YEVROPA YOZMA MANBALARIDA XVII-XVIII ASRLAR BUXORO XONLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTNING TAVSIFI
Abstract
Ushbu maqolada muallif Florio Beneveni asari asosida XVII–XVIII asr Buxoro amirligining davlat boshqaruvi masalalari va ijtimoiy hayotini yoritib bergan.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 75 DOI: https://10.5281/zenodo.17344878 YEVROPA YOZMA MANBALARIDA XVII-XVIII ASRLAR BUXORO XONLIGIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTNING TAVSIFI Alimova Farida Kenja qizi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada muallif Florio Beneveni asari asosida XVII–XVIII asr Buxoro amirligining davlat boshqaruvi masalalari va ijtimoiy hayotini yoritib bergan. Kalit so‘zlar: G‘arbiy Yevropa, Meri Xoldsvort, ko‘r otaliq, Abulfayzxon, vladetel, yevropalik elchilar, Florio Beneveni, Musaxon, Temur Sulton, boshqird mullasi, grek tilmochi, Tashqi ishlar kollegiyasi, Turkman askarlari, relyatsiyalar, Sankt-Piterburg. АННОТАЦИЯ В данной статье автор на основе произведения Флорио Беневени осветил государственного управления и общественной жизни Бухарского эмирата XVIIXVIII веков. ABSTRACT In this article, based on the work of Florio Beneveni, the author highlights the state governance and social life of the Emirate of Bukhara during the 17th–18th centuries. XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligida kechgan siyosiy jarayonlar, ijtimoiyiqtisodiy hayotda ro‘y bergan voqea-hodisalar, shuningdek, xo‘jaligi hamda ichki va tashqi siyosat masalalari G‘arbiy Yevropadagi ilmiy muassasalarda XVIII-XX asrlarda keng ilmiy tadqiqotlarda o‘rganildi. Jumladan, I. A. Remez, K. A. Sheyko, L. N. Kravets, A. Ya. Sokolovlarning Yevropa yozma manbalari asosidagi ilmiy tadqiqotlarida tahlil etilgan[1]. Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi bilan bog‘liq Buxoro xonligi tarixini o‘rganishda xorijlik tadqiqotchi olimlardan G. Meyendorf, Jorj Fredrik Rayt, M. Xoldsvort, G. Bonvalot, J. Kunit[2] larning asarlari muhim ahamiyatga ega. Jumladan, J.Kunit asarlarida[3] Buxoro xonligining davlat boshqaruvi masalalari tahlil qilinib, Buxoroning xon tomonidan boshqarilishi, saroyda faoliyat
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 76 yurutuvchi amaldorlar, ularning vazifalari, undiriladigan soliqlar, hamda aholining ijtimoiy hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. O‘rganilayotgan davrda Buyuk Britaniya hukumatining O‘rta Osiyoda joylashgan xonliklarga qiziqishining tobora kuchayib borayotganligi tufayli ham Buxoro xonligi tarixi bilan bog‘liq siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy voqealar hamda madaniy hayotini kengroq rakursda o‘rganish ingliz tarixchilari oldidagi muhum vazifalardan biriga aylandi. Meri Xoldsvort tomonidan Buxoro tarixi ilmiy o‘rganilishi jarayonida kelgan xulosasiga e’tibor qaratsak, XVIII asrda Buxoro, Xorazm, Qo‘qon xonliklari tarixini o‘rganishdan maqsadni quyidagi ikki sabab bilan izohlaydi. Birinchi sabab: Buyuk Britaniya imperiyasi tomonidan XVIII asr oxirida, yoki undanda oldinroq egallanib, imperiya tarkibiga kirgan mulklarning geografik hududlari, unda joylashgan shaharlarning tarixi, aholisining urf-odatlari, tashqi aloqalarini o‘rganish. Buxoro xonligini Osiyoning boshqa davlatlari va Afrika qit’asi mamlakatlari bilan taqqoslash. Ikkinchidan, Angliyada yashayotgan ingliz kitobxonlariga Buxoro xalqlarining qadim va o‘rta asrlardagi o‘tmish tarixini qiziqarli ma’lumotlar bilan taqdim etish[4]. M. Xoldsvort