scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PROFESSIONAL TA'LIMI NAZARIYASI VA AMALIYOTIDA BO'LAJAK MUHANDISLARNING LOYIHALASH FAOLIYATI MUAMMOSI

O.A.Xushnayev

Abstract

Maqolada bo‘lajak muhandislarni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash muammosini tadqiq qilish zaruriyati, yangi ijtimoiy-pedagogik sharoitlar, professional ta’lim tizimini rivojlantirish uchun mavjud ilmiy-pedagogik shart-sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, bu muammoni jamiyatdagi mavjud vaziyatni tahlil qilish asosida, bo‘lajak muhandislarining ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorgarligiga qo‘yiladigan maqsad, vazifa, mazmun xususiyatlari va talablarini aniqlash orqali ko‘rib chiqilganligi ushbu maqolada yoritib berilgan.

Full text

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL PhD, dotsent v.v.b. O.A.Xushnayev (ToshDTU) PROFESSIONAL TA’LIMI NAZARIYASI VA AMALIYOTIDA BO‘LAJAK MUHANDISLARNING LOYIHALASH FAOLIYATI MUAMMOSI Annotatsiya: Maqolada bo‘lajak muhandislarni ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash muammosini tadqiq qilish zaruriyati, yangi ijtimoiy-pedagogik sharoitlar, professional ta’lim tizimini rivojlantirish uchun mavjud ilmiy-pedagogik shart-sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, bu muammoni jamiyatdagi mavjud vaziyatni tahlil qilish asosida, bo‘lajak muhandislarining ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorgarligiga qo‘yiladigan maqsad, vazifa, mazmun xususiyatlari va talablarini aniqlash orqali ko‘rib chiqilganligi ushbu maqolada yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: muhandis, ijodiy loyihalash, tizimli texnik faoliyat, globallashuv, integratsiyalashuv, texnologik loyihalash, mantiqiy loyihalash, texnik tizim, kasbiy tarbiya. ПРОБЛЕМА ПРОЕКТНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ БУДУЩИХ ИНЖЕНЕРОВ В ТЕОРИИ И ПРАКТИКЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация: В статье поскольку проблема подготовки будущих инженеров к творческой проектной деятельности связана с необходимостью исследований, новых социальнопедагогических условий, существующих научно-педагогических условий для развития системы профессионального образования, эта проблема решается на основе анализа текущей ситуации в обществе, путем определения цели, задачи, содержательных характеристик и требований к подготовке будущих инженеров. Ключевые слова: инженер, креативный дизайн, структурно-техническая деятельность, глобализация, интеграция, технологический дизайн, логический дизайн, техническая система, профессиональное обучение. THE PROBLEM OF DESIGN ACTIVITY OF FUTURE ENGINEERS IN THE THEORY AND PRACTICE OF VOCATIONAL EDUCATION Abstract: Since the problem of preparing future engineers for creative project activity is connected with the need for research, new socio-pedagogical conditions, existing scientific and pedagogical conditions for the development of the vocational education system, this problem is solved based on the analysis of the current situation in society, by determining the goals, objectives, content characteristics and requirements for the training of future engineers. Key words: engineer, creative design, structural and technical activity, globalization, integration, technological design, logical design, technical system, vocational training. Kirish JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan asosiy omil sifatida e’tirof etilib, halqaro tashkilotlar hamda dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan 2030 yilgacha belgilangan yangi ta’lim konsepsiyasida “oliy ta’lim sifatini