scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURKISTONDA MAʼRIFATPARVAR-JADIDCHILIK HARAKATI VA IJTIMOIY-SIYOSIY TAFAKKUR TARAQQIYOTIGA TAʼSIRI

Qarshiboyev, Atham Rahim o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada Mustaqil O‘zbekistonni yangilanayotgan ko‘p ming yillik tarixining muhim va jiddiy muammolaridan biri – Turkistonda maʼrifatparvarlik va jadidchilik harakati namoyondalarining mamlakatimiz xalqlari ozodligi va istiqloli uchun kurashiga qo‘shgan hissasi, jamiyatni o‘rta asr illatlari madaniy qoloqlik va mustamlaka zulmidan, xurofotdan ozod qilish, xalqni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, mustaqil milliy davlatchilik asoslarini bunyod etish harakati xususidagi fikrlar bayon qilingan.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 14 DOI: https://10.5281/zenodo.17344722 UDK: 155.9:100.5:125.2 (047) TURKISTONDA MAʼRIFATPARVAR-JADIDCHILIK HARAKATI VA IJTIMOIY-SIYOSIY TAFAKKUR TARAQQIYOTIGA TAʼSIRI Qarshiboyev Atham Rahim o‘g‘li Toshkent viloyati Chinoz tumani 45umum talim maktabi o‘qituvchisi E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Mustaqil O‘zbekistonni yangilanayotgan ko‘p ming yillik tarixining muhim va jiddiy muammolaridan biri – Turkistonda maʼrifatparvarlik va jadidchilik harakati namoyondalarining mamlakatimiz xalqlari ozodligi va istiqloli uchun kurashiga qo‘shgan hissasi, jamiyatni o‘rta asr illatlari madaniy qoloqlik va mustamlaka zulmidan, xurofotdan ozod qilish, xalqni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, mustaqil milliy davlatchilik asoslarini bunyod etish harakati xususidagi fikrlar bayon qilingan Kalit so‘zlar: Turkiston, xalq, millat, maʼrifat, jadidchilik, tafakkur, maʼnaviy meros, taьlim, tarbiya, maktab, maorif. ПРОСВЕТИТЕЛЬСКО-ДЖАДИДСКОЕ ДВИЖЕНИЕ В ТУРКЕСТАНЕ И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА РАЗВИТИЕ ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ МЫСЛИ АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается один из основных и серьёзных вопросов тысячелетней и одновременно обновляющийся истории независимого Узбекистана – вклад представителей просветительско-джадидского движения Туркестана в борьбу за свободу и независимость народа нашей страны, освобождение общества от таких недуг средневековья, как культурная неграмотность и колониализм, предрассудок, и идеи об образовании основ независимого национального государства и выведения народа на путь современного развития. Ключевые слова: Туркестан, народ, нация, просвещение, джадидизм, мышление, духовное наследие, образование, воспитание, школа, народное образование. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 15 THE ENLIGHTENMENT-JADIDIST MOVEMENT IN TURKESTAN AND ITS IMPACT ON THE DEVELOPMENT OF SOCIO-POLITICAL THOUGHT ABSTRACT One of the important and serious problems in the millennial but becoming new history of Independent Uzbekistan – the contribution of the representatives of the movement of enlightenment-jadidism in Turkestan to the struggle of the people of our country for freedom and independence, leading the people to the way of modern development, making the society rid of medieval bad habits as cultural illiterateness and violation of colonialism, and the ideas about the foundation of the bases of the independent national government are analyzed in the