bunday xulosaga kelishiga Angliyaning Afrika hududlaridagi mustamlakalari bilan Osiyoni taqqoslashga urinib uning tabiati hamda boyliklarini o‘rganish va kelgusida bu qit’ada o‘z ta’sirini o‘tkazish orqali uni o‘ziga qaram hududlardan biriga aylantirish ekanligini anglash mumkin. Meri Xoldsvortning “Turkestan in the ninetteenith centry. A Briet History of the khanates of Bukhara, Kokand and Khiva” nomli asarida Buxoro amirligi tashqi iqtisodiy munosabatlari, savdo-sotiqning ahvoli, Buxoroning Afg‘oniston, Eron bilan olib borgan elchilik aloqalari to‘g‘risida va boshqa ko‘plab ma’lumotlar beradi. Xususan, Buxoro xonligidan Afg‘onistonning Qobul, Mozori Sharif, Hirot va boshqa shaharlariga karvonlar orqali yuboriladigan maxsulotlar, Afg‘oniston orqali Hind tovarlarining Buxoro bozorlariga olib kelinishi to‘g‘risida ham qiziqarli faktlar berib ketilgan. Joshua Kunit qalamiga mansub “Dawn over Samarkand. The rebirth of Central Asia” asarida Buxoro xonligi boshqaruv xususida quyidagi ma’lumotni beradi: “Xonning hokimiyati mutloq edi. Turli muassasalar boshliqlari, hokimlar u tomonidan tayinlanar va faqat unga mas’ul edi. Mamlakat ma’muriy birlashmalar, viloyatlar, tumanlar va qishloqlarga bo‘linardi. Ma’muriy amaldorlar beklar, amlokdorlar va oqsoqollar edi” [5]. Buxoro xonligining so‘nggi o‘rta asrlar davridagi siyosiy tarixi, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishda Rossiya imperiyasi orqali kelgan yevropalik elchilarning qalamiga mansub asrlardagi ma’lumotlar alohida o‘rin egallaydi. Ulardan biri Florio Beneveni qaydlari bo‘lib Buxoro xonligi tarixini yoritishda muhim ahamiyatga ega. Rossiya elchilik mahkamasining mas’ul xodimi,
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 77 asli italyan Florio Beneveni orqali Buxoro xoniga sovg‘a sifatida podshoh yorlig‘i bilan birga qimmatbaho buyumlar yuborilgan. F.Beneveniga 1718 yil 13 iyul kuni Pyotr I tarafidan tasdiqlangan, uning Buxorodagi faoliyatiga taalluqli 7 banddan iborat yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilgan qo‘llanma[6] da ko‘plab vazifalar yuklatilgan edi. O‘ziga yuklatilgan vazifalarni astoydil bajarishga intilgan Florio Beneveni xonlikda uch yarim yil davomida qolib ketishiga to‘g‘ri keldi. Beneveni o‘z hamrohlari bilan xonlik xususida boy materiallar to‘plab, mahfiy ravishda ochiq xat va shifrlangan yozuvdan foydalanib matn shaklida Sankt-Piterburgdagi hukumat vakillariga yuborib o‘z faoliyatlari haqida xabardor qilib turdilar. Florio Beneveni qalamiga mansub bu yozuvlar ya’ni - relyatsiyalari - Buxoro xonligi tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega ma’lumotlarni o‘zida jamlagan. Pyotr I ning Buxoroga yuborgan elchisi Beneveni Xiva hududdi orqali xonlikka kelish nihoyatda xatarli ekanligini anglab, 1719 yilning 15 aprelda Eron shohiga rasmiy yuborilgan yorliq asosida safarini boshlaydi va butun elchiligi davomida qayerlarda bo‘lgan bo‘lsa, shu yerlarda duch kelgan voqealarni kichik detallarigacha yozib ularni Sankt-Piterburg Tashqi ishlar Kollegiyasiga yetkazgan. Beneveni Buxoro xonligida uch yarim yil turgan vaqtida qisqa jurnalini yozib boradi. Unda yetti banddan iborat berilgan topshiriq bo‘yicha to‘plagan ma’lumotlarini keltirib o‘tadi. Ayniqsa, Eron, Xuroson, O‘rta Osiyo xonliklaridagi shaharlar, daryolar, aholining xo‘jaligi, Buxoro xonligidagi 32 o‘zbek qabilalari turli nomlanishini yozadi. 