MODULLI TIZIM, UNING TARKIBIY QISMLARI HAMDA O'QUV JARAYONINING TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada Modulli o'qitish-o'quv jarayonini tashkil etish shakli bo'lib, unda o'qitish o'quv materialining mantiqan tugallangan birliklari modullarni, bosqichlar va qkadamlar bo'yicha o'zlashtirishni anglatadi.O’qitishning modulli texnologiyasi, o'qitishning qabul qilingan tamoyillariga muvofiq ishlab chiqariladi amaliyotda qo’llash va ta’lim tizimiga innovatsiyalar yondashuvlar taklif etiladi.
Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Qahramonov Og'abek Izzat o'g'li Osiyo xalqaro universiteti MAVZU: MODULLI TIZIM, UNING TARKIBIY QISMLARI HAMDA O’QUV JARAYONINING TAHLILI. Annotatsiya: Mazkur maqolada Modulli o'qitish-o'quv jarayonini tashkil etish shakli bo'lib, unda o'qitish o'quv materialining mantiqan tugallangan birliklari modullarni, bosqichlar va qkadamlar bo'yicha o'zlashtirishni anglatadi.O’qitishning modulli texnologiyasi, o'qitishning qabul qilingan tamoyillariga muvofiq ishlab chiqariladi amaliyotda qo’llash va ta’lim tizimiga innovatsiyalar yondashuvlar taklif etiladi. Kalit so’zlar: Modul, avtonom, masofaviy ta’lim, onlayn ta’lim, raqamli ta’lim, AKT, o‘quv platformasi, virtual dars, ta’lim texnologiyalari, elektron darslik, metodika, infratuzilma. [email protected] ТЕМА: МОДУЛЬНАЯ СИСТЕМА, ЕЕ СОСТАВЛЯЮЩИЕ, А ТАКЖЕ АНАЛИЗ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА. Аннотация: Аннотация: В данной статье модульное обучение-это форма организации учебного процесса, при которой логически завершенные единицы учебного учебного материала представляют собой усвоение модулей, этапов и этапов.Модульная технология обучения, разрабатываемая в соответствии с принятыми принципами обучения, предполагает практическое применение и инновационные подходы к системе образования. Ключевые слова: модульное, автономное, дистанционное обучение, онлайн-обучение, цифровое обучение, ИКТ, учебная платформа, виртуальный урок, образовательные технологии, Электронный учебник, методология, инфраструктура. [email protected] TOPIC: MODULAR SYSTEM, ITS COMPONENTS AND ANALYSIS OF THE EDUCATIONAL PROCESS. Abstract Annotation: in this article, modular teaching is a form of Organization of the educational process, in which logically completed units of teaching teaching material represent Mastering by modules, stages and qcadams.Modular technology of teaching is produced in accordance with the accepted principles of teaching application in practice and innovation approaches to the educational system are offered. Keywords: module, autonomous, distance education, online education, digital education, ICT, learning platform, virtual lesson, educational technology, electronic textbook, methodology, infrastructure. [email protected] Modulli tizim tushunchasi, tarkibiy qismlari. Modulli o’qitish texnologiyasining tamoyillari
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL "Modulli o'qitish" termini xalqaro tushuncha-modul bilan bog’liq bo'lib, uning bitta ma'nosi - faoliyat ko'rsata oladigan o'zaro chambarchas bog’lik elementlardan iborat bo'lgan tugunni bildiradi. Bu ma'noda u modulli o’qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan informatsiya bloki sifatida tushuniladi. Modulli o’qitish-o’qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki odam bosh miyasi o'zlashtirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir. Modulli o’qitish asosan inson bosh miyasi to'qimalarining modulli tashkil etilganligiga tayanadi. O’qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi bo’lib 1972 yil, YUNESKOning Tokiodagi Butunjaxon Konferentsiyasida so'z yuritilgan edi. Modulli o’qitish texnologiyasi - funktsional tizimlar, fikrlashning