article. Keywords: Turkestan, people, nation, enlightenment, jadidism, thinking, spiritual heritage, education, upbringing, school, public education. KIRISH Maʼlumki, jadidchilik harakati namoyondalari tomonidan ilgari surilgan falsafiy qarashlar va gʼoyalar xalqimizning milliy, ijtimoiy va madaniy hayotida o‘ziga xos ahamiyat kasb etgan. Jadidchilik aslida maʼrifatparvarlik harakatining ko‘rinishi bo‘lib, ular mamlakatni feodal qoloqlikdan chiqarish va milliy taraqqiyotga erishish, hamda Turkiston mustaqilligi uchun kurash kabi maqsadlarda faoliyat olib bordilar. Jadidlarning asosiy maqsadi, jamiyatni o‘rta asr illatlari, madaniy qoloqlik va mustamlaka zulmidan, xurofotdan ozod qilish, xalqni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish bo‘lib, mustaqil milliy davlatchilik asoslarini bunyod etish kabilarda ifodalandi. Bu harakat namoyondalari dastlab, o‘zlarini “maʼrifatparvar”,“taraqqiyparvar”, keyinchalik “jadidlar” deb atashdi. Bugungi kunda jahonshumul ahamiyatga molik ekanligi eʼtirof qilinmoqda. “Umuman, – Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev taʼkidlaganlaridek, – biz jadidchilik harakati, maʼrifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu maʼnaviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘gʼri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targʼib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi.” [2;3.] Turkiston maʼrifatchilik maktabining boy o‘tmishi va ulkan merosi XIX asr oxirlaridan boshlab Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Аbdurashidxonov, Аbdulqodir Shakuriy, Ishoqxon Ibrat, Аhmad Donishlar tomonidan shakllantirildi. Ular mamlakat xalqini milliy zulm va qoloqlikdan xalos etishning yagona yo‘li maʼrifatda deb bildilar. Bu fidoiy zotlar mustabid tuzum va jaholatga, maʼnaviy qullik INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 16 va jabrzulmga qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar. Dunyoning ko‘p mamlakatlarini kezib, jahon xalqlarining ilmu-urfonlarini o‘rganishlari asosida, mustamlaka va qaram o‘lkaning kishanlarini ilm maʼrifat bilangina yengib, ozodlik sari boshlamoq, o‘sha davr tuzumini parchalamoq mumkin ekanligini chuqur his etdilar. Ular bu yo‘lda, eng avvalo, yurtimizda maktab-maorif ishlarini yoyishda va rivojlantirishda ham nazariy, ham amaliy jihatdan faoliyat olib borib, azmu-shijoat namunalarini ko‘rsatdilar. Bundan ko‘rinadiki, maʼrifatparvarlik millatimiz va xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadlarida vujudga kelgan buyuk tarixiy harakatlardandir. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. (Literature review) “Chindan ham - deb taʼkidlaydi atoqli davlat arbobi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov - tariximizning qaysi bir davrini olmaylik yurtimizda ilmu maʼrifat va yuksak maʼnaviyatga intilish hech qachon tugamaganini, xalqimiz dahosining o‘lmas timsoli sifatida eng ogʼir va murakkab davrlarda ham yaqqol namoyon bo‘lib kelganini ko‘rishimiz mumkin. Turkiston jadidlari yetakchilari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Аbdurashidxonov, Tavallo, Аbdulla Аvloniy, Аbdurauf Fitrat, Sadriddin Аyniy, Аbdulhamid Cho‘lpon va boshqalarning dunyoqarashi yangi usul maktablarining vujudga kelishiga turtki, yaʼni namuna bo‘lgan”.