scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MARTIN MIDOVSNING "365 DAYS WITH SELF-DISCIPLINE" ASARIDA ANTONIMIK TARJIMANING QOʻLLANILISHI

Abdullayeva, Sevinch Akbar qizi

Abstract

Ushbu maqolada badiiy asarlarni tarjima qilish jarayonida tarjimonlar duch keladigan tarjimonlik transformatsiyalarining bir turi boʻlgan antonimik tarjimadan qanday foydalanish haqida soʻz boradi.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 95 DOI: https://10.5281/zenodo.17344914 MARTIN MIDOVSNING “365 DAYS WITH SELF-DISCIPLINE” ASARIDA ANTONIMIK TARJIMANING QOʻLLANILISHI Abdullayeva Sevinch Akbar qizi Termiz Davlat universiteti talabasi E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada badiiy asarlarni tarjima qilish jarayonida tarjimonlar duch keladigan tarjimonlik transformatsiyalarining bir turi boʻlgan antonimik tarjimadan qanday foydalanish haqida soʻz boradi. Kalit soʻzlar:Tarjima, transformatsiya, antonimik tarjima, til, grammatik, inkor, tasdiq, grammatik konstruksiya, misollar, ingliz tili, oʻzbek tili. ABSTRACT This article discusses how to use antonymic translation, a type of translation transformation that translators encounter in the process of translating literary works. Keywords: Translation, transformation, antonymic translation, language, grammar, negation, affirmation, grammatical construction, examples, English language, Uzbek language. Tarjimani biz juda katta bilim va koʻp mehnat talab qiladigan koʻp qirrali bir faoliyat deb bilamiz. Ammo shuni ham e’tibordan qochirmaslik lozimki, bu ishga ixlos bilan yondashishga shaylangan tarjimonlar uchun aniq ishlangan uslubiy yoʻriqnoma yohud tarjimada aniqlikka erishish borasida qat’iy bir toʻxtamning oʻzi yoʻq. Tarjimada aniqlik tarjima asarning asliyatga nechogʻli yaqinligida, ya’ni adekvat ekanligida namoyon boʻladi. Tarjima – bu tillararo transformatsiyalar majmuasidir, chunki bir tildan ikkinchi tilga biror parchani oʻgirganda biz bevosita manba (source language) tilidagi matn mazmunini tarjima tiliga (target language) koʻchiramiz, ya’ni transformatsiya qilamiz. Transformatsiya - (lotincha) o‘zgartirish, almashtirish degan ma’nolarni ifodalaydi, tarjimada ularning leksik, stilistik va grammatik turlarini uchratamiz. Tarjima jarayonida tarjimonlik transformatsiyalarining almashtiruv turi koʻp qoʻllaniladi. Shu bilan birga antonimik tarjima yani, almashtiruvning bir turiga ham koʻp duch kelinadi.Antonimik tarjima oʻzi nima? Bu savolga quyidagicha javob berish INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 96 mumkin, antonimik tarjima - tarjima jarayonida keng qoʻllaniladigan kompleks leksikgrammatik almashtiruvdir. Bunda tasdiq grammatik konstruksiya inkor grammatik konstruksiyaga, yoki aksincha, inkor konstruksiya tasdiq konstruksiyaga almashtiriladi. Shu bilan birga asl matndagi biror soʻz tarjima tilida uning antonimiga almashtiriladi (odatda “antonym” soʻzi bir tilning soʻzlariga nisbatan qoʻllaniladi; biz esa bu yerda “antonym” soʻzini ikki tilning - asl matn tili va tarjima tilining maʼnolari qarama qarshi boʻlgan soʻzlarni ifodalash uchun qoʻllaymiz.[1.P30]. Martin Midovsning “365 days with Self-Discipline” asarida ham antonimik tarjimaning qoʻllanilishini koʻrishimiz mumkin. Masalan: 1.It’s possible that when your efforts result in a failure, you’ll lose the selfdiscipline to continue and revert back to your old undesirable habits. [2.P40] Hatto, harakatlaringiz muvaffaqiyatsizlikka olib kelganida, intizomingiz susayib, eski zararli odatlarga qaytishingiz ham ehtimoldan xoli emas. It is possible-ehtimoli bor = ehtimoldan holi emas 2. I failed to learn how to play tennis despite putting considerable amount of time, energy, and money into it. [2.P40] Masalan, men tennis o‘ynashni o‘rganishga koʻp vaqt, kuch va mablag‘ sarflaganimga qaramay, muvaffaqiyatga erisha olmadim. to fail - yutqazmoq = muvaffaqiyatga erisha olmaslik 3. Be a hard master to yourself— and be lenient to everybody else. [2.P41] Oʻzingizga rahmdil boshqaruvchi boʻlmang, va boshqalarga nisbatan yumshoq boʻling. Be a hard master - qattiqqoʻl boshqaruvchi boʻling => rahmdil boshqaruvchi boʻlmang. 4. If you act in accordance with the standards of the majority of people, you’ll be overweight, unfit, unhealthy, lazy, hating your job, not having enough time for your family, and in debt. [2.P41] Agar siz koʻpchilikning standartlariga muvofiq harakat qilsangiz, ehtimol, semirib ketasiz, sogʻligʻingiz yomonlashadi, dangasa boʻlasiz, ishini yaxshi koʻrmaydigan, oilasiga vaqt topa olmaydigan va qarzga botgan odamga aylanasiz. hating your job - ishini yomon koʻradigan = ishini yaxshi koʻrmaydigan. Bu misollarda ingliz tasdiq grammatik konstruksiya oʻzbek tilida inkor konstruksiyaga almashtirildi, yoki buning aksi ro‘y berdi. Birinchi gapda “It is possible” (ehtimoli bor) iborasi uning o‘zbekcha antonimi “ehtimoldan holi”ga almashtirildi. Ikkinchi misolda “to fail” (yutqazmoq) fe’li o‘zbek tiliga “muvaffaqiyatga erishmoq”ga almashtirildi. Uchinchi misolda esa, “hard master” (qattiqqo‘l boshqaruvchi) so‘zi o‘zbek tiliga “rahmdil boshqaruvchi” deya ifoda etildi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | October, 2025 97 So‘ngi misolimizda “hating your job” (ishini yomon ko‘radigan) iborasi o‘zbek tiliga “ishini yaxshi ko‘rmaydigan” shaklida almashtirildi. Xulosa qilib aytganda, tarjima jarayonida ma’no va mazmun jihatidan muqobillikka erishish maqsadida, antonimik tarjima kabi tarjimonlik transformatsiyalaridan foydalanishiga toʻgʻri keladi. Zero, tarjima matnining badiiy bo‘yoqdorligi, tarjimaning o‘quvchiga to‘liq mazmunda yetkazib berilishi ushbu jarayonlarni talab qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.Allayorova.R.R, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, Urganch-2008. 2. Martin Meadows 365 Days with Self-Discipline. 3.https://uzresearchers.com/index.php/Conferences/article/download/2375/2171/4398 4.Wisdom, electronic dictionary app version: 3.2.4 5.Nafisa, A. Using Stylistic Devices in Translation as an Example of the Story a Christmas Carol. JournalNX, 40-43. 6.Kizi, A. N. O. (2019). Lexical problems in rendering the story “A Christmas Carol” by Charles Dickens into uzbek. ЕВРАЗИЙСКИЙ НАУЧНЫЙ, 34. 7. Odil o‘g‘li, J. M., & Mamarajabovna, O. S. (2023). THE CONCEPTUAL STRUCTURE OF MODERN LINGUISTICS. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 10(12), 771-773.