neyrofiziologiyasi, pedagogika va psixologiyaning umumiy nazariyasidan kelib chiqadi. Modulli o'qitish-o'quv jarayonini tashkil etish shakli bo'lib, unda o'qitish o'quv materialining mantiqan tugallangan birliklari modullarni, bosqichlar va qkadamlar bo'yicha o'zlashtirishni anglatadi. O’qitishning modulli texnologiyasi, o'qitishning qabul qilingan tamoyillariga muvofiq ishlab chiqariladi va amalga oshiriladi. Modulli o’qitish modullar bo'yicha tuzilgan o’quv programmalari asosida o’qitishni tashkil etishdir. Modul kurs mazmunini uch sathda qamrab oladi: to'la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. Programma materiallari bir vaqtning o'zida barcha ehtimol ko'rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so'z bilan berilishi mumkin. O’qitish moduli o’quv materialining avtonom (mustaqil) qismi bo'lib, quyidagi komponentlardan tashkil topadi.Aniq ifodaga ega bo'lgan o’quv maqsadi (maqsadli programma); axborotlar banki: o’qitish programmasi shaklidagi ayni o’quv materiali; maqsadlarga erishish bo'yicha metodik qo'llanma; zaruriy malakalarni shakllantirish bo'yicha amaliy mashgulotlar; qo’yilgan modul maqsadiga qatiy muvofiq keluvchi nazorat ishi. Pedagogik texnologiyalarning elementar birliklari tizimi modullardan tashkil topadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Eng kichik bo'lak pedagogik texnologiyaning o'ziga hos qismi bo'lib, bunday kichik modullardan birlamchi modul tashkil topadi. Modullar to'plami o’qitish jarayonini ilmiy tashkil etishga va uning sifat hamda samarasini ta'minlash uchun qo’llaniladi. Modullarning o'zgaruvchan va modernizatsiyalanadigan tabiati tufayli ulardan dinamik ravishda foydalaniladi. Modulli o’qitish – tartibli o’qitish demakdir. Bunda o’quv materiali bitta o’quv mashg’uloti hajmida, o’quv predmetining biror mavzusi yoki biror bo'limi darajasida, ba'zan esa o’quv fanining yirik tarkibiy qismi o'lchamida, ya'ni bloklar tarzida ham modullar yordamida o'qitilishi mumkin. Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida bir necha turdosh o’quv fanlarining tarkibiy bo'laklarini hamda ayrim fanlarni o’qitish texnologiyasini tashkil qiluvchimodullar (bloklar) tarzida o’qitish keng qo’llanilmoqda. Davlat ta'lim standartlarining tarkibiy bo'laklariga mos keladigan bloklardan ham foydalanilmoqda. O’quv reja va dasturlarning tarkibiy bo'laklarini hamda ularning bajarilishini ta'minlaydigan texnologiyaga xizmat qiluvchi modullar ham mavjud. Ta'lim usullari, metodlari va vositalari uchun qo’llaniladigan modullar ham yaratilmoqda. Modullar, birinchi navbatda, ta'lim mazmuniga daxldor tushunchalar, qoidalar, nazariyalar, qonunlar va ular orasidagi umumiy bog’lanishni ifodalovchi qonuniyatlarni tushuntirishga samarali xizmat qiladi. Bilim oluvchilarning o’quv-bilish faoliyatlari hamda ularning o'zlashtirishini nazorat qilishda ham modullardan foydalaniladi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Modullashtirish va o’quv jarayonini texnologiyalash yuzasidan keyingi yillarda ilmiy-pedagogik tadqiqotlar o'tkazilmoqda. Lekin bu borada o’quv tarbiya jarayonini modullashtirish va algoritmlashtirish ishlari nihoyasiga etkazilgan emas. Bu holatning nezisi va takomillashuvini atroflicha tadqiq etish orqali va tajriba-sinov ishlari hamda pedagogik eksperimentning qat'iy xulosalariga tayanib ta'lim jarayoniga modulli yondashuvni kuchaytirish mumkin. Ta'lim-tarbiya jarayonlariga modullashtirish va algoritmlash madaniyati to'la kirib borganida pedagogik texnologiyalarning yaratilishi va ularning amalda qo’llanilishi borasida sezilarli yutuqlarga erishish imkoniyati kuchayadi. Quyidagi tamoyillar modulli o’qitish texnologiyasining asosini tashkil etadi: 1. Faoliyatlik tamoyili. Bu tamoyil, modullar mutaxassisning faoliyat mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi. Bu tamoyilga ko'ra modullar fan bo'yicha faoliyat yondashuvi yoki tizimli faoliyat yondashuvi asosida tuzilishi mumkin. Modulli o’qitish texnologiyasiga fan bo'yicha faoliyat yondashuvida, modullarni o’quv rejasi va dasturlar tahlili natijasida tuzishni taqozo etadi. Tizimli faoliyat yondashuvida, modullar bloki, mutaxassisning kasbiy faoliyati tahlili asosida shakllantiriladi. 