scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XOJA MUHAMMAD PORSONING "TAFSIR" ASARIDA BASMALA TALQINIDA YASHIRINGAN MA'NOLAR BAYONI

Sevara, Karimova

Abstract

Ushbu maqola Xoja Muhammad Porsoning “Tafsir” asarining tasavvufiy tafsirlarga xos jihatlari va boshqa asarlar bilan o‘xshash hamda farqli jihatlari atroflicha ochib berilgan. Undam tashqari muallif tomonidan Basmalaga berilgan sharhlar bayoni berilgan. berilgan sharhlardan foydalangan holda kelgan botiniy ma’nolar ochib berishga qaratilgandir. Boshqa tafsir asarlaridan farqli tomonlari bilan bir vaqtda asarning o‘ziga xos jihatlarini ham ochib berishga qaratilgandir. Basmala orqali muallifning aqida ilmidagi qarashlari ham keltirilgan.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 22 DOI: https://10.5281/zenodo.17344749 XOJA MUHAMMAD PORSONING “TAFSIR” ASARIDA BASMALA TALQINIDA YASHIRINGAN MA’NOLAR BAYONI Sevara Karimova O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi E-mail: omina.19.1[email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqola Xoja Muhammad Porsoning “Tafsir” asarining tasavvufiy tafsirlarga xos jihatlari va boshqa asarlar bilan o‘xshash hamda farqli jihatlari atroflicha ochib berilgan. Undam tashqari muallif tomonidan Basmalaga berilgan sharhlar bayoni berilgan. berilgan sharhlardan foydalangan holda kelgan botiniy ma’nolar ochib berishga qaratilgandir. Boshqa tafsir asarlaridan farqli tomonlari bilan bir vaqtda asarning o‘ziga xos jihatlarini ham ochib berishga qaratilgandir. Basmala orqali muallifning aqida ilmidagi qarashlari ham keltirilgan. Kalit so‘zlar: Xoja Muhammad Porsoning “Tafsir” asari, Basmala, sura, Ya’qub Charxiy, hanafiy mazhabi, tavhid masalasi, aqida ilmi, Allohning ismlari, allomalar, mufassirlar. ABSTRACT This article describes in detail the aspects of Khoja Muhammad Porso‘s "Tafsir" that are characteristic of mystical interpretations and the similarities and differences with other works. In addition, the author’s commentary on the Basmala is presented. It aims to reveal the inner meanings that come from using the given commentary. It aims to reveal the specific aspects of the work, as well as its differences from other works of interpretation. The author’s views on the science of faith are also presented through the Basmala. Keywords: “Tafsir” by Khoja Muhammad Porso, basmala, sura, Yakub Charkhi, Hanafi madhhab, the question of monotheism, the science of aqida, names of Allah, scientists, commentators. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 23 AННОТАЦИЯ В данной статье подробно рассматриваются аспекты «Тафсира» Ходжи Мухаммада Порсо, характерные для мистических толкований, а также его сходства и различия с другими произведениями. Кроме того, представлен авторский комментарий к «Басмале». Его цель – раскрыть внутренние смыслы, возникающие при использовании данного комментария. Цель статьи – раскрыть особенности произведения, а также его отличия от других толкований. В «Басмале» также представлены взгляды автора на науку веры. Ключевые слова: «Тафсир» Ходжи Мухаммада Порсо, басмала, сура, Якуб Чархи, ханафитский