90 ming atrofida qo‘shin to‘plash mumkinligini, ularning asosiysi otliqlardan iboratligi, piyoda qo‘shinning yo‘qligi, 20 ming turkman askarlari ham xizmat qiladi deb keltirib o‘tadi. Shuningdek, xonlikdagi siyosiy tuzum, Abulfayzxon, Xiva xoni Sherg‘ozixon kabi xonlarning shaxsi, yuritayotgan siyosatini tavsiflaydi. Buxoroda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar, ularni savdogarlar tomonidan qayerga sotilishini ham o‘rganadi. Beneveni to‘plagan ma’lumotlarini xabarlar – relyatsiyalar shaklida Rossiyaga Ivan Dementev (grek tilmochi)[7], Maksyut Yunusov (boshqird mullasi), Nikolay (Nikolo) Miner (italyan kamerdineri) lar orqali yetkazgan. Florio Beneveni o‘ziga yuklatilgan vazifani bajargan deb hisoblab 1723 yilning martida Rossiyaga qaytish uchun ruxsat so‘raydi. Tashqi ishlar kollegiyasidan Rossiyaga qaytishga ruxsat beriladi. Florio Beneveni tomonidan yozilgan xabarlarning birida siyosiy ta’sirga ega kuchlar o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashayotganligi nufuzga ega ayrim hukmron tabaqa vakillarini Buxoro xonligini tashlab chiqib ketayotganligi, ammo tashqaridan xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini izdan chiqishiga kuchli ta’sir etayotganligini: “Ko‘r-otaliq” mansabidagi shaxs xususida quyidagicha tasvirlaydi: “…u mamlakatning dashtli yerlaridagi o‘zbeklarning boshqa partizan otryadlari bilan
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 78 birlashib, yon atrof hududlarni hatto (Buxoro shahrining) o‘zida ham katta talonchilik ishlarini amalga oshirdi”. Benevening qayd qilgan ma’lumotda, nomi keltirib o‘tilgan ushbu shaxs qilingan talonchilikning oqibatlarini tasvirlab:“hech bir qishloqni butunligicha qoldirmadi, hamma narsani talab olib ketdi. Bundan tashqari, shahar oziq-ovqat va boshqa zaxiralardan shunday mahrum bo‘ldiki, oddiy xalq o‘z bolalarini sotishga va shu yo‘l bilan kun ko‘rishga majbur bo‘ldi, ayrimlar esa ochlikdan o‘ldilar”[8] degan so‘zlarda bayon etadi. Mamlakatda vujudga kelgan siyosiy kurashlar, ichki ziddiyatlar natijasidagi tartibsizlik hamda notinchlik xonlikning iqtisodiy hayotini o‘girlashtirib yuborgan. Dehqonlar, hunarmand, chorvador va savdogarlar daromadining keskin kamayishi hukmron tabaqalarning ham ahvolini yomonlashuviga olib kelgan. Chunki oliy tabaqa amaldorlarining katta qismi shahar hunarmandlari va savdogarlari hamda qishloqloqlarda yashovchi dehqonlar tomonidan to‘lanadigan soliqlar hisobida yashardi. Bu vaziyatni sichkovlik bilan kuzatgan Beneveni “Xonning o‘zi tuyalari, otlari va qoramolining yarmidan ko‘pini yo‘qotdi va oziq-ovqat va yem-xashakka ehtiyoj sezib, ularni pulga sotib olishga majbur bo‘ldi”[9]- deb yozadi. Florio Benevenining o‘z hukumatiga yuborgan ma’lumotnomasida Buxoro shahri quyidagicha tavsif etilgan edi: “Poytaxt Buxoro - buyuk shahar. Uning yonidagi devor loy va xom g‘ishtlardan qurilgani uchun ham uzoq vaqt xizmat qilmasdan ko‘pincha devorlar qulab tushadi. Shaharda loydan qurilgan 15 ming hovli-joy mavjud. Katta hovlilar kamdan - kam uchraydi, lekin hamma kichik hovlilar taxminan bir xil shakldagi turarjoy (loydan va g‘ishtdan qurilgan kulbalardan) iborat... (Qal’asi) yarim vayron bo‘lgan handaq bilan o‘ralgan. Shahar markazida pishiq g‘ishtdan qurilgan baland minorali xon saroyi va madrasalar joylashgan”[10]. Bu ma’lumotdan ko‘rinadiki O‘rta Osiyo me’morchiligida X asrdan boshlab pishgan g‘ishtdan foydalanilgan bo‘lsada, Buxoro xonligining iqtisodiy hayoti, aholining ijtimoiy hayoti quriladigan uy-joylarning asosi xom g‘isht, paxsa yoki pishiq g‘ishtdan foydalanishga bog‘liq bo‘lgan. Xonlikdagi ichki