroy (zal) va boshqa] qad koʻtarib, qishloqlar esa ilk shahar shaklini ola boshlagan. Xorazm shimoliy qismining moddiy madaniyat obidalari (miloddan avval IV—III ming yillik), asosan, ovchi va baliqchi qabilalarning ulkan chaylalari chaqmoqtoshdan qadama (mikrolit) qurollar, tagi tuxumsimon sopol idishlar, chigʻanoq va jilvir toshlardan yasalgan taqinchoqyaardan iborat. Miloddan avval 2-ming yillikda garchi sugʻorma dehqonchilik xonaki chorvachilik va podachilik paydo boʻlib, turli zot (mayda va yirik shoxli hayvonlar) bilan bir qatorda ot, tuya xonakilashtirilib, yilqichilik ancha rivoj topgan boʻlsada, turar joylar yarim yer toʻlabostirma shaklida boʻlgan. Zeb ziynatlari (uzuk, bilaguzuk, ziraklar) jez yoki mis kabi maʼdan boʻlsada, qurollarining aksariyati chaqmoqtoshlardan yasalgan. Bu davrda Xorazmning shimoliy qismida shubhasiz, na misdan yasalgan qurol va na guvala yoki xom gʻishtlardan bino qilingan turar joy mavjud edi. Xorazmiylarning janubdan shimolga Amudaryo quyi oqimi tomon siljishi, ularning mahalliy sak va massaget qabilalar bilan qorishuvi oqibatida, tubdan yangi madaniyat shakllanadi. Amudaryo deltasi oʻzlashtirilib, hududda 1 nechta monumental binolar (Koʻzaliqir va Qalʼaliqir kabi) qad koʻtaradi. Miloddan avval IV—III asrlarda Xorazm iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topib, katta sugʻorish kanallari (60–70 km. eni 30– 40 m li sayoz) barpo etilib, yangi shaharlar, qoʻrgʻon-qalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa, Qoʻyqirilgan qalʼa) quriladi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo hamda sanʼat rivoj topib, poytaxt (Tuproqqalʼa) barpo etiladi. Xorazm qalʼa va shaharlari toʻgʻri toʻrtburchakli va doirasimon shakllarda aniq reja asosida qurilgan. Ular qalin va baland mudofaa devor bilan oʻralib, tashqarisidan keng (10–15 m) va chuqur xandaq qazilgan. Qalʼa va shaharlarning mudofaa qudratini strategik jihatdan kuchaytirish maqsadida ularning tashqi devorlari 1 yoki 2 qator shinak (nishon, tuynuk)lari, darvoza ogʻzi esa, gʻulomgardish (labirint) – ihota istehkomi bilan mustahkamlangan. Bunday mudofaa inshootlari majmui, shubhasiz, aniq rejalar asosida strategik jihatdan nihoyatda mustahkam qilib barpo etilgan. Masalan, toʻrtburchakli qalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa) devorlari boʻylab 2 qatorli shinaklardan nishonga 4 tomondan oʻq uzish uchun moʻljallangan boʻlsa, doira shakldagi qalʼa (Qoʻyqirilgan qalʼa)dan qamal vaqtida shinaklardan bir yoʻla 360 daraja yoʻnalishda oʻq uzilgan. Bunday uslub, harbiy taktikada doira boʻylab markazdan oʻqqa tutish deb yuritiladi. Xorazmda shaharsozlik sanʼati, ayniqsa, monumental meʼmorlik miloddan avval 1-ming yillik oʻrtalaridan to milodiy VIII asr boshlarigacha oʻtgan davr ichida keng JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL rivojlangan. Katta qalʼalar, xususan, poytaxt shahar (Tuproqqalʼa, Kat) hudud ibodatxonasi (Hazorasp), maqbaralar (Chirikrabot) va boshqa turdagi jamoat binolari qad koʻtargan. Tuproqqalʼada 3 minorali qarorgoh, muhtasham shohona saroy (sahni 280 kv.m), markaziy koʻchalar boʻylab joylashtirilgan hunarmandchilik turar joylari va bozor oʻrin olgan. Shaharda hunarmandchilikning turli sohalari: kulolchilik, temirchilik, misgarlik, qurolsozlik, zargarlik, binokorlik va toʻqimachilik yuksak darajada rivoj topgan. Tuproqqalʼa xarobalaridan topilgan turli xildagi ashyolar, xususan, tasviriy sanʼat asarlarining ayrim boʻlaklari, loydan ishlangan haykallar, devoriy rangli tasvir (chiltor chalayotgan ayol, qoʻlida anor tutgan maʼbuda Nohid), tabiat manzaralari va sopol haykalchalar, badiiy yuksak darajada yasalgan. Yogʻoch va charmga qadimiy xorazmiy yozuvida bitilgan hujjatlar oʻlka aholisi maʼnaviyatini asosi boʻlgan savodxonlik darajasidan dalolat berardi. Arablar islom dinini dunyoga yoyish niqobi ostida ko’pgina o’lkalarni istilo qildilar. Buning oqibatida Markaziy Osiyo, jumladan, Xorazm