Full text
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL O.O. Eshonkhojaev Andijon davlat tibbiyot instituti MAYMUNJON (RUBUS L) EKSTRAKTI TARKIBIDAGI FENOL BIRIKMALAR MIQDORINI YUSSX USULIDA ANIQLASH Annotatsiya:Ushbu ilmiy tadqiqot ishida maymunjon (Rubus L.) o‘simligi ekstrakti tarkibidagi fenol birikmalarning miqdoriy tarkibi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) usuli yordamida aniqlangan. Rubus L. o‘simligi xalq tabobatida keng qo‘llaniladigan, immunitetni mustahkamlovchi, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega dorivor xomashyo sifatida qadrlanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — o‘simlik tarkibidagi biologik faol moddalarning (fenollar, flavonoidlar, antioksidantlar) miqdorini aniqlash va ularning farmakognostik ahamiyatini baholashdan iborat. Tajriba ishlari davomida Rubus L. barglaridan 96% etanol yordamida ultratovush ekstraksiyasi usuli bilan ekstrakt tayyorlandi. Analiz “Shimadzu LC-40 Nexera Lite” rusumli yuqori aniqlikdagi xromatografda amalga oshirildi. Tahlil uchun gal kislota, salitsil kislota, rutin, kvertsitin, apigenin va kaempferol standart eritmalari qo‘llanildi. Natijalarga ko‘ra, o‘simlik ekstrakti tarkibida eng yuqori miqdorda kvertsitin (1,235 mg/100 g) va rutin (0,785 mg/100 g) aniqlangan. Ushbu fenolik birikmalar kuchli antioksidant va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, o‘simlikning dorivor ahamiyatini yanada oshiradi. Olingan natijalar Rubus L. o‘simligini tabiiy bioaktiv moddalarning muhim manbai sifatida farmatsevtik va oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llash imkoniyatini ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu tadqiqot YuSSX usuli yordamida o‘simliklarning kimyoviy tarkibini aniqlashning samaradorligini amalda isbotlaydi. Kalit So‘zlar:Rubus L., fenol birikmalari, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX), flavonoidlar, antioksidant faollik, ekstrakt, farmakognoziya, biologik faol modda. Dolzarbligi. Xalq tabobatida Maymunjon (Rubus L.) mevalari umumiy mustahkamlovchi, immunitetni kuchaytiruvchi, isitma tushiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Barglari oshqozonichak kasalliklari va nafas yo‘llari yallig‘lanishida, ildizlari esa siydik haydovchi va bog‘lovchi vosita sifatida qo‘llanadi [1,3]. Ushbu nodir o‘simlik tarkibida aminokislotalar, flavonoidlar, antioksidantlar, taninlar, antisiyaninlar, vitaminlar mavjud bo‘lib, ular organizmga ko‘p qirrali biologik ta’sir ko‘rsatadi [2]. Material va metodlar. Maymunjon (Rubus L.) ekstrakti tarkibidagi fenol birikmalar miqdorini aniqlash uchun quyidagi reaktiv va jihozlardan foydalanildi: Gall kislota “Macklin” dan (Xitoy), Salisil kislota “Rhydburg Pharmaceuticals” (Germaniya) dan, kversetin, apigenin, kempferollar “Regal” (Xitoy), rutin tabiiy manbaalardan ekstraksiya va ustunli xromatografiya usullarida ajratib olingan. HPLC darajadagi tozalikda suv, asetonitril, kimyoviy toza markadagi sirka kislota va natriy gidroksidi reaktivlaridan foydalanildi. O’simlik tarkibidagi polifenollar miqdorini Yaponiyaning Shimadzu kompaniyasida ishlab chiqarilgan LC-40 Nexera Lite yuqori samarali suyuqlik xromatografida amalga oshirildi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL Natijalar va muhokama. Maymunjon (Rubus L.) ekstraktini tayyorlash avvalida, dastlab, standart eritmalar tayyorlandi. Gall kislota (5,2 mg), salisil kislota (5,2 mg), rutin (5 mg), kversetin (5 mg), apigenin (5 mg), kempferol (5 mg) 96 % li etanolda 20 daqiqa ultratovushli vannada eritildi va 50 ml kolbaga o‘tkazilib, etanol bilan chizig‘iga yetkazildi. Har bir eritmadan 200 mkl dan olinib aralashtirildi hamda ularni suyiltirish yo’li bilan jami 4 xil eritma tayyorlandi. Har bir eritmalar vialaga quyildi va analiz uchun foydalanildi. O’simlik ekstraktini tayyorlash. Fenol birikmalarni ekstraksiya qilish uchun 1 g tekshiriladigan namuna OHAUS kompaniyasi (AQSh) tomonidan ishlab chiqarilgan NV222 markali tarozida 0,01 g aniqlikda tortib olinib, 50 ml hajmli konussimon kolbaga solindi va 25 ml 96 % li etanol qo’shildi. Aralashma GT SONIC-D3 (Xitoy) markali ultratovushli vannada 60 oC haroratda 20 daqiqa davomida