oshirish, bo‘lajak mutahassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ijodiy loyihalash faoliyatiga tayyorlash, ta’lim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy etish” [1] dolzarb vazifa etib belgilandi. Jahonda bo‘lajak muhandislarni tayyorlash jarayonini kompetensiyaviy yondashuv va zamonaviy usullar asosida loyihalash, amalga oshirish va rivojlantirishning ilmiy asoslangan tizimini yaratish dolzarbligicha qolmoqda. Mamlakatimizda samarali kasbiy ta’lim tizimini joriy etishga qaratilgan tub islohotlar natijasida bo‘lajak muhandislarni tayyorlashning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari va axborot-metodik imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Shu nuqtai nazardan bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning amaldagi metodikasi va o‘quvuslubiy ta’minotini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish hamda o‘zlashtirish natijalarini ob’ektiv baholash mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, O’zbekiston Respublikasining zamonaviy ijtimoiy-madaniy holati bir qator yetakchi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shu munosabat bilan, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni tayyorlash, talabalarni tegishli xulq-atvor modellariga yo‘naltirish va ularni amalga oshirishga muhim vazifa etib belgilangan. Shu bilan bir qatorda “Ta’lim tizimi” o‘z bilimlari, qobiliyatlari va ko‘nikmalariga asoslangan mustaqil qaror qabul qila oladigan, shuningdek, o‘z hayotiy faoliyatida o‘zini kamolotga yetkazish va o‘z qobiliyatlarini amalga oshirishga intiladigan erkin, ijodiy, madaniy, bilimli va faol shaxsni tarbiyalash vazifasini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Metodologiya «Loyihalash» atamasi, professor G.Ye.Muravyova [2] ta’kidlaganidek, dastlab faqat texnik adabiyotlarda ishlatilgan, uning mazmuni «texnik -iqtisodiy asoslar, hisob-kitoblar, chizmalar, maketlar, smetalar, tushuntirish xatlari va aholi punktlari, korxonalar, binolar, inshootlarni qurish (rekonstruksiya qilish), asbob -uskunalar, mahsulotlar va boshqalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan boshqa materiallarni qamrab olgan murakkab texnik hujjatlar (loyiha)ni ishlab chiqish» ni o‘z ichiga olgan. Loyihalash - bu harakat yoki mahsulotni tayyorlash muayyan harakat metodini tanlash ijodiy jarayon va loyihalash jarayonini tashkil etuvchi bir qancha fundamental tamoyillar va munosabatlarni qo‘llash, tabiiy tabiat hodisalarini inson ehtiyojlarini qondiradigan sun’iy predmetlar va jarayonlarga aylantirish bo‘yicha faoliyat sifatida tushunishdir. Texnologik loyihalash: boshlang‘ich resurslarning ro‘yxati va xarakteristikalari (asosiy va yordamchi materiallar, energiya va energiya tashuvchilar turlari, axborot turlari - hujjatlar, yo‘riqnomalar, standartlar va boshqalar); texnologik jarayon; qayta o‘zgartirish vositalari va ularning xarakteristikalari ro‘yxati, shu jumladan, maxsus topshiriqlarning va loyihalarning qayta o‘zgartirish vositalarini ishlab chiqish; mehnat resurslarining xarakteristikalari - kasblar, malaka, boshlang‘ich ob’ektni kerakli natija (mahsulot)ga to‘g‘ridan - to‘g‘ri aylantirish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlar soni [3]. Bizning fikrimizcha, loyihalashning muhim xususiyatlari: tushunish, o‘zgartirish, qonunga muvofiqlik, qaror qabul qilish, ehtiyojlarni qondirishdir. Loyihalash - bu tabiiy va ijtimoiy qonunlarni hisobga olgan holda insonning har qanday ehtiyojini qondirishga qaratilgan tanlov va qaror qabul qilish asosida bo‘lajak voqe’likning o‘zgarishini tushunish faoliyatidir [3]. Unda JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL loyihalash muayyan harakat metodini tanlash sifatida, xususiy holatda - harakatning mantiqiy asosi ko‘rinishida tizimni yaratish sifatida taqdim etiladi. Shunday qilib, loyihalash muammosini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ko‘rib chiqish bizni muhandislik ijodiy loyihalash faoliyatini o‘rganishga yo‘naltirdi. Muhandislik loyihalashtirishi, o‘ziga xos xususiyat va mazmunga ega bo‘lgan muhandislik faoliyatining eng muhim turlaridan biri bo‘lib, birinchi navbatda, uni ishlab chiqaruvchilarga topshirish uchun muhandislik g‘oyasining grafik tasvirini bajaruvchilarning faoliyatiga bog‘liq. Tizimli texnik loyihalash asta-sekin ijtimoiy-texnik loyihalashga, so‘ngra yangi holat, ya’ni ijtimoiy loyihalashga aylanadi. Ijtimoiy loyihalashning vazifasi ijtimoiy - tashkiliy strukturalarni maqsadli o‘zgartirish (jamoat birlashmalari, ijtimoiy institutlar modellarini yaratish, ijtimoiy tuzilish va jamoat hayotining yangi shakllarini yaratish, boshqaruv tizimlarini, qonunlarni ishlab chiqish; axloqiy va pedagogik tizimlar doirasida ideal shaxsning model va obrazlarini yaratish, shaxsning o‘z rivojlanishini loyihalash va boshqalar). Loyihalash jarayoni zamonaviy jamiyatning hayot tarziga, uning mavjud bo‘lish va omon qolish metodiga aylanmoqda. Har qanday loyihalash, qaysi soha va qanday shaklda amalga oshirilishidan qat’iy nazar, aslida ijtimoiy-madaniy jarayondir. Zamonaviy dunyoda loyihalashning ommaviyligi g‘oyasi, bir tomondan, falsafa va madaniyatshunoslik doirasida, ikkinchi tomondan, loyihalash faoliyati metodikasi doirasida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Yuqoridagi manbalarni tahlil qilish asosida mantiqiy loyihalash strukturasidagi quyidagi asosiy bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: axborot yig‘ish - ma’lumotlarni tahlil qilish-strategiyani tanlash-taktikani tanlash-g‘oyalarni shakllantirish - variantlarni solishtirish - sintez - baholash – optimal yechim - konkretlashtirish vazifalarini belgilash. Turli mualliflarning ijodiy loyihalash faoliyati bosqichlarining qiyosiy tavsiflari 1-jadvalda keltirilgan [4]. 1-jadval Loyihalash jarayonining bosqichlari (turli mualliflarning ishlariga asoslanib) Loyihal ash bosqich lari P.I. Balab anov Dj. Djons D. Dikson P. Xill Muam moning qo‘yilis hi; ma’lum ot yig‘ish; ma’lum otlarni tahlil qilish; Konse ptual loyiha lash (g‘oy alar ishlab chiqar ish); perse ptual loyiha Yechim topish uchun yetarli joy ajratish uchun loyiha holatini ng chegara larini kengayt Maqsad ga aniqlik kiritish; muamm oni hal qilish yo‘lini tanlash; g‘oyani shakllan Talabn i aniqlas h; maqsa dni aniqlas h; Ilmiy tadqiq otlar; JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL strategi yani tanlash; taktikan i tanlash; g‘oyala rni shaklla ntirish; usullarn i taqqosl ash; sintez; baholas h; optimal yechim; konkret lashtiris h lash (mod diy hisob - kitobl ar, iqtiso diy tahlil, chizm achili k ishlari ; ekspe rimen tal faoliy at, tashki liy faoliy atni amalg a oshiri sh) irish; tamoyill ar va konseps iyalarni yaratish ; loyihala sh, eng kam chiqimli usulni tanlash tirish; muhand islik tahlili; yechimn i konkretl ashtirish ; mahsulo tni ishlab chiqaris h, taqsimla sh tarqatish va foydala nish vazifa ni shaklla ntirish; g‘oyal arni shaklla ntirish; konsep siyani ishlab chiqis h; tahlil; eksper tlar xulosa si; ishlab chiqari sh; taqsim lash; iste’m ol qilish Loyihalash texnologiyasi an’anaviy ta’lim paradigmasidan innovatsion ta’lim paradigmasiga o‘tish vositasiga aylanishi biz uchun ham juda muhim. Loyihalashning mohiyati