SARİMSOQ PİYOZNİNG TABİATDA TARQALİSHİ VA TİBBİYOTDAGİ AHAMİYATİ.
Abstract
Butun dunyo bo‘ylab sarimsoq piyozdan uzoq vaqt davomida gipertoniya, infeksiyalar, ilon chaqishi kabi ko‘plab kasalliklarni davolashda keng foydalanilgan. Keling, har kuni sarimsoq iste’mol qilinganda, organizmda qanday o‘zgarishlar bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.
Full text
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 72 SARİMSOQ PİYOZNİNG TABİATDA TARQALİSHİ VA TİBBİYOTDAGİ AHAMİYATİ. Alfraganus universiteti tibbiyot fakulteti davolash ishi yo‘nalishi 3-kurs talabalari Bahodirova Mohichehra Pardayeva Munavvar Annotatsiya: Butun dunyo bo‘ylab sarimsoq piyozdan uzoq vaqt davomida gipertoniya, infeksiyalar, ilon chaqishi kabi ko‘plab kasalliklarni davolashda keng foydalanilgan. Keling, har kuni sarimsoq iste’mol qilinganda, organizmda qanday o‘zgarishlar bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Kalit so‘zlar: yurak, mikroblar, saraton, infeksiyalar, sarimsoq piyoz. Kirish: Sarimsoq (Allium sativum) — piyozdoshlar oilasi piyozlar turkumiga mansub ikki va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turi, sabzavot ekini. Vatani — Oʻrta Osiyo. Yovvoyi xolda Hindiston, Oʻrta dengiz atroflarida, Qozogʻiston, Sibir, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda uchraydi. Oʻzbekistonda yovvoyi sarimsoq (A. Longicuspis Pgl.) togʻli mintaqalarda oʻsadi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda yetishtiriladi. Madaniy sarimsoqning 2 turi mavjud boʻlib, biri gulpoya chiqarmaydi, ikkinchisi gullab, urugʻ hosil qiladi. Sarimsoqning Oʻzbekistonda tarqalgan gulpoya chiqaruvchi navlari serhosil, qishga chidamli. Bargi lentasimon, ildizi patak. Gullari mayda, ikki jinsli, qoʻngʻiroqsimon, oq yoki binafsharang. Piyozi murakkab, pardasimon umumiy qobiq ichida 7–30 dona mayda piyozchalari boʻladi. Tarkibida qand, S, V vitaminlari, efir moyi, fitonsidlar bor. Oziq-ovqatga, tibbiyotda, veterinariyada, sabzavotlarni konservalashda ishlatiladi. Sarimsoq boshqa sabzavotlarga nisbatan tez oʻsadi. -7, -8° sovuqqa chidamli, 10— 12° issiqda yaxshi oʻsib rivojlanadi, 20—25° da pishib, yetiladi. Sarimsoq ikki marta — bahorda va asosan, kuzda ekiladi. Kuzda ekilganidan kelgusi yili bahorda hosil olinadi. Madaniy sarimsoq urugʻ bermaydi, balki piyozidan tashqari gulpoyasi toʻpgulida 10 dan 45 tagacha poya sarimsoqchalari hosil qiladi. Sarimsoq vegetativ yoʻl bilan, kuzda va bahorda piyozini boʻlaklarga ajratib ekib koʻpaytiriladi. 100 m² yerga shunday piyozchalardan 10–15kg sarf qilinadi. Sugʻoriladigan unumdor yerlarga qator oralarini 45 sm, oʻsimlik oraligʻini 4-8 sm qilib, 4-6 sm chuqurlikka koʻmiladi. Ekib boʻlingach, tuproq, somonli goʻng, chirindi bilan mulchalanadi. Oʻsuv davrida 5-6 marta sugʻoriladi, oziqlantiriladi, parvarishi piyozga oʻxshash. Bahorda oʻsib chiqqan gulpoya (karnay)lari yulib tashlanadi. Oʻzbekistonda ertapishar (Mayskiy) navi may oyining oxirlarida, kechpishar (Binafsharang, Janubiy binafsharang, Andijon) navlari iyul boshlarida yetiladi. Asosiy qism: Sarimsoq yurak-qon tomir tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu sabzavotni muntazam iste’mol qilish qon hosil bo’lishini rag’batlantiradi, shuningdek qon