мазхаб, вопрос единобожия, наука акыда, имена Аллаха, учёные, комментаторы. Tasavvufiy tafsir yozgan mufassirlarning ahamiyatli va farqli jihati Basmalaga alohida urg‘u berishgani edi. Sababi, ayni shu turdagi tafsirlarda Basmalaning sharhi har bir suraning boshida berilib, uning yangi ma’nolari atroflicha ochib berilgan. Shu metod tasavvufiy tafsirga xos jihat bo‘lib, boshqa tafsir turlarida bu uslub uchramaydi. Misol uchun, Xoja Muhammad Porso “Tafsir”da bayon qilingan Basmala sharhlari quyidagilardir: 1. “Qadr” surasida: “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan Uning so‘zlarini tilovat qilaman va boshqa ism bilan emas ayni O‘zi ta’lim bergan nom bilan boshlayman. Ya’ni bu ismi A’zam ismi Allohnikidir. Unda Allohning Rohmon va Rohim sifatlari bordir, yana Qur’onda kelgan hukmlar rioyasi bordir, qiyomda farzi va uni zikr qilishda hamda ma’nolarini anglashda sir asrorlari bordir”, deya ta’rifni boshlaydi. 2. “Bayyina” surasida: تسا ملاع راره هدزه تراشا هدزه هدزون هبوتكم فورحو تسا هدره ةيمسترد طوفلم فورح دنا هتفكو افلأ رشع ةينامث ربعف هقوف ددعلا يذلا بتارملا ماوهف دادعلا بتارم يف اب يلع لمتسملا ماتلا ددعلا وه فللا ذا ةعيبرلا رصانملاو عبسلا تاوامسلاو ىسركلاو شرعلاو توكلاملا ملاعو توربجلا ملاع يه يتلا ملاعلا تاهما نع تعاب نكا ىناويح ملاع رد تسا لحاد هحرلا ىناسنا ملاعو هتايئزج يلا اهنم لك لصفتي يتلا ةثلاثلا ديلاوملاو راب 1 تس رگيد ىملاع اّيوگ ار ملاع همهرمىو تيعماجو ىو فرس Ibn Arabiyga nisbat berilgan, biroq Jamoluddin Koshoniy qalamiga mansub “Tafsir Ibn Arabiy” tafsirida Basmala jumlasini yoyilsa jami 22 ta harf bor, talaffuz qilinadigan harflar 18 ta, yoziladiganlari 19 ta. 18 ta harf 18 ming olamga ishora, 19 ta 1 O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. 20b. 1-15 qatorlar. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 24 harf esa bular: Jabarut olami 1 , Malakut olami 2 , Arsh, Kursiy, yetti osmon, to‘rt unsur (yer, suv, havo, olov), uch mavolid (uch mavolid bular – ma’dan, o‘simliklar va hayvonot, ular to‘rt unsurdan tug‘ilgani uchun mavolid, ya’ni tug‘ilganlar deyiladi), insoniyat olami (insoniyat olami hayvonot olami ichiga kirsa ham, biroq insonning ulug‘ligi sababli ajratib olingan) ishora qilingan deyiladi. Yoyilganda 22 ta harflik bo‘ladigan holatda esa, yuqoridagi 19 ta yozilgandagi harflarga o‘qilmaydigan va yashiringan 3 ta alif (Alloh, Rohman, Rohim lafzlaridagi 3 ta alif) qo‘shiladi shunda 22 ta bo‘ladi. Bunda mazkur 19 ta olamga yana 3 ta olam qo‘shiladi. Bular: Haq va Ilohiy olamning zot, sifat va af’ol qism-olamlari sanaladi. Aslida ular bir olamdir, biroq yozilganda uchta bo‘ladi. Uchta olam zohir bo‘lganda uchlikda zohir bo‘lishi, Ilohiy olamning yashiringan ekanligiga ishora bor deyiladi. Basmaladagi bu keltirilgan ta’riflar bilan bir xildir. Muallif bu asardan iqtibos olgani haqida ma’lumotlar bermagan. 