scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY YO'NALGANLIK NAMOYON BO'LISHINING IJTIMOIY FAKTORLARI

Saidova Nargiza Ismatulla qizi,Nosirbekova Dildora Sunnatbek qizi,Sa'diyeva Omina Mavlon qizi

Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy yo’nalganlikni namoyon bo’lishi hamda kasbiy o‘zini o‘zi anglashning uslubiy asoslari, shart-sharoitlari, imkoniyatlari va metodlari to‘g`risida so‘z yuritiladi. Bo‘lajak pedagog uchun inobatga olish zarur bo‘lgan xususiyatlar quyidagicha yoritib beriladi.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Nizomiy nomidagi O’zbekiston Milliy Pedagogika Universiteti “Psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi Saidova Nargiza Ismatulla qizi Logopediya yo’nalishi talabasi Nosirbekova Dildora Sunnatbek qizi Sa'diyeva Omina Mavlon qizi BO'LAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY YO'NALGANLIK NAMOYON BO'LISHINING IJTIMOIY FAKTORLARI Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy yo’nalganlikni namoyon bo’lishi hamda kasbiy o‘zini o‘zi anglashning uslubiy asoslari, shart-sharoitlari, imkoniyatlari va metodlari to‘g`risida so‘z yuritiladi. Bo‘lajak pedagog uchun inobatga olish zarur bo‘lgan xususiyatlar quyidagicha yoritib beriladi. Аннотация: В данной статье рассматриваются проявления профессиональной направленности у будущих учителей, а также методологические основы, условия, возможности и методы профессионального самосознания. Особенности, которые необходимо учитывать будущему педагогу, освещаются следующим образом. Annotation: This article discusses the manifestation of professional orientation in future teachers, as well as the methodological foundations, conditions, opportunities, and methods of professional self-awareness. The characteristics that need to be considered by future educators are presented as follows. Kalit so‘zlar: Pedagog, identifikatsiyalash, kasb, akmeologik, o‘zo‘zini anglash, ta‘lim, metod, uslub, kompitensiya, integrativ. Mamlakatimizda bugungi kunda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta`lim tizimi uchun bo‘lajak yosh o‘qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy ta`lim mazmunini modernizatsiyalash va talabalar ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan ta`lim muhitini yaratish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida “uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish hamda sifatli ta`lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish hamda mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” kabi ustuvor vazifalar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida “uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish hamda sifatli ta`lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish hamda mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Mamlakatimizda bugungi kunda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta`lim tizimi uchun bo‘lajak yosh o‘qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy ta`lim mazmunini modernizatsiyalash va talabalar ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shartsharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan ta`lim muhitini yaratish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Kasbiy yo’nalganlik – bu shaxsning o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishi, intilishi va ushbu sohada muvaffaqiyatga erishishga bo‘lgan motivatsiyasini ifodalovchi tushuncha. Bu jarayon shaxsning qobiliyatlari, qiziqishlari, qadriyatlari va hayotiy maqsadlari asosida shakllanadi. Kasbiy yo'nalganlikning ahamiyati quyidagilardan iborat: Kasbiy yo'nalganlik shaxsning o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari va hayotiy maqsadlariga mos keladigan kasbni tanlash va bu yo‘nalishda rivojlanishga yordam beruvchi muhim omildir. Uning ahamiyati quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi: To‘g‘ri kasb tanlashga yordam beradi: Kasbiy yo‘nalganlik orqali inson o‘z qiziqishlari va qobiliyatlariga mos keladigan kasbni aniqlaydi, bu esa kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyatning asosi bo‘ladi. Motivatsiya va ishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi: Odam o‘zi sevgan ish bilan shug‘ullansa, ko‘proq ilhomlanadi va yuqori natijalarga erishishga intiladi. Kasbiy faoliyatga yo‘naltirishda kasb tanlash motivlarining yaqqolroq namoyon bo‘lishi kuzatilsa-da, faqat ularning o‘zigina kasbiy tayyorgarlikning shakllanishida yetakchi rol o‘ynay olmasligini e’tiborga olish lozim deb o’ylayman. Chunki, shaxsning mavjud jismoniy, ruhiy hamda ma’naviy imkoniyatlari tanlangan kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo‘yadigan talablari darajasi bilan mutanosib bo‘lishi pedagoglarning kasbiy faoliyat muhitiga normal moslashishiga hamda refleksiyaning shakllanishiga yordam beradi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Kasbiy yo‘nalganlik ayniqsa, bo‘lajak pedagoglar uchun muhim, chunki ularning o‘z kasbiga bo‘lgan ishtiyoqi va motivatsiyasi bevosita ta’lim jarayoniga va o‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Kasbiy o‘zini o‘zi anglash – professional faoliyatda inson taraqqiyotining eng yuqori bosqichi hisoblanadi. Shaxsning professional o‘zini o‘zi tanishi ushbu hayotda o‘zingiz nimani aniq belgilashga hamda ma`lum faoliyat turida sa’y - harakatni investitsiyalashga yordam beradi. Shaxs o‘zini o‘zi anglashi tufayli emas, balki o‘zida o‘z-o‘zini anglashga nisbatan ichki ehtiyoj, turtki, motiv kabilar mavjudligi uchun ham u insondir. Shaxs tarbiyasida o'qituvchi o'rnining nihoyatda kata ma'naviy merosimiz durdonalarida ham markaziy o'rinni egallaydi. Bunda biz mutafakkirlar Kaykovus, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar merosini misol qilib olishimiz mumkin. Ular bolani to'g'ri tarbiyalash, uning shaxsini shakllantirishda o'qituvchi mehnatining ahamiyati, mas'uliyati masalasida qimmatli fikrlar qoldirganlar. Bo'lajak o'qituvchilarni davr talablari asosida tayyorlash, ularni o'z kasbining mohir ustasi, yangilikni tez idrok etib, o'z faoliyatida qo'llaydigan - ijodkor qilib tarbiyalash oliy maktab va pedagogika fani oldida turgan muhim vazifalardan bo'lib hisoblanadi. Kasbiy yo’nalganlik - bo‘lajak o‘qituvchi tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va salohiyatning chuqur o‘rganilishi va ularning amaliyotda qo‘llay olinishi hisoblanadi. Kasbiy yo’nalganlik bo‘lajak o‘qituvchi tomonidan alohida ko‘nikma, malakalarning egallanishini emas, har bir mustaqil yo‘nalishga ko‘ra integrativ bilimlar va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya sohaga ko‘ra bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, eng muhimi, ilmiy ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi. Mutaxassislarning kasbiy yo’nalganligi masalasini tadqiq etishga keyingi paytlarda qiziqish ancha kuchayib bormoqda. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga moslashtirishda ularning obyektiv imkoniyatlaridan kelib chiqib yondashish, hamda tanlangan kasb va faoliyat talablariga shaxs imkoniyatlarining identifikatsiyalashuvi maqsadga muvofiq sanaladi. Masalan, o‘qituvchilik kasbini tanlashda nafaqat bu kasbni sevish, bolalar bilan muloqotga kirishish istagi, aksincha kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo‘yadigan jismoniy, psixologik hamda ijtimoiy talablar uning imkoniyatlari doirasida bo‘lishi kasbiy bilim, malaka va shuning bilan birga, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g`risida»gi Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil, 6-son, 70-modda. 2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot, erkinlik va farovonlik sari intilayotgan mamlakat. – T.: O‘zbekiston, 2021. 3. Ta`limni axborotlashtirish - 2018: Xalqaro ilmiy-metodik konferentsiya materiallari (Kostroma, 2018 yil 14-17 4. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: Moliya, 2013. – 192 b. 5. Asqarova O‘.M., Hayitboev M., Nishonov S.M. Pedagogika. – T.: Talqin, 2018. – 287 b. Internet saytlari: 1. httr://www.deti.zr.ua/show_article.rhr?a_id=300105. Gоsudаrstvеnnаya pоmоsh dеtyamsirоtаm. 2. httr://erarhia.onego.ru/sirota.htm. Sirоtstvо v istоrii Rоssii. 3. httr://kid-in-danger.narod.ru/. Sоtsiаlniy priyut dlya dеtеy.