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 73 bosimi va xolesterin darajasini pasaytiradi. Tromboz xavfi va qonning yopishqoqligi kamayadi. Kislorodni qabul qilish qobiliyati, chidamlilik va a’zolarga qon kelishi tezligi qon tomirlarining holatiga ham bog’liq, shuning uchun sarimsoq erkaklar jinsiy funktsiyalariga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, u erkaklar jinsiy gormoni — testosteron ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Yurak salomatligini yaxshilaydi Olimlarning fikricha, sarimsoq qon quyqa (tromb)lari xavfi oldini oladi. Aterosklerotik blyashka hajmini kamaytiradi, yosh va qon bosimi bilan bog‘liq bo‘lgan aorta qattiqligining kuchayishini susaytiradi. Saraton o‘smasiga qarshi ta’sir ko‘rsatadi Sarimsoq oshqozon va yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanish xavfini kamaytiradi, ammo bu ta’sir hali o‘rganilmoqda. Mikroblar bilan kurashadi Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sarimsoq gramm-musbat va gramm-manfiy bakteriyalar, virus, zamburug‘, parazit va mikroblarga qarshi faollikka ega. Shuning uchun u infeksiyalarni davolash uchun ishlatilishi mumkin. Sarimsoqning ayollar salomatligidagi foyda va zarari: Sarimsoq menopauza davrida kamayadigan asosiy ayollar gormoni — estrogen darajasini oshiradi. Shu sababli suyak zichligi va terining elastikligi pasayadi. Agar mahsulot juda ko‘p iste’mol qilinsa, zarar yetkazishi mumkin. Sarimsoqni meʼyordan ortiq istemol qilishning salbiy taʼsiri: Jigarga zarar yetkazishi mumkin: Jigar organizmdagi muhim organ bo‘lib, u qonni tozalash, yog‘, oqsil almashinuvi, organizmdan ammiakni chiqarib tashlash kabi turli funksiyalarni bajaradi. Bir nechta tadqiqotlarga ko‘ra, sarimsoq allitsin deb ataladigan birikmaga boy bo‘lib, ko‘p miqdorda qabul qilingan taqdirda jigarning zaharlanishiga olib keladi. Diareya: Mahsulotni och qoringa iste’mol qilish diareyaga olib kelishi mumkin, chunki uning tarkibida oltingugurt kabi gaz hosil qiluvchi birikmalar mavjud. Og‘izdan badbo‘y hid kelishi Og‘izda yoqimsiz hid paydo bo‘lishining asosiy sababi unda mavjud bo‘lgan oltingugurt birikmasidir. Qon ketishini kuchaytiradi Mahsulot qonni suyultiruvchi tabiiy vositadir, shu bois uni ko‘p miqdorda va qonni suyultiruvchi dorilar bilan birga iste’mol qilmaslik kerak. Bunda ichki qon ketish xavfi oshishi mumkin Qonni suyultiruvchi xususiyatlari tufayli mahsulotni antikoagulyantlar bilan birlashtirgan holda qabul qilish mumkin emas degan qarash mavjud. Bundan tashqari, operatsiyadan bir necha kun oldin uni iste’mol qilishni to‘xtatish tavsiya etiladi, chunki bu qon ketishini
Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 74 kuchaytirishi mumkin. Xulosa: Sarimsoq tarkibida o’simlikni parazit va bakteriyalardan himoya qiluvchi uchuvchi moddalar — fitonsidlar mavjud. Uni oziq-ovqat sifatida iste’mol qilganda bakteritsid, antiparazitar va zamburug’larga qarshi ta’sir kuzatiladi. O’tkazilgan tadqiqot natijalari muntazam ravishda sarimsoq iste’mol qiladigan shaxslar guruhi sarimsoqni umuman iste’mol qilmaydiganlarga qaraganda shamollashdan uch baravar kam aziyat chekishlari ma’lum bo’lgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Karimov M. O‘simlikshunoslik. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2018. 2. Jabborov B. Fitoterapiya asoslari. – Toshkent: Ibn Sino nomidagi nashriyot, 2020. 3. World Health Organization (WHO). Medicinal uses of Allium sativum (Garlic). – Geneva, 2021. 4. Toʻxtayev A., Raxmonov Sh. Dorivor o‘simliklar va ularning tibbiyotdagi ahamiyati. – Toshkent: Fan, 2019. 5.Sultonova M., Mamatqulova D. Sarimsoq piyozning shifobaxsh xususiyatlari. – Tibbiyot va hayot jurnali, №3, 2023.