xalqi majburan Islom dinini qabul qildi. Islom dini mahalliy xalq ommasini itoatda saqlashda arablar uchun qurol bo’ldi. Arab istilosidan so’ng Xorazmda arab, fors alifbosidan foydalana boshlangan. Xorazm yon atrofdagi turkiy qabilalar bilan yaqindan iqtisodiy va madaniy aloqalar o’rnatgandan keyin Eron tillar guruhiga kiruvchi Xorazm tiliga ko’plab turkiy so’zlar ham kirib kela boshlagan. Bora-bora aholi ikki tilda: qadimiy Xorazm tili va turkiy tilda so’zlasha boshlagan. Xorazm bir necha asrlar mobaynida asta-sekin turkiylashgan, oqibatda Eron tillari guruhiga kiruvchi Xorazm tilining eng muhim elementlarini saqlab qolgan Xorazm turkiy tili vujudga keldi. Bu jarayon XV asrda tugallangan. Qadimgi Xorazm ilm-fan rivojlangan ilg’or o’lkalardan biri bo’lgan. Xususan bu diyorda aniq fanlar shakllana boshlagan edi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o’lkada ilmiy tafakkur tarixi ijtimoiy, iqtoisodiy va madaniy tafakkur tarixi bilan chambarchas bog’langan. Xorazmliklarning xo’jalik hayotida erishgan muvaffaqiyatlari matematika, geodeziya, astronomiya va boshqa aniq fanlarga oid muayyan bilimlarsiz ro’yobga chiqmagan bo’lardi. Masalan, sug’orish inshootlari, kanal, chig’ir va koriz usullari bilan suvsiz erlarga suv chiqarish, kemalar yasash, qal’alar, ko’p qavatli saroylar bunyod qilish ishlari, hisoblash va o’lchash texnikasining rivojlanishini taqoza etardi. “Xorazmda topografiyaning rivojlanishiga chambarchas bog’lik bo’lsa, dehqonchilik va me’morchilikning amaliy ehtiyojlari geometriya fanining rivojlanishiga olib keldi. Matematik geografiyaning rivojlanishi esa xorazmlik savdogarlarning uzoq yurtlarga safarlari bilan bog’liq. Zero, astronomik mo’ljal dengizda ham, qurqlikda ham zarur. Ana shunday keng ko’lamdagi geografik aloqalar Xorazmda kartografiya va tasviriy geografiyaning rivojlanishiga sabab bo’ldi. Arablar Xorazmda o’zlariga qaraganda juda ham yuqori, madaniyatga duch keldilar. Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, azZamahshariy singari buyuk olimlar Xorazm fani va madaniyatini butun dunyoga tanitdilar. Xulosa: Xulosa qilib aytganda, Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lida boy va betakror madaniy meros qoldirgan. Uning hududida shakllangan shaharsozlik, sugʻorish tizimlari, yozuvlar, diniy anʼanalar va sanʼat namunalari o‘z davrining yuksak madaniy bosqichlarini aks ettiradi. Arxeologik tadqiqotlar va tarixiy manbalar asosida aniqlanishicha, Xorazm Markaziy Osiyodagi eng qadimiy va rivojlangan sivilizatsiyalardan biri bo‘lib, bugungi kunda bu madaniy merosni o‘rganish nafaqat tarix fanini boyitadi, balki milliy o‘zlikni anglashda ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, qadimgi Xorazm sivilizatsiyasini chuqur tadqiq etish va uni asrab-avaylash dolzarb masalalardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 1. Tolstov S. P., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, Toshkent, 1964; 2. Tolstov S. P., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, Moskva, 1962; 3. Masson V. M., Srednyaya Aziya i Drevniy Vostok, Moskva, 1964; 4. Istoriya Xorezma. Tashkent, 1976. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 5. Dzhabbarov I. Drevniy Khorezm – strana vysokoy kul’tury i unikal’noy dukhovnosti (Etnoistoricheskiye ocherki) Moskva : Institut etnologii i antropologii RAN, 2014. 6. Veselovskiy N. I. Ocherk istoriko-geograficheskix svedeniy o Xivinskom xanstve ot drevneyshix vremyon do nastoyaщego vremeni. SPb., 1877. 7. Kultura i iskusstvo drevnego Xorezma. M., 1981, s3. 8. Rapoport Yu. A. Kratkiy ocherk istorii Xorezma v drevnosti // Priarale v drevnosti i srednevekove. M., 1998,s.28 9. Rapoprot Yu. A., Kratkiy ocherk istorii Xorezma v drevnosti // Priarale v drevnosti i srednevekove. Moskva: Vostochnaya literatura, 1998,s.28 10. https://oefen.uz/uz/documents/referatlar/umumiy/qadimgi-xorazm-sivilizatsiyasi 11. https://dsr.nii.ac.jp/khiva/uz/02history.html