1. “Zalzala” surasida: Bu yondashuv yuqoridagi ta’riflardan farqli ravishda bo‘lib, unda muallif basmalani ikki qismga ajratgan holda tadqiq qiladi. Boshida muallif tasmiyaga oid hadislarni birma-bir keltirib, unga oid ma’lumotlarni jamlab, uning dindagi qadr-qiymatini va fazilatlarini ochib bergan bo‘lsa, ikkinchi qismida esaميحرلا نامحرلا Allohning sifatlariga alohida urg‘u beradi hamda hayotiy misollar orqali asl ma’nolarini ochib berishga harakat qilgan. Dastlab, muallif basmalani umumiy ta’riflaydi, keyingi o‘rinlarda esa uning fazilatlarini bayon qiladi, so‘ngra tasmiyada yashiringan botiniy ma’nolarini yoritib beradi. Bu izohlarning har biri o‘ziga xosligini, bir-biriga mazmun jihatidan bo‘g‘liqligini hamda bayon qilishda turli uslublardan foydalanganini ifodalaydi. Muallif tafsirda Basmala bilan birga tasmiya iborasinidan ham ko‘p o‘rinlarda foydalangan. Izoh sifatida shuni ta’kidlash kerakki, alif harfi “Tafsir Ibn Arabiy”da Ilohiy Zotga ishora deyiladi. Shu sabab alifda Ilohiy tasavvuri borligi kelib chiqqandir. Jamoluddin Koshoniy Tafsir davomida bism so‘zidagi alifning taqdiri haqida: “Shayton o‘g‘irlab ketdi” deb aytgan hadislari javob sifatida keltirgan. Shu sababli bismdagi b harfi arab tilida cho‘zib yozishga buyurilgan. Bu esa, Allohning rahmat suratida yashiringani va insoniylik suratida zohir bo‘lgani, ushbu holatni faqatgina 1 Jabarut so‘zi mubolag‘a siyg‘asidagi ijbor, ya’ni majburlash yoki yuqori bo‘lish (chunki arablar naxlatun jabboratun – tepadagi hurmo degan so‘zni qo‘llari hurmoga yetmay qolganda aytadilar) ma’nosida bo‘ladi. Alloh taoloning ham Jabbor ismi sifati bo‘lib, u mutakabbirligi oliy bo‘lgan, jabarutligi o‘zigagina xos, chunki barcha ishlar U Zotning hukmi bilan bo‘ladi, barchani O‘zining hukmiga majburlaydi. Shuningdek Jabarut aqllar idrokidan oliy bo‘lgan ma’nosini ham beradi. So‘fiylar Jabarut olamini qadimiy sifatlardan iborat olam, mutakallimlar sifatlar deydi. Demak, Jabarut olami bu – qadimi Ilohiy sifatlar olami, insonning aqli yeta olmaydigan olam, deb izohlash ham mumkin. 2 Malakut so‘zi mulk, molik so‘zlarining mubolag‘a darajasi hisoblanib, Ibn Manzurning “Lison al-ʻarab” kitobida Allohning mulki, sultanati, azamati va buyukligi deb izohlanadi. Malakut olami inson ko‘ziga ko‘rinmaydigan, bir nechta metafizik koinot va joylarga aytiladi. Ko‘zga ko‘rinmaydigan olamlar bular: farishtalar, shaytonlar, jinlar, jahim kabilar sanaladi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 25 (tasavuf) ahli tushunishi, shu bois ham (bism so‘zi) nakra, ya’ni noaniq (bism so‘zi aniqlik belgisi bo‘lgan alif va lomsiz holida kelgan) qilingani aytiladi. Bunga monand ravishda tafsir kitobida Alloh taoloning insonni O‘z suratida yaratgani borasidagi hadis keltiriladi. Yana “Allohning Zoti sifatilarida, sifatlari esa, fe’llari esa, yaralmish narsalarda yashiringan. Endi kim mavjudotlardagi to‘siqni ko‘tarib, fe’llarga tajalliy qilsa va ularni anglasa, tavakkul qiladi. Kim af’ollardagi to‘siqlikni ko‘tarib, sifatlarga tajalliy qila olsa va ularni fahmlasa, rizo bo‘ladi. Agar kim sifatlardagi to‘siqlikni ko‘tara olib, Zotga tajalliy qila olsa vahdatda foniy bo‘ladi hamda mutloq muvahhid (Allohni yolg‘iz biluvchi) va (xohlagan narsani) qiladiganini qiluvchi, (xohlagan) o‘qiganini o‘quvchiga aylanadi. Fe’llarning tavhidi sifatlarning tavhididan, zotning tavhidi esa, fe’llar tavhididan oldin keladi. Bu