ekstraksiya qilindi. So’ngra aralashma sovitilib, filtrlandi hamda o’lchov kolbasida etanol bilan 25 ml ga yetkazildi. Ekstraktdan 1,5 ml miqdori Mini-7 markali (BIOBASE, Xitoy) sentrifugada 7000 ayl./min tezlikda sentrifugalandi va 0,45 mkm li shpritsli filtrda filtrlanib analiz uchun foydalanildi. Fenol birikmalarni aniqlash. Standart eritma, namuna ekstrakti Shim pack GIST C18 (150 × 4,6 mm; 5 mkm, Shimadzu, Yaponiya) teskari fazali kolonkasi hamda atsetonitril (A) va sirka kislotaning suvdagi 0,5 % li eritmasidan (B) tashkil topgan gradiyentli harakatchan faza (1-jadval) qo'llanildi. In'ektsiya hajmi 10 mkl, oqim tezligi 0,5 ml/min va kolonka termostati 40 oC etib belgilandi. Fenol birikmalarning analitik signali (cho'qqi maydoni) 300 nmda qayd etildi (1rasm). 1-jadval. Harakatchan faza gradiyent dasturi. Vaqt Atsetonitril (A), % 0,5 % li sirka kislota (B), % 0 5 95 5 5 95 17 40 60 22 40 60 22,1 5 95 40 Tugatish
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 1-rasm. Standartlarning 300 nm dagi xromatogrammasi. Namuna ekstrakti tarkibidagi fenol birikmalar miqdorini aniqlash. Massasi 1 g bo’lgan namuna ekstraktining xromatogrammasi olindi (2-rasm) hamda natijalar asosida 100 g namuna tarkibidagi fenol birikmalar miqdorlari quyidagi formula bilan hisoblanib 3-jadvalllarda keltirildi. X = Cp ℎ en ∙ Vekstrakt mnamuna ∙100 g Bu yerda, X– 100 gram meva tarkibidagi fenol birikmalarning miqdori, mg; Cphen – ekstrakt tarkibidagi fenol birikmaning YuSSX usuli bilan aniqlangan konsentratsiyasi, mg/l; Vekstrakt – namuna ekstraktining hajmi, l; mnamuna – ekstrakt tayyorlash uchun tortib olingan namuna massasi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 2-rasm. Namuna ekstrakti tarkibidagi polifenollarni aniqlash xromatogrammasi. 2-jadval. Ekstraktdagi polifenollarning miqdori va ushlanish vaqtlari. Fenol birikma nomi Ushlanish vaqti, sek Konsentratsiya, mg/l 100 g namunadagi miqdor, mg Gallic acid 8,051 0,059 0,148 Rutin 19,003 0,314 0,785 Salicylic acid 21,838 0,308 0,770 Quercetine 23,325 0,494 1,235 Apigenin 26,517 0,097 0,243 Kaempferol 30,155 0,196 0,490 Xulosa. So‘nggi farmakognostik tadqiqotlar Rubus L. (maymunjon) o‘simligini faol biologik moddalarning tabiiy manbai sifatida qayta ko‘rib chiqmoqda. Rubus L. turli xil flavonoidlar, jumladan antosiyaninlar, proantosianidinlar va flavonollarning manbai hisoblanadi [4]. Ushbu polifenolik birikmalar yallig‘lanishga qarshi va antioksidant ta’sirlar kabi Rubus L. ning foydali xususiyatlarining keng doirasi uchun javobgardir. Adabiyotlar: 1. Clark J.R., Finn C.E. Blackberry cultivation the world. Revista Brasileira de Fruticultura. 2014;36(1):46-57. DOI: 10.1590/0100-2945-445/13. 2. Куликов И.М. Использование ягодных культур в народной медицине. 2013 г. Москва. 3. Siriwoharn T., et al. Influence of cultivar, maturity, and processing on the phenolic compounds and antioxidant properties of Rubus species. Journal of Food Science, 2006.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 18, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL 4. O.O. Eshonkhujaev. Obtaining and classifying products for folk medicine from the blackberry (rubus) plant. International journal of scientific. Vol. 14 No.1, 2025. 5. Ignat I, Volf I, Ignat G, Popa VI. Quantitative determination of polyphenols in medicinal plants using HPLC. Rev Chim (Bucharest). 2011;62(5):485–491. 6. Karpińska-Tymoszczyk M, Draszanowska A, Kaczmarek A. Phenolic profile and antioxidant activity of Rubus species extracts determined by HPLC-DAD. Food Chem. 2020;326:126927. 7. Hakkim FL, Shankar CG, Girija S. Chemical composition and antioxidant property of Rubus ellipticus fruit extract. J Med Plants Res. 2008;2(10):250–255. 8. Scalbert A, Johnson IT, Saltmarsh M. Polyphenols: antioxidants and beyond. Am J Clin Nutr. 2005;81(1 Suppl):215S–217S. 9. Duda-Chodak A, Tarko T, Satora P. Antioxidant activity and total phenolics in selected traditional herbal infusions. Plant Foods Hum Nutr. 2011;66(3):211–219. 10. Chanda S, Dave R. In vitro models for antioxidant activity evaluation and some medicinal plants possessing antioxidant properties: an overview. Afr J Microbiol Res. 2009;3(13):981–996.