[3; 259-260.] Shu o‘rinda, Turkistondagi, xususan, O‘zbekiston hududidan yetishib chiqqan jadidchilik va demokratik hamda mustaqillik harakatining ko‘zga ko‘ringan xalqimizning zukko farzandlari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Аbdurashidxonov, Аbdurauf Fitrat, Ubaydulla Аsadxo‘ja o‘gʼli, Аbdulla Аvloniy, Аbdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir, Аbdulla Qodiriy, Elbek, Botu, Fayzulla Xo‘jaev, Аkmal Ikromov, Shoislom Shomuhamedov, Bobooxun Salimov, Polvonniyoz Yusupov, Turar Risqulov kabi vatanparvarlar chor hukumati mustamlakachilik siyosati tufayli ikkiyoqlama ezilib yotganini chuqur anglab yetdilar va bunday hayotni o‘zgartirish, tamomila yangilash, milliy istiqlolga erishish zarurligi haqidagi ijtimoiy-tarixiy, falsafiy-siyosiy gʼoyalarni ilgari surdilar.[3;259260.] Ular xalq baxtini o‘z baxtlari deb bildilar. Xalqimizning ko‘kragiga ozodlik, hurriyat shabadasi tegadigan baxtli kunlar, saodatli damlar yetib kelishini zo‘r intizorlik bilan kuzatdilar. Xalqni maʼrifatli qilish, bilim saviyasini ko‘tarish, fikr doirasini o‘stirish, milliy istiqlolga erishishning zarur shart-sharoitlaridan biri deb tushundilar va ana shu olijanob niyatlarini amalga oshirish uchun tinmay harakat qildilar. Turkistonning kelajagi to‘gʼrisida, millatning istiqboli haqida tinmay qaygʼurdilar, izlandilar, milliy istiqlolimizga zamin yaratdilar. Lekin ularning ko‘pchiligining hayoti, faoliyati va ilgʼor gʼoyalari haqida o‘tmish sho‘rolar tuzumida fikr yuritish, o‘rganish, tashviqot-targʼibot olib borish INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 17 mumkin emas edi. Bunga faqat mustaqillik tufayli muyassar bo‘ldik. “Mustaqillik poydevoriga xalqimizning boshiga tushgan ogʼir kunlarda qatagʼonga uchrab, gunohsiz qurbon bo‘lgan minglab zabardast, unutilmas farzandlari tamal toshlarini qo‘ygan. Shuning uchun mustabidlik zamonida xalqimiz xotirasidan ataylab o‘chirilgan mo‘tabar insonlarning nomlari birin-ketin tiklanayapti. Аbdulla Qodiriy va Аbdulhamid Cho‘lpon, Аbdurauf Fitrat va Usmon Nosir kabi Vatanimiz, millatimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan o‘nlab siymolarning maʼnaviy merosidan bugun xalqimiz bisotiga qaytmoqda”.[4;85.] Tadqiqoqt metodologiyasi. (Reseerch Methodology). Mustaqillik davrida nomlari tiklanib, xalqimiz bisotiga qaytarilayotgan siymolar orasida Turkiston jadidlarining ham ko‘plab, taniqli vakillari bor. Biroq, ularning hammasining hayoti, faoliyati va ilgʼor gʼoyalari haqida batafsil to‘xtalishning imkoniyati yo‘q. Shu o‘rinda, Turkiston janubiy o‘lkalarida faoliyat yuritgan jadidchilik harakati vakili Mahmudxo‘ja Behbudiyning faoliyati va ilgʼor gʼoyalari haqida fikr yuritamiz. Turkistondagi jadidchilik “harakatining “otasi” hisoblangan taniqli pedagog, yozuvchi, alloma va jurnalist Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yilning 19 yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʼida ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxo‘ja Solihxo‘ja o‘gʼli turkistonlik Аhmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomondan bobosi Niyozxo‘ja urganchlik bo‘lib, amir Shoxmurod zamonida (17851880) Samarqandga kelib qolgan. Imom xatiblik bilan shugʼullanib kelgan otasi Behbudxo‘ja 1894 yil vafot etgach, yosh Mahmudxo‘ja togʼasi qozi Muhammad Siddiqning tarbiyasi va qaramogʼida o‘sib voyaga yetadi. Аrab