uchchalasiga Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) sajdalarida ishora qilganlar va shunday deganlar: “Avfing ila uqubatingdan, rizoliging ila g‘azabingdan, O‘zing ila O‘zingdan panoh so‘rayman”, degan mashhur hadisni dalil sifatida keltiradi. Ma’lumki, Ibn Arabiy tasavvuf ahlidan bo‘lgan va u vahdatu-l-vujud g‘oyasini ilgari surgan. Ushbu g‘oyaga ko‘ra, barcha mavjud narsalar bir, ya’ni Alloh tasvirida beriladi, mavjudotlarning hammasi Allohning vujudidan bo‘ladi. Bu kabi tasavvufiy yondoshuvlarni ishoriy tafsirlarda ko‘plab ko‘rish mumkin. Jumladan, “at-Taʼvilot anNajmiya”da ham Fotiha surasi 50 sahifadan ortiqroq hajmda sharhlanadi va basmalaga ham alohida izohlar berilgandir. Jumladan, Qur’oni karim nima sababdan arab alifbosidagi alif bilan emas, balki b harfi bilan boshlanganiga to‘xtaladi. Bunga sabab sifatida mufassir alif harfi kekkaygan, mutakabbir, b harfi esa, kamtar, shu bois uni alif o‘rniga b tanlandi. Bundan tashqari b harfining nuqtasi bitta va u harfning tagida turadi. Bu holat alifbodagi birorta harfda ham uchramaydi. Chunki b harfi bitta maqsadni ko‘zlaydi va uni ostiga mustahkam qilib o‘rnatib olganligi ta’kidlanadi. Qushayriydan oldin yashagan mashhur so‘fiy Jafar Sodiq (80, 83-148/699, 702765) esa boshqacha uslubni qo‘llagan. Unga ko‘ra, U Basmalani birinchi navbatda oyat, deb hisoblagan. Shuni inobatga olgan holda Basmalani shunday tafsir qilgan: "Ba( ب ) Allohning abadiyligi, ( س ) ismlari, mim (م) mulki yoki mavqe’idir. Mo‘minning iymoni - Uning abadiyligini zikr qilishidir. Shogirdning xizmat nomlarini zikr qilishi, donishmandning zikri - moldan o‘limga va egasiga o‘tish, Allohning mavqe’ini zikr qilishdir. Alloh so‘zida to‘rtta harf bor, birinchi Alifni tavhidga, ikkinchisini fahmga, uchinchisini Nubuvvatga va ha (ه) esa ishoradagi oxirgi darajadir”, deya ishora qililib ko‘rsatadi. “Alloh taolo shunday yagona ismki, u hech narsaga bog‘lanmagan, hamma narsa Unga bog‘langan, ya’ni U shunday bir ma’nodirki shuning uchun ham insonlar INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 26 Uning tabiatini anglab, sifatini anglab hayratda qoladilar. U ko‘z va o‘ylardan yashirin, ulug‘ligi bilan idrok etishdan pardalangandir”, deb ta’rif beradi 1 . Mashhur olim Ya’qub Charxiy (1359-1447)ning mashhur bo‘lgan “Tafsiri Charxiy” tafsirida esa Basmalani juda fasohat va balog‘at bilan ifodalagan. Masalan: “Qur’onning kaliti “Bismillahir rohmanir rohim” turur. Ma’nosi ul bo‘lur kim, qachon bir sohibdavlat yosh o‘g‘lonin mullog‘a topshirsa, mullo amr qilip ul norasidag‘a aytsa kim aytg‘il “Bismillahir rohmanir rohim". Haq taolo farmonlag‘ay kim, ul o‘g‘long‘a bir baroate bitigaylar kim tamug‘ o‘tindin ozod bo‘lg‘ay va ustodi birla ota-onasig‘a ham Tangri Rahmat qilib, tamug‘ o‘tindan ozod bo‘lg‘ay…”, shu kabi namunalarni ko‘rish mumkin 2 . Ya’qub Charxiyning fikricha: “Alloh Basmala orqali bandalarga chiroyli ta’lim berib, bandaning har bir nafasi, hayoti va amali Alloh bilan bog‘liq bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. Shu sababli, musulmon kishi Basmalani aytib yurishi orqali qalbida Allohni yod etishi orqali banda bilan Alloh o‘rtasida bog‘lanish