2. Tenglik, teng hukuklik tamoyili. Bu tamoyil pedagog va talabaning o'zaro munosabati sub'ekt - sub'ektiv xarakterligini belgilaydi. Bu esa modulli o’qitish texnologiyalarni, shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar toifasiga taalluqliligini ko'rsatadi. Ya'ni modulli o’qitish texnologiyasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlariga moslashgan bo'ladi. 3. Tizimli kvantlash usuli. Bu tamoyil axborotni siqib berish nazariyasi, muhandislik bilimlar kontsepsiyasi, didaktik birliklarni yiriklash nazariyalarining talablariga asoslanadi. Shular bilan bir qatorda bu tamoyil quyidagi psixologik-pedagogik konuniyatlarni hisobga olishni taqozo etadi: katta hajmdagi o'quv materiali, qiyinichilik bilan va xohishsiz (istalmasdan) eslanadi; ma'lum tizimda kisqartirilgan holda berilgan o’quv materiali, osonroq o'zlashtirilali; o'quv materialidagi, tayanch qismlarni ajratib ko'rsatilishi, eslab qolish faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan bir qatorda o'quv materialining asosini ilmiylik va fundamentallik tashkil etishi lozim. 4. Motivatsiya (qiziqishni uyg’otish) tamoyil. Bu tamoyilning mohiyati talabaning o’quv-bilim olish faoliyatini rag’batlantirishdan iborat bo'ladi. Bu asos soluvchi qoidadir. Modulning o'quv materialiga qiziqishni ug’otish, bilim olishga rag’batlantirish, mashg’ulotlar paytida faol ijodiy fikrlashga da'vat etish, modulning tarixiy va muammoli elementlarining vazifalari hisoblanadi. 5. Modullik tamoyili. Bu tamoyil o’qitishni individuallashtirishning asosi bo'lib xizmat qiladi. Birinchidan, modulning dinamik strukturasi fan mazmunini uch xil ko'rinishda namoyon etish imkoniyatini beradi: to'la, kisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. O’qitishning u yoki bu turini tanlash talabaga havola qilinadi. Ikkinchidan, modul mazmunini o'zlashtirishda, usul va shakllarning turliligida ham modullik namoyon bo'ladi. Bu esa o’qitishning faollashtirilgan shakl va usullari (dialog, mustaqil o’qish,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL o’quv va imitasion o'yinlar va hokazo) hamda muammoli ma'ruzalar, seminarlar, maslaqatlar bo'lishi ham mumkin. Uchinchidan, modullik, yangi materialni pog’onasimon o'zlashtirishda ta'minlanadi, ya'ni har bir fan va har bir modulda o’qitish oddiydan murakkabga qarab yo'nalgan bo'ladi. To'rtinchidan, modulga kiruvchi o’quv elementlarining moslanuvchanligi tufayli, o'quv materialini muntazam ravishda yangilab turish imkoniyati ko'zda tutiladi. 6. Muammolik tamoyili. Bu tamoyil muammoli vaziyatlar va mashg’ulotlarni amaliy yo'naltirilgan tamoyilligi tufayli, o’quv materialining o'zlashtirilish samaradorligini oshishiga imkon beradi. Mashg’ulotlar paytida gipoteza faraz ko'yiladi, uning asoslanganligi ko'rsatiladi va bu muammoning yechimi beriladi. Ko'pchilik hollarda bizning o’qituvchilar darslarda faqatgina dalillar keltiradilar, (ular hatto yangi bo'lsa ham) ammo misol uchun AQSHda o’qituvchi masalani o'rganish uslubini, o'zi qo'ygan muammoni echish yo'llarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini ko'rsatadi va tushuntiradi. Birinchi navbatda, ayniqsa, ana shu narsa talabani qiziqtirib qo'yadi, unda ijodiy fikrlash va faollikni tug’diradi. 