shundan iboratki, amalda biror narsa qilishdan oldin, inson ilmiy loyiha - loyihalash paytida mavjud bo‘lmagan bo‘lajak ob’ekt va bo‘lajak faoliyatning ideal (va iloji bo‘lsa, ilmiy) tavsifini yaratadi. Natija va mulohazalar Oliy ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar, texnika o‘quv yurtlarida ijodiy loyihalashni qayta qo‘rishni talab etadi. Buning uchun loyihalash faoliyati sohasidagi nazariy ishlanmalardan foydalanish zarur. Loyihaviy muhandislik faoliyati kontekstida ijodiy tafakkurni rivojlantirishni ko‘rib chiqish zarurligini asoslash maqsadida jamiyat rivojlanishining zamonaviy bosqichida muhandislik loyihalash faoliyatining o‘ziga xosliklarini ko‘rib chiqamiz, bu texnika universitetlarda muhandis kadrlarni ijodiy loyihalash faoliyatga tayyorlash kursini tubdan o‘zgartirish zarurligini belgilaydi. JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Muhandislik loyihalash faoliyati eng murakkab texnik tizimlarni loyihalash bilan bog‘liq bo‘lib, ularni amalga oshirish ekologik, antropologik va ijtimoiy oqibatlarga olib keladi, ba’zan esa butun insoniyat va alohida har bir insonning hayotiga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Texnik loyihalash ob’ektlarining tobora murakkablashib borishi fundamental tabiiy, matematik, maxsus texnik va boshqa fanlar sohasidagi chuqur bilimlarga asoslangan yuqori muhandislik kasbiga bo‘lgan talabni keltirib chiqaradi. Bilimning tez «eskirishi» tufayli (har yili yosh muhandis bilimining 5-6% «eskiradi»), muhandislarning o‘z bilimlarini doimiy ravishda yangilab turish va to‘ldirishga tayyorligi talab qilinadi. Zamonaviy tizimli texnik loyihalash, asosan, yirik loyihalash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi, buning natijasida ijrochi muhandisning buyurtmachining muammosini tahlil qilish va optimal qaror qabul qilishdan protsessual uzoqlashishi yuzaga keladi, har bir muhandis - loyihalovchining yakuniy natijaga javobgarligi kamayadi. Loyihalash tashkilotlari rahbarlarining buyurtmachini «har qanday yo‘l bilan» ko‘nglini olish istagi, loyihalash ob’ektini joriy qilish oqibatlarini hisobga olmagan holda, tabiat, butun jamiyat va insonga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadigan mas’uliyatsiz loyihalash qarorlariga olib keladi. Muhandislik loyihalashining kasbiy sohasida loyihalovchi – muhandislarning texnik quyi tizimlar darajasida ham, umuman olganda texnik tizim darajasida ham va boshqa loyihalash qarorlarining oqibatlarini bashorat qilish qobiliyati va tayyorligi kabi sifatlarga talabning yo‘qligi kuzatiladi. Xulosalar Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy va texnik tizimlarning globallashuvi va integratsiyalash jarayonlari muhandislik ijodiy loyihalash faoliyatining tarixan belgilangan me’yorlari va qadriyatlarini amaliy sohadagi zaruratini talab qiladi. Bu muhandisning kasbiy faoliyati kontekstida «ijodiy loyihalash faoliyat» tushunchasini qayta ko‘rib chiqish zarurligiga olib keladi, bo‘lajak muhandislar talabalik davrlaridayoq zamonaviy ijtimoiy-madaniy vaziyatga mos keladigan ijodiy loyihalash faoliyatni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019 yil 8 oktabr, PF-5847son Farmoni. www.lex.uz. 2. Mypaveva G.E. Ppoektipovanie texnologiy obycheniya / Ucheb. pocobie dlya VYZov. – Ivanovo, 2001. - 252 c. 3. Xushnayev O.A. Bo‘lajak muhandis-o‘qituvchilarni ijodiu loyihalash faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish: ped. fan. bo‘y. fal. dok. diss. – T.: 2025. – 218 b. 4. Balabanov P.I. Metodologicheckie ppoblemы ppoektipovochnoy deyatelnocti. – Novocibipck: Nayka, 2000. - 200 c., ctp. 71.