yuzaga kelishini hamda ayni bu holat ixlos maqomini hosil qilishga olib boruvchi yo‘l ekanligini”, deya e’tirof etadi. Basmala Fotiha surasinig dastlabki oyati hisoblanishi haqida islom ulamolari tomonidan ko‘plab ixtiloflar bo‘lgani haqida manbalarda keltiriladi. Bu masala bo‘ycha esa aqoid ilmi ulamosi Abu Mansur Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” asarida shunday keltiradi: “Basmala - Qur’ondan bir oyat bo‘lib, Fotihat-al-Kitobidan emas. Uni alohida bir oyat deb belgilashning dalili payg‘ambar Muhammad (s.a.v)dan rivoyat qilingan ushbu hadisdir: “U zot alayhissalom Ubay ibn Ka’bga: “Senga o‘zimdan avval Sulaymon ibn Dovuddan boshqa biron kimsaga nozil bo‘lmagan bir oyatni o‘rgataman, - dedilar. So‘ng masjiddan chiqayotib, oyoqlaridan birini eshikdan chiqardilar va unga: “Sen Qur’onni qaysi oyat bilan boshlaysan?”- dedilar. Ubay: “Bismillahir rohmanir rohim” bilan”, deb javob berdi. “U o‘sha-men senga o‘rgatmoqchi bo‘lgan oyatdir”, dedilar Muhammad (s.a.v)”. Mazkur hadis “Basmala”ning Qur’ondan bir oyat ekaniga dalolat qiladi. Biroq bir vaqtning o‘zida “Fotiha” surasining tarkibiga kirmasligiga ham yaqqol dalildir. Shuningdek, Imom A’zam Abu Hanifa esa tasmiyani namozda jahriy aytmaslik to‘g‘risida atroflicha e’tirof etgan va sharhlab bergan. Hozirgi kungacha bu hukm asosida hanafiy mazhabi vakillari namozda amal qilib kelishmoqda. Xoja Muhammad Porsoning “Tafsir” asarida Basmalaga berilgan ta’riflarning botiniy ma’nolariga ishora qilgan o‘rinlari: 1 Ishari Tafsiri. Eksen Matbaacilik. Yeni Ufuklar neshriyati. – Istanbul, 1998. -B.53. 2 Usmonov I., Saidova G. Movarounnahr turkiy tafsirlari tarixidan. – Toshkent, 2012.- B.67. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 27 1. Allohning ismi bilan doimo bog‘lanish: Muallif har bir surani Basmala bilan boshlash orqali Alloh nomini yodga olish, doimo Uning yordamiga suyanish, bu orqali banda Allohga bo‘lgan bog‘liqligini mustahkamlashga sababchi bo‘lishini, har qanday ishda Uning iznini so‘rash kerakligini ko‘p marotaba ta’kidlaydi. Muallif bu uslub orqali inson o‘zini ojiz hisoblab, Allohning qudratini tan olishi bilan birga o‘zining nafsini kibrdan poklashiga yordam berishini hamda Unga tavakkul qilib, har bir ishning natijasini Unga topshirish kerakligini ham bayon qilgan. Bu holat tasavvuf ilmida muroqaba deb nomlanadi. Namuna: 1 تسا تناعتسا ميلعت واريغ مانب هن منكيم زاغآو اروا ملاك مناوخ يم هركذ ّلج قلخ رب Mazmuni: “Men Yaratganning zikrini faqat Uning ismi bilan o‘qiyman va Undan yordam so‘ragan holda boshlayman.” Namuna: اف نم الله فرعي لاو ءىش لك فرع الله فرع نمف ن ءآيشلاا نم ءىش ةفرعم ه Mazmuni: “Kim Allohni bilsa, hamma narsani biladi, lekin kim Allohni tanimasa, faqat bitta narsani biladi”. 