ahvol haqida esa quyidagicha ma’lumot qoldiradi: “...Beklarning o‘zboshimchaligi tufayli butun mamlakat isyon va tug‘yonlar iskanjasida qolgan”[11]. Keltirilgan bu ma’lumotda ham asos bor. Zero, Abulfayzxon davrida feodal tarqoqlik nihoyatda kuchayib, markaziy hokimiyatning ta’siri tushib ketgan edi. XVIII asrning boshlariga kelib Buxoro xonligidagi siyosiy ahvolning o‘ta og‘irligi shu darajada borib yetadiki, Buxoro xonligi kuchaygan bir davrda, ya’ni XVI asrda Abdullaxon II hukmronligi vaqtida unga bo‘ysungan Farg‘ona vodiysi mulklari,
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 79 xususan, Chodaklik din peshvolari oz yerlarini mustaqil deb e’lon qiladilar va kelgusida vujudga kelgan Qo‘qon xonligi (1709-1876 yy.) tashkil topadi. Shuningdek, Samarqandda Rajabxon boshliq beklik vujudga keladi. Bu haqida F.Beneveni tayyorlab 1723 yil 4 mart kuni jo‘natgan axborotida “...sobiq (Buxoro) otalig‘i Ibrohimbiy Samarqand ustiga yurdi va uni egalladi. Shundan keyin boshqalar bilan qo‘shilib, xon avlodidan bo‘lgan Sherg‘ozixonni Rajabxon nomi bilan (Samarqand) taxtiga o‘tqazdi va uni o‘ziga kuyov qilib oldi. O‘zi esa otaliq lavozimini egalladi”[12] deb ta’kidlab o‘tgan. Ushbu ma’lumotdan anglash mumkinki, Abulfayzxon hukmronligi davrida boshboshdoqlik nihoyatda kuchayib, mahalliy hokimlarning markaziy hokimiyatga isyonlari oqibatida davlat parokandalikka yuz tutgan. Bu kabi yevropalik elchi, sayyoh va tadqiqotchilarning xonliklardagi ichki ishlarda bevosita aralashmaganligi kuzatilsada, lekin ular tomonidan to‘plangan ma’lumotlar kelgusida aynan shu xonliklarga qarshi qo‘llanishiga yo‘l ochdi. Yuqorida to‘plangan ma’lumotlardan anglash mumkinki, Florio Beneveni xonlik hududida katta razvedga ishlarini olib borgan va mavjud ahvol haqida o‘z hukumatini vaqtida xabardor qilib turgan. Florio Beneveni to‘plagan ma’lumotlar kelgusida Rossiya imperiyasi tomonidan xonliklar masalasi1dagi tashqi siyosatining yo‘nalishi belgilashda va amaliy harakatlariga xizmat qildi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.Ефремов Ф. Девятилетнее странствование.–М., 1950. 2.Агзамова Г.А. Сўнгги ўрта асрлар Ўрта Осиё шаҳарларида xунармандчилик.– T. 3.Kunitis J. Dawn over Samarkand The rebirth of Central Asia. – New York, 1935. 4.Holdsworih. Turkestan in the nineteenth century. A Briet History ofthe khanates of Bukhara, Kokand and Khiva. – Oxford, 1959. 5.Kunitis J. Dawn over Samarkand The rebirth of Central Asia. – New York, 1935; Mamatqobulov T. Ashtarxoniylar davrida yozilgan manbalarda ashtarxoniylar davrning siyosiy hayoti. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601. 6.Sattorov F. 1717 yil Florio Beneveni elchiligi, Florio Benevenining «relyatsiyalari» - Buxoro xonligiga oid manbalar//Лучшие интеллектуальные исследования. webjournal.ru. часть 2, том 1. 2023. 7.Ergashev B. Manbashunoslik va Tarixshunoslik, Samarqand, 2021.–B. 133-134. 8.Флорио Беневени. Письма, Реляции, Журналы.Краткой журнал посланника секретаря Ориентальной экспедиции Флория Беневени, в Бухарах бывшего. М.: 1978. №3.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 80 9.Посланник Петра I на Востоке. Посолство Флорио Беневени в Персию и Бухару в 1718-1725 годах. – М., 1986. 10.O‘sha joyda. 11.O‘sha joyda. 12.Гулямов Х. О посольстве Флорио Беневени в Бухару//Общественные науки в Узбекистане, 1978. № 8; Ахмедов Б. А. Реляции из Бухары Флорио Беневени// Историко-географическая литература Средней Азии ХVI-ХVIII вв. (Письменные памятники). – Т.: Фан, 1985.