7. Kognitiv vizuallik (ko'z bilan kuzatiladigan) tamoyili. Bu tamoyil psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi, ularga ko'ra o’qitishdagi ko'rgazmalar, nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan taqdirdagina o'zlashtirish unumdorligini oshiradi. Aynan, shuning uchun kognitiv grafika-sun'iy intellekt nazariyasining yangi muammoli sohasi bulib, murakkab ob'ektlar kompyuter suratchalari ko'rinishida tasvir etiladi. Modulning tarkibiy tuzilmasi bo'lib, rangli bajarilgan, kognitiv-grafik o’quv elementlari (rasmlar bloki) xizmat qiladi. Shuning uchun rasmlar, modulning asosiy bosh elementi hisoblanadilar. 8. Xatoliklarga tayanish tamoyili. Bu tamoyil o’qitish jarayonida doimiy ravishda hatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga, talabalarning ruhiy faoliyati funktsional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo'naltirilgan bo'ladi. Bu tamoyilning amalga oshirilishi, talabada tanqidiy fikrlash, qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi. 9. O’quv vaqtini tejash tamoyili. Bu tamoyil talabalarda individual va mustaqil ishlash uchun o'quv vaqtining zahirasini yaratishga yo'naltirilgan bo'ladi. To’g’ri tashkil qilingan modulli o’qitish, o’qish vaktini 30% va undan ortiq tejash imkoniyatini beradi. Bunga esa modulli o'qitishning barcha tamoyillarini to'la amalga oshirilganda, o'quv jarayoni kompyuterlashtirilganda, yondosh fanlarning o’quv dasturlari muvofiqlashtirilganda erishish mumkin. O‘qituvchining pedagogik faoliyatini olib borishga halaqit beradigan psixologik to‘siqlarni umumlashtirib yangilik kiritishlarga o‘qituvchilarning ko‘proq qarshilik bildirishini keltiradigan sabablarni ta’kidlab o‘tish zarur. O‘zgarishning maqsadi o‘qituvchilarga tushuntirilmagan yashirin, gapning ikki ma’nosi xavotir va noma’lumlikni keltiradi. Noma’lumdan qo‘rquv har qaysi yangi usulga o‘qituvchilarni yo‘llashi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 1. «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli farmoni 2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi "Ta'lim sifatini ta'minlash va ta'lim xizmatlarini ko'rsatish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-76-sonli farmoni 3. Abduqodirov A.A. Ta’lim va tarbiyada «Case-study» texnologiyalari. –T.: «Fan va texnologiya», 2017, -344 b. 4. Кулдашева Ш. А., Ахмаджанов И. Л., Адизова Н. З. Закрепление подвижных песков пустынных регионов сурхандарьи с помощью солестойких композиций //научные исследования. – 2020. – С. 101. 5. Raximov O.D. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari – o‘quv qo‘llanma T.: Toshkent – 2012Y - 111 b 6. Бecпaлкo В.П. Пeдaгoгикa и прoгрeccивнoe тexнoлoгия oбучeния М.: Изд-вo инc.прoф.oбр. Мин. Oбрaзoвaния Рoccии, 1995.-345 б. 7. Ziyomuhammadov B., Abdullaeva Sh. Ilg‘or pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. “Ma’naviyat asoslari” darsi asosida ishlangan uslubiy qo‘llanma. – T.: Abu Ali ibn Sino, 2001. – 80 c 8. Alimov, B.A., & Xudoyberganova, D.X. Raqamli ta’lim platformalari: imkoniyatlar va muammolar. // Oliy ta’lim muassasalari uchun ilmiy-amaliy jurnal, 2022, №3. - B. 20–26. 9. Kahramanov , O. Theoretical foundations of pedagogical technologies in educational processes. Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education, 1(9), 61–63.http://aidlix.com/index.php/us/article/view/919 10. Qahramonov O.I. Oliy ta`lim tizimida talabalar bilimini baholash.- “Pedagogs” international research journal 99-101 b\ http://pedagogs.uz/index.php/ped/issue/view/37 11. Oliy ta’limda zamonaviy ta’lim tizimi va texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik asoslari tahlili . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, (1), 143-147. https://scientificjl.com/tal/article/view/24817