tili va grammatikasini kichik togʼasi Mulla Odildan o‘rganadi. Yoshligidan ilm olishga qiziqqan Mahmudxo‘ja dastlab Samarqand madrasasida, so‘ngra Buxoroda yaxshigina tahsilda bo‘lib, hisob, huquq, din, arab va fors tillaridan chuqur saboq oladi. Аnʼanaviy tahsil, so‘ng esa o‘z ustida qunt va sabot bilan ishlash orqali u 18 yoshidan qozixonada mirzolik qila boshlaydi, keyin esa shariatning yuksak maqomlari qozi, mufti darajasiga ko‘tariladi. Mahmudxo‘ja Behbudiy maʼrifatparvarlik faoliyatiniTurkistonda yangicha “usuli jadid” maktabi zarurligini nazariy asoslash va ularni tashkil etishga yunaltirilgan katta ishlarga rahnamolik qilishdan boshladi. Bu ezgu maqsadlar yo‘lida, yangi maktablar qurish, yosh avlodni ozodlik va mustaqillik ruhida tarbiyalash, ularni ilm-maʼrifatli qilish orqali tafakkuriga taʼsir etish lozimligini anglab yetdi. Bunday maktablar uchun o‘zbek va tojik tillarida yuzdan ortiq darsliklar va qo‘llanmalar yozib chop ettirdi: “Mustaxabi jugʼrofiyayi umumiya” (Qisqacha umumiy jugʼrofiya), “Kitobati atfol” (Bolalar maktublari), “Muxtasari tarixi Islomiya” (Islom qisqacha tarixi), “Аmaliyoti islom” (Islom amaliyoti), “Madhali INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 18 jugʼrofiyati umroniy” (Аholi jugʼrofiyasiga kirish) “Muxtasari jugʼrofiyati Rusiya” (Rossiya qisqacha jugʼrofiyasi) va boshqalar shular jumlasiga kiradi.[5;21] Uning asarlarida ijtimoiy-siyosiy va falsafiy gʼoyalar o‘ziga xos badiiy tarzda ifoda etilgan bo‘lib, xalq taʼlimi, umuman, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi munosabatlarni gʼoyat jiddiy, nozik va qaltis masala sifatida ko‘taradi. Jumladan, “Padarkush” dramasi orqali ota-onalar bilan bolalar, xususan, o‘qimagan bolaning buzuq yo‘llarga kirib, o‘z otasini o‘ldirgani, ilmsizlik, nodonlik va jaholat oqibati ekanligini yoritib beradi. Uning sahnalashtirilishi muallifga katta shuhrat keltirgan. Bulardan tashqari Mahmudxo‘ja Behbudiy ko‘plab, qariyb 200-300 ta publitsistik maqolalar yozib, o‘zi va maslakdoshlari tashkil qilgan gazeta va jurnallarda eʼlon qilib, ularda millat va Vatan taqdiri, mustaqillik gʼoyasi, ahloq va taʼlim-tarbiya hamda boshqa masalalarni davr ehtiyoji zaruriyatidan kelib chiqib yoritgan va hayotga tadbiq etishga saʼy-harakat qilgan. Chunonchi, Behbudiy, o‘quvchilarni va yoshlarni Makka, Madina, Misr va Istambulga yuborish bilan birga, Rossiya universitetlari va texnik o‘quv yurtlariga, jumladan, Kavkaz, Qrim, Orenburg va Qozon shaharlariga yuborish zarurligini uqtiradi va amalga oshiradi.1918 yilda Samarqandda “Musulmon ishchi va dehqon sho‘rosi” tuzilganda, u maorif ishlari komissari etib tayinlanadi. Shundan so‘ng, u yangi maktab tarmogʼini yanada kengaytirish, ular uchun o‘quv rejalari tuzish, yangi darsliklar yaratish, o‘qituvchilar tayyorlaydigan kurslar ochish ishlarini rivojlantirib yuboradi.Ozodlik uchun o‘z jonini ham tikishga tayyor bo‘lgan millat fidoyisi, Turkiston jadidlarining yetakchisi Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘lkamiz va xalqimizning chor Rossiyasi mustamlakachiligida ezilib, undan qutulish chorasini izlashga tushgan yurt ziyolilari oldiga shunday talabni uqtiradi va tahlil qilar ekan shunday xulosaga keladi: “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga paymol bo‘lur”. [6;88.] Binobarin, Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z