2. Allohning go‘zal ismlarini idrok etish: Muallif har bir keltirgan ta’rifda Allohning jamoliy (go‘zallik) sifatlaridan "Rahman" (Mehribon) va "Rahim" (Rahmli) ismlari haqida batafsil bayon qilgan. Har bir musulmon bu ismlarning mazmunmohiyatini to‘g‘ri anglagan holda Allohning rahmati va mehribonligini aql va ruhiyat ila his qilib, tilida basmalani zikr qilishi ta’kidlangan. Jumladan, Basmala Allohning barcha go‘zal ismlarining mujassamlanishi sifatida qabul qilingan. Natijada banda doimiy tasmiyani takrorlash orqali ilohiy sifatlarga yaqinlashishga harakat qilinishi ochib berilgan. Muallif bu ismlarning ma’nolariga yaqin bo‘lgan Allohning “ar-Ro‘uf” ismi haqida ham to‘xtalib o‘tgan. Bu ismlar mazmuni va ularning bir-biridan farqli jihatlari ham batafsil ochib berilgan. Namuna: 2 يميحر و ينامحر تفصبو تسا الله مسا هك لاعو لج وا مظعا مساب Mazmuni: “Alloh taoloning bu ismi Buyukdir. Pahman va Rahim sifatlari bilan….” 3. Basmalaga oid hukmlar bayoni: Muallif tasmiyaga oid hukmlar va hikmatlar haqida ham ta’riflarida bayon qilgan. Namuna: 3 وارارسا مهف و يناعم ظيفحو وا بجاومب مايقو نآرق قوقح تياعر رب Mazmuni: “ …Unda Qur’on haq-huquqlariga rioya qilish bilan bog‘liq farz amallarini bajarish hamda ma’nolarini yodlash va uning sir-asrorlarini anglash bor…” Namuna: تسا ىناحبس رارسا فئاطلو ىناعم رهاوج ءهنيزخ رد ديلك هملك نيا ةيمست نآرق حاتفمو 1 Qarang: O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. Hamma surada kelgan. Misol uchun, Qadr surasi. 6(b)9q. 2 O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. Qadr surasi. 6(b)10q. 3 O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. Qadr surasi. 6(b)11-12q. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 28 Mazmuni: “Qur’oni karimning kaliti - bu kalit so‘zning ma’nolar xazinasidagi nomi va u zotning sirlari nozikligidir”. Namuna: 1 ةيمستلا نود نآرقلا ةءآرق نع Mazmuni: “Qur’onni tasmiyasiz tilovat qilish haqida”. 4. Basmala haqida boshqa mashhur olimlarning fikrlaridan iqtiboslar olingan: Muallif “Tafsir” asarini yozishda yuzdan ortiq allomalarning qarashlaridan foydalangan. Basmalani sharhlashda o‘z davrining mashhur insonlari Abu Qosim Qushayriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Termiziy 2 , Imom Roziy 3 , Hujjatul islom Imom G‘azzoliy 4 , Sa’id Xudriy, Ja’far Sodiq, Abu Qosim Hakim Samarqandiy, Junayd, Abdurahmon Vositiy kabi allomalarning qarashlaridan keng foydalangan. Muallif bu allomalarni o‘zi uchun “Ustoz” maqomida hurmat qilgani sababli ularni shu o‘rinda keltirgan. Namuna: 5 ءاملعلا بولق رضحُت الله مسب الله همحر ذاتسلاا Mazmuni: “Ustoz (r.a.) Alloh nomi bilan olimlarning qalbi tayyorlanadi”. 5. Basmalaning forscha talqini: Xoja Muhammad Porsoning har bir sura boshidan basmalaga sharh berish uslubi asosi Qushayriy uslubidan olingan, deyish mumkin. Qushayriy tasmiyaga alohida urg‘u bergan holda boshqa tafsirlardan farqli ravishda o‘zining yondashuvini bayon qilgan ilk olimdir. Xoja Muhammad Porso ayni basmalaning tafsirlarida “Ustoz” deb ismini zikr qilmagan holda, ya’ni mashhur so‘fiy Abdul-Karim ibn Havozin Abul Qosim Qushayriy (376-465h./986-1072m.)ning qarashlaridan ko‘p foydalangan. Lekin Xoja Muhammad Porso bu metoddan farqli ravishda Basmalani sharhlashda suraga mos holda ta’riflash va takrorlanmaydigan ma’nolarni har bir suraning boshida keltirgan. Bu metod keyinchalik so‘fiylarda, ayniqsa, tasavvufiy tafsir bilan ijod qilgan so‘fiylarning ijodlarida yaqqol ko‘rina boshlagan. Turk tadqiqotchilari ishoriy tafsirlarni o‘rganish jarayonida shunday xulosaga kelishgan va bu metodni Qushayriydan olingan, deb hisoblaydi. Demak, Xoja Muhammad Porso zohiran bu metoddan foydalangan desak bo‘ladi, lekin botinan esa Qushayriydan ancha farq qiladi. O‘ziga xosligi basmalaning forscha talqini ham keltirgan. Namuna: 6 هدناشخب هدنشخب قحب دوبعم مانب Mazmuni: “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman”. 6. Basmalaning ishorai tafsir uslubidagi ko‘rinishi: Muallif “Bayyina” surasida tasmiyadagi harflarning sanog‘iga ishora qilgan holda 19 raqamini keltirib, 1 Qarang: O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. 2 O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. Zalzala surasi.50a, Takassur surasi. 124b. 3 O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. Zalzala surasi.50b. 4 O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. Zalzala surasi. 50b-51a. 5 O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. 7(a). 6 Qarang: O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. (Har bir suraning boshida berilgan forscha nomidir) INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 29 undan 18 raqamni o‘n sakkiz ming olamga, bittasini esa do‘zah olamiga ishora qilib o‘tadi. Xoja Muhammad Porso har bir fikrini hadis va ulamolarning fikrlari bilan dalillab, ma’nolarni chiroyli tarzda bayon qilish bilan bir qatorda sodda iboralardan foydalanib, uning botiniy ma’nolariga, ishoralarga Ustozning qarashlari deya urg‘u berib o‘tadi. Bu uslub boshqa ta’riflarda uchramaydi. Muallif faqat shu o‘rinda ishoriy tafsir uslubidan foydalangan. Namuna: وگوفلم فورح دنا هتفظ ه ةيمستردزه هدزه تراشا هدزه هدزون هبوتكم فورحو تسا هدز ملاع را تسا….. تاوامسلاو ىسركلاو شرعلاو توكلاملا ملاعو توربجلا ملاع يه يتلا ملاعلا تاهما نع افلأ رشع ةينامث عبسلا……. ار ملاع همهرم تعماجو ىو فرش رابتعاب نكا ىناويح ملاع راد تسا لحاد هحرلا ىناسنا ملاعو تس رگيد ىملاع اّيوگ. تسرثا رد سناما ةئمست رد تسا بوتكم جورخ هدزون تراشا خَزرُد ةينابز هدزونزا ت 1 . Mazmuni: “Ularning aytishicha, tasmiyada o‘n sakkizta harf bor, yozma harflar esa o‘n to‘qqizni tashkil qiladi. O‘n sakkizdan maqsad o‘n sakkiz ming olamdir… bu olam ichiga Jabarut olami, Malakut olami, Arsh, Kursi, etti osmon….. Inson olami esa hayvonot olami ichiga kirgan, lekin e’tiborli tomoni bu jamiyatda yashash sharafli va uning maqomi bor nuqtai nazaridan olam boshqa olamdek tuyuladi...”. “...asarda tasmiyada kelgan o‘n to‘qqiz sonini yozishdan maqsad yuqoridagi olamlardan tashqari do‘zah olamiga ishora qilish edi..” 7. Hadislarda Basmalaning fazilati bayoni: Muallif “Zalzala” surasidagi basmalani ikki qismga ajratgan holda tadqiq qiladi. Boshida muallif tasmiyaga oid hadislar va allomalarning qarashlarini birma-bir keltirib, unga oid ma’lumotlarni jamlab, uning dindagi qadr-qiymatini va fazilatlarini ochib bergan bo‘lsa, ikkinchi qismida esa ميحرلا نامحرلا Allohning sifatlariga alohida urg‘u beradi hamda hayotiy misollar orqali asl ma’nolarini ochib berishga harakat qilgan. Dastlab, muallif basmalani umumiy ta’riflaydi, keyingi o‘rinlarda esa uning fazilatlarini bayon qiladi, so‘ngra tasmiyada yashiringan botiniy ma’nolarini yoritib beradi. Namuna: الله لوسر لاق لاق ةريره يبأ نع ،لله دمحلاو الله مسب لقف تأضوت اذإ ةريره ابأ اي " :ملسو هيلع الله ىلص ذ نم غرفت ىتح تانسح كل بتكت حيرتست لا كتظفح نإف الله مسب لقف اماعط تلكأ اذإ ةريره ابأ اي .ءوضولا كل تيشغ اذإ ةريره ابأ اي .كنع هذبنت ىتح تانسح كل بتكت ،حيرتست لا كتظفح نإف .لله دمحلاو تكلم امو كلهأ ابأ اي كبونذ كل رفغ ةبانجلا نم تلستغا اذإف ،ةبانجلا نم لستغت ىتح كتظفح نإف .لله دمحلاو الله مسب لقف كنيمي ابأ اي .ئش هنم ىقبي لا ىتح هبقعو دلولا كلذ سفن ددعب تانسح كل بتك دلو ةعقولا كلت نم كل ناك نإف ةريره و الله مسب لقف ةباد تبكر اذإ ةريره ىتح نيدباعلا نم نكت لله دمحلالزتتبكر اذإ ةريره ابأ اي .اهرهظ نم 1 O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. Bayyina, 20b. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 30 ةمحر ىزارلا ماملاب ريسفت ىف اذك اهنم جرحي ىتح تانسحلا كل بتكي الله دمحلاو لله دمحلاو الله مسب لقف ةنيفسلا 1 الله ةمحرب ملاسلاب ةجح الله Mazmuni: “Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh(s.a.v.) aytdilar: «Ey Abu Hurayra, tahorat olayotganingda: «Bismillahi va Allohga hamdlar bo‘lsin», degin, agar xotirang tinchlanmasa, tahoratni to‘liq olmaguningizcha, siz uchun yaxshi amallar yoziladi. Agar xotirangiz tinchlanmasa, uni tashlab qo‘yguningizcha, siz uchun yaxshi amallar yoziladi, ey Abu Hurayra, xotiningiz yoki o‘ng qo‘lingizdagilar bilan yaqinlik qilganingizda: «Alloh nomi bilan va Allohga hamd bo‘lsin», deb ayt. Ey Abu Hurayra, agar o‘sha uchrashuvdan farzandli bo‘lsang, senga o‘sha bolaning joni va zurriyoti miqdoricha yaxshi amallar yoziladi, ey Abu Hurayra, bir hayvonga minayotganingda: “Allohning nomi bilan va hamdlar bo‘lsin”, degin. Ey Abu Hurayra, kemaga minayotganingda: «Bismillahi va Allohga hamdlar bo‘lsin», degin, toki undan chiqmaguningcha senga yaxshi amallar yoziladi». Bu talqin Imom Roziy tafsiri va Hujjatul islom (r.a.)lar kabidir...” 8. Basmala duo talqinida: Muallif tasmiyaning ham zohiriy ham botiniy ma’nolarini bayon qilishi jarayonida tasmiya duo mazmunida ham qo‘llanilishini chiroyli tarzda ochib berishga harakat qilgan. Namuna: 2 تسا تناعتسا ةيمست و تسا ناطيش ءآقلا لحم هك قلخ هدهاشم و سفن هطح لام زا تسزارتحا ذوعت Mazmuni: “Tasmiyada nafsning yomonligidan saqlanish va shayton bilan uchrashishdan panoh izlash va faqat Allohdan yordam so‘rash bor... ”. 9. Basmalada Alloh rahmatining ifodasi: Muallif tasmiyaning mazmunmohiyatini ochib berish qatorida bandalar uchun bu ismlar Allohning rahmati ekanligini ifoda etishga harakat qilgan. Namuna: تقيرط لها گ نمحرلا ىلا تسا ناك لاسراك تياهن الله مسا ىنعم تقيقح رد ريس دنا تف 3 ةمحرلا نم نافس نامسا ميحرلا Mazmini: “Ahli tariqat aytadilarki, Alloh nomining asl ma’nosi ishning oxirida hosil bo‘ladigan bu “ ميحرلا نمحرلا ” ikkala ismlarning jamlangan holda keladigan rahmatidandir”. Namuna: 4 مهنم ىوقتلا هل اناميلاا هنم ةمحرلا راثآ Mazmini: “Undan kelgan rahmatning samarasi Unga iymon va ulardan taqvodir” 1 O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. Zalzala surasi. 51a 2 O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. Adiyat surasi. 73b. 3 O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. Zalzala surasi,51b. 4 O‘zR SHI. Tafsiri Porso. № 2180. Adiyat surasi, 73b-74a