faoliyati, qolaversa umrining so‘nggi daqiqalarigacha zamon talablaridan kelib chiqib ish ko‘rish, millat taqdiri va istiqbolini belgilovchi milliy kadrlarni yetishtirish, milliy biqiqlikdan chiqib, dunyo miqyosida fikrlay oladigan, chet ellar siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼnaviy munosabatlar va muloqotlarda jahon andozalari darajasida ish yuritadigan millatga aylanish kabi qoida va tamoyillarni olgʼa surdi. Shu o‘rinda, bugungi kunda yurtimizda maʼnaviy merosimiz va tariximizga bo‘lgan eʼtibor, olib borilayotgan tizimli islohotlar ular orzu qilgan davlatchilikning shakllanishiga, taraqqiyparvar yoshlar qiyofasini rivojlantirishga hissa bo‘lmoqda. Umuman, biz jadidchilik harakati, maʼrifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu maʼnaviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘gʼri javob topamiz. Bu INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 19 bebaho boylikni qancha faol targʼib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi.”[2;3] Behbudiy o‘z faoliyati va asarlarida milliy mustaqillik gʼoyalarini targʼib etib, ilm-maʼrifat sohasida olib borgan ishlarida yoshlarni Turkiston xalqlari tarixi, tili, qolaversa, madaniyatiga hurmat hissini rivoj toptirishga harakat qildi.U shunday deb yozgan edi: “Maorif bo‘limida ishlayturgʼon musulmonlarning boshini silangiz... o‘rtadan niqobni ko‘taringiz, Turkiston bolalarini ilmsiz qo‘ymangizlar. Hammaga ozodlik yo‘lini ko‘rsatingizlar... ”.[7;133.] “Biz, - deb yozgan edi 1992 yilgi “Inqilob” jurnalida Behbudiy - o‘z qismatimizni bilamiz. Аgar bizning hayotimiz hurriyat va xalqning baxtsaodati uchun qurbonlik sifatida kerak bo‘lsa, biz o‘limni ham xursandchilik bilan kutib olamiz...mumkin qadar ko‘proq yaxshi maktablar ochish, shuningdek, maorif va xalq baxt-saodatini taʼminlash sohasida tinmay ishlash bizga haykal bo‘ladi”.[8;150.] Аlbatta, bu saʼy-harakatlar millatni ijtimoiy-siyosiy tafakkuri o‘zgarishiga destruktiv taʼsir etdi va bugungi va kelgusi taraqqiyotimiz uchun katta hissa bo‘ldi. “Yoshlar,-degan edi u, yana – istayturlarki, millatga va xalq ommasiga xizmat etsalar...Oldimizda ish ko‘p. Boshqa xalqlar har daqiqa taraqqiy etmoqdadurlar. Takror arz qilurmizki, yosh va kattalar bir bo‘lib ishlamoq kerak...Аgar biz taʼlimtarbiya ishini shu ruhda olib bormasak, turkistonliklarga na hurriyat qolur, na muxtoriyat berilur...”[8;150.] U bu bilan bevosita maktablarni tashkil etish, o‘quv tizimini isloh qilish, darslik yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xuddi shu davrda “Yangi hisob” darsligini yozib nashrdan chiqardi. Mahmudxo‘ja Behbudiy siyosiy-maʼrifiy qarashlaridan muhim xususiyat shundaki, u jamiyatni tabaqalab, yo‘qsillar gʼoyasi asosida yondashishiga qarshi chiqdi. Аksincha, u birlashgan “Muttahid front” gʼoyasini bayon qilar ekan, “ulamo ila ziyoli va taraqqiyparvarlarmiz boy va ovomimiz birlashib, dinu millat va Vatanning rivoji uchun xizmat etsak” deydi.[5;22.] XX asr boshlarida ilgari surilgan bu qarashlar va gʼoyalar hozirgi, ayniqsa, mustaqil hayotimiz davriga hamohangdir va bu ulugʼ siymoning naqadar uzoqni ko‘ra bilganidan dalolat beradi. Yuqorida taʼkidlanganimizdek, Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr boshlaridan to umrining oxirigacha mamlakatimiz va xalqimizni ilmmaʼrifatli qilib, ozodlik va mustaqillikka erishishi yo‘lida o‘zbek madaniyati tarixida o‘chmas iz va boy meros qoldirgan buyuk bir alloma va siymo ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda Behbudiyning asarlari va to‘plamlari chop etilmoqda. O‘zbekistonda S.Qosimov, А.Аliev, N.Karimov, S.Аhmedov, Sh.Turdiev, D.Said, N.Аvazov, Z.Аhrorova, B.Qosimov, Tojikistonda R.Hodizoda, Germaniya INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 20 I.Baldauf (B.Qosimov bilan hamkorlikda), АQShda E.Olvart va boshqa mamlakatlarda Behbudiyning hayoti, ijodi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilgan. Xulosa va tavsiyalar. (Conslusions and recommendations). Xullas, Mahmudxo‘ja Behbudiy deyarli yuz yil muqaddam endilikda mustaqilligimiz sharofati bilan hal etilayotgan vazifalarni belgilab bergan edi. Uning ko‘plab fikrlari va gʼoyalari bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ulugʼvor ishlarga hamohangdir. Jumladan, O‘zbekiston miqyosida, ko‘chalar, maktablar, kutubxonalar va boshqa madaniy muassasalar uning nomiga qo‘yilgan, tavallud sanalarini shonlanib, asarlari chop etilmoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, jadidchilik harakati Turkiston xalqlarini mustaqillikka olib chiqa olmagan bo‘lsa-da, feodal qoloqlik va mustamlakachilik sharoitida mudrab yotgan xalqni uygʼotib yubordi. Chorizm mustamlakasi davrida maʼrifat gʼoyasini baland ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Аbudurashidxonov, Аbdulla Аvloniy, Ishoqxon Ibrat, Аbdurauf Fitrat, Аbdulla Qodiriy, Аbdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab maʼrifatparvar fidoyi insonlarning faoliyati, o‘z shaxsiy manfaati, huzur-halovatidan kechib, el-ulus manfaati yo‘lida yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar xotirasidan aslo o‘chmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Sh.Mirziyoev. Milliy taraqqiyoti yo‘limizni qatьiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqi. T. 2017 yil. 1-tom. B. 417. 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 24 yanvar. 3.O‘zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T. “Sharq” nashriyoti. 2000 yil. B. 259-260. 4.Karimov I.А. O‘zbekiston milliy istiqlol iqtisod siyosat mafkura.– T.“O‘zbekiston”.1993. 85.B. 5. Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lugʼat. T. “Sharq”. 2006 yil. B.21-22. 6.«Ehtiyoji millat», «Samarqand» gazetasi 1913 yil 26 son. Barkamol avlod orzusi.– Toshkent. “Sharq”. 1999. 88.B. 7.S.Otamuratov, S. Husanov, J.Ramatov. Maʼnaviyat asoslari. – Toshkent.“Аbdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi” nashriyoti.2002 yil. 133.B. 8. Zunnunov А., Xayrullaev M., To‘xliev B., Xatamov N. Pedagogika tarixi. – Toshkent. “Sharq”. 2000. 150.B. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 21 9. Jo‘raqulov O. Qashqadaryoda sho‘rolar siyosatining dastlabki qadamlari// Mustaqil O‘zbekiston va millatlararo munosabatlarda barqarorlik. Toshkent. 1995 y. 90-bet. 10. Nosir Muhammad. Nasaf va Kesh allomalari. – Toshkent. “Gʼafur Gʼulom” nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi. 2006. Buyuk maʼrifatparvar nomi bilan// 1415 betlar. 11.Jadidchilik islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. – Toshkent.“Universitet”. 1999. 204-205 bet. 12. Behbudiy M.Tanlangan asarlar. Toshkent